OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Qarori
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 22-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2203-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 21-fevraldagi 17, 3 va 2019-06-sonli ““Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2203-7, 28.02.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 2-fevraldagi 5, 4, 2011-4-son qarori (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 93-modda) bilan tasdiqlangan Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-iyul,
49-son
Iqtisodiyot vaziri G. SAIDOVA
Toshkent sh.,
2014-yil 14-iyul,
73-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-iyul,
2014-15-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2014-yil 14-iyuldagi 49, 73, 2014-15-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 2-bandda:
“b” kichik band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“yagona yer soligʻi toʻlovchilari boʻlganlarga;”;
quyidagi mazmundagi “g” kichik band bilan toʻldirilsin:
“g) yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga qurilishi yakunlangan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlanganidan keyin 6 oy davomida, biroq ularning davlat roʻyxatidan oʻtganidan soʻng bir yildan koʻp boʻlmagan davrda. Mazkur norma 2014-yilning ikkinchi choragidan eʼtiboran amal qiladi.”.
2. 4-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YSTni toʻlashga yil mobaynida oʻtgan yuridik shaxslar (jumladan yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari) Maʼlumotnomani soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga hisobot davri uchun YST hisob-kitobini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay taqdim etadilar.”.
3. 8-bandning beshinchi xatboshisidagi “1” raqami “5” raqami bilan almashtirilsin.
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
4-ILOVA
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarishga doir shartli misollar
1-misol.
YSTni toʻlovchi kichik korxona, asosiy faoliyat turi trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish boʻlib, bir necha yer uchastkasiga ega, maʼmuriy, ishlab chiqarish va savdo (firma doʻkoni) yuritilishi uchun egallagan xonalari:
1-son uchastka (1 200 kv. m (0,12 ga) maydonga ega maʼmuriy bino) va 2-son uchastka (1 500 kv.m (0,15 ga) maydonga ega firma doʻkoni) — Toshkent shahrida joylashgan;
3-son uchastka (3 800 kv.m (0,38 ga) maydonga ega ishlab chiqarish xonalari) — Chirchiq shahrida joylashgan.
Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarning erkin almashtiriladigan valyutada eksportning umumiy realizatsiyasi hajmidagi hissasi 50 foizni tashkil etadi.
Ushbu korxonaning 2014-yilning yanvar — iyun oylari uchun koʻrsatkichlari quyidagicha:
| | | |
(ming soʻm) |
|
Davr |
Soliq solinadigan yalpi tushum |
Yagona soliq toʻlovi | |
|
stavka, foizda |
summa | ||
| 2014-yilning yanvar — mart oylari |
98 400,0 |
2,5 |
2 460,0 |
| 2014-yilning yanvar — iyun oylari |
177 120,0 |
2,5 |
4 428,0 |
Ilgarigi hisobot davrida (2014-yilning birinchi choragida) YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST qoʻshimcha hisoblanmagan.
2014-yilda, 1 ga uchun belgilangan yer soligʻining eng kam stavkalari quyidagicha:
Toshkent shahrida — 1 ga uchun 15 000 000 soʻm;
Chirchiq shahrida — 1 ga uchun 7 799 717 soʻm.
Asosiy faoliyat turi tovarlar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) boʻlgan kichik korxonalarga, amalga oshirilayotgan faoliyat turiga nisbatan pasaytiruvchi koeffitsiyent belgilangan — 0,5 (K1).
YSTning eng kam miqdorining yillik hisob-kitob summasini aniqlaymiz:
EKMyast yil uchun = 3 x [(0,12 × 15 000 000) + (0,15 × 15 000 000) + (0,38 × 7 799 717)] × 0,5 = 10 520 838,7 soʻm.
YSTning eng kam miqdori 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
EKMyast chorak uchun = 10 520 838,7 / 4 = 2 630 209,7 soʻm.
Belgilangan formulaga muvofiq butun korxona boʻyicha YSTning hisob-kitob summasi 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
HSyast chorak uchun = (177 120 000 – 98 400 000) × 5 % = 3 936 000 soʻm.
YSTning hisob-kitob summasi (3 936 000 soʻm) YSTning eng kam miqdoridan ortganligi uchun (2 630 209,7 soʻm) YST qoʻshimcha hisoblanmaydi.
2-misol.
Oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan omborxonalari mavjud boʻlmagan ulgurji savdo korxonasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent shahrida joylashgan koʻp qavatli binoda ofis xonalarini ijaraga olgan. Binoning egallagan umumiy maydoni — 5 000 kv. m. Yuridik shaxsning ijaraga olgan xonasiga toʻgʻri keladigan ulushi — 0,3 ni tashkil etadi. Shunday qilib, YSTning eng kam miqdorini aniqlashda yer soligʻi 1 500 kv.m (0,15 ga) dan kelib chiqib hisoblanadi.
Ushbu korxonaning 2014-yilning yanvar — iyun oylari uchun koʻrsatkichlari quyidagicha:
| | | |
(ming soʻm) |
|
Davr |
Soliq solinadigan yalpi tushum |
Yagona soliq toʻlovi | |
|
stavka, foizda |
summa | ||
| 2014-yilning yanvar — mart oylari |
38 600,0 |
5 |
1 930,0 |
| 2014-yilning yanvar — iyun oylari |
69 480,0 |
5 |
3 474,0 |
Ilgarigi hisobot davri uchun (2014-yilning birinchi choragida) YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YST qoʻshimcha hisoblanmagan.
2014-yilda, Toshkent shahrida 1 ga uchun belgilangan yer soligʻining eng kam stavkasi 15 000 000 soʻmni tashkil etadi.
Ushbu ulgurji savdo korxonasining oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan omborxonalari mavjud emasligini eʼtiborga olganda, asosiy faoliyat turi ulgurji savdo boʻlgan korxonalarga belgilangan, amalga oshirayotgan faoliyat turiga bogʻliq holda pasaytiruvchi koeffitsiyent (K1) qoʻllanilmaydi.
YSTning eng kam miqdorining yillik hisob-kitob summasini aniqlaymiz:
EKMyast yil uchun = 3 × (0,15 × 15 000 000) = 6 750 000 soʻmni tashkil etadi.
YSTning eng kam miqdori 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
EKMyast chorak uchun = 6 750 000 / 4 = 1 687 500 soʻm.
Belgilangan formulaga muvofiq butun korxona boʻyicha YSTning hisob-kitob summasi 2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun quyidagicha:
HSyast chorak uchun = (69 480 000 – 38 600 000) × 5 % = 1 544 000 soʻm.
2014-yilning ikkinchi choragi (aprel — iyun) uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi = 1 687 500 – 1 544 000 = 143 500 soʻmni tashkil etadi.
Shunday qilib, YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan butun korxona boʻyicha 2014-yilning ikkinchi choragi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan YSTning summasi 3 617 500 soʻmni (3 474 000 + 143 500) tashkil etadi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 30-son, 376-modda)