Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalarini tasdiqlash haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 3-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2590]
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ–2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. ABDUSAMATOV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-may,
92/1-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 8-may,
1-son
Oʻzbekiston Respublikasi
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-sonli qaroriga
ILOVA
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi,
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
2014-yil 8-maydagi 92/1, 1-sonli qaroriga
ILOVA
Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish
QOIDALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Qoidalar ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
shudgorlar — qishloq xoʻjalik texnikasi yordamida haydalgan yerlar;
pichanzorlar — chorva mollari uchun ozuqa sifatida oʻsimlik koʻk poyasi yoki qurigan oʻtlar yigʻib olinadigan tabiiy va madaniy oʻsimliklar majmuasi;
yaylovlar — chorva mollarini erkin (haydab) boqish uchun foydalaniladigan tabiiy yoki madaniy oʻsimliklar majmuasi;
zaharli oʻsimliklar — tarkibida tirik organizmlar uchun zarar keltiradigan yoki ularning hayoti va sogʻligʻiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi moddalarni saqlovchi oʻsimliklar;
giyohvand moddali oʻsimliklar — tarkibida Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq giyohvandlik vositalari roʻyxatiga kiritilgan va Oʻzbekiston Respublikasida nazoratga olinadigan moddalarni saqlovchi oʻsimliklar;
Oldingi tahrirga qarang.
karantindagi oʻsimliklar — Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyxatida (roʻyxat raqami 3597, 2025-yil 14-yanvar) nazarda tutilgan begona oʻtlar;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 15-apreldagi 3-son hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 14-apreldagi 48-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-3, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)
begona oʻtlar — biologik va ekologik jihatdan madaniy oʻsimliklar orasida oʻsib koʻpayishga moslashgan, hosilni hamda mahsulot sifatini pasaytiruvchi yovvoyi yoki yarim xonaki oʻsimliklar;
Oldingi tahrirga qarang.
pestitsidlar — zararli organizmlarga qarshi kurashish uchun qoʻllaniladigan moddalar.
(1-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 15-apreldagi 3-son hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 14-apreldagi 48-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-3, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)
2. Mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan, shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan zaharli, giyohvand moddali, karantindagi oʻsimliklar, begona oʻtlar hamda boshqa oʻsimliklar tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi oʻsimliklar (bundan buyon matnda yovvoyi oʻsimliklar deb yuritiladi) hisoblanadi.
3. Mazkur Qoidalar muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga, shuningdek yovvoyi oʻsimliklardan maxsus foydalanishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish usullari
1-§. Umumiy qoidalar
4. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash;
agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
yovvoyi oʻsimliklarni zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari vositasida kamaytirish yoki yoʻq qilish;
yovvoyi oʻsimliklarni tabiiy ravishda olib tashlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish usullari oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq boʻlishi, boshqa oʻsimliklar va tabiat obyektlariga, inson salomatligiga zarar yetkazmasligi hamda tabiiy oʻsimliklar majmualari va ular oʻsadigan muhitning saqlanishini taʼminlashi lozim.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Giyohvand moddali oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzida oʻtkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2016-yil 11-yanvardagi 13, 20-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-1, 14.01.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 2-son, 20-modda)
2-§. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalarini qoʻllash
7. Oʻsimliklarni himoya qilish uchun ishlatiladigan kimyoviy va biologik vositalar oʻsimliklarni himoya qilish vositalari hisoblanadi.
8. Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan, tabiiy organizmlarga aynan oʻxshash biologik moddalar, sunʼiy ravishda yaratilgan mavjudotlar, genetik yetishtirilgan oʻsimlik yoki boshqa organizmlar oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari hisoblanadi.
9. Oʻsimliklarni himoya qilishning biologik vositalari shudgorlarni tabiiy suratda bosib ketadigan begona oʻtlarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qoʻllaniladi.
10. Oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va begona oʻtlarga qarshi kurashda ishlatiladigan, sunʼiy yaratilgan kimyoviy vositalar, jumladan pestitsidlar oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari hisoblanadi.
11. Oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari barcha turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Oʻsimliklarni himoya qilish vositalari Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklarni himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq qoʻllaniladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasining 2026-yil 15-apreldagi 3-son hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2026-yil 14-apreldagi 48-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-3, 23.04.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)
3-§. Agrotexnik tadbirlarni amalga oshirish
13. Qishloq xoʻjalik texnikasi va mehnat qurollari yordamida oʻsimlik zararkunandalari, kasalliklari va yovvoyi oʻsimliklarning mavjud boʻlishiga, yalpi koʻpayishiga va keng tarqalishiga toʻsqinlik qiluvchi sharoitlarni yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar agrotexnik tadbirlar hisoblanadi.
14. Agrotexnik tadbirlar koʻchatlarni ekishga tayyorlash, tuproqqa ishlov berish va ekish usullari, muddatlari, ekin navlari va oʻgʻitlarni tanlash, yerlarni tekislash, kuzda chuqur haydash, oʻsimliklar qatorlari oralariga ishlov berish, dala atrofidagi daraxtlarni parvarishlash, urugʻlik maydonlarni kuzda qayta haydash, pichanga moʻljallangan dalalarni erta bahorda borona qilish, ekinlarni almashlab ekish va boshqa usullar orqali amalga oshiriladi.
15. Agrotexnik tadbirlar barcha turdagi yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish uchun qoʻllaniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-§. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirish
(4-paragrafning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarning maqsadi oʻsimliklar karantini obyektlarining xorijiy mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlari tarqalgan hududidan Oʻzbekiston Respublikasining oʻsimliklar karantini obyektlaridan xoli boʻlgan hududlariga kirib kelishi natijasida zarar yetkazilishi xavfining oldini olish, uni cheklash va bartaraf etishdan iborat hisoblanadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarni amalga oshirishda oʻsimliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalaridan foydalanish mumkin. Bunda karantindagi oʻsimliklarga pestitsidlar bilan ishlov berish tavsiya etiladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlar davomida zararlangan deb topilgan urugʻlarni ekish taqiqlanadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
21. Tozalangan urugʻlardan ajratib olingan karantindagi oʻsimliklarning urugʻlari yanchish va bugʻlatish yoʻli bilan unuvchanligi yoʻqotilib zararsizlantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Oʻsimliklar karantiniga doir tadbirlarning bajarilishi ustidan davlat nazorati oʻsimliklar karantini va himoyasi boʻyicha davlat xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining 2023-yil 23-oktabrdagi MH-15-son va Qishloq hoʻjaligi vazirligining 2023-yil 20-oktabrdagi 01/22-05/5345-sonli qarori (roʻyxat raqami 2590-2, 22.11.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son)
5-§. Yovvoyi oʻsimliklarni zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari vositasida kamaytirish yoki yoʻq qilish
23. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solish boʻyicha mazkur Qoidalarda belgilangan usullarni takomillashtirishga xizmat qilishi yoki unda nazarda tutilmagan boshqa usullardan iborat boʻlishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlaridan foydalanish shartlari ularning muallifi tomonidan belgilanadi. Ushbu shartlar qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga zid boʻlmasligi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Zamonaviy texnologik jarayonlar va ilm-fan yutuqlari mualliflarining intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlari Oʻzbekiston Respublikasining “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi hamda “Seleksiya yutuqlari toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq himoya qilinadi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
6-§. Yovvoyi oʻsimliklarni tabiiy ravishda olib tashlash
26. Yovvoyi oʻsimliklarning tarqalishi va miqdorini tartibga solishda ularni qoʻl mehnati yoki mehnat qurollari yordamida tabiiy ravishda olib tashlash usulidan foydalanish mumkin.
27. Yovvoyi oʻsimliklarni tabiiy ravishda olib tashlash usuli ular keng tarqalmagan hamda ularni mazkur usulda kamaytirish yoki yoʻq qilish mumkin boʻlgan taqdirda qoʻllaniladi.
