07.06.2014 yildagi 147-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini tartibga solish va soddalashtirish hamda naqd pul bilan hisob-kitob qilgan holda tovarlarni sotishda, ishlarni bajarishda va xizmatlar koʻrsatishda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllanishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-yil, 11-son, 89-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi “Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun qoʻllaniladigan fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalariga qoʻyiladigan yagona texnik talablarni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu qarorning maqsadi, mazmuni hamda amaliy ahamiyatini tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida keng yoritish boʻyicha tadbirlarning tashkil etilishini va amalga oshirilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 7-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
147-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining
2014-yil 7-iyundagi 147-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-ilovada (Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“7. Sertifikatga ega boʻlmagan va (yoki) belgilangan yagona texnik talablarga javob bermaydigan yoxud davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilmagan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasidan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq aybdor shaxslar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar javobgarlikka tortilgan holda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini qoʻllamasdan amalga oshirilgan faoliyat sifatida qaraladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 10-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Bunda xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlariga aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda yoziladigan, qatʼiy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadigan ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha kvitansiya daftarchalarini taqdim etadi. Kvitansiya daftarchalari pulni hisob-kitoblar amalga oshirilgunga qadar davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Kvitansiyalarning ushbu shaklidan elektr energiyasi vaqtincha mavjud boʻlmagan taqdirda ham foydalaniladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“19. Ushbu qarorga 3-ilovaning 1-bandida koʻrsatilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar aholi bilan oʻzaro hisob-kitoblarni davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtgan chiptalar, talonlar, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni majburiy tartibda bergan holda amalga oshirishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyekt chiptalar, talonlar, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish boshlangunga qadar davlat soliq xizmati organlariga murojaat qiladi. Davlat soliq xizmati organlari koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni ikki kun muddatda roʻyxatdan oʻtkazadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilgan chiptalari, talonlari, cheklari yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlari qatʼiy hisobot beriladigan blankalar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar va shahar atrofi transport vositalarida yoʻlovchilarni tashish uchun rasmiylashtirilgan yoʻlkira chiptalari, shuningdek chiptalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlar ularni sotishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi qoʻllanilgan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlar elektron chiptalarni, shuningdek xizmatlarni koʻrsatuvchilar tomonidan tartib raqami qoʻyilmagan va qatʼiy hisobot beriladigan blankalar hisoblanmaydigan boshqa hujjatlarni sotishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini qoʻllashi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mexanik apparatlar (avtomatlar) vositasida naqd pul mablagʻlari toʻlangan holda aholi bilan oʻzaro hisob-kitob qilish ham fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi (fiskal registratorlar) majburiy qoʻllanilgan holda amalga oshirilishi kerak”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ushbu Tartibga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini faoliyat amalga oshiriladigan joy (keyingi oʻrinlarda turgʻun shoxobcha joylashgan joy deb ataladi) boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibotini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
turgʻun shoxobcha joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlari tomonidan amal qilish muddatisiz beriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligidan yoki roʻyxatdan oʻtkazishdan chiqarilganligidan guvohlik beradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish huquqini beruvchi ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan hujjat hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Tartibning talablari aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini qoʻllovchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi oʻrinlarda xoʻjalik yurituvchi subyekt deb ataladi) joriy etiladi, oʻz faoliyatining oʻziga xosligi tufayli aholi bilan pulli hisob-kitoblarni fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslarning ayrim toifalari bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi xoʻjalik faoliyatida qoʻllanilgunga qadar xoʻjalik yurituvchi subyektga fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi berilgan holda davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Ruxsat beruvchi talablar va shartlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini qoʻllagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatishda quyidagilar ruxsat beruvchi talablar va shartlarga tegishli boʻladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilgan ishonchli maʼlumotlar va hujjatlarni taqdim etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining belgilangan yagona texnik talablarga muvofiqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyekt — yuridik shaxs uchun — turgʻun shoxobchaning nomidagi va (yoki) joylashgan joyi (pochta manzili)dagi va (yoki) dislokatsiyasidagi oʻzgarishlar, shuningdek uning tugatilishi; davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi berilgan guvohnomada koʻrsatilgan ismi yoki familiyasi, otasining ismi, turgʻun shoxobchaning joylashgan joyi oʻzgarishi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor uchun — xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyati toʻxtatilishi roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati organlarini xabardor qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini qoʻllashga qoʻyiladigan talablarga tegishli qonun hujjatlari normalariga soʻzsiz rioya qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini olish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Xoʻjalik yurituvchi subyekt fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini olish uchun turgʻun shoxobcha joylashgan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlariga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xoʻjalik yurituvchi subyekt toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan holda roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish haqidagi ariza:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yuridik shaxslar uchun — nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), tashkiliy-huquqiy shakli, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, bank rekvizitlari, aloqa qilinadigan telefonlar, rahbarning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda turgʻun shoxobcha joylashgan joyning manzili;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun — familiyasi, ismi va otasining ismi, pasportidagi maʼlumotlar, pochta manzili, turgʻun shoxobcha joylashgan joyning manzili, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, bank rekvizitlari, aloqa qilinadigan telefonlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sertifikatlash boʻyicha akkreditatsiya qilingan organlar tomonidan berilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) turgʻun shoxobcha mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarning nusxalari (binoning ijara shartnomasi, order (dalolatnoma va shu kabilar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) agar qonun hujjatlarida oʻzgacha hol nazarda tutilmagan boʻlsa naqd pul tushumi xizmat koʻrsatuvchi bank bilan inkassatsiya qilinganligi toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasi yoxud hisob-kitob raqami mavjudligi toʻgʻrisida xizmat koʻrsatuvchi bank bilan tuzilgan shartnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasiga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlashga tuzilgan shartnomaning nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining xizmat koʻrsatish dasturlari va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi dasturlari holati, shuningdek begona texnik oʻzgarishlar yoʻqligi (biror-bir tashqi oʻzgarishlar yoʻqligi va etalon versiyalarga muvofiqlik) yuzasidan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning xulosasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) tartib raqami qoʻyilgan va ip oʻtkazib tikilgan, xoʻjalik yurituvchi subyektning muhri bilan tasdiqlangan kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari (fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishda ariza beruvchiga qaytariladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) hisobdan chiqarish toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining oldingi roʻyxatdan oʻtkazilishini va roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini hisobdan chiqarishda — fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichining koʻrsatkichlarini qayd etish dalolatnomasining nusxasi (agar fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi oldin roʻyxatdan oʻtkazilgan va roʻyxatdan oʻtkazishdan chiqarilgan boʻlsa).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat soliq xizmati organlari taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligini tekshirgandan keyin fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasidan foydalanishni kodlashtiradi. Shundan keyin xizmat koʻrsatuvchi tashkilotning mutaxassisi tomonidan ishga tushirish — sozlash ishlari amalga oshiriladi, bu haqda nazorat cheki ilova qilingan holda ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha 3 nusxada fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichining koʻrsatkichlarini qayd etish dalolatnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichi koʻrsatkichlarini qayd etish dalolatnomasini tuzish tugallangandan keyin davlat soliq xizmati organlari tamgʻa oʻrnatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektdan ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini olish uchun ariza berishda ushbu Tartibning 5-bandida sanab oʻtilgan hujjatlarning ikki nusxada roʻyxati tuziladi, bir nusxasi qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, uni berish yoxud berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini olish toʻgʻrisida xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasi davlat soliq xizmati organlari tomonidan koʻrib chiqilganligi va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Davlat soliq xizmati organlari ariza va ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilgan barcha zarur hujjatlar olingan paytdan boshlab besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasini koʻrib chiqadi va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda davlat soliq xizmati organlari tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyektni rad etishning aniq sabablarini, qonun hujjatlarining aniq normalarini va xoʻjalik yurituvchi subyekt koʻrsatib oʻtilgan sabablarni bartaraf etib takroran koʻrib chiqish uchun ushbu Tartibning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda yozma yoki elektron shaklda unga fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilganligidan xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Elektron shaklda berilgan maʼlumotnoma yoki bildirishnoma qogʻozdagi hujjatga tenglashtiriladi va u bilan bir xil yuridik kuchga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyekt rad etishning sabablarini bartaraf etishga va takroran koʻrib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishga haqli boʻlgan muddat fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilganligi toʻgʻrisidagi yozma yoki elektron bildirishnoma olingan kundan boshlab oʻn ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Davlat soliq xizmati organlari quyidagi hollarda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish uchun zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq hajmda taqdim etilmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xoʻjalik yurituvchi subyekt ruxsat beruvchi talablar va shartlarga muvofiq boʻlmagan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda toʻgʻri boʻlmagan yoki buzilgan maʼlumotlar mavjud boʻlgan hollarda ushbu Tartibning 11-bandi birinchi xat boshida nazarda tutilgan muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektga fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emasligi sababi bilan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Agar davlat soliq xizmati organlari ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida xoʻjalik yurituvchi subyektni fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish rad etilishi toʻgʻrisida xabardor qilmagan yoki fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bermagan taqdirda, u holda xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlarini yozma ravishda xabardor qilib fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini qoʻllagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish huquqiga ega boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan roʻyxati va xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga yuborilgan yozma bildirishnoma ruxsat beruvchi xususiyatga ega boʻlgan hujjatga tenglashtiriladi va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini qoʻllagan holda aholi bilan naqd pulli hisob-kitob qilib tovarlarni sotish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish uchun asos hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda davlat soliq xizmati organlari xoʻjalik yurituvchi subyektning yozma bildirishnomasi olingandan keyin besh ish kunidan kech boʻlmagan muddatda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish takroriy ariza olingan sanadan boshlab bir ish kunidan kech boʻlmagan muddatda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizani takroran koʻrib chiqishda oldin rad etish toʻgʻrisidagi bildirishnomada koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi, oldin koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish muddati takroriy ariza berilgan paytdan boshlab uch ish kunidan oshmasligi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasi takroran koʻrib chiqilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ushbu Tartibning 11-bandida koʻrsatilgan muddat tamom boʻlgandan keyin xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan berilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berish toʻgʻrisidagi takroriy ariza yangidan berilgan ariza deb hisoblanadi va davlat soliq xizmati organlarida umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlarining fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Xoʻjalik yurituvchi subyekt va berilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat soliq xizmati organlarida ushbu Tartibga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladigan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish daftariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Davlat soliq xizmati organlarida har bir roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasiga alohida hujjatlar yigʻmajildi yuritiladi, unga ushbu fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi bilan bogʻliq barcha hujjatlar, shu jumladan texnik xizmat koʻrsatish va taʼmirlash boʻyicha materiallar tirkab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Davlat soliq xizmati organlari xoʻjalik yurituvchi subyektga ushbu Tartibga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha har bir roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasiga alohida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini beradi va kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftarini muhr bilan tasdiqlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini qayta rasmiylashtirish, uning dublikatini berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Xoʻjalik yurituvchi subyekt qayta tuzilgan, uning nomi (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi) va tuman (shahar) doirasida turgʻun shoxobcha joylashgan joy oʻzgargan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyekt yoxud uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilgandan keyin yetti ish kuni mobaynida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasiga tegishli oʻzgarishlarni kiritish uchun davlat soliq xizmati organlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) turgʻun shoxobcha joylashgan joyning oldingi va yangi manzili koʻrsatilgan arizani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) yangi manzil boʻyicha turgʻun shoxobcha mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) turgʻun shoxobchaning yangi manzili boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi bank bilan naqd pul tushumi inkassatsiyasi toʻgʻrisidagi shartnomaning nusxasini taqdim etishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini olish va qayta rasmiylashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan davlat soliq xizmati organlariga bevosita, olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma berilgan holda pochta aloqasi vositalari orqali yoki elektron shaklda taqdim etiladi. Elektron shaklda taqdim etilgan hujjatlar xoʻjalik yurituvchi subyektning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlariga ariza bergan xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻr) oʻz faoliyatini ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddat mobaynida ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida davlat soliq xizmati organlarining belgisi qoʻyilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini qayta roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida berilgan ariza asosida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Davlat soliq xizmati organlari taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va ishonchliligini tekshirgandan keyin ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda tegishli oʻzgartirishlarni kiritadi va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini beradi, xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan taqdim etilgan hujjatlar esa fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining hujjatlar yigʻmajildiga tirkab qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi yoʻqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan taqdirda xoʻjalik yurituvchi subyektning arizasiga koʻra uning dublikati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda yaroqsiz holga kelgan taqdirda arizaga fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq xizmati organlari fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi dublikatini ushbu Tartibning 10-bandida nazarda tutilgan muddatda berishi shart.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi qayta rasmiylashtirilganligi va dublikat berilganligi uchun yigʻim undirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VI. Nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan chiqarish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tugatilgan (faoliyati toʻxtatilgan), fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektda foydalanishdan chiqarilgan hollarda u roʻyxatdan majburiy chiqarilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektning turgʻun shoxobchasi joylashgan joy oʻzgargan taqdirda, fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazishdan chiqarilishi shart, ushbu Tartibning 20-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan chiqarish uchun (ushbu Tartibning 26-bandi birinchi xatboshida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno) davlat soliq xizmati organi boshligʻi nomiga ariza taqdim etish, unda xoʻjalik yurituvchi subyektning rekvizitlarini (nomi (F.I.O.), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, manzili), nazorat-kassa mashinasining modelini va zavod raqamini, roʻyxatdan oʻtkazishdan chiqarish sabablarini koʻrsatish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ushbu turgʻun shoxobchada boshqa fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan taqdirda — inkassatsiya xizmatida tasdiqlangan faoliyatning tugallanganligi toʻgʻrisidagi xat-bildirishnomaning nusxasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Davlat soliq xizmati organlari ariza va ilova qilinadigan hujjatlar olingandan keyin boshliqning (yoki uning oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va ishonchliligini uch kun muddatda tekshiradi, nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilgan butun davr uchun joyning oʻzida fiskal xotiraning yakuniy koʻrsatkichlarini chiqarib oladi, bu haqda ushbu Tartibga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasi hisoblagichi koʻrsatkichlarini qayd etish dalolatnomasi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Davlat soliq xizmati organlarining masʼul mansabdor shaxsi fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasiga va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan oʻtkazish daftariga tegishli yozuvlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasiga va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan oʻtkazish daftariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan keyin kassir-operatsiyachining nazorat-kassa daftari va fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi xoʻjalik yurituvchi subyektga qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi yoʻqotilgan yoxud oʻgʻirlangan taqdirda hodisa yuz bergan paytdan boshlab bir ish kunidan kechikmay xoʻjalik yurituvchi subyekt davlat soliq xizmati organlariga bevosita, ushbu ariza olinganligi toʻgʻrisidagi bildirishnoma berilgan holda pochta aloqasi vositalari yoki elektron shaklda ariza beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Arizaga fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Xoʻjalik yurituvchi subyekt tomonidan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi yoʻqolganligi (oʻgʻirlanganligi) toʻgʻrisida ariza berilgan taqdirda davlat soliq xizmati organlarining masʼul mansabdor shaxsi yuqori hududiy boshqarmani xabardor qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VII. Davlat soliq organlarida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalari hisobini yuritish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davlat soliq xizmati organlari fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalari reyestrini yuritadi va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalari reyestrida xoʻjalik yurituvchi subyektlar toʻgʻrisidagi quyidagi asosiy maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, pochta manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar — yakka tartibdagi tadbirkorlar — jismoniy shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning pasportidagi maʼlumotlar, pochta manzili, telefoni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi berilgan sana va uning tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini qayta rasmiylashtirishning asosi va sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini hisobdan chiqarishning asosi va sana;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi dublikatining berishning asosi va sana.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkalarini hisobga olish reyestridagi maʼlumotlar xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ular bilan tanishishi uchun ochiqdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SXEMASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi hisoblagichining koʻrsatkichlarini qayd etish
‎DALOLATNOMASI

‎‎20___ yil “__”______________ №________

‎‎Davlat soliq xizmati organi vakili ______________________________________________
‎‎Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili _______________________________________________

‎‎Texnik xizmat koʻrsatish shartnomasiga muvofiq fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasiga xizmat koʻrsatuvchi tashkilot vakili

‎‎___________________________________________________________________________

‎‎Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi uning nomiga roʻyxatdan oʻtkazilgan xoʻjalik yurituvchi subyektning nomi va soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami

‎‎___________________________________________________________________________

Roʻyxatdan oʻtkazilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi joylashgan joy‎‎

___________________________________________________________________________‎‎
‎‎___________________________________________________________________________
‎‎Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi modeli va zavod raqami ______________
___________________________________________________________________________‎‎

‎‎Ishga tushirish-sozlash/roʻyxatdan chiqarish paytida fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi fiskal xotirasi jamlovchi hisoblagichining koʻrsatkichi ___________________________ (nazorat cheki ilova qilinadi).

‎‎Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasidan foydalanish kodi _______________________________________________________________________

‎‎(hisobdan chiqarishda koʻrsatiladi)‎

‎‎Dalolatnomani tuzishda shikoyatlar va arizalar tushmadi, bu haqda 3 nusxada ushbu dalolatnoma tuzildi.

Davlat soliq xizmati organi vakili‎‎‎ ________________________________________
Xoʻjalik yurituvchi subyekt vakili _______________________________________________‎
Xizmat koʻrsatuvchi tashkilot vakili ______________________________________________‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

‎‎Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa
‎mashinalarini roʻyxatdan oʻtkazish daftari

Roʻyxatdan oʻtkazish raqami‎ Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana‎ Xoʻjalik yurituvchi subyekt nomi‎ Roʻyxatdan oʻtkaziladigan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi obyekti joylashgan joy‎ Roʻyxatdan oʻtkaziladigan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi modeli‎ Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining Zavod raqami‎ Dasturiy versiya raqami‎ Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining fiskal xotirasidan foydalanish kodi‎ fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini Roʻyxatdan chiqarish sanasi ‎ Izoh‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasining roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasini bergan holda faoliyat amalga oshiriladigan joy boʻyicha davlat soliq xizmati organlarida roʻyxatdan oʻtkazish tartibiga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

ROʻYXATDAN OʻTKAZISh KARTOChKASI

‎‎Ushbu roʻyxatdan oʻtkazish kartochkasi _____________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________ga

‎‎__________________________________ modeldagi, zavod raqami _______________, 201__ yil “___”______________ dagi reyestr raqami ____________ boʻlgan nazorat-kassa mashinasi ______________________ davlat soliq xizmati organida roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida berildi. ‎

Reyestr raqami‎ Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi modeli‎ Zavod raqami‎ Dasturiy versiya raqami‎ Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi joylashgan joy‎ Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi va roʻyxatdan chiqarilganligi toʻgʻrisidagi belgi‎

‎‎‎Davlat soliq xizmati organi rahbari
‎‎_____________________________________

Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasini roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha davlat soliq xizmati organining masʼul xodimi

_____‎‎________________________________‎‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 3-ilovada Kvitansiyalar daftarchasi titul varagʻining nomi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAZORAT KASSA MAShINASI TAʼMIRLAShDA, EKSPERTIZADAN OʻTKAZIShDA BOʻLGAN VAQTDA, ELEKTR ENERGIYASI BOʻLMAGANDA XOʻJALIK YuRITUVChI SUBYEKTLARNING FOYDALANIShI UChUN KVITANSIYALAR DAFTARChASI”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanishi ruxsat etilgan fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom) 7-bandning “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“d) fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinasi va uning dasturiy mahsulotlari funksional tavsiflarining yagona texnik talablarda keltirilgan malaka guruhlaridan biriga muvofiqligini”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 3-ilovada (Yuridik va jismoniy shaxslarning oʻz faoliyati xususiyatiga koʻra aholi bilan pulli hisob-kitoblarni fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarini qoʻllamasdan amalga oshirishi mumkin boʻlgan ayrim toifalari roʻyxati):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Aholiga pulli xizmatlar koʻrsatishda qatʼiy hisobot beriladigan blankalar hisoblangan talonlar, chiptalar va ularga tenglashtirilgan boshqa hujjatlarni beradigan yuridik va jismoniy shaxslar”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) 2-bandning “b” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“b) dehqon bozorlarida savdo oʻrinlari tashkil etgan holda oʻzi yetishtirgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, shuningdek soʻyilgan mollar goʻshti bilan savdo qiladigan (yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslar bundan mustasno)”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni dam olish kunlari yarmarkalarda, avtomobillarni sotish bozorlarida va boshqa ilgari ishlatilgan tovarlarni, shuningdek tirik mollarni, parrandalarni, jonivorlarni va boshqalarni sotish”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 288-modda)