ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Bajarish muddatlari |
Amalga oshirish shakli |
Bajarish uchun masʼullar |
|
I. Milliy qonun hujjatlarini XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalariga muvofiq takomillashtirish | ||||
|
1. |
Xalqaro mehnat konferensiyasi (XMK) sessiyalarida qabul qilingan qarorlar, XMT Ustaviga muvofiq, ratifikatsiya qilingan konvensiyalar normalaridan kelib chiqqan holda milliy ijtimoiy-mehnat qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar toʻgʻrisida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatini xabardor qilish. |
Har yili |
XMK sessiyasida qabul qilingan qarorlar toʻgʻrisida axborot |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
2. |
Oliy Majlis palatalarida “Ijtimoiy sheriklik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni loyihasi muhokamalarida qatnashish. Mehnat qonunchiligi masalalari boʻyicha tomonlarning ijtimoiy sheriklik borasidagi samarali faoliyati uchun ushbu Qonunning maqsadlari va ahamiyatini tushuntirishga doir ishlarni amalga oshirish. |
2014-yil III chorak
|
Qonun loyihasini muhokama qilishda qatnashish
|
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
3. |
Bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga hamda mamlakatda iqtisodiyotni yanada chuqurlashtirish, takomillashtirish, erkinlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarga hamda mamlakatimizdagi mehnat qonunchiligiga muvofiq boʻlgan “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirdagi) loyihasini ishlab chiqish. |
Vazirlar Mahkamasiga kiritish 2015-yil Oliy Majlisga kiritish 2016-yil |
Qonun loyihasi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
4. |
Ayollar va yoshlar uchun qoʻshimcha kafolatlar berish boʻyicha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish maqsadida ularning XMT konvensiyalariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi yuzasidan xatlovdan oʻtkazish, amaldagi normalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. |
Xatlovni oʻtkazish — 2014-yil III chorak Takliflar ishlab chiqish — 2014-yil IV chorak |
Tahliliy xat |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Kamolot” YIH, Bandlik, mehnatni muhofaza qilish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish Respublika ilmiy markazi |
|
5. |
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 225-moddasida nazarda tutilgan tartibotlarga muvofiq ayollar uchun qoʻlda ogʻir yuklarni koʻtarish va boshqa joyga tashishning cheklangan normalarini qayta koʻrib chiqish va ularga oʻzgartirishlar kiritish. |
2014-yil IV chorak |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi |
|
6. |
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashni, texnologik jihatdan qayta jihozlashni va shart-sharoitlarni yaxshilashni, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish boʻyicha zamonaviy talablar joriy etilishini hisobga olgan holda Oʻn sakkiz yoshdan kichik shaxslar mehnatini qoʻllanish taqiqlanadigan, mehnat sharoitlari noqulay boʻlgan ishlar roʻyxatini unifikatsiya qilish. |
2015-yil I chorak |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi |
|
7. |
16 yoshgacha boʻlgan bolalarni ishga qabul qilish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil IV chorak |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi |
|
II. XMTning majburiy va bolalar mehnati masalalari boʻyicha ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini bajarish | ||||
|
8. |
1-T (yillik), 1-KV (yillik) va 1-FX (yillik) shakllar boʻyicha statistika hisobotlari asosida 18 yoshdan kichik xodimlarning soni toʻgʻrisidagi statistika maʼlumotlarini tayyorlash. |
Har yili 2014 — 2016-yillar mobaynida |
Statistika maʼlumotlari va axborotlarini shakllantirish |
Davlat statistika qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
9. |
XMT IPEK metodologiya va instrumentlaridan foydalangan holda milliy monitoringni oʻtkazish, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bolalar mehnatini qoʻllanishga yoʻl qoʻymaslik, qonunchilikda belgilangan voyaga yetmaganlar mehnati normalariga, sharoitlariga va talablarga, shuningdek bolalar mehnati masalalari boʻyicha ratifikatsiya qilingan 138-son va 182-son Konvensiyalarning qoidalariga ular tomonidan rioya etilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlash. |
Har yili belgilangan muddatlarda |