28. Tabiiy ravishda olib tashlangan yovvoyi oʻsimliklarni zararsizlantirish va yoʻq qilishda ularning ildizlari, qalamchalari va urugʻlari tozalangan dalalarga tushib qolishi yoki boshqa oʻsimliklarga qoʻshilib qolishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
3-bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
29. Agar qonunchilik hujjatlarida, shuningdek yer uchastkalari, oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanish boʻyicha shartnomalarda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan ishlar yer uchastkalaridan va oʻsimlik dunyosi obyektlaridan foydalanuvchilar tomonidan amalga oshiriladi hamda ular tomonidan moliyalashtiriladi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oldingi tahrirga qarang.
30. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
31. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2014-yil 8-may
Ayrim turdagi yovvoyi oʻsimliklarning
tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga
ILOVA
tarqalishini va ularning miqdorini tartibga solish qoidalariga
ILOVA
Tarqalishi va miqdori tartibga solinishi lozim boʻlgan yovvoyi oʻsimliklarning
ROʻYXATI
I. Shudgorlarni tabiiy suratda bosib ketadigan zaharli oʻsimliklar
1. Neliotropium lasiocarpum
2. Vexibia alopecuroides (L.)
3. Vexibia pachicarpa (C.A. Mey.)
4. Trichodesma incanum (Bunge) A.DC.
II. Pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan zaharli oʻsimliklar
1. Abutilon theophrasti Medik.
2. Acroptilon repens (L.) DC.
3. Asperugo procumbens L.
4. Bryonia dioica Jacq.
5. Cardaria draba (L.) Desv.
6. Ceratocephala falcata (L.) Pers.
7. Ceratocephala testiculata (Crantz.) Bess.
8. Chenopodium botrys L.
9. Chenopodium vulvaria L.
10. Cuscuta campestris Yunck.
11. Datisca cannabina L.
12. Datura stramonium L.
13. Descurainia sophia (L.) Webb. ex Prantl
14. Dodartia orientalis L
15. Neliotropium lasiocarpum Fisch. et C. A. Mey.
16. Nyoscyamus niger L.
17. Iris songarica Schrenk
18. Lamium amplexicaule L.
19. Lepidium perfoliatum L.
20. Papaver pavoninum Schrenk
21. Psoralea drupacea Bunge
22. Ranunculus arvensis L.
23. Sinapis arvensis L.
24. Solanum nigrum L.
25. Solanum olgae Pojark.
26. Syrenia siliculosa (M. Bieb.) Andrz.
27. Thalictrum isopyroides C.A. Mey.
28. Trachomitum lancifolium (Russanov) Pobed.
29. Trachomitum scabrum (Russanov) Pobed.
30. Trichodesma incanum (Bunge) A. DC.
31. Vaccaria pyramidata Medik.
32. Vexibia alopecuroides (L.)
33. Aethusa cynapium L.
III. Shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan giyohvand moddali oʻsimliklar
1. Cannabis ruderalis Janisch.
2. Cannabis sativa L.
3. Papaver comniferum L.
IV. Shudgorlar, pichanzorlar va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan karantindagi oʻsimliklar
1. Ambrosia artemisiifolia L.
2. Cuscuta spp.
3. Asgortilon repens (L.) DC.
V. Shudgorlarni tabiiy suratda bosib ketadigan begona oʻtlar
1. Abutilon theophrasti Medik.
2. Acroptilon repens (L.) DC.
3. Agropyron repens (L.) P. Beauv.
4. Alisma orientale (Sam.) Jus.
5. Alopecurus myosuroides Nuds.
6. Amaranthus lividus L.
7. Amaranthus retroflexus L.
8. Amaranthus graecizans L.
9. Amaranthus hybridus L.
10. Amaranthus thellungianus Nevski
11. Ambrosia artemisiifolia L.
12. Ammannia auriculata Willd.
13. Ammannia baccifera L.
14. Ammi majus L.
15. Anagallis arvensis L.
16. Anchusa officinalis L.
17. Anthemis arvensis L.
18. Anthemis cotula L.
19. Apera spica-venti (L).
20. Alchemilla arvensis L.
21. Arabidopsis thaliana (L.) Neynh.
22. Argusia sibirica (L.) Dandy
23. Artemisia vulgaris L.
24. Atriplex hastata L.
25. Atriplex tatarica L.
26. Avena fatua L.
27. Berteroa incana (L). DC.
28. Bidens pilosa L.
29. Bidens tripartita L.
30. Bifora radians M. Bieb.
31. Brassica nigra (L.) Koch.
32. Bromus japonicus Thunb.
33. Bromus secalinus L.
34. Bromus sterilis L.
35. Butomus umbellatus L.
36. Calendula arvensis L.
37. Capsella bursa-pastoris (L.).
38. Cardamine hirsuta L.
39. Cardaria draba (L.) Desv.
40. Cardaria repens (Schrenk) Jarm.
41. Carduus nutans L.
42. Cerastium arvense L.
43. Chaenorrhinum minus (L.) Lange
44. Chenopodium album L.
45. Chenopodium hybridum L.
46. Chenopodium polyspermum L.
47. Chenopodium vulvaria L.
48. Chrysanthemum segetum L.
49. Cirium arvense (L.) Scop.
50. Convolvulus arvensis L.
51. Calystegia sepium (L.) R.Br.
52. Sompositae (g)
53. Coronopus didymus (L.) Sm.
54. Coronopus squamatus (Forsk.) Asch.
55. Cressa cretica L.
56. Crypsis schoenoides (L.) Lam.
57. Cuscuta approximata Babing
58. Cuscuta campestris Juncker
59. Cynadon dactylon (L.) Pers.
60. Cyperus difformis L.
61. Cyperus esculentus L.
62. Cyperus fuscus L.
63. Cyperus rotundus L.
64. Datura stramonium L.
65. Daucus carota L.
66. Descurainia sophia (L.) Webb.
67. Digitaria ischaemum (Schreb.) Muhlenb.
68. Digitaria sanguinalis (L)Scop.
69. Diplotaxis muralis (L) DC.
70. Dodartia orientalis L.
71. Echinochloa colonum (L.) Link.
72. Echinochloa crus-gali (L.) Beauv.
73. Echinochloa oryzoides (Ard.) Fritsch
74. Echium vulgare L.
75. Eleusine indica (L.) Gaertn.
76. Equisetum arvense L.
77. Eragrostis pilosa (L.) Beauv.
78. Erianthus ravennae (L.) Beauv.
79. Conyza sanadensis L.
80. Erodium cicutarium (L.) L` Ner.
81. Erysimum cheiranthoides L.
82. Euclidium syriacum (L.) R.Br.
83. Euphorbia peplus L.
84. Eurphorbia helioscopia L.
85. Fagopyrum tataricum (L.) Gaerthner
86. Filaginella uliginosa (L.) Opiz.
87. Fumaria vaillantii Loisel.
88. Fumaria officinals L.
89. Galeopsis ladanum L.
90. Galeopsis tetrahit L.
91. Galinsoga ciliana (Raf.) Blake.
92. Galinsoga parviflora Cav.
93. Gallium aparine L
94. Geranium dissectum (L.) Jusl.
95. Neliotropium ellipticum Ledeb
96. Neliotropium europaeum L (Gaertn)
97. Nibiscus trionum L.
98. Nordeum leporinum Link.
99. Nordeum murinum L.
100. Nyoscyamus niger (L)
101. Juncus bufonius L.
102. Karelinia caspia (Pall.) Less.
103. Kicrxia spuria (L.) Dumort.
104. Kochia scoparia (L) Schrader.
105. Koelpinia linearis Pall.
106. Lactuca serriola L.
107. Lactuca tatarica (L) C.A.M.
108. Lamium purpureum L.
109. Lappula squarrosa (Retz.) Dumort.
110. Lapsana communis L.
111. Lathyrus tuberosus L.
112. Lepidium pinnatifidum Ladeb.
113. Leptochloa filiformis (Lam.) P. Beauv.
114. Limonium otolepis (Shrenk) O.Kuntze
115. Lithospermum arvense L.
116. Lolium multiflorum Lam.
117. Lolium temulentum L.
118. Lycopsis arvensis L.
119. Malva neglecta Wallr.
120. Malva sylvestris L.
121. Matricaria matricarioides (Less.) Porter.
122. Matricaria perforatum Merat.
123. Mentha arvensis L.
124. Nonnea pulla (L.).
125. Pennisetum glaucum (L.) R. Br. (Setaria glauca (L.) Beauv.)
126. Phalaris canariensis L.
127. Phalaris minor Retz.
128. Phragmites australis (Cav.) Trin.
129. Picris echioides L.
130. Plantago major L.
131. Poa annua L.
132. Poa trivialis L.
133. Polygonum aviculare L.
134. Polygonum convolvulus L.
135. Polygonum hydropiper L.
136. Polygonum lapathifolium L.
137. Polygonum persicaria L.
138. Portulaca oleraceae L.
139. Ranunculus repens L.
140. Raphanus raphanistrum L
141. Rumex acetosa L.
142. Rumex crispus L.
143. Rumex halacyi Rech.
144. Scandix pectin-veneris L.
145. Setaria viridis (L.) P. Beauv.
146. Sorghum habepense L.
147. Silene noctiflora L.
148. Sinapis arvensis L.
149. Sisymbrium loeselii Jusl.
150. Sonchus asper (L) Nill.
151. Sonchus oleraceus L.
152. Sorghum halepense (L.) Pers.
153. Stellaria media (L) Vill.
154. Tribulus terrestris L.
155. Typha angustifolia L.
156. Vaccaria hispanica (Mill.) Rauschert
157. Vexibia alopecuroides (L.) Jakov.
158. Vicia cracca L.
159. Urtica urens L.
160. Xanthium spinosum (L.).
161. Xanthium strumarium L.
162. Zygophyllum oxianum Boriss.
VI. Pichanzor va yaylovlarni tabiiy suratda bosib ketadigan begona oʻtlar
1. Aegilops triuncialis L.
2. Asperugo procumbens L.
3. Avena fatua L.*
4. Centaurea squarrosa Willd.
5. Chenopodium botrys L.
6. Chenopodium vulvaria L.*
7. Descurainia sophia (L.) Webb. ex Prantl *
8. Dodartia orientalis L.*
9. Neterocaryum szovitsianum (Fisch. et C. A. Mey.) DC.
10. Nyoscyamus niger L.*
11. Iris songarica Schrenk
12. Lamium amplexicaule L.
13. Lepidium perfoliatum L.
14. Lycium ruthenicum Murray
15. Pennisetum glaucum (L.) R. Br. (Setaria glauca (L.) Beauv.) *
16. Rochelia bungei Trautv.
17. Rochelia leiocarpa Ledeb.
18. Setaria verticillata (L.) Beauverd
19. Setaria viridis (L.) Beauverd *
20. Sinapis arvensis L.*
21. Solanum nigrum L.
22. Stipa capillata L.
23. Stipa lipskyi Roshev.
24. Syrenia siliculosa (M. Bieb.) Andrz.
25. Tribulus macropterus Boiss.
26. Tribulus terrestris L.*
27. Xanthium spinosum L.*
Izoh: * Mazkur begona oʻtlar shudgorlarda ham uchraydi.
VII. Respublikaga chetdan kirib kelgan begona oʻtlar
1. Acalypha australis L.
2. Acorus calamus L.
3. Acroptilon repens L.
4. Ailantus altissima (Mill.) Swingle
5. Amaranthus albus L.
6. Amaranthus retroflexus L.
7. Anisantha tectorum L.
8. Arundo donax L.
9. Bidens frondosa L.
10. Conyza sanadensis L.
11. Eclipta prostrata (L.) L.
12. Galinsoga parviflora Cav.
13. Rubus caesius L.
14. Rubus idaeus L.
15. Spergularia rubra (L.) J. Presl & C. Presl.
16. Xanthium spinosum L.
17. Xanthium strumarium L.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 23-son, 274-modda; 2016-y., 2-son, 20-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 22.11.2023-y., 10/23/2590-2/0870-son; 25.04.2026-y., 10/26/2590-3/0419-son)