1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.08.00.00 Bojxona rasmiylashtiruvi]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BOJXONA QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 5-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2606]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 4-iyul,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01-02/12-13-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 4-iyuldagi 01-02/12-13-sonli qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq, Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini (bundan buyon matnda Deklaratsiya deb yuritiladi) jismoniy shaxslar tomonidan toʻldirish va davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb yuritiladi) xodimi tomonidan rasmiylashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
rezidentlar — Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashash joyi boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet el valyutasi — muomalada boʻlgan hamda xorijiy davlatda qonuniy toʻlov vositasi hisoblangan banknotlar, xazina biletlari va tangalar koʻrinishidagi chet el pul belgilari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Deklaratsiya:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni olib kirishning bojxona toʻlovlari undirilmaydigan cheklangan meʼyorlaridan oshadigan tovarlarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarga, bundan avtotransport vositalari mustasno;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollarda, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan naqd koʻrinishdagi Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi va valyuta boyliklariga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq tegishli taqiqlar va (yoki) cheklovlar belgilangan tovarlarga toʻldiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 1-martdagi 01-02/12-24-sonli (roʻyxat raqami 2606-4, 09.03.2018-y.) qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2018-y., 10/18/2606-4/0874-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxslar tomonidan mazkur Yoʻriqnomaning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasidagi oʻtkazish punktlari orqali Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasini kesib oʻtganda toʻldiriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan shaxs oʻzi erkin ravishda Deklaratsiyani toʻldira olmasa (ruhiy kasal, aqli zaif, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxs va boshqalar), Deklaratsiya uning nomidan ushbu shaxsni kuzatuvchi shaxs tomonidan toʻldiriladi. Bunda Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun Deklaratsiyani toʻldirgan va imzolagan shaxs javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Deklaratsiya bojxona organlarida rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Deklaratsiyani toʻldirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Deklaratsiya mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda ikki nusxada toʻldiriladi. Deklaratsiyaning bir nusxasi bojxona organida qoladi, ikkinchi nusxasi esa Deklaratsiyani toʻldirgan shaxsga beriladi. Ushbu Deklaratsiyada koʻrsatilgan maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar (bundan buyon matnda qimmatbaho buyumlar deb yuritiladi), tovarlar hamda transport vositasini olib kirish yoki olib chiqish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
(4-bandning birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 16-sentabrdagi 01-02/12-59-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-2, 10.10.2016-y.) tahririda —OʻR QHT, 2016-y., 41-son, 476-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiya rezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga kirishda va norezidentlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishda bir nusxada toʻldirilishi mumkin. Bunda mazkur Deklaratsiya bojxona organida qoladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Deklaratsiya blanklari oʻzbek, rus va ingliz tillarida A-5 formatida tayyorlanadi. Shaxs oʻzi istagan tildagi Deklaratsiya blankini toʻldirishi mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-yanvardagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-1, 26.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Deklaratsiyada barcha bandlar toʻldirilishi va barcha savollarga javob berilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tegishli bandlardagi maʼlumotlar oʻzbek (kirill yoki lotin alifbosida), rus yoki ingliz tillarida qatʼiy belgilangan joylarga ruchka bilan qoʻlda aniq va tushunarli yoki yozuv moslamasi yordamida yoziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Deklaratsiya quyidagi tarzda toʻldiriladi:
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-bandda shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar (familiyasi, ismi, tugʻilgan sanasi, jinsi, pasportining seriyasi va raqami), doimiy yashash mamlakati, fuqaroligi, birga harakatlanayotgan 16 yoshga toʻlmagan shaxslar mavjudligi va ularning soni koʻrsatiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 22-yanvardagi 01-02/12-04-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-1, 26.01.2015-y.) tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 4-son, 45-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandda harakat turi (kirish, chiqish) hamda qaysi mamlakatdan kelganligi, qaysi mamlakatga borayotganligi koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bandda safar maqsadi koʻrsatiladi (xizmat, oʻqish, ish, sayohat, qarindoshlarni yoʻqlash, davolanish, doimiy yashash joyi, tijorat);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandda bagaj mavjudligi toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-bandda qonun hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda qimmatbaho buyumlarning mavjudligi va miqdori koʻrsatiladi;