Monitoring dasturi va tekshirishlar jadvali |
Bolalar mehnati masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
10. |
Barcha maktablar va kollejlarda, shu jumladan qishloq joylardagi maktablar va kollejlarda oʻquvchilarning boʻsh vaqti samarali oʻtkazilishini, oʻquvchilarning qiziqishlar boʻyicha toʻgaraklari va sport seksiyalari ishlari faollashtirilishini taʼminlash. |
Jadval boʻyicha |
Qoʻshimcha darslar oʻtkazish, toʻgaraklar, sport seksiyalari ishlarini faollashtirish |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, “Kamolot” YIH, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
11. |
Majburiy, shuningdek bolalar mehnati boʻyicha XMT konvensiyalarini bajarishda ish beruvchilar va xodimlarning ishtiroki masalalariga doir ishlarning qoʻshma kompleks rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2014-yil III chorak |
Ishlarning qoʻshma rejasi |
Savdo-sanoat palatasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi |
|
12. |
Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini, shu jumladan taʼlim muassasalari bitiruvchilarini aniq korxonalarga oldindan biriktirib qoʻyishni tashkil etish, boʻsh ish oʻrinlarining ixtisoslashtirilgan yarmarkalarini oʻtkazish yoʻli bilan ishga joylashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish. |
Har yili |
Chora-tadbirlar kompleksi |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, tijorat banklari |
|
13. |
Maktablarda (yuqori sinflar oʻquvchilari uchun), litseylar va kollejlarda voyaga yetmagan bolalar huquqlarini hamda MXTning Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalari qoidalarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan sohaga doir oʻquv dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish. |
2014 — 2016-yillar |
Bajaruvchilarning qarorlari |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
|
III. XMT bilan oʻzaro hamkorlik qilish, hamkorlik dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish | ||||
|
14. |
Ratifikatsiya qilingan 29, 47, 52, 98, 100, 103, 105, 111, 122, 135, 138, 154, 182-son konvensiyalar boʻyicha yangilangan axborotni XMTga taqdim etish. |
XMT Ustaviga muvofiq |
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari bajarilishi toʻgʻrisidagi har yili yangilanadigan axborot |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Idoralararo ishchi guruh (IIG) |
|
15. |
Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan va ratifikatsiya qilinmagan konvensiyalar, shuningdek XMT tavsiyalari boʻyicha tahliliy maʼlumotnomalarni tayyorlash va XMTga taqdim etish. |
Har yili |
Tahliliy axborot |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi |
|
16. |
2014 — 2016-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining munosib mehnat boʻyicha Mamlakat dasturiga kiritilgan tadbir- larni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrish. |
2014 — 2016-yillar |
Bajaruvchilarning chora-tadbirlari rejasi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
17. |
Bolalar mehnati masalalari boʻyicha XMT IPEK dasturida Oʻzbekistonning ishtirokini ishlab chiqish. |
2014-yil IV chorak |
Bajaruvchilarning qarorlari |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
18. |
XMTning texnik koʻmagi doirasida “Kichik korxonalarda mehnat shart-sharoitlarini yaxshilash” loyihasini amalga oshirishga doir masalalarni ishlab chiqish. |
2014-yil III chorak |
Tadbirlar rejasi loyihasi |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
19. |
Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Tadbirkorlikni rivojlantirish markazi negizida kichik korxonalarning raqobatbardoshliligini oshirish boʻyicha XMT Dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish. |
2014-yil III chorak |
Dastur loyihasini ishlab chiqish |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
20. |
2014 — 2016-yillarda munosib mehnat boʻyicha XMTning Mamlakat dasturini amalga oshirish uchun munosib mehnat masalalari boʻyicha texnik qoʻllab-quvvatlash ekspertlarining tashrifini tashkil etish. |
2014 — 2016-yillar |
Tashrifni tashkil etish |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
|
21. |
Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosining texnik qoʻllab-quvvatlashi bilan kasaba uyushmalari kadrlarini oʻqitishning modul tizimini joriy etish. |
2014-yil IV chorak |
Tadbirlar rejasi |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosi bilan birgalikda |
