1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.17.00 Hisob-kitoblar (shuningdek, 07.21.03.00ga qarang) / 03.11.17.06 Plastik kartochkalar boʻyicha va elektron toʻlov tizimlari orqali hisob-kitob;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.21.00.00 Bank faoliyati / 07.21.11.00 Yuridik, jismoniy shaxslar va banklar oʻrtasidagi operatsiyalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar]
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2014-yil 21-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4/4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2014-yil 21-fevraldagi 4/4-sonli qaroriga ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining hisob-kitoblar kliring tizimi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kliring — toʻlov tizimi ishtirokchilarining pulga doir oʻzaro talablari va majburiyatlarini yigʻish, taqqoslash hamda hisobga oʻtkazish jarayoni;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kliring sessiyasi — Kliring tizimida kliring amalga oshirilishi uchun oʻrnatilgan vaqt;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy hisob-kitob — tijorat banklarining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitoblar markazida ochilgan vakillik hisobvaraqlari orqali Kliring tizimida amalga oshirilgan hisob-kitob;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kliring tizimi foydalanuvchilari — mablagʻlarni toʻlovchi, shuningdek billing tizimi operatorlari va mablagʻlarni oluvchilar;
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron toʻlov — Kliring tizimi orqali naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladigan toʻlov;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron toʻlov boʻyicha xabar — Kliring tizimidagi hisob-kitoblarga oid elektron axborot;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sof pozitsiya — Kliring tizimi ishtirokchisining kliring sessiyasi davrida toʻlovlar boʻyicha majburiyatlar va talablarning farqi (ishtirokchining boshqa barcha ishtirokchilardan olgan toʻlovlari yigʻindisidan ushbu ishtirokchining boshqa barcha ishtirokchilarga yuborgan toʻlovlari yigʻindisining ayirmasi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
billing tizimi — isteʼmolchilarning rekvizitlari va yetkazib berilgan tovar va koʻrsatilgan xizmatlar boʻyicha tarifikatsiyalashning hisobini yurituvchi axborot tizimi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
billing tizimi operatori — billing tizimi faoliyat yuritishi uchun javobgar boʻlgan, billing tizimining Kliring tizimi bilan oʻzaro maʼlumot almashinuvini shartnoma (bosh kelishuv) va texnik hujjatlar talablari asosida tashkil qilishga masʼul boʻlgan tashkilot.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom talablari jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan Kliring tizimi orqali naqd pulsiz toʻlovlarni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Kliring tizimining maqsadi — elektron toʻlov hujjatlari (bundan buyon matnda ETH deb yuritiladi) va elektron toʻlov boʻyicha xabarlarni ishonchli, xavfsiz, samarali ravishda real vaqt rejimida almashish va toʻlovlarni amalga oshirish jarayonida moliyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etilishini taʼminlashdan iborat.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bob. Kliring tizimida ishtirok etish va undan chiqish
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankida (bundan buyon matnda Markaziy bank deb yuritiladi) vakillik hisobvaragʻiga ega boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Axborotlashtirish Bosh markazi (bundan buyon matnda ABM deb yuritiladi) bilan Kliring tizimida ishtirok etish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan tijorat banklari Kliring tizimi ishtirokchilari hisoblanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan 4-band ikkinchi xatboshisining chiqarilish sanasi 2025-yil 6-sentabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Kliring tizimiga ulanish uchun billing tizimi operatori (bundan buyon matnda BTO deb yuritiladi) ushbu Nizomning ilovasida keltirilgan shakl asosida toʻldirilgan arizani ilova qilgan holda Markaziy bankka murojaat qilishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BTO va Markaziy bank oʻrtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida hamda maʼlumot almashinuvi texnik hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. BTOning arizasi Markaziy bank tomonidan oʻn bank ish kuni ichida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BTOning arizasini oʻrganish jarayonida Kliring tizimiga ulanishni rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, ABM BTOning arizasida keltirilgan maʼlumotlar asosida Kliring tizimi orqali toʻlovlarni amalga oshirish uchun ushbu BTOning billing tizimi va Kliring tizimi oʻrtasida qoʻllaniladigan maʼlumotnomalar tavsifi hujjati loyihasini tayyorlaydi va Markaziy bankka taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Quyidagilar BTOning Kliring tizimiga ulanish haqidagi arizasini rad etish asoslari hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) BTOning arizasida nazarda tutilgan toʻlovlarni qabul qilishning qonunchilik hujjatlariga zid ekanligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) BTOning arizasida koʻrsatilgan maʼlumotlar asosida Kliring tizimi bilan maʼlumot