OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QAʼRINI GEOLOGIK OʻRGANISH, SANOATDA, KONCHILIKDA VA KOMMUNAL-MAISHIY SEKTORDA ISHLARNING BEXATAR OLIB BORILISHINI NAZORAT QILISH DAVLAT INSPEKSIYASI BOSHLIGʻINING
buyrugʻi
Magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 27-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2598]
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-sonli “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi va 2010-yil 20-iyuldagi 153-sonli “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan buyuraman:
1. Magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Boshliq B. GULYAMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 6-iyun,
73-son
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 6-iyundagi 73-sonli buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda xavfsizlik
qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalar magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanadigan tashkilotlarga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) nisbatan tatbiq etiladi.
2. Mazkur Qoidalar talablari ishlab chiqarish binolari va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnologik jarayonlarni va sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shartligini istisno etmaydi.
2-bob. Xavfsizlikka qoʻyiladigan umumiy talablar
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
5. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 12-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Mehnatni muhofaza qilish xizmati va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tashkilotning mustaqil tarkibiy boʻlinmalari boʻlib, ular bevosita tashkilot rahbariga boʻysunadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
8. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
9. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
2-§. Xodimlarni oʻqitish, ularning bilimlarini sinovdan oʻtkazish va ularga yoʻl-yoʻriq berishni tashkil etish
10. Xodimlar oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, ularning bilimlari sinovdan oʻtkazilishi va ularga yoʻl-yoʻriq berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish, oʻqitish va bilimlarni tekshirish, malaka oshirish hamda qayta tayyorlash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 819-son qarori bilan tasdiqlangan Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq ishlab chiqiladi hamda tashkilot xodimlarini va ish joylarini ushbu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari
13. Tashkilotlar GOST 17.2.3.02-78 “Tabiatni muhofaza qilish. Atmosfera. Sanoat korxonalari zararli moddalarining yoʻl qoʻyiladigan chiqarishlarini oʻrnatish qoidalari” boʻyicha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari, ularning tavsifi, yuzaga kelish manbalari, xodimlarga taʼsir qilish xususiyatlari va salomatlik uchun xavflilik darajasi va kelgusidagi oqibatlari toʻgʻrisida toʻliq va xolisona maʼlumotga ega boʻlishi lozim.
14. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnat sharoitlarini attestatsiya qilish orqali belgilanishi kerak.
15. Yangi zararli moddalar paydo boʻlishiga yoki xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari yoʻqolishiga olib keladigan texnologik jarayonlar oʻzgarganda, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga tashkilot rahbari tomonidan tegishli oʻzgartirishlar kiritilishi lozim.
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
16. Tashkilotlar oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim.
17. Lavozim yoʻriqnomalariga muvofiq, xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlarni, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlarni, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr qurilmalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni hamda tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq boshqa xavfli ishlarni bajarishni nazarda tutuvchi kasblar oʻta xavfli kasblar roʻyxatiga, mazkur vazifalarni bir martalik topshiriq asosida bajarilishini nazarda tutuvchi ishlar oʻta xavfli ishlar roʻyxatiga kiritilishi zarur.
18. Oʻta xavfli ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
19. Barcha xodimlar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari va ishlarni xavfsiz bajarish usullarini oʻzlashtirishlari shart.
20. Oʻta xavfli ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va xavfsiz bajarish belgilangan talablarga muvofiq amalga oshirilishi uchun tashkilot rahbariyati javobgardir.
5-§. Jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalarini qoʻllash
21. Xodimlar xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalari bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
22. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ishlab chiqarish xonalari va ish joylaridagi barcha xodimlarga taʼsir qilgan taqdirda qoʻllanilishi zarur hamda tashkilot binolarini qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi shart.
23. Jamoaviy himoya vositalariga quyidagilar kiradi:
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo harorati va namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
shovqindan, tebranishdan, elektr va statik toklar urishidan hamda qurilmalar yuzasini yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
24. Xodimlar Neft va gaz ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 2132, 2010-yil 13-avgust) muvofiq maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
25. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllash, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak.
26. Tashkilotda quyidagilar taʼminlanishi shart:
jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarining samaradorligi va sozligi;
yakka tartibdagi himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasi;
yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash va ulardan toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirish;
xavfli va zaharli moddalar bilan ishlashda foydalanilgan yakka tartibdagi himoya vositalarini dezinfeksiya qilish, bir marta qoʻllaniladigan vositalar bundan mustasno.
27. Zaharli moddalar bilan ishlashda teri kasalliklarining oldini olish uchun profilaktik pasta va mazlardan foydalanish zarur.
6-§. Kasbiy tanlov
28. Tashkilotlarda tanlov oʻtkazilishi lozim boʻlgan kasblar va mutaxassisliklar roʻyxati boʻlishi lozim.
29. Xodimlar va ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli tarmoq tarif-malaka maʼlumotnomasiga muvofiq zarur maʼlumotga va ish tajribasiga ega boʻlishi kerak.
30. Bosim ostida va boshqa oʻta xavfli ishlarda ishlovchi xodimlar maxsus kurslarda tayyorgarlikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatga ega boʻlishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-iyuldagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanilishi taqiqlangan ogʻir ishlarning hamda zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxatiga muvofiq, oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar ogʻir, zararli yoki xavfli mehnat sharoitlaridagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
7-§. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish shart-sharoitlari
33. Xodimlarni ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qoʻyish oldidan quyidagilar tekshirilishi zarur:
ish joyining mazkur Qoidalarda belgilangan sanitariya va gigiyena, xavfsizlik talablariga, shuningdek shovqin va tebranishga, shamollatish va isitishga qoʻyiladigan talablarga muvofiqligi;
xodimning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish, unga yoʻl-yoʻriq berish va salomatligini nazorat qilish davriyligiga amal qilinganligi;
texnologik jarayonlarda ishtirok etuvchi asbob-uskunalar va ularning himoya vositalari sozligi;
jamoaviy himoya vositalarining sozligi, xodimning yakka tartibdagi himoya vositalariga egaligi.
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
34. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
35. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (mehnat faoliyati davomida) majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi zarur.
(35-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
36. Majburiy tibbiy koʻriklar tashkilotga tibbiy xizmatlar koʻrsatuvchi davolash profilaktika muassasalari tomonidan, agar ular boʻlmagan taqdirda tashkilot joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasalari tomonidan oʻtkaziladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
37. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
38. Tashkilot rahbariyati oʻz xodimlarining majburiy tibbiy koʻrikdan oʻz vaqtida oʻtishi uchun va majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan shaxslarni ishga qoʻyish natijasida fuqarolarning sogʻligʻiga yetkazilgan zararli oqibatlar uchun javobgar boʻladilar.
39. Xodimlarni sogʻligʻining holati tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarga qoʻyish taqiqlanadi.
9-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
40. Tashkilot ish hududidagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
41. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari quyidagi talablarga muvofiq saqlanishi lozim:
havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra toifasi va yil mavsumini hisobga olgan holda belgilanishi;
ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish. Loyihalashtirish meʼyorlari”ga muvofiq boʻlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun yetarli yorugʻlik kuchini taʼminlashi;
yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega boʻlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi.
Oldingi tahrirga qarang.
42. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini amalga oshirishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(42-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
43. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar tegishli normativ hujjatlarda belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
10-§. Tashkilot maydonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
44. Tashkilot maydonlari va binolarining joylashuvi SHNQ 2.09.17-21 “Sanoat korxonalarining bosh rejalarini loyihalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi kerak.
(44-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
45. Tashkilotda transport vositalari va piyodalarning tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi hamda tashkilotga kirish va chiqish joylari hamda ish joylarining koʻrinarli qismiga osib qoʻyilishi zarur.
46. Tashkilot maydonlari koʻkalamzorlashtirilgan va suv quyish quvurlari tarmoqlari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim. Maydonlardagi oʻtish joylari mustahkam yopqichlar, suv oqib ketadigan inshootlar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
47. Yozgi mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylariga suv sepilgan boʻlishi kerak.
48. Qishki mavsumda yoʻlaklar va oʻtish joylari qordan tozalanib, qum sepilgan hamda binolarning tomlari qordan, karnizlari esa muzdan tozalab turilishi zarur.
49. Yoʻlovchilar uchun moʻljallangan yoʻlaklar va tashkilotga kirish joyi tekis, kengligi kamida 1,5 m boʻlib, yon tomonlari devorcha va toʻsiqlarga ega boʻlishi kerak.
50. Tashkilot hududida har kuni tozalab va dezinfeksiya qilib turiladigan axlat tashlanadigan idishlar boʻlishi shart.
51. Tashkilotning hududi chegara boʻylab toʻsilgan va uning hududiga begonalarning kirishi cheklangan va nazorat ostiga olingan boʻlishi lozim.
11-§. Bino va inshootlarga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
52. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(52-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
53. Ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda yordamchi binolar va xonalardagi havoning harorati, nisbiy namligi va harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
54. Muntazam ishlashga moʻljallangan xonalarning pollariga yogʻoch toʻshamalar va panjaralar yotqizilgan boʻlishi, mazkur pol toʻshamalari zararli moddalar, ishlab chiqarishdagi kirlar va changlardan yengil tozalangan boʻlishi zarur.
55. Binoning transport vositalari kirish joylarida darvozalar va signal asbob-uskunalari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
56. Darvoza tavaqalari darvozaning yopiq va ochiq holatida maxsus moslamalar bilan mustahkam tutib turilgan boʻlishi kerak.
57. Transport vositalarining binoga kirishi uchun darvoza eni foydalanilayotgan transport vositalari enidan ortiq boʻlishi, darvozalarning balandligi transport vositalarining balandligidan kamida 0,2 m ortiq boʻlishi zarur.
58. Tashkilotlarda binolar va inshootlardan foydalanish holatini muntazam kuzatish tashkil etilgan boʻlishi kerak.
59. Barcha ishlab chiqarish binolari va inshootlari bir yilda kamida ikki marta (bahorgi va kuzgi mavsumda) tashkilot rahbari tayinlagan komissiya tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilishi lozim. Texnik koʻrik xulosalari aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha tadbirlar va ularni amalga oshirish muddatlari koʻrsatilgan dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilishi zarur.
60. Xodimlar uchun xavf tugʻdiruvchi halokat tusidagi buzilishlar tezda bartaraf etilishi kerak. Bunda xavfli hududlardagi ish jarayoni halokat bartaraf etilgunga qadar toʻxtatib turilishi va u yerdagi xodimlar xavfsiz joyga koʻchirilishi kerak.
61. Tashkilotning ishlab chiqarish xonalari va omborxonalari yongʻindan xabar beruvchi va yongʻinni bartaraf etuvchi avtomatik qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
62. Kirish va chiqish yoʻllari turli jismlar va asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak. Evakuatsiya chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha ochilishi zarur.
12-§. Shovqin va tebranishga qoʻyiladigan talablar
63. Ish joylarida, xonalarda va tashkilot hududida shovqin va tebranishning darajasi SanQvaM 0120-01 “Ish joylarida shovqinning yoʻl qoʻyilgan darajasining sanitariya meʼyorlari”, SanQvaM 0122-01 “Ish joylarida umumiy va lokal tebranishning sanitariya meʼyorlari”, GOST 12.1.003-89 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi kerak.
64. Ish joylarida shovqin va tebranish darajasi muntazam nazorat qilib turilishi kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlsa, uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
shovqinli uskunalarni (parraklar, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki ishlab chiqarish xonalaridan tashqariga joylashtirish;
tebranish manbalarini (elektr dvigatellar, parraklar va boshqalar) poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan mustaqil poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatish.
65. Shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etish imkoni boʻlmasa, eshitish aʼzolarini yakka tartibdagi himoya vositalari va shovqinga qarshi kaskalardan foydalangan holda himoyalash kerak.
13-§. Shamollatish va isitish tizimiga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
66. Shamollatish va isitish tizimi SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
67. Oqimli shamollatishlarni tashqi havo tizimidan olish yerdan kamida 2 m balandlikda bajarilishi kerak.
68. Oʻtish joylarida joylashgan isitish jihozlari oʻtish yoʻlaklarining kengligiga qoʻyilgan talablarni buzmasligi zarur.
69. Ish joylaridagi havo harorati yengil jismoniy ishda 210 S, oʻrtacha ogʻir ishda 170 S va ogʻir ishda 160 S dan past boʻlmasligi kerak.
70. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalardagi havo harorati 220 S dan kam boʻlmasligi kerak.
71. Xodimlarning isinishi uchun moʻljallangan xonalargacha boʻlgan masofa binolarda joylashgan ish joylaridan 75 m dan va bino tashqarisidagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
14-§. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimiga qoʻyiladigan talablar
(14-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
Oldingi tahrirga qarang.
72. Suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimi SHNQ 2.04.01-22 “Binolarning ichki suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish” shaharsozlik normalari va qoidalari talabiga mos kelishi zarur.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
73. Ichimlik suvi OʻzDSt 950-2011 “Ichimlik suvi. Gigiyenik talablar va sifatini nazorat qilish” talablariga muvofiq boʻlishi, uning harorati 80 S dan 200 S gacha boʻlishi kerak.
74. Ichimlik suvidan foydalanish uchun suv quvuriga ulangan favvorachalar oʻrnatilishi yoki maxsus idishlarda qaynatilgan suv boʻlishi lozim.
15-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
75. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
(75-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
76. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi zarur. Yorugʻlik tushuvchi oynalar har yili kamida ikki marotaba tozalanishi lozim.
77. Yorugʻlik tushuvchi oyna va eshiklar turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyilmasligi kerak.
78. Sunʼiy yoritish umumiy va birlashgan tizim orqali amalga oshirilishi zarur. Birgina mahalliy yoritishni qoʻllash taqiqlanadi.
79. Tashkilot hududi va ishlab chiqarish xonalarida yoritish vositalarining koʻzni qamashtirishidan saqlash choralari koʻrilgan boʻlishi kerak.
80. Ish joylari va xonalarda portlash xavfi boʻlgan gaz va chang konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli mavjud boʻlsa, elektr yoritish tizimi xonadan tashqarida oʻrnatilishi kerak.
81. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 36 V dan yuqori boʻlmagan koʻchma elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Uskunalar va inshootlar (bunkerlar, quduqlar, bugʻlantirish kameralari, tunnellar va boshqalar)ning ichki sirtini yoritish uchun ishlatiladigan koʻchma elektr yoritqichlarning kuchlanishi 12 V dan oshmasligi kerak.
82. Koʻchirib yuriluvchi yoritqichlar shishali himoya qopqoqlari va metall toʻr bilan jihozlangan boʻlishi lozim. Ushbu yoritqichlar va boshqa koʻchirib yuriluvchi apparatlar uchun mis tolali egiluvchan elektr oʻtkazgichlar qoʻllanilishi zarur.
83. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi kerak.
84. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchami va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
85. Avariya yoritish tarmoqlariga elektr energiya isteʼmolchilarining ulanishi taqiqlanadi. Avariya yoritilishlarining sozligi har chorakda kamida bir marta tekshirilishi zarur.
16-§. Maishiy imoratlarga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
86. Tashkilotlarning maishiy bino va xonalari SHNQ 2.09.02-23 “Korxonalarning ishlab chiqarish hamda maʼmuriy-maishiy bino va inshootlari. Loyihalash talablari” shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq boʻlishi lozim.
(86-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
87. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlar, ichimlik suvi taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va boshqa maishiy xona va jihozlarning soni smenadagi eng koʻp xodimlar soni hisobga olingan holda belgilanishi zarur.
88. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim.
89. Barcha maishiy imoratlar ozoda saqlanishi, muntazam dezinfeksiya qilinishi va sutkaning qorongʻi paytida yoritilgan boʻlishi kerak.
17-§. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishga qoʻyiladigan talablar
90. Tashkilot faoliyati atrof tabiiy muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli normalardan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi lozim.
91. Tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda atrof tabiiy muhitni oqova suvlar, shamollatish tizimi chiqindilari va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
92. Tashkilotlarda chiqindilarni yigʻish uchun atrofi oʻralgan maxsus joy ajratilishi va chiqindilar uchun maxsus idishlar bilan taʼminlanishi kerak. Ushbu idishlar chiqindilar boʻshatilganda xlorli ohak eritmasi bilan dezinfeksiya qilinishi va yuvilishi kerak.
18-§. Mehnat va dam olishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
93. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(93-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
3-bob. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy talablar
94. Ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsizlikni taʼminlashda:
magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda mos boʻlgan texnologik jarayonlarni qoʻllash;
shikastlanish va kasb kasalliklariga olib kelmaydigan ishlab chiqarish uskunalarini qoʻllash;
tashkilot hududini obodonlashtirish;
nazorat-oʻlchov asboblarini, avariyalarga qarshi himoya qurilmalarini hamda axborotni qabul qilish, qayta ishlash va uzatish vositalarini qoʻllash;
tezkor va germetik ishlaydigan berkituvchi va tartiblovchi armaturalarni hamda xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini chegaralovchi vositalarni qoʻllash;
ishlab chiqarish uskunalarini qulay joylashtirish va ish joylarini tashkil qilish;
xodimlarni kasbiga koʻra tanlash, ularni oʻqitish, mehnat muhofazasiga doir bilim va malakalarini tekshirish;
xodimlarni jamoaviy va yakka tartibda himoyalanish vositalari bilan taʼminlash;
portlashning oldini olish va yongʻindan himoyalanishga doir texnik va tashkiliy tadbirlarni amalga oshirish zarur.
95. Ishlab chiqarishda gaz xavfi bor ishlarni bajarish faqat belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjat (naryad-ruxsatnoma)ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
96. Magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishdagi jarayonlarda yongʻin va portlash xavfi bor muhitning ruxsat etilgan chegarasi haqida xabar beruvchi va qurilmani xavfsiz tarzda toʻxtatib qoʻyadigan yoki jarayonni xavfsiz holatga oʻtkazadigan avtomatik himoya tizimi rejalashtirilishi lozim.
2-§. Neft mahsulotlarini haydovchi stansiyalarni ishlatishda xavfsizlik talablari
97. Neft mahsulotlarini haydovchi stansiyalarning uskunalarini ishlatish tezkor (navbatchi) va ishlatish-taʼmirlash xodimlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.
98. Neft mahsulotlari haydovchi stansiyalarning asosiy uskunalari va yordamchi tizimlari normativ-huquqiy hujjatlar va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar va ishlab chiqarish yoʻriqnomalari talablarini hisobga olgan holda mos ravishda ishlatilishi kerak.
99. Neft mahsulotlarini haydovchi stansiyalarda quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
texnik xizmat koʻrsatish;
tezkor, rejali, rejadan tashqari diagnostik tekshiruv oʻtkazish;
uskunalar va boshqa texnik jihozlar nosoz holga kelganda kundalik, oʻrta va kapital taʼmirlash ishlarini oʻtkazish;
neft mahsulotlarini haydovchi stansiyalarni reglamentli toʻxtatish.
100. Neft mahsulotlarini haydovchi stansiyalarda quyidagilar taʼminlangan boʻlishi kerak:
uskunalarni ishlatish ishlab chiqaruvchi tashkilotning yoʻriqnomasi talablari asosida ishlab chiqilgan yoʻriqnomalarga muvofiq tashkil qilish;
neft mahsulotlarini haydovchi stansiyalar tizimini ishlatishda texnologik rejimlarga rioya qilish;
uskunalarning ishlash qobiliyatini tekshirish va baholash;
yongʻinga qarshi vosita va tizimning mavjudligi va ularning sozligini tekshirish.
101. Agregatni ishga tushirish quyidagi holatlarda taqiqlanadi:
nasos suyuqlik bilan toʻldirilmaganda;
oqimli-soʻruvchi shamollatish tizimi yoqilmaganda;
moy tizimi yoqilmaganda;
moy tizimiga neft mahsuloti tushganda;
germetikligi buzilganda;
nosoz va sabablari aniqlanmagan boshqa texnologik buzilishlar mavjud boʻlganda.
102. Nasos agregatlarini ishlatish jarayonida har chorakda kamida bir marta moydan namuna olinishi va kimyoviy tahlil qilinishi kerak.
103. Moy qurilmasidagi moy quyidagi belgilar aniqlanganda yangisi bilan almashtirilishi kerak:
unda neft mahsuloti mavjud boʻlsa;
suv miqdori 0,25 % dan koʻp boʻlsa;
mexanik aralashmalar miqdori 1,5 % dan koʻp boʻlsa;
kislotaliligi 1 g moyga 1,5 mg KON dan yuqori boʻlsa;
brunker boʻyicha chaqnash temperaturasi 150 °C dan past boʻlsa.
104. Moy blokini moy bilan taʼminlashning tasdiqlangan sxemasi osib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Baklardagi moyning sathi va bosimi belgilangan chegaralarda boʻlishi kerak. Bakning sathi tegishli signalizatsiya tizimi bilan jihozlangan boʻlishi hamda avtomatik ravishda nazorat qilinishi lozim.
105. Sovutuvchi muhitning bosimi va haroratining ruxsat etilgan qiymatlari koʻrsatilgan elektr dvigatelning sovutish tizimi sxemasi osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
3-§. Neft mahsulotlarini isitish punktlarini va ularni aralashtirish stansiyasini ishlatishda xavfsizlik talablari
106. Isitish punktlaridagi rezervuarlarda neft mahsulotlari zaxirasining zarur miqdorini va uning isitish harorati qiymatini belgilash neft mahsuloti oʻtkazgichi uchastkasining texnologik reglamenti asosida, hamda atrof-muhitning minimal haroratida haydalayotgan neft mahsulotini navbatdagi isitish punktigacha boʻlgan masofada yoʻqotadigan issiqlik kompensatsiyasini va uning oquvchanligini taʼminlashni (neft mahsulotlari qotish haroratidan 30 S — 50 S gacha haroratda) hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
107. Neft mahsulotini qotib qolishining oldini olish va kommunikatsiyalarda qotib qolgan neft mahsulotini siljitish uchun uning ichki sirkulyatsiya tizimi ish holatida boʻlishi lozim.
108. Isitish pechlarini ishlatish tashkilotning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlagan isitish pechining texnologik kartasiga muvofiq amalga oshiriladi.
109. Isitish pechlarini quyidagi hollarda avariyaviy toʻxtatish kerak:
neft mahsulotining pech orqali sirkulyatsiyasi toʻxtaganda;
oʻchoqda tortish kuchi kamayganda;
gorelka oldida havo bosimi kamayganda;
gorelkalardan birida alanga yoʻqolganda;
gorelkalar oldida gaz bosimi kamayganda.
4-§. Neft mahsulotidan namuna olish va sathini oʻlchashda xavfsizlik talablari
110. Rezervuarlardan namuna olishni GOST 2517-85 “Neft va neft mahsulotlari. Namuna olish usullari” talablariga muvofiq bajarilishi lozim.
111. Rezervuar va sisternalardan neft mahsuloti namunalarini olishda, yongʻin xavfsizligi choralariga qatʼiyan rioya qilish lozim.
112. Rezervuardagi neft mahsuloti sathini oʻlchovchi statsionar oʻlchov vositalari yongʻindan xavfsiz boʻlishi kerak.
113. Neft mahsuloti sathini oʻlchashda, oʻlchov lyuki chetiga lot urilishi hamda oʻlchov tasmasini yoʻnaltiruvchi quvurcha devoriga ishqalashi tufayli uchqun chiqishining oldini olish maqsadida nihoyatda ehtiyotkorlik bilan bajarilishi kerak.
114. Namuna olish yoki sathni oʻlchash jarayonida rezervuar tomiga neft mahsuloti toʻkilganda, rezervuar tomi quruq qilib artilishi lozim. Rezervuar tomida jihozlar qoldirish taqiqlanadi.
5-§. Elektr qurilmalari va elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik talablari
Oldingi tahrirga qarang.
115. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatishda va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilinishi kerak.
(115-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qoʻmitasining 2026-yil 18-martdagi 43-sonli qarori (roʻyxat raqami 3803, 03.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)
116. Elektr energiyasidan foydalanadigan tashkilotlarda tashkilot rahbarining buyrugʻi bilan muhandis-texnik xodimlardan elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim tayinlangan boʻlishi va bu xodim elektr xavfsizligi boʻyicha tegishli malaka guruhiga ega boʻlishi shart.
117. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatishi uchun elektr xavfsizligi boʻyicha V malaka guruhiga, kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish uchun esa IV malaka guruhiga ega boʻlishi talab etiladi. Masʼul xodim davriy ravishda va oʻrnatilgan tartibda tashkilotda tuzilgan elektr xavfsizligi boʻyicha komissiyada sinovdan oʻtishi shart.
118. Elektr xavfsizligi uchun masʼul xodim:
elektr qurilmalarining ishonchli, tejamli va xavfsiz ishlashini;
elektr qurilma va tarmoqlarda rejali taʼmirlash ishlari hamda profilaktik sinovlarning belgilangan muddatlarda oʻtkazilishini;
elektr energiya sarfining hisobi olib borilishini;
himoya vositalari va yongʻinga qarshi jihozlar mavjudligi hamda ularning oʻz vaqtida sinovdan oʻtkazib turilishini taʼminlashi kerak.
119. Elektr toki oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushiruvchi apparatlar va moslamalar faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
120. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan, elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan boʻlishi shart.
121. Taqsimlovchi qurilmalar izolyatsiyasining qarshiligi va chidamliligi tekshirib turilishi zarur.
122. Ishlab chiqarish binolari va maishiy xonalarda qoʻllaniluvchi lyuminessent yoritqichlar yopiq holda, namlik va chang oʻtkazmaydigan maxsus armaturada bajarilishi lozim.
123. Kabellar va elektr simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr tokidan himoyalovchi yerga ulangan simlar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi koʻrikdan oʻtkazilishi va oʻlchash asboblari orqali tekshirib turilishi kerak.
124. Elektr apparatlari va agregatlarining nollash va yerga ulash simlari butunligi kamida 6 oyda bir marta tekshirilishi, tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi zarur.
125. Quyidagi elektr qurilmalari nollanishi yoki yerga ulanishi lozim:
kuchlanishi 380 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgaruvchan tok hamda 440 V va undan yuqori boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlovchi barcha elektr qurilmalari;
nominal kuchlanishi 42 V dan yuqori, lekin 380 V dan past boʻlgan oʻzgaruvchan tok va 110 V dan yuqori, lekin 440 V dan past oʻzgarmas tokda ishlovchi yuqori xavfli tashqi qurilmalar.
126. Nominal kuchlanishi 42 V gacha boʻlgan oʻzgaruvchan tokda va 110 V gacha boʻlgan oʻzgarmas tokda ishlaydigan elektr qurilmalarini nollash yoki yerga ulash talab etilmaydi, metall konstruksiyaga oʻrnatilgan nazorat kabellari, kuch kabellarining metall qobiqlari hamda portlash xavfi boʻlgan xonalardagi elektr qurilmalar, payvandlash transformatorining ikkilamchi choʻlgʻamalari bundan mustasno.
127. Bitta elektr shtepseliga bir nechta isteʼmolchilarni ulash taqiqlanadi.
128. Changlarning statik elektr razryadlaridan alangalanib ketmasligi uchun uskunalarning gʻiloflari, asosiy vallari va havo quvurlari yerga ulangan boʻlishi lozim.
129. Havo quvurlarining filtrlari mayda katakli metall toʻr bilan oʻralgan va toʻr yerga ulangan boʻlishi shart.
130. Tashkilotning bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi zarur. Yashin qaytargichlar har yili bahorgi mavsumda tekshirib turilishi, aniqlangan nosozliklar bartaraf etilishi lozim.
6-§. Magistral neft mahsulotlari quvurlarini korroziyadan himoyalashga qoʻyiladigan talablar
131. Elektr kimyoviy himoya vositalarini tanlash inshootlarning joylashish sharoitlarini va ularning metallariga nisbatan muhitning korroziyali faolligi haqidagi maʼlumotlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
132. Quvur va aloqa kabellarini birgalikda himoya qilishda quvurlardan kabel qobigʻiga tok oʻtishining oldini olish uchun ventil qurilmasi potensial tekislovchi elektr tutashtirgichlar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
133. Anodli yertutashtirgich va protektorlarni oʻrnatish, solishtirma qarshiligi eng kam boʻlgan, tuproqning muzlash chuqurligidan pastda koʻzda tutilishi kerak. Drenaj kabelining anodli yertutashtirgich joyi tanituvchi belgi bilan koʻrsatilishi lozim.
134. Katod va drenaj himoya stansiyasining atrofi toʻsilgan boʻlishi kerak.
135. Momaqaldiroq vaqtida katod himoyasi stansiyasida ishlash taqiqlanadi.
136. Magistral neft mahsulotlari quvurlari obyektlaridan foydalanish jarayonida ichki korroziya (zanglash) belgilari aniqlanganda, uning sabablarini aniqlash, korroziyani toʻxtatish va oldini olish choralari koʻrilishi zarur.
137. Barcha nazorat-oʻlchov punktlaridagi yer osti metall inshootlarining korroziya holatini nazorat qilish zarur.
138. “Inshoot — yer” potensiallar farqini oʻlchash uchun yiliga ikki marta quyidagilar amalga oshirilishi lozim:
korroziyadan himoyalanish tizimining samaradorligini aniqlash;
faol himoya sxemalari va uni ishlatish rejimlaridagi zarur oʻzgarishlarni aniqlash;
korroziyaga nisbatan oʻta xavfli uchastkalarni aniqlash;
uchastkalar boʻyicha himoyalovchi qoplamalarni taʼmirlash.
139. Elektr kimyoviy himoya qurilmalariga texnik xizmat koʻrsatish kamida:
oyiga toʻrt marta — drenaj himoya qurilmalarida;
oyiga ikki marta — katod himoya qurilmalarida;
olti oyda bir marta — tekshiriladigan protektor qurilmalarida amalga oshirilishi kerak.
7-§. Neft mahsulotlari quvurlarining tarmoq qismini ishlatishda va ularga xizmat koʻrsatishda xavfsizlik talablari
140. Tarmoq nazoratchisi trassaga chiqishdan oldin aloqa vositalari sozligini tekshirishi, oʻzi bilan tibbiyot qutichasini olishi, bir sutkaga yetadigan oziq-ovqat mahsuloti zaxirasini va issiq choyli termosni olishi kerak.
Tarmoq nazoratchisi maxsus kiyim va maxsus poyabzal kiyishi lozim.
141. Tarmoq quduqlarini koʻzdan kechirishni yuqoridan turib, manometr koʻrsatishini quduq devorining yuqori qismidagi kuzatish oynasi orqali olinishi lozim. Quduqqa tushish va armaturani ochish yoki yopish tarmoq nazoratchisiga taqiqlanadi.
142. Tarmoq nazoratchisi trassaga chiqishda, trassa boʻylab aylanishda va undan qaytgan vaqtda xizmat koʻrsatgan obyektning rahbarini oʻzi turgan joy haqida xabardor qilishi zarur.
143. Temir yoʻl relslaridagi kuchlanishni oʻlchashda ikkita xodim qatnashishi kerak. Ulardan biri bevosita oʻlchashni oʻtkazishi, ikkinchisi esa uning ishini va transport vositasining harakatlarini kuzatishi kerak.
144. Quvurlarni ajratishdan oldin uni elektr kimyoviy himoya vositalaridan vaqtincha uzib qoʻyish va ajratilgan qismlar orasiga, daydi toklar taʼsiridan uchqun hosil boʻlishining oldini olish uchun kesimi kamida 25 mm2 boʻlgan mis simdan tutashtirgich oʻrnatish zarur.
145. Quvur va berkitish armaturasining butunligi va zichligi buzilishida va neft mahsuloti yer yuzasiga chiqishida tarmoq nazoratchisi quyidagilarni bajarishi kerak:
trassa boʻylab tekshirishini toʻxtatishi;
tarmoq dispetcherlik stansiyasiga ratsiya yoki boshqa aloqa vositasi orqali avariya haqida xabar berishi;
neft mahsuloti chiqish joyiga qaytishi;
xavfsizlik belgilarini qoʻyishi va avariya brigadasi kelgunga qadar uchastkani qoʻriqlashi.
146. Tarmoq quduqlari yaqinida tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi.
8-§. Magistral neft mahsulotlari quvurlarini sunʼiy va tabiiy toʻsiqlar bilan kesishgan joylarini ishlatishda xavfsizlik talablari
147. Magistral neft mahsuloti quvurlarining temir yoʻl va avtomobil yoʻllari bilan kesishgan joylardagi yer osti oʻtish yoʻllarini ishlatish jarayonida bir oyda bir marta quyidagilarni tekshirish zarur:
kuzatish va chetlatish quduqlarini va chetlatish kanallarining holatini;
yer qoplamasining buzilishini;
neft mahsulotlari quvurlari uchun xavfli boʻlgan gruntning choʻkishi va koʻtarilishini;
himoya gʻilofi va neft mahsulotlari quvurlarining holatini hamda ularning izolyatsiya ahvolini.
148. Magistral neft mahsulotlari quvurlariga uning himoya gʻiloflari orqali elektr oʻtkazuvchanlik yoʻqligini yiliga bir marta tekshirish lozim.
149. Toʻsinli, osma va arka turidagi yer usti oʻtish tarmoqlarini ishlatish jarayonida, quvur va uni koʻtarib turgan qirgʻoqli va oraliq tayanchlarning umumiy holatini, ularning choʻkkanligini, shuningdek machta, tros va quvurning yerdan chiqqan joyidagi mahkamlangan tuproq toʻkmalarini vizual tekshirish zarur.
150. Tunnellardan oʻtkazilgan magistral neft mahsulotlari quvurlariga texnik xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash boʻyicha ishlarni bajarishda, bugʻ va gazlar konsentratsiyasi tekshirilishi, bunda bugʻ va gazlarning konsentratsiyasi ruxsat etilgan chegaradan oshmasligi zarur.
Tunnellar shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
9-§. Magistral neft mahsulotlari quvurlarining liniya qismining ichki boʻshligʻini tozalashda va mustahkamlikka sinash oʻtkazganda xavfsizlik talablari
151. Magistral neft mahsulotlari quvurlari neft mahsulotlarini oʻtkazish qobiliyatini saqlab turish, suv toʻplanishini va ichki choʻkmalar hosil boʻlishining oldini olish maqsadida ularning ichki boʻshligʻini tozalash qurilmasi bilan tozalash kerak.
152. Tashkilotda neft mahsulotlari quvurlarini tozalash ishlari boʻyicha yoʻriqnomalar ishlab chiqilgan boʻlishi lozim.
153. Neft mahsulotlari quvurlarini havo haydash yoʻli bilan tozalashda va mustahkamlikka sinashda mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq xavfli hududlar belgilanishi kerak.
154. Barcha diametrdagi quvurlarni suv bilan tozalashda, quvurdan har ikkala tomonga 25 m masofada va porshen-ajratgich otilish yoʻnalishi boʻyicha 100 m masofada muhofaza zonasi oʻrnatiladi.
155. Quvurlarni temir yoʻl va avtomobil yoʻllari bilan kesishish yoki ularni aholi punktlariga yaqin joylarida xavfli hududning tashqarisida muhofaza postlarining qoʻyilishi va ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilar oʻrnatilishi lozim.
156. Lupinglar, rezerv quvur liniyalari va parallel quvurlar orasidagi tutashtirgich quvurlari tozalanayotganda asosiy quvurdan uzib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
157. Neft mahsulotlarining yangi quvurlarini yoki tozalashlar oraligʻida taʼmirlash oʻtkazilgan neft mahsulotlari quvurlarida tozalash zarurati tugʻilganda, hamda quvur ichi inspeksion snaryadlar bilan oldin tekshirilmagan neft mahsulotlari quvurlarida tozalashni tashkil qilishda, snaryad-kalibr yoki profilimerni oʻtkazib, quvurning minimal oʻtkazish kesimi baholanishi kerak.
158. Tashkilotda neft mahsuloti quvurlarini tozalash boʻyicha yillik ish rejalari tuzilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak. Neft mahsuloti quvurlarini tozalash boʻyicha yillik ish rejalarining muddatlari bir yilda toʻrt martadan kam boʻlmasligi lozim.
Neft mahsuloti quvurlarini tozalashlar oraligʻida neft mahsuloti quvurining oʻtkazish qobiliyati 3 % va undan koʻpga kamaysa, navbatdan tashqari tozalashni oʻtkazish zarur.
159. Pasaytirilgan rejimlarda ishlayotgan magistral neft mahsulotlari quvurlari ichki boʻshligʻini suvdan boʻshatish uchun haftada bir marta ikki soat davomida soatiga 1,5 m dan koʻproq tezlik bilan “rezervuar orqali” sxemasi boʻyicha neft mahsulotini haydash lozim.
160. Mustahkamlikka sinash quyidagi hollarda oʻtkaziladi:
yangi magistral neft mahsulotlari quvurlari oʻrnatilganda;
magistral neft mahsulotlari quvurlari kapital taʼmirlanganda va rekonstruksiya qilinganda;
quvurning ichki qismini diagnostikadan oʻtkazishning iloji boʻlmaganda.
161. Mustahkamlikka sinash texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga mos ravishda oʻtkazilishi kerak.
162. Barcha diametrli quvurlarni gidravlik sinashda, quvurning ikkala tomoni boʻyicha 50 m masofada xavfli hudud oʻrnatiladi.
163. Quvurlarni yer ustida mustahkamlikka sinash oʻtkazganda xavfli hudud ikki marta oshirilgan boʻlishi kerak. Quvurlarni manfiy havo temperaturasida suv bilan gidravlik sinashda liniya armaturalari va uskunalarni muzlab qolishidan oldini olish zarur.
164. Mustahkamlikka sinash oʻtkazuvchi xodim sinashdan oldin avariya-taʼmirlash brigadalarini, liniya nazoratchilari va xavfli hududni qoʻriqlovchi navbatchi postlarni va aloqa punktlarini tekshirishi lozim.
165. Magistral neft mahsulotlari quvurlarini mustahkamlikka sinash tashkilot tomonidan, zarur hollarda ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Magistral neft mahsulotlari quvurlari liniya qismini mustahkamlikka sinashdan oʻtkazilayotgan uchastka uzunligi 30 — 40 km dan oshmasligi kerak.
166. Neft mahsulotlari quvurlarini sinovdan oʻtkazishdan oldin troyniklarni, chetlatgich quvurlarini, muftalarni, vaqtincha oʻrnatilgan xomutlarni, yamoqlarni, eskirgan yoki yaroqsiz armaturalarni va boshqa uskunalarni almashtirish ishlari tashkil qilingan boʻlishi kerak.
167. Mustahkamlikka sinov oʻtkazish natijasida aniqlangan quvurdagi shikastlanishlar darhol bartaraf etilishi kerak.
4-bob. Texnologik uskunalarga qoʻyiladigan talablar
1-§. Magistral neft mahsulotlari quvurlarining liniya qismiga qoʻyiladigan talablar
168. Magistral neft mahsulotlari quvurlarining liniya qismini toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrish mumkin boʻlgan joylarida — har 500 — 1000 m da balandligi 1,5 — 2 m “Shchitlar-koʻrsatkich” degan yozuvli shchitlar-koʻrsatkichlar oʻrnatilishi kerak.
169. Shchit-koʻrsatkichda quyidagilar boʻlishi kerak:
neft mahsulotlari quvurlarining nomi va uning tarkibiga kiruvchi inshootlar nomi;
neft mahsulotlari quvurlari oʻqlarining joylashuvi;
magistral neft mahsulotlari quvurlarining liniya qismining uzunligi;
neft mahsulotlari quvurlarining muhofaza hududi hamda ushbu hududdan foydalanuvchi tashkilotning manzili va telefon raqamlari.
170. Neft mahsulotlari quvurlarining toʻsinlari toʻsiqlar bilan jihozlanishi kerak.
171. Suv va havoni chiqarish (tushirish) uchun moʻljallangan qurilmalar, shtutserlar, tozalash qurilmalarining oʻtishdagi signalizatsiyalar, namuna oluvchi qurilmalar, bosimni oʻlchash va neft mahsulotlarini quvurlardan chiqishiga yordam beruvchi uskunalar berkitish qurilmali gʻilof bilan oʻrab toʻsilishi va ogohlantiruvchi yozuv bilan belgilanishi lozim.
172. Berkitish armaturasi unga xizmat koʻrsatish uchun oʻrab toʻsilgan maydonchaga ega boʻlishi, texnologik sxemaga mos ravishda raqamlar tarzidagi yozuvlar, hamda yoʻnalishi boʻyicha “yopiq” va “ochiq” holatli koʻrsatkichlar bilan taʼminlanishi kerak.
2-§. Yer usti uskunalariga talablar
173. Berkitish armaturasi va uning boshqaruv uzeliga oʻtish joylari boʻsh boʻlishi va begona shaxslar tomonidan boshqarish taqiqlanadi. Berkitish armaturasiga xizmat koʻrsatish maydonchasi toza va soz holatda saqlanishi kerak.
174. Neft mahsulotlari quvurlari tarmoq qismida oʻrnatilgan berkitish armaturasi but holatda, shuningdek texnologik sxema boʻyicha raqamlangan, ochiq va yopiq holati koʻrsatgichiga va boshqarish boʻyicha belgili yozuvlarga ega boʻlishi hamda sozlangan holatda saqlanishi kerak.
175. Toʻsiq ichidagi tarmoq qismining berkitish armaturasi joylashish maydonchasi tekislangan, yuzaki va grunt suvlari bosishidan himoyalangan va qattiq qoplamaga (shagʻal, sheben va h. k.) ega boʻlishi kerak. Maydonchalarga transport vositasining borish imkoni koʻzda tutilgan boʻlishi kerak.
176. Berkitish armaturasiga texnik xizmat koʻrsatish tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan yillik rejaga muvofiq oʻtkazilishi kerak.
177. Bir oyda bir marta quyidagilar oʻtkazilishi zarur:
reduktor nozichligi orqali, kabel va elektr dvigatel germetikligi buzilishi sababli neft mahsuloti, moy oqib ketishini aniqlash maqsadida berkitish armaturasini tashqi koʻrikdan oʻtkazish va aniqlangan barcha kamchiliklarni bartaraf qilish;
muzlagan (gidrosinovdan soʻng) joylarni issiq qilish;
reduktor va oxirgi oʻchirgichlar vannasida moyning mavjudligini, mayda nosozlik va sinishlar yoʻqligini, zulfin shtokini chang va iflos choʻkmalardan himoyalovchi qalpoq, aniq belgilangan yozuv va belgilar hamda shtokning holati koʻrsatkichi mavjudligini tekshirish;
zarur hollarda zulfinlarning tashqi yuzasidan, teskari klapanlardan, xizmat koʻrsatish maydonchalaridan iflos, zang, muz, suv va moy oqmalarini tozalab tashlash.
178. Yiliga ikki marta salniklarni tortib mahkamlash lozim.
179. Bogʻlamalarning siljiganlik ehtimolini aniqlash maqsadida, yiliga ikki marta (bahorda va kuzda) tozalash va diagnostik qurilmalarini ishga tushirish va qabul qilish uzellarini koʻzdan kechirish lozim.
3-§. Rezervuar parklariga qoʻyiladigan talablar
180. Rezervuar va unga oʻrnatilgan uskunalar, armaturalar va asboblar rezervuarni toʻldirish, boʻshatish, saqlash, tozalash, taʼmirlash, choʻkindi va mahsulot osti suvini chiqarish, namuna olish, sathning haroratini va bosimini oʻlchash paytlarida xavfsiz ishlashini taʼminlashi lozim.
181. Rezervuar va nasosxona oraligʻidagi quvurlar avariya vaziyatlarida bir rezervuardan boshqasiga mahsulotni oʻtkazishni taʼminlashi lozim.
182. Tez alangalanadigan va yonuvchi suyuqliklar saqlanuvchi rezervuarlar avariya holatlarida ulardagi mahsulotlardan boʻshatish uchun masofadan turib boshqariladigan, tez harakatlanuvchi berkituvchi armaturalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak. Ushbu armaturalar qulay joylarga oʻrnatilishi lozim.
183. Rezervuar devorida oʻchib, yuvilib ketmaydigan boʻyoqli trafaretda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
texnologik sxema boʻyicha rezervuar raqami;
balandlik qiymati;
toʻldirishning maksimal chegaraviy sathi;
qopqoqlarning ochilish-yopilish yoʻnalishi va qabul qilish-tarqatish patrubkasining zulfini;
sifon joʻmragining holati.
184. Rezervuar parkini umumiy yoritish projektorlar yordamida amalga oshiriladi. Projektorlarni rezervuardan kamida 10 m uzoqlik masofada oʻrnatish lozim.
5-bob. Taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
1-§. Umumiy xavfsizlik talablari
185. Uskunalar ularning texnik hujjatlari talablariga muvofiq holda saqlanishi lozim.
186. Uskunalarni zarur texnik holatda saqlab turish uchun unga xizmat koʻrsatishni yaxshilash, rejaviy-profilaktik taʼmirlashning bajarilishi va taʼmirlash ishlarining sifatini yaxshilash boʻyicha choralar koʻrilishi zarur.
187. Texnologik jarayonda qoʻllaniladigan asosiy asbob-uskunalarni kapital va joriy taʼmirlash tashkilot tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan dasturga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
188. Kapital va joriy taʼmirlash dasturlarida taʼmirlashni oʻtkazish uchun masʼul shaxslar, shuningdek taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi va xodimlarning xavfsizligini taʼminlash choralari belgilanishi lozim.
189. Taʼmirlash ishlarini oʻtkazishda bajariladigan ishlarning texnologik ketma-ketligi aks ettirilgan taʼmirlash hujjatlari rasmiylashtirilgan boʻlishi va ularda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
ishlarni bajarish usullari va uslublari;
amalga oshirilishi lozim boʻlgan xavfsizlik choralari va maxsus texnologik jarayonlar;
taʼmirlash uchun zarur boʻlgan asbob-uskuna va anjomlarning turlari;
taʼmirlangan uskunalar va ularning qismlari texnik talablarga javob berishi haqidagi hujjatlar.
190. Aralashtiruvchi hovuz va gidroaralashtirgichlarning ichiga xodimlarning tushishi bilan bogʻliq ichki koʻriklar oʻtkazish va taʼmirlash faqatgina naryad-ruxsatnoma asosida amalga oshirilishi zarur.
191. Pudratchi tashkilotlar tomonidan bajariladigan taʼmirlash, qurilish va montaj ishlari naryad-ruxsatnoma bilan rasmiylashtirilishi lozim.
192. Barcha hollarda taʼmirlash ishlarini bajarish tartibi va usullari bosh muhandis yoki uning oʻrinbosari bilan kelishilishi kerak.
193. Taʼmirlash ishlari tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul xodim rahbarligi va nazorati ostida bajarilishi lozim.
194. Taʼmirlash ishlari bajariladigan hudud toʻsilgan va u yerda xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
195. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin unda ishtirok etadigan barcha xodimlar taʼmirlash ishlarini tashkil etish loyihasi bilan tanishtirilishi va ularga taʼmirlash ishlarini bajarish paytida xavfsizlik choralariga rioya qilish boʻyicha yoʻl-yoʻriq berilishi zarur.
196. Taʼmirlash jarayonida yechib olingan agregatlar, detallar va metall konstruksiyalar yigʻishtirib qoʻyilishi lozim.
197. Taʼmirlash paytida ish joylari, yoʻllar va zinapoyalarni turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyish taqiqlanadi.
198. Suyuq yonilgʻi saqlanadigan sigʻimlar, bitum saqlagichlar, konveyerlar, shimdirish vannalari va neft mahsulotlari mavjud boshqa sigʻimlarni taʼmirlashda ushbu sigʻimlar undagi mahsulotlardan boʻshatilishi zarur.
199. Qismlarga ajratish bilan bogʻliq taʼmirlash ishlari amalga oshiriladigan kompressorlar boshqa barcha texnologik quvurlar va oʻtkazgichlardan uzib qoʻyilishi lozim.
200. Sigʻimlar, bunkerlar va boshqa chuqur joylarda ishlayotgan xodim mahkamlangan qutqaruv arqoniga ega boʻlishi, arqonning ikkinchi uchi tashqariga chiqarilgan va kuzatuvchi nazorati ostida boʻlishi kerak.
201. Taʼmirlash ishlarini balandlikda bajarishda havoza va taxta toʻshamalardan foydalanish zarur.
202. Havoza va taxta toʻshama oʻrnatishning imkoni boʻlmasa, xodimlar balandlikda ishlash uchun ehtiyot kamarlari va arqonlardan foydalanishlari shart. Ehtiyot kamarlari va arqonlar mahkamlanadigan joylar konstruksiyalarda oldindan belgilab qoʻyilgan boʻlishi lozim.
203. Taʼmirlash ishlarini balandlikda bajarganda, asbob-uskuna va materiallarni maydoncha qirgʻogʻiga qoʻyish yoki yerga tashlash taqiqlanadi. Asbob-uskunalarni saqlash va tashishda maxsus sumka yoki qutilardan foydalanish zarur.
204. Qizigan uskunaning ichiga kirgan holda taʼmirlash ishlarini olib borishga uskuna shamollatilib, ichidagi gazlar butunlay chiqarib yuborilgandan va undagi harorat kamida 400 S gacha pasaytirilgandan soʻng ruxsat etiladi.
205. Materiallarni uskunaning ish maydonchasiga uzatish mexanizatsiyalashgan boʻlishi va tushib ketmaydigan usulda bajarilishi kerak.
206. Yoritish chiroqlarini taʼmirlash ishlarida faqat 12 V kuchlanishdagi koʻchma lampalar, portlashdan himoyalangan akkumulyatorli chiroqlardan foydalanish kerak.
207. Yoritish maqsadida mashʼala, gugurt, kerosinli fonarlar, shamchiroqlardan foydalanish taqiqlanadi.
208. Asbob-uskunalarni taʼmirlash va sozlash ishlari maxsus oʻqitilgan va yoʻl-yoʻriq berilgan, tegishli bilim va malakaga ega xodim tomonidan amalga oshirilishi kerak.
209. Kapital taʼmirlashdan soʻng asbob-uskunani ishga tushirishga tashkilot bosh mexanigi (bosh energetik), mehnat muhofazasi xizmati xodimi, ishlab chiqarish majmuasi boshligʻi va kasaba uyushmasi vakillaridan iborat tarkibdagi komissiya tomonidan tashkilot rahbari yoki bosh muhandis tasdiqlaydigan tegishli dalolatnoma tuzilib, qabul qilingandan soʻng ruxsat beriladi.
210. “Yoqilmasin, odamlar ishlayapti!” deb yozilgan yozuvni olib tashlash, xavfsizlik texnikasi boʻyicha talablar qoʻyiladigan ishlar bajarilgandan soʻng uskunani ishga tushirish, faqat masʼul xodim ruxsati bilan amalga oshirilishi lozim.
211. Taʼmirlash ishlari tugagach, barcha keraksiz konstruksiyalar, asbob-uskunalar, materiallar va chiqindilar ish joyidan olib ketilishi, toʻsiqlar, saqlovchi moslamalar oʻz joyiga oʻrnatilishi kerak.
2-§. Neft mahsulotlari quvurlarida shikastlanishlarni taʼmirlashda xavfsizlik talablari
212. Koʻzdan kechirish yoki taʼmirlash uchun yer osti neft mahsulotlari quvurlarini ochishda, kotlovan ishlash uchun ochiq va boʻsh boʻlishi kerak.
213. Transheya va kotlovanlar yon bagʻri qiyaligi oʻrnatilgan meʼyorlarga muvofiq belgilanishi lozim.
214. Agar ish jarayonida transheya devorlarida tuproq uyumi agʻanab tushish xavfini keltiruvchi yoriqlar paydo boʻlsa, u holda xodimlar uni darhol tashlab chiqishlari va tuproq buzilishiga qarshi transheya devorlarini mustahkamlash, qiyalikni oshirish uchun tuproqni kesish va boshqa shu kabi choralar qabul qilishlari kerak.
215. Toʻla ochish uchun moslanmagan ekskavator choʻmichidan quvur oʻtkazgich shikastlanishining oldini olish uchun quvurning yuzi va yon tomonidagi tuproq 0,15 — 0,20 m masofagacha yumshatilishi zarur.
216. Yer ishlari olib borilayotgan joylarda elektr kabeli, suv oʻtkazgich magistrallari, gaz oʻtkazgich va boshqa nomaʼlum yer osti kommunikatsiyalari aniqlanganda, ishlarni toʻxtatish va kommunikatsiya egasini chaqirish zarur. Zarbli asboblardan foydalanish taqiqlanadi va keskin urilishlarga yoʻl qoʻymasdan, belkurakdan foydalanish lozim.
217. Agar neft mahsulotlari quvurlarini ochayotganda yoki uni taʼmirlash jarayonida neft mahsulotining oqib chiqishi paydo boʻlsa, ishlarni toʻxtatish, ekskavator dvigateli va neft mahsuloti chiqishi yaqinidagi mexanizmlarni toʻxtatish va xodimlarni xavfli hududdan chiqarish lozim. Sodir boʻlgan voqea haqida rahbariyatga va dispetcherga xabar berish hamda avariya brigadalarini chaqirib oʻt oʻchirish vositalarini tayyor holga keltirish kerak.
Neft mahsulotlari toʻkilgan joy signal bayroqchalari va koʻrsatkichlar bilan toʻsilishi, “Olov bilan yaqinlashmang!”, “Tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish taqiqlanadi!”, “Xavfli, neft mahsuloti!” tungi vaqtlarda esa — signal beruvchi fonarlar bilan belgilanishi kerak.
218. Quvur oʻtkazgichni yuk koʻtaruvchi mexanizmlar yordamida koʻtarilgan holatda qoldirilishi taqiqlanadi.
219. Magistral va texnologik oʻtkazgich quvurlarda katushkani (quvur boʻlagi, gʻaltak) olovsiz metod bilan kesishda, daydi toklardan elektr uchquni hosil boʻlishining oldini olish uchun shuntirlovchi tutashtirgichni montaj qilish zarur.
220. Neft mahsulotlari quvurlarini koʻmishdan oldin, ishlarni xavfsiz olib borilishiga javobgar shaxs transheyada odam yoʻqligiga ishonch hosil qilishi kerak.
221. Taʼmirlanayotgan neft mahsulotlari quvurlari uchastkasida quvur yuzasigacha 0,8 m dan kam boʻlgan qalinlikdagi tuproq uyumi qatlamini hosil qiluvchi joydan buldozerning oʻtishi taqiqlanadi.
222. Odamlar oʻtish joylarida yoki transport vositalari yoʻllarida transheya qaziganda, tegishli joylarda toʻsiqlar va xavfsizlik belgilari oʻrnatilishi, tungi vaqtlarda esa yorugʻlik xavfsizlik signali oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
223. Neft mahsuloti quvurini kotlovanga markazlashtirilgan holda tushirib joylash yoki uni koʻtarish ishlari boʻyicha barcha operatsiyalarni master yoki brigadirning bevosita rahbarligi ostida oʻtkazish lozim.
224. Gaz bilan kesuvchilar va elektr payvandchilar kotlovanda bir vaqtda ishlashi taqiqlanadi.
225. Quvurlarga izolyatsiya qoplamasini qoplash mexanizatsiyalashgan usullar bilan bajariladi. Izolyatsiya qoplashni qoʻlda bajarishga faqat izolyatsiya qoplamasining shikastlangan qismini taʼmirlashda yoki ish hajmi uncha koʻp boʻlmaganda ruxsat beriladi.
226. Quvurlarni transheyaga tushirish boʻyicha ishlarni boshlashdan oldin kanatlar, bloklar, tormoz qurilmalari, quvur yotqizgichlarning holatlarini va poʻlat sochiqlarning yumshoq qamrab olinganligini tekshirish zarur. Poʻlat sochiqlar soz boʻlishi, xavfsizlik meʼyorlariga mos kelishi kerak.
3-§. Neft mahsulotlari quvurlarini mukammal taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
227. Neft mahsulotlari quvurlarini mukammal taʼmirlash ishlarini bajarish ushbu ishlarga rahbarlik qilishga qoʻyilgan javobgar xodim rahbarligi ostida amalga oshirilishi kerak.
228. Neft mahsulotlari quvurlarini bitta quvur yotqizgich bilan koʻtarish taqiqlanadi.
229. Quvur yotqizgich kranlarning kanatlarini, bloklari va tormoz tizimlarini yoki boshqa yuk koʻtaruvchi mexanizmlar va moslamalarning yumshoq sochiqlari, trolleyli osilchoqlari holatini tekshirish zarur.
230. Taʼmirlanayotgan uchastkaning quvur oʻtkazgich osti qismini butunlay ochilganidan soʻng yoki undan chuqurroq qazilgandan keyingina neft mahsulotlari oʻtkazgichlarini koʻtarish mumkin.
231. Neft mahsulotlari quvurlarini tozalash va izolyatsiya qilishdan oldin quyidagilarni amalga oshirish zarur:
transheyaning gazlashganlik darajasini aniqlash va tahlil natijalarini jurnalga yozib qoʻyish;
mashina quvvat uzatishi kabelida uzilishlar yoʻqligi va izolyatsiya butunligini tekshirish;
koʻchma elektr stansiyaning yerga tutashganligini tekshirish;
“yer” klemmasi kontaktining ishonchliligini nol tolali kuchlanish kabeli mashinasida tekshirish;
mashinaning ishchi qismida saqlagichli shchitlarning mahkamligini va toʻgʻri oʻrnatilganligini tekshirish;
neft mahsulotlari quvurlari butunligi buzilishini va mashinalar sinishining oldini olish uchun quvurning tashqi yuzasini sinchkovlik bilan koʻzdan kechirish, xomut qistirma, vantuz va quvur oʻtkazgichdagi toʻsiqlarning mavjudligini tekshirish.
232. Gruntovkalar va eritgichlar bilan ishlaganda quyidagilar taqiqlanadi:
ularni ochiq idishda saqlash va tashish;
yuklash va tushirish ishlarini bajarishda toʻldirilgan sigʻimni tashlash;
uchqun chiqaruvchi uskuna yoki predmetlar bilan urib tiqinni burash va qopqogʻini ochish;
ochiq olovdan 50 m yaqin boʻlgan joylarda ularni aralashtirish va quyish;
benzolni qoʻllash.
233. Neft mahsuloti quvurlarining tashqi yuzasiga gruntovkani surishda ushbu uchastkada boshqa ishlarni bajarish taqiqlanadi.
234. Bitum mastikasini tayyorlash joyida yongʻin oʻchirish vositalari doimo boʻlishi kerak.
6-bob. Qoidalarning buzilishiga javobgarlik
235. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
236. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(236-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
7-bob. Yakuniy qoida
237. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, Temir yoʻllarda yuk va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va “Oʻzbekneftegaz” milliy xolding kompaniyasi bilan kelishilgan.
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
2014-yil 2-iyun
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri A. XAITOV
2014-yil 2-iyun
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2014-yil 2-iyun
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
2014-yil 2-iyun
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
2014-yil 2-iyun
Tabiatni muhofaza qilish Davlat qoʻmitasining raisi B. ABDUSAMATOV
2014-yil 2-iyun
“Oʻzstandart” agentligi bosh direktori A. KURBANOV
2014-yil 2-iyun
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasining boshligʻi R. IKRAMOV
2014-yil 2-iyun
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
2014-yil 2-iyun
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
2014-yil 2-iyun
“Oʻzbekneftegaz” MXK boshqaruv raisi Sh. FAYZULLAYEV
2014-yil 2-iyun
Magistral neft mahsulotlari quvurlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Neft mahsuloti quvurlarining taʼmirlangan uchastkalarini havo bilan tozalashda yoki mustahkamlikka sinashda belgilanadigan muhofaza hududlar
| Quvur diametri |
Muhofaza hudud | ||
|
ichini tozalashda |
mustahkamlikka sinashda ikkala tomonidan | ||
| quvurning ikkala tomonidan |
porshen otilib chiqish yoʻnalishi boʻyicha | ||
| 100 — 300 mm | 40 m | 600 m | 100 m |
| 300 — 500 mm | 60 m | 800 m | 150 m |
| 500 — 800 mm | 60 m | 800 m | 200 m |
| 800 — 1000 mm | 100 m | 1000 m | 250 m |
| 1000 — 1400 mm | 100 m | 1000 m | 350 m |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 26-son, 322-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 04.04.2026-y., 10/26/3803/0311-son)