|
22. |
Xalqaro kasaba uyushmalari konfederatsiyasi (XKUK) va Xalqaro ish beruvchilar tashkiloti (XIBT) bilan hamkorlikni, shuningdek Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun XMT Byurosi masʼulligi zonasiga kiruvchi mamlakatlarning ish beruvchilar tashkilotlari va kasaba uyushmalari markazlari bilan ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining XKUKga, Savdo-sanoat palatasining esa — XIBTga kirishi toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
XKUK va XIBT bilan hamkorlik boʻyicha kompleks chora-tadbirlar |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
23. |
Oʻzbekiston tomonidan XMT konvensiyalarini amalga oshirish masalalarida rivojlangan mamlakatlarning tashkilotlari xodimlari va ish beruvchilari bilan hamkorlikni rivojlantirish tadbirlarini amalga oshirish. |
2014 — 2016-yillar |
Tadbirlar rejasi |
Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
24. |
XMT, JB va OTB bilan birgalikda paxta ishlarini mexanizatsiyalashtirishning mehnat bozoriga taʼsiri yuzasidan qishloq xoʻjaligida mehnatning shart-sharoitlari masalalarini tadqiq etish, qishloq xoʻjaligida band boʻlgan xodimlarni yollash tizimini takomillashtirish, ularning ijtimoiy himoyasi va mehnatini muhofaza qilishni taʼminlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2014 — 2016-yillar |
Tadqiqot dasturi |
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Mehna� va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
25. |
Paxta terimchilarini fermer xoʻjaliklari tomonidan mehnat bozori institutlari orqali erkin yollashni taʼminlash uchun institutsional asosni tashkil etish. |
Qaror qabul qilish — Amalga oshirish — 2015-2016 yillar |
Bajaruvchilarning qoʻshma qarori |
Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
26. |
Konvensiyalar, shu jumladan 81, 87, 129, 132, 144, 183-son konvensiyalarning Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilinishi mumkinligi yuzasidan konvensiyalarni implementatsiya qilishni davom ettirishga doir XMT tavsiyalari boʻyicha xalqaro tajribani oʻrganish. |
Oʻrganish jadvalini tasdiqlash — 2014-yil III chorak Takliflarni tayyorlash — 2014 — 2016-yillar |
XMT tavsiyalari va konvensiyalarini oʻrganish jadvali va ularning roʻyxati, takliflar |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Toshkent davlat yuridik universiteti |
|
IV. Oʻzbekiston Respublikasida XMT ijtimoiy sheriklarining salohiyatini kuchaytirish | ||||
|
27. |
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi xodimlarining Moskva va Turinda XMT oʻquv markazlarida malaka oshirishini tashkil etish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
Malaka oshirish dasturlari, XMT bilan kelishuv boʻyicha |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi |
|
28. |
Respublikaning har bir yirik tumani va shahrida mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga hamda majburiy mehnat va bolalar mehnati boʻyicha XMT konvensiyalari talablariga rioya qilinishini tekshirish va nazorat qilishni taʼminlash uchun Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining hududiy boʻlinmalari boshqaruv xodimlarining belgilangan soni doirasida davlat mehnat huquq inspektorlarining bittadan shtat birligini joriy etish imkoniyatini koʻrib chiqish. |
2015-yil I chorak |
Bajaruvchilarning qarorlari |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Adliya vazirligi |
|
29. |
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi negizida tadbirkorlar va boshqa ish beruvchilarni mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik asoslariga va XMT konvensiyalari normalariga oʻqitish boʻyicha markaz taʼsis etish. |
2014-yil IV chorak |
Tadbirkorlarni oʻqitish markazi tashkil etish toʻgʻrisidagi taʼsis hujjatlari |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi -XMTning qoʻllab-quvvatlashi bilan |
|
30. |
XMTning “Fermyerlar mehnatini muhofaza qilish” oʻquv moduli boʻyicha joylarda fermyerlarni oʻqitishni tashkil etish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
Oʻqitish jadvali |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
31. |