almashinuvini taʼminlashning texnik imkoniyati mavjud emasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) BTOning arizasida nazarda tutilgan toʻlovlarning amalga oshirilishi banklarning likvidligiga jiddiy salbiy taʼsir etishi yoki moliyaviy xavf-xatarlarni yuzaga keltirishi mumkinligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BTOning arizasida keltirilgan maʼlumotlarning va BTOning billing tizimi orqali toʻlovlarni amalga oshirishning qonunchilikka muvofiqligi BTO zimmasiga yuklatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. BTOning Kliring tizimiga ulanishini rad etish asoslari aniqlanmagan taqdirda, Markaziy bank tomonidan BTOga quyidagi hujjatlar yuboriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Kliring tizimi va BTO billing tizimi oʻrtasida maʼlumot almashinuvini amalga oshirish tartibi belgilangan texnik hujjat;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Kliring tizimiga BTO billing tizimining ulanishi, ushbu billing tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilishi shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa tashkiliy-huquqiy masalalarni oʻz ichiga oladigan shartnoma (bosh kelishuv) loyihasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) BTOning billing tizimi va Kliring tizimi oʻrtasida qoʻllaniladigan maʼlumotnomalar tavsifi hujjati loyihasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. BTO Markaziy bank tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni olganidan keyin oʻzining billing tizimi va Kliring tizimi oʻrtasida aloqani taʼminlashga xizmat qiluvchi maʼlumotlarni Markaziy bankka taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BTOning billing tizimi ishlashga tayyor boʻlganda, BTO Kliring tizimi bilan maʼlumot almashinuvini boshlash sanasi haqida Markaziy bankni kamida besh bank ish kuni oldin xabardor qiladi.
(41 — 44-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Kliring tizimi ishtirokchilari va BTOlar Kliring tizimi orqali maʼlumot almashinuvi shartlari belgilangan shartnomani qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bekor qilish orqali tizim ishtirokchiligidan chiqishlari va (yoki) toʻlovlarni oʻtkazish boʻyicha maʼlumot almashinuvini yakunlashlari mumkin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-bob. Kliring tizimi ishtirokchilari, toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchilar hamda ABMning huquq va majburiyatlari
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Kliring tizimi ishtirokchilari elektron toʻlovlarni amalga oshirganlik uchun haq olishga va qonunchilikda belgilangan hollarda toʻlov tizimidan foydalanuvchilarning hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishga haqlidir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Kliring tizimi ishtirokchisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov tizimidan foydalanuvchining hisobvaragʻiga tushadigan pul mablagʻlarini qabul qilishi va hisobga kiritishi, uning tegishli summalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqlarini bajarishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov xizmatlarini faqat toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq koʻrsatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchining farmoyishi shartlari va u taqdim etgan rekvizitlarga oʻzgartirish kiritmasligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan farmoyishga muvofiq holda toʻlovlarni amalga oshirishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzining aybi bilan notoʻgʻri amalga oshirilgan operatsiyalarni tiklashi yoki tuzatishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov tizimidan foydalanuvchiga uning hisobvaragʻiga oid axborotni shartnomada belgilangan muddatlarda qogʻozdagi yoki elektron shaklda taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchi toʻlov xizmati koʻrsatilganidan soʻng toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchiga toʻlov xizmati koʻrsatilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatni qogʻozda yoki elektron shaklda taqdim etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yakuniy hisob-kitob qilish uchun vakillik hisobvaragʻining likvidligini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ETH va elektron toʻlov boʻyicha xabarlarni shakllantirishi hamda Kliring markaziga uzatishi shart.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Kliring tizimidan foydalanuvchilar oʻz hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlarini mustaqil tasarruf etishga va oʻz hisobvaraqlari boʻyicha pul mablagʻlarining harakati toʻgʻrisida axborot olishga haqlidir.
(Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan 81-bandning oʻz kuchini yoʻqotish sanasi — 2025-yil 6-sentabr — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kliring tizimi foydalanuvchisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kliring tizimining qoidalari bilan belgilangan axborotni muhofaza qilish tartibiga rioya etishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron toʻlov vositalarining va identifikatsiya maʼlumotlarining saqlanishini taʼminlashi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kliring tizimining ishtirokchisiga elektron toʻlov vositalari yoki identifikatsiya maʼlumotlari yoʻqolganligi toʻgʻrisida shartnomada belgilangan muddatlarda xabar qilishi shart.
(9-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. ABM Markaziy bank bilan shartnoma asosida Kliring tizimi faoliyat yuritishi boʻyicha texnik, dasturiy va ekspluatatsiya xizmatlarini koʻrsatadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kliring tizimining uzluksiz ishlashi, ETH va xabarlariga oʻz vaqtida ishlov berilishi, axborotning toʻliqligi, xavfsizligi va maxfiyligini taʼminlash ABM zimmasiga yuklatiladi. ABM koʻrsatilgan xizmatlar uchun Kliring tizimi ishtirokchilaridan shartnomada belgilangan miqdorda haq olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. ABM, Kliring tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari oʻrtasidagi munosabatlar tegishli qonunchilik hujjatlari va shartnomalar bilan tartibga solinadi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kliring tizimi qoidalari Markaziy bank tomonidan ABM bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(10 va 11-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
111. Kliring tizimiga ulangan bankning vakillik hisobvaragʻida yetarli mablagʻ mavjud boʻlmasa yoki likvidlilik koʻrsatkichining keskin tushib ketishi kuzatilsa, ABM Markaziy bankning koʻrsatmasiga asosan mazkur bank va ushbu bank orqali yakuniy hisob-kitobni amalga oshiradigan toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar tomonidan Kliring tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilishini kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar cheklashi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
112. Kliring tizimi orqali toʻlovlarni qabul qilishga taalluqli texnik hujjat yoki dasturiy taʼminotga oʻzgartirish kiritilsa, Kliring tizimi foydalanuvchilari bu haqda uch ish kunidan kechiktirmay xabardor qilinadi.
(111 va 112-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kliring tizimi ABM Kliring markazi hamda ishtirokchilarning axborot tizimlari va telekommunikatsiya tarmoqlaridan tashkil topgan.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Kliring tizimi ishtirokchilarining axborot tizimlari avtomatlashtirilgan ish joyi shaklida boʻlib, ETH va xabarlarini olish, tayyorlash va Kliring tizimiga uzatish hamda monitoring olib borish uchun moʻljallangan.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. ABM Kliring markazi va Kliring tizimi ishtirokchilarining axborot tizimlari oʻrtasidagi aloqa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Bank telekommunikatsiya tarmogʻi orqali taʼminlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Kliring tizimi ishtirokchilari va foydalanuvchilari Kliring tizimi orqali maʼlumot almashinuvini amalga oshirishda axborot xavfsizligini taʼminlashga doir qonunchilik talablarini bajarishlari shart.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. ABM Kliring markazi Kliring tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish, ETH va elektron toʻlov boʻyicha xabarlarni markazlashgan tarzda yigʻish va ishlov berish, sof pozitsiyalarni hisoblash va yakuniy hisob-kitob qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markaziga uzatish boʻyicha funksiyalarni amalga oshiradi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Kliring tizimida texnik, dasturiy va ekspluatatsiya xizmatlari ishtirokchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida ABM tomonidan taʼminlanadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Kliring tizimida elektron toʻlovlar uzluksiz (dam olish kunlarisiz) tunu kun (24/7) rejimida onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Kliring sessiyasi boshlanishidan oldin Kliring tizimi ishtirokchisining Markaziy bankdagi vakillik hisobvaragʻi ijobiy qoldiqqa ega boʻlishi shart. Banklar Kliring tizimida toʻlovlar uzluksizligini taʼminlash maqsadida oʻz vakillik hisobvaraqlaridagi likvidlikka javobgar hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Kliring tizimida toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchining rekvizitlariga aniqlik kiritish uchun ABM Kliring markazi tomonidan billing tizimlariga soʻrovnoma yuborilishi va olingan maʼlumotlar asosida ETHga oʻzgartirish kiritish uchun tizim ishtirokchilari va toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchilarga taqdim qilinishi mumkin.
(18 — 20-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
201. Oʻzbekiston Respublikasining “Toʻlovlar va toʻlov tizimlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 13-moddasida keltirilgan toʻlov xizmatlarini yetkazib beruvchilar toʻlov xizmatlaridan foydalanuvchining rekvizitlari toʻgʻrisidagi Kliring tizimi orqali olingan maʼlumotlarning ETHda toʻliq aks ettirilishi uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
202. Kliring tizimi ishtirokchilari tomonidan toʻlovlarni amalga oshirish maqsadida uzatiladigan ETH Markaziy bankdan olingan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
203. Kliring tizimi orqali toʻlovlarni amalga oshirish uchun shakllantirilgan ETHning majburiy rekvizitlari quyidagilardan iborat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) toʻlov amalga oshirilgan sana va vaqt (soat, daqiqa, soniya);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) ETH raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) toʻlovchining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) toʻlovchining bank hisobvaragʻiga oid maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) elektron toʻlov blankasining tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) toʻlovning Kliring tizimidagi tartib raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) ETHga Kliring tizimi aʼzosining (toʻlov xizmatlarini koʻrsatuvchining) axborot tizