11.03.2003 yildagi 128-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Muqobil xizmatni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining uni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq, muqobil xizmatni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining uni oʻtashi tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Muqobil xizmatni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining uni oʻtashi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, shuningdek korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida fuqarolar tomonidan muqobil xizmat oʻtaladigan vazirliklar va idoralar roʻyxati 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muqobil xizmatni tashkil etish va uni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 7-iyundagi 275-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 21-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil dekabrgacha muqobil xizmat organlarini bosqichma-bosqich tugatsin va ular faoliyatiga rahbarlik qilishni mudofaa ishlari hududiy organlariga yuklasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2003-yil 11-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
128-son

Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
11-martdagi 128-son qaroriga
1-ILOVA

Muqobil xizmatni tashkil etish va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining uni oʻtashi tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan muqobil xizmatni oʻtash tartibini, shuningdek, uni tashkil etish yuzasidan joylardagi davlat hokimiyati organlari, vazirliklar, idoralar, konsernlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning vazifalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Muqobil xizmat fuqarolarning umumiy harbiy majburiyatni bajarishining chaqiruv boʻyicha harbiy xizmat oʻrniga iqtisodiyot, ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida kam malaka talab etiladigan (yordamchi) ishlarni, shuningdek falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ishlarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan alohida turidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Muqobil xizmatga rahbarlikni, uni oʻtash ustidan nazoratni, shuningdek, muqobil xizmat xizmatchilarining huquqlarini himoya qilishni va ijtimoiy kafolatlarini taʼminlashni tegishli mudofaa ishlari organlari amalga oshirdilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining muqobil xizmatni oʻtashi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunga, mazkur Nizomga va boshqa qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Muqobil xizmatga chaqirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Fuqarolarni muqobil xizmatga chaqirish “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Fuqarolarni muqobil xizmatga chaqirish joylardagi davlat hokimiyati organlariga, tuman (shahar) chaqiriq komissiyalariga, hokimliklariga, shuningdek, tegishli tuman (shahar) mudofaa ishlari organlariga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻn sakkiz yoshdan yigirma yetti yoshgacha boʻlgan, harbiy roʻyxatda turuvchi va xizmatga chaqirilishi lozim boʻlgan fuqarolar, agar ular diniy taʼlimoti qurol-yarogʻdan foydalanish va Qurolli Kuchlarda xizmat qilishga yoʻl qoʻymaydigan, roʻyxatga olingan diniy tashkilotlar hisobida tursalar, muqobil xizmat huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmatga chaqiriladigan fuqarolar oʻzlarining koʻrsatib oʻtilgan roʻyxatdan oʻtkazilgan diniy tashkilotlarga mansubliligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etgan holda tuman (shahar) mudofaa ishlari organlarini oldindan xabardor qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Muqobil xizmatning muddati yigirma toʻrt oyni, oliy maʼlumotli fuqarolar uchun esa oʻn sakkiz oyni tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Muqobil xizmatga chaqiriluvchilarning tibbiy koʻrigi Tinch davrda va urush davrida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq tuman (shahar) mudofaa ishlari organi tomonidan tashkil etiladi va oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida va tibbiy koʻrik natijalariga muvofiq fuqarolarni muqobil xizmatga chaqirish toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmatni oʻtayotgan shaxslar muqobil xizmat xizmatchilari deb yuritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chaqiriq sanasi va xizmat oʻtalayotgan joy haqidagi belgi qoʻyilgan muqobil xizmat xizmatchilari guvohnomasi fuqarolarning muqobil xizmatga munosabatini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Muqobil xizmatga chaqirilgan fuqaro unga xizmatni oʻtash joyi tayinlanganligi toʻgʻrisidagi va yetib borish muddati belgilangan yozma koʻrsatmani olish uchun tuman mudofaa ishlari boʻlimiga belgilangan muddatda yetib keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmatga chaqirilgan fuqarolarni oʻzlarining yashash joylaridagi, shuningdek mamlakatning boshqa mintaqalaridagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga yuborish yetib borish muddati belgilangan holda yakka tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishga qabul qilinganlik toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan kun muqobil xizmat boshlangan kun hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Muqobil xizmatni oʻtash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Muqobil xizmatni oʻtash Vazirlar Mahkamasining qarori bilan belgilangan vazirliklar, idoralar va konsernlarning korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolarga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik tatbiq etiladi. Muqobil xizmat muddati mehnat stajiga qoʻshiladi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro rahbarlik va saylab qoʻyiladigan lavozimlarni egallashi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi, taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishi mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqaro uni belgilangan joyda oʻtashi, qonunchilikda nazarda tutilgan talablarga, ish joyida amal qiladigan ichki mehnat tartibi qoidalariga, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakti) shartlariga rioya etishi shart.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmat xizmatchilarining korxonalar, tashkilotlar va muassasalarda mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzmasdan mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Muqobil xizmatni oʻtayotgan fuqarolar falokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish ishlariga jalb etilgan taqdirda yuzaga kelgan vaziyatdan kelib chiqadigan hamda ana shu oqibatlarni bartaraf etish komissiyalari yoki shtablarining joylardagi rahbarlari tomonidan belgilanadigan maxsus vazifalarni bajaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Muqobil xizmat xizmatchilarini muqobil xizmat oʻtaladigan boshqa korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga oʻtkazish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlar soni (shtati) oʻzgarishiga yoki ish xususiyati oʻzgarishiga, yoxud korxonaning tugatilishiga olib kelgan texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, ish hajmlarining qisqarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