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalari toʻgʻrisidagi taʼlim kurslarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining oʻquv dasturlariga kiritish. Taʼlim kurslari: vazirliklar va idoralarning xodimlari: shaharlar va tumanlar hokimlari, hokimlari oʻrinbosarlari; taʼlim muassasalari rahbarlari; tuman va shahar xotin-qizlar qoʻmitalari raislari; “Mahalla” fondining joylardagi vakillari va qishloq fuqarolar yigʻinlari raislari; “Kamolot” YIH viloyat va tuman boshqarmalari raislari; viloyat va tuman Fermyerlar kengashlari raislarining malakasini oshirishga yoʻnaltiriladi. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
Oʻqitish jadvali |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, “Kamolot” YIH, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari |
|
V. XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha axborot-tushuntirish ishlari | ||||
|
32. |
Oʻzbekiston Respublikasida XMTning Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining asosiy qoidalariga rioya qilish va ularni amalga oshirish masalalari boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarining mutaxassislari va vakillari ishtirokida telekoʻrsatuvlar va radioeshittirishlar tayyorlash hamda ularni efirga uzatish. |
Tasdiqlash — 2014-yil III chorak Amalga oshirish — 2014 — 2016-yillar |
Koʻrsatuv va eshittirishlarni ishlab chiqish va efirga uzatishning qoʻshma rejasi |
Milliy teleradiokompaniya, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekiston Fermyerlari kengashi |
|
33. |
XMTning Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha respublikada olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari orqali xorijiy sheriklar bilan keng axborot-tushuntirish ishlari olib borish. |
2014 — 2016 yillar |
Axborot materiallari tayyorlash |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi |
|
34. |
XMTning ratifikatsiya qilingan konvensiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotni OAVda muntazam yoritish va ixtisosli tashkilotlarning internet-saytlarida joylashtirish. |
2014 — 2016 yillar |
Bajaruvchilarning reja-jadvali |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi |
|
35. |
XMT kotibiyatining, XKUK, XIBT, XMTning Moskvadagi Submintaqaviy byurosi va boshqa xalqaro tashkilotlarning vakillarini taklif etgan holda, Oʻzbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalarini amalga oshirish boʻyicha seminarlar, konferensiyalar (yoki xorijiy sheriklarni jalb etgan holda boshqa tadbirlar) oʻtkazish. |
2014 — 2016 yillar |
Seminar, konferensiyalar oʻtkazish dasturi |
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
36. |
XMTning konvensiyalari va tavsiyalarini amalga oshirish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar toʻgʻrisida brifing oʻtkazish. |
Har yili |
Brifing oʻtkazish |
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, Tashqi ishlar vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
37. |
Xodimlarni ishga yollash, yoshlarni ishga joylashtirish, bolalar mehnatining eng yomon shakllariga bolalarning jalb etilishiga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek XMT konvensiyalari qoidalarini bajarish masalalari boʻyicha XMT qoʻllanmalarini, shuningdek “Majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik” (ish beruvchilar uchun qoʻllanma); “Mehnat bozori: yoshlar uchun ish izlash koʻnikmalari”; “Yoshlar bilan ishlash — kichik biznes uchun maslahatlar” qoʻllanmalarini tarjima qilish va ish beruvchilar uchun oʻzbek va rus tillarida eʼlon qilish. |
2014-yil III chorak |
Qoʻllanmalar turkumi |
Savdo-sanoat palatasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
38. |
Xotin-qizlar va yoshlar uchun qoʻshimcha imtiyozlar berish masalalarini jamoaviy shartnomalar va bitimlar orqali tartibga solish. |
2014 — 2016 yillar |
Jamoaviy shartnomalar |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
39. |
Mehnatning dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini, aholining bandligi va ijtimoiy muhofazasini muhokama qilish uchun vazirliklar va idoralar, kasaba uyushmalari faollari hamda respublikaning ish beruvchilari vakillari ishtirokida “davra suhbati” shaklida uchrashuvlar oʻtkazish. |
Har yili |
Tavsiyalarni ishlab chiqqan holda ijtimoiy-mehnat sohasidagi muammolarni muhokama qilish |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |
|
40. |
Jamoat tashkilotlari va xalqaro tashkilotlarning vakillari ishtirokida Jahon munosib mehnat kuniga bagʻishlangan “davra suhbati” tashkil etish va oʻtkazish. |
Har yili |
“Davra suhbati” dasturi |
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar |