O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2014-yil 2-aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan
Senat tomonidan 2014-yil 10-aprelda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-1015-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-fevraldagi O‘RQ-677-sonli Qonuniga asosan 2021-yil 27-maydan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi O‘RQ-982-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
4-modda. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan 863-XII-sonli O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 350-modda; 2012-yil, № 9/2, 246-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 13-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 59-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 81-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi 913-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2013-yil, № 12, 350-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Xalq deputatlari Kengashining va hokimning normativ-huquqiy tusdagi hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda, № 12, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 12, 656-modda; 2007-yil, № 4, 158, 166-moddalar, № 6, 248-modda, № 9, 416, 422-moddalar, № 12, 607-modda; 2008-yil, № 4, 187, 188, 189-moddalar, № 7, 352-modda, № 9, 485, 487, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 128-modda, № 9, 329, 334, 335, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2010-yil, № 5, 176, 179-moddalar, № 9, 341-modda, № 12, 471, 477-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 211-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pora berish, ya’ni mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali mansabdor shaxsga moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora berish:
a) juda ko‘p miqdorda;
b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
v) mas’ul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi”;
2) 212-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Pora olish-berishda vositachilik qilish, ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig‘i bilan porani bevosita berish, —
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
O‘sha harakat:
a) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;
b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa, —
besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Pora olish-berishda vositachilik qilish:
a) haq evaziga;
b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;
v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab;
g) mas’ul mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, —
o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Basharti, pora olish-berishda vositachilik qilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi”.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 1983-modda bilan to‘ldirilsin:
“1983-modda. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarini amalga kiritish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlarni vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritish, —
eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
2) 245-moddaning birinchi qismi “198” raqamidan keyin “1983” raqami bilan to‘ldirilsin;
3) 2452-moddaning:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan normativ-huquqiy hujjatlar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga kiritilganligi fakti yoxud paxta xaridi bo‘yicha kontraktatsiya shartnomalari bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida xo‘jalik yurituvchi subyektga mulkiy zarar yetkazilganligi fakti aniqlangan taqdirda adliya organlarining mansabdor shaxslari ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzadilar”;
ikkinchi qismidagi “xo‘jalik sudiga” degan so‘zlar “sudga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 263-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“263-modda. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlari
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 151-moddasining birinchi qismida, 152-moddasining birinchi qismida, 153, 154, 156-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, shuningdek mazkur davlat inspeksiyasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy bo‘linmalari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqlidir”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 31-maydagi O‘RQ-431-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 22-son, 407-modda)
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi 154-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 247-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 9, 496-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 4, 133-modda, № 9, 330, 337-moddalar, № 12, 470-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda, № 12, 336-modda) 7-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markaziy bankning normativ hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi”.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 58-modda:
ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “aksiyadorlar jamiyati” degan so‘zlar “aksiyadorlik jamiyati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi qismidagi “ochiq aksiyadorlar jamiyatlari bundan mustasno” degan so‘zlar “aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘n birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “aksiyadorlar jamiyatidan” degan so‘zlar “aksiyadorlik jamiyatidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 64-moddaning o‘zbekcha matnidagi “Aksiyadorlar jamiyati”, “aksiyadorlar jamiyati”, “aksiyadorlar jamiyatining” va “Aksiyadorlar jamiyatining” degan so‘zlar tegishincha “Aksiyadorlik jamiyati”, “aksiyadorlik jamiyati”, “aksiyadorlik jamiyatining” va “Aksiyadorlik jamiyatining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 65 va 66-moddalar chiqarib tashlansin;
4) 68-moddaning birinchi qismidagi “ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa” degan so‘zlar “ovoz beradigan aksiyalarning (ulushning) yigirma foizidan ko‘prog‘iga ega bo‘lsa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi 279-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda, № 12, 350-modda) 20-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismdagi “boshqalar” degan so‘z “boshqa shaxslar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek sug‘urta kompaniyalari, banklar, fond va tovar birjalari, investitsiya fondlari va boshqa moliya tashkilotlari har yilgi moliyaviy hisobotni unda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligi auditorlar tomonidan tasdiqlangandan so‘ng, hisobot yilidan keyingi yilning birinchi mayidan kechiktirmay e’lon qilishi shart”.
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi 343-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda; 2006-yil, № 9, 498-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
1) 2-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan yoxud notarial faoliyatga rahbarlikni amalga oshiruvchi va ushbu faoliyatni nazorat qiluvchi lavozimlarda kamida uch yil ishlagan shaxslar uchun stajirovkadan o‘tish muddati bir yilni tashkil etadi”;
2) 18-moddaning yettinchi xatboshisidagi “besh yilda” degan so‘zlar “uch yilda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(15-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi O‘RQ-463-sonli Qonuniga asosan 2018-yil 1-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son)
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi 670-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 170-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda; 2011-yil, № 12/2, 363-modda) 32-moddasining ikkinchi qismi “tovarlar” degan so‘zdan keyin “(ishlar, xizmatlar)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi 717-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda, № 12, 474-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda) 19-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Bo‘ysunish tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat berish shunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi.
Sudga shikoyat berilganida ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni yoki qarorni ijro etish sudning qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar to‘xtatib turiladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘i uchun boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlar yoki qarorlar bundan mustasno. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sudga shikoyat berganligi to‘g‘risida nazorat qiluvchi organni tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda xabardor qilishi shart”.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Radiochastota spektri to‘g‘risida”gi 725-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 16-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi”;
2) 19-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Baholash faoliyati to‘g‘risida”gi 811-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 208-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda; 2009-yil, № 4, 135-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 41-modda:
uchinchi qismining birinchi xatboshisidagi “ochiq” degan so‘z chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi qismidagi “aksiyadori” degan so‘z chiqarib tashlansin;
2) 11-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi “to‘la yoki” degan so‘zlardan keyin “umumiy mulk huquqida” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 16-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “aksiyadori” degan so‘z chiqarib tashlansin.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi 258-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 169-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 8, 367-modda, № 12, 598-modda; 2008-yil, № 4, 184, 187-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda; 2010-yil, № 9, 337, 340-moddalar; 2012-yil, № 12, 336-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 54-moddaning o‘ninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud ijrochilari tomonidan ijro harakatlarini amalga oshirishda xatlangan mol-mulkni baholash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan tartibga solinadi”;
2) 831-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq surishtiruv organi boshlig‘ining vazifalarini bajaradi”.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi 308-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) 3-moddasining o‘ninchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xo‘jalik shirkati o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli”.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuniga asosan 22-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008-yil, № 12, 637-modda; 2009-yil, № 4, 136-modda; 2011-yil, № 4, 101-modda; 2013-yil, № 4, 95-modda) 12-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 558-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda) 7-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy korxona o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli”.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 11-oktabrda qabul qilingan “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘RQ-60-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 537-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 7-modda:
6-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6) qonunlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash nuqtai nazaridan, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi”;
quyidagi mazmundagi 61-band bilan to‘ldirilsin:
“61) qonunlar loyihalarining ulardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoitlar yaratadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ularning asossiz xarajatlar qilishiga olib keluvchi ortiqcha ma’muriy hamda boshqa cheklovlarni joriy etadigan qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan tahlilini amalga oshiradi”;
8-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonunlar loyihalarini tayyorlash zaruriyatiga oid masalalarning oldindan kelishib olinishini amalga oshiradi”;
2) 11-moddaning:
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tegishli bo‘linmalarining vakillari, vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralarning tegishli tarmoqlarning holati va rivojlanishi uchun mas’ul bo‘lgan vakillari, boshqa manfaatdor davlat organlarining, ilmiy va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek fuqarolar kiritilishi mumkin. Bunda nodavlat tashkilotlar vakillari, shuningdek fuqarolar ishchi guruhi (komissiyasi) tarkibiga o‘z roziligiga ko‘ra kiritiladi”;
to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti ishchi guruhining (komissiyasining) faoliyatini ta’minlash uchun davlat organlaridan va boshqa tashkilotlardan qonun loyihasini tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallarni, statistika ma’lumotlarini va o‘zga ma’lumotlarni olishga, qonun loyihasi yuzasidan ilmiy va boshqa tashkilotlarning, olimlar hamda mutaxassislarning maslahatlari va tavsiyalarini, shuningdek ekspertlarning xulosalarini olishga haqlidir”;
3) 19-moddaning:
ikkinchi qismidagi “Normativ ko‘rsatmalar” degan so‘zlar “Huquqiy normalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “normativ ko‘rsatmalar” degan so‘zlar “huquqiy normalar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 22-moddaning matnidagi “normativ ko‘rsatmalarning” degan so‘zlar “huquqiy normalarning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 23-moddaning:
birinchi qismidagi “ilmiy-texnikaviy” degan so‘z “ilmiy” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismidagi “taklif etilishi” degan so‘zlar “jalb etilishi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Inobatga olinmagan takliflar va mulohazalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilgan holda ma’lumotnoma tuziladi”;
6) 24-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonun loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi shart. Huquqiy ekspertiza o‘tkazilayotganda qonun loyihasi normalarining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qo‘llanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi tekshiriladi.
Qonun loyihasining huquqiy ekspertizasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyektining yuridik xizmati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkazilishi mumkin. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qonunlar loyihalarining huquqiy ekspertizasini boshqa turdagi ekspertizalar o‘tkazilganidan keyin amalga oshiradi”;
7) 27-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31) xalqaro hujjatlarning va chet el mamlakatlari qonun hujjatlarining, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining tegishli qoidalari, O‘zbekiston Respublikasi sharoitida tegishli xalqaro tajriba qo‘llanilishining maqbulligi to‘g‘risidagi asosli takliflar ketma-ket tartibda ko‘rsatilgan tahliliy qiyosiy jadval”.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-64-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda) 32-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi — oltinchi qismlar tegishincha ikkinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qismdagi “hakamlik sudining da’voni ta’minlash choralarini ko‘rish haqidagi ajrimi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 7, 354-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda, № 12, 464-modda; 2012-yil, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning:
o‘n to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“korporativ obligatsiyalar — aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tijorat banklari tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar”;
o‘ttiz ikkinchi xatboshisidagi “bitimlar tuzish orqali” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 5-moddaning beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotganda O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan aksiyalarning emissiya risolasi aksiyalarni chiqarish to‘g‘risidagi qarordir”;
3) 8-modda:
nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8-modda.Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun yig‘im”;
uchinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “aksiyadorlik jamiyatining ustav fondi davlat aktivlari hisobiga ko‘paytirilganda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 10-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarning chiqarilishi:
emissiya jarayonida qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari emitent tomonidan buzilganligi aniqlanganda, shuningdek emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi haqida e’lon qilingan axborotda noto‘g‘ri ma’lumotlar aniqlangan taqdirda ular bartaraf etilguniga qadar to‘xtatib turiladi;
ularning chiqarilishini to‘xtatib turishga olib kelgan qoidabuzarliklar emitent tomonidan bartaraf etilmagan, shuningdek chiqarish to‘g‘risidagi qarorda belgilangan muddatda mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarning 60 foizdan kam qismi joylashtirilgan taqdirda amalga oshmagan deb topiladi, mazkur chiqarilishdagi qimmatli qog‘ozlarning kamida 30 foizi qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida joylashtirilgan hollar bundan mustasno;
sudning tegishli qarori mavjud bo‘lgan taqdirda haqiqiy emas deb topiladi”;
5) 14-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyalarning ochiq obunasi qimmatli qog‘ozlarning faqat birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozoridagina o‘tkaziladi”;
6) 15-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qog‘ozlarning birja bozorida va uyushgan birjadan tashqari bozorida qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlarni tuzish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish ularni yozma ravishda (qog‘ozda) rasmiylashtirish zaruratisiz, elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir boshqa bitimlar yozma shaklda amalga oshiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak”;
7) 23-moddaning birinchi qismidagi “ochiq” degan so‘z chiqarib tashlansin;
8) 39-modda quyidagi mazmundagi sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Agar emitentning qimmatli qog‘ozlari fond birjasining listingiga kiritilgan bo‘lsa, ushbu moddada nazarda tutilgan axborotni majburiy ravishda oshkor qilish faqat fond birjasining rasmiy veb-saytida amalga oshiriladi.
Fond birjasi ushbu moddada nazarda tutilgan axborot emitent tomonidan o‘z rasmiy veb-saytida e’lon qilinganligi uchun haq undirishga haqli emas”;
9) 43-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Investor mustaqil ravishda va (yoki) affillangan shaxslar bilan birgalikda bir yoki bir nechta bitim tuzish natijasida aksiyadorlik jamiyati aksiyalarining mazkur aksiyadorlik jamiyati ustav fondining jami yigirma foizini va undan ortiq foizini tashkil etuvchi aksiyalar paketini olganligi haqidagi axborotni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oshkor qilishi shart”;
10) 49-modda:
ikkinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlik jamiyatlari va o‘zining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar tijorat banklari korporativ obligatsiyalarni quyidagi shartlarga rioya etgan holda”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Korporativ obligatsiyalar ularning egalariga emitentni boshqarishda ishtirok etish huquqini bermaydi”.
28-modda. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi idoralari xodimlarining darajali maxsus unvonlari to‘g‘risidagi nizomni va O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi idorasi xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 748-XII-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 31-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlarining xodimlarini rag‘batlantirish va ularning intizomiy javobgarligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 282-I-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 145-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 832–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) VII bo‘limi.
29-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Ushbu Qonun 15-moddasining 1, 4, 6 — 9-bandlari 2014-yilning 1-sentabridan e’tiboran amalga kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-may,
O‘RQ-372-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 22-son, 407-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son; 26.02.2021-y., 03/21/677/0155-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son; 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son; 28.12.2024-y., 03/24/1015/1087-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)