(7-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. 16 yoshga toʻlmagan shaxslarga tegishli boʻlgan va yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutalari, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular bilan birga harakatlanayotgan ota-onalari, boshqa qarindoshlari yoki ularni kuzatib boruvchi boshqa shaxslarning Deklaratsiyalarida koʻrsatiladi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Deklaratsiyaning 6-bandida koʻrsatilgan tovarlarni tavsiflash imkon qadar ularning nomi, farqlash xususiyatlari, miqdori hamda ularning AQSH dollaridagi qiymatlarini koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qonun hujjatlariga muvofiq yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, shuningdek tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi satrlarga sigʻmagan taqdirda, mazkur maʼlumotlar qoʻshimcha Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlarida koʻrsatiladi va u asosiy Deklaratsiyaga ilova qilinadi. Bunda qoʻshimcha Deklaratsiyaning 1 — 4-bandlari toʻldirilmaydi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Deklaratsiyaning 6-bandidagi Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali harakatlanayotgan transport vositasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar transport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma asosida toʻldiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Deklaratsiya Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etishga qadar uni toʻldirgan shaxs tomonidan imzolanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyani rasmiylashtirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish uchun Deklaratsiya bojxona organi xodimi tomonidan unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar, tovarlar hamda transport vositasini bojxona nazoratiga taqdim etish bilan bir vaqtda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Deklaratsiyada boʻyab tuzatishlar va oʻchirib yozishlar boʻlmasligi lozim. Notoʻgʻri toʻldirilgan bandlar aniqlangan taqdirda, Deklaratsiyani bojxona nazoratidan oʻtkazgunga qadar shaxs ushbu bandlardagi xato maʼlumotlarni toʻgʻri chiziq bilan oʻchirib, tegishli maʼlumotlarni qoʻlda yozib toʻgʻrilashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Deklaratsiyaning 5 va 6-bandlaridagi yozuvlar (tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qismi) bojxona organi xodimi tomonidan biror-bir oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini oldini olish maqsadida uzluksiz chiziq bilan doiraga olinadi hamda yozuv uchun nazarda tutilgan barcha boʻsh joylar esa chizib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish bojxona organi xodimi tomonidan Deklaratsiyaning orqa tomoniga shaxsiy muhrini qoʻyish bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Deklaratsiya yoʻqotilgan taqdirda shaxs Deklaratsiyani bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazgan bojxona organiga murojaat qilganda, Deklaratsiya nusxasini va unda koʻrsatilgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari, qimmatbaho buyumlar hamda tovarlarni olib oʻtilganligini tasdiqlovchi maʼlumotni olish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini toʻldirish va rasmiylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(old tomoni)
_______-sonli YOʻLOVCHI BOJXONA DEKLARATSIYASI
Mazkur Deklaratsiya 16 yoshga toʻlgan shaxs tomonidan toʻldiriladi. Tegishli savollardagi kerakli katakchalarga “X” belgisini chizish yoʻli bilan javob beriladi. Mazkur Deklaratsiyani Oʻzbekiston Respublikasiga kirish yoki undan chiqishning butun davri davomida saqlab turish tavsiya etiladi.
1. Shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar: ________________________________________________________________________________________________
Familiyasi
Ismi
Tugʻilgan sanasi : _____ _______ ______
Jinsi:
erkak
ayol
kun
oy
yil
___________________________ Pasport seriyasi va raqami
___________________________ Doimiy yashash mamlakati
___________________________ Fuqaroligi
Men bilan birga 16 yoshga toʻlmagan shaxslar
Xa
Yoʻq
Soni: _______
harakatlanmoqda
2. Harakat turi:
Kirish
Chiqish
__________________________________ Qaysi mamlakatdan keldi (joʻnab ketgan mamlakati koʻrsatiladi)
5. Yozma deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi, naqd chet el valyutasi, boshqa valyuta boyliklari hamda qimmatbaho buyumlarning mavjudligi va miqdori koʻrsatiladi:
T/r
Valyuta nomi
Miqdori
Raqam bilan
Yozuv bilan
1.
2.
3.
Har qanday koʻrinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlar:
1.
2.
(orqa tomoni)
6. Tovarlar va transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumotlar
T/r
Tovarning nomi (farqlash xususiyatlari, ruxsat beruvchi hujjatning raqami, berilgan sanasi va uni bergan organ)
Miqdori
Oʻlchov birligi
Qiymati, AQSH dollarida
Raqam bilan
Yozuv bilan
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
Umumiy qiymati (jami):
Transport vositasi toʻgʻrisida maʼlumotlar:
Davlat raqami _____________________
turi, rusumi ____________________
Deklaratsiyada notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilish toʻgʻrisida xabardorman.
20___ yil “____” ____________
Shaxsning shaxsiy imzosi _________
Bojxona organi xodimining shaxsiy muhri oʻrni
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 5-yanvardagi 01-02/12-1-sonli qarori (roʻyxat raqami 2606-3, 17.01.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2018-y., 10/18/2606-3/0584-son)