falokatlar, halokatlar, tabiiy ofatlar va favqulodda hodisalarni tugatish boʻyicha ishlarni bajaruvchi korxonalar, tashkilotlar va muassasalarni butlash zaruriyati boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunday hollarda bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazish huquqi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tuman (shahar) doirasida — tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimining boshligʻiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
viloyat doirasida — Viloyat mudofaa ishlari boshqarmasining boshligʻiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
respublika doirasida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabining Tashkiliy-safarbarlik bosh boshqarmasining boshligʻiga beriladi.
(15-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xizmat davrida muqobil xizmat xizmatchilari Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan dasturlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy qismlari va muassasalarida oʻtkaziladigan harbiy tayyorgarlik boʻyicha oʻquv yigʻinlari (mashgʻulotlar)ga jalb qilinadilar. Oʻquv yigʻinlari tamom boʻlgach muqobil xizmat xizmatchilari, oʻqitish dasturiga muvofiq qurol-yarogʻdan foydalanish va qoʻllash bilan bogʻliq boʻlmagan harbiy hisobga olish mutaxassisligini oladilar va Vatanga qasamyod qiladilar.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-martdagi 179-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mudofaa ishlari organlari korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini oldindan va 1 oydan kechiktirmay muqobil xizmat xizmatchilarini oʻquv yigʻinlariga jalb qilish haqida xabardor qiladilar va keyinchalik muqobil xizmat xizmatchilarini yigʻinlar oʻtkaziladigan joyga yuborishni amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Muqobil xizmatni oʻtayotganda mehnat qobiliyatini yoʻqotgan fuqarolar va halok boʻlgan fuqarolarning oilalari, shuningdek ularning qaramogʻida boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilar uchun belgilangan nafaqalar va pensiya taʼminoti olish huquqiga ega.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Muqobil xizmatdan boʻshatish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Belgilangan xizmat muddatlarini oʻtab boʻlgan muqobil xizmat xizmatchilari Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasiga boʻshatiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muqobil xizmat xizmatchilarini boʻshatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fuqaro oilaviy ahvoli oʻzgarganligi munosabati bilan, agar bu hol unga qonunchilikka muvofiq chaqirilish muddatini kechiktirish yoki chaqirilishdan ozod etilish huquqini beradigan boʻlsa, muqobil xizmatdan muddatidan oldin boʻshatilishi mumkin.
(18-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari zaxirasiga boʻshatiladigan muqobil xizmat xizmatchilari harbiy xizmatga chaqirilgan joydagi tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimiga yuboriladilar va ular uch kun muddatda harbiy hisobga turishlari shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Muqobil xizmatni oʻtash amalga oshiriladigan korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning majburiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, tuman (shahar) hokimliklari korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga tegishli kvotalar belgilaydi va muqobil xizmat xizmatchilarini ish bilan taʼminlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Ish beruvchilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga va mudofaa ishlari tegishli organi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga qatʼiy rioya qilishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil xizmat qilish uchun kelgan xizmatchilar bilan mehnat shartnomasi tuzishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil xizmat xizmatchilarini ustavlar, nizomlar, ichki tartib-intizom qoidalari, mehnat va oʻqish sharoitlari bilan tanishtirishga, ularning huquqlari, burchlari va javobgarliklarini tushuntirishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi qoidalari yuzasidan yoʻl-yoʻriqlar koʻrsatishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil xizmat xizmatchilarini Qurolli Kuchlarda qoʻllaniladigan ishchi kasblarga oʻqitishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat va turmush sharoitlari yaratib berishga, maxsus kiyim-bosh va asboblar bilan taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tekin tibbiy xizmat bilan taʼminlashga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muqobil xizmat xizmatchilari oʻrtasida tarbiyaviy ishlarni olib borishga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mudofaa ishlari fuqarolarning muqobil xizmatga kelganliklari toʻgʻrisida xabardor qilishga, xizmatchilar tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarning buzilishi va ularning uzrsiz sabablar bilan xizmatga chiqmasligi hollari toʻgʻrisida xabardor qilishga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har oyda Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjetiga muqobil xizmat faoliyatini taʼminlash uchun foydalaniladigan xizmatchilar ish haqining 20 foizini oʻtkazishga;
(21-bandning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(ilovaning 21-bandi oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 22-yanvardagi 28-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 3-4-son, 24-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
11-martdagi 128-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Korxonalari, tashkilotlari va muassasalarida muqobil xizmatni oʻtash amalga oshiriladigan vazirliklar va idoralar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI

1. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Suv xoʻjaligi vazirligi
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Sogʻliqni saqlash vazirligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mudofaa vazirligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston montaj va maxsus qurilish ishlari uyushmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 5-6-son, 49-modda; 2005-y., 3-4-son, 24-modda; 2014-y., 37-son, 473-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 24.03.2020-y., 09/20/179/0350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)