O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining
Qarori
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 22-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2095-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2019-yil 26-fevraldagi 20 va 2019-10-sonli “Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2095-6, 02.03.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2010-yil 22-martdagi 22, 2010-13-son qarori (ro‘yxat raqami 2095, 2010-yil 13-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 14-15-son, 120-modda) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-iyul,
48-son
Davlat soliq qo‘mitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-iyul,
2014-28-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2014-yil 14-iyuldagi 48, 2014-28-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Yagona ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona ijtimoiy to‘lovni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
1. Muqaddima quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlariga qurilishi yakunlangan obyektni qabul qilish hujjati tasdiqlanganidan keyin 6 oy davomida, biroq ularning davlat ro‘yxatidan o‘tganidan so‘ng bir yildan ko‘p bo‘lmagan davrda. Mazkur norma 2014-yilning ikkinchi choragidan e’tiboran amal qiladi.”.
2. 8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8. Mazkur Nizom tatbiq etiladigan to‘lovchilar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining 2013-yil 4-martdagi “Soliq hisobotining shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 23, 2013-8-son qarori (ro‘yxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) bilan tasdiqlangan Yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolarning budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari hisob-kitobiga tasdiqlangan shakldagi Ma’lumotnoma-YITning eng kam miqdori hisob-kitobini ilova qilishadi.”.
3. 9-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
4. 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 30-son, 375-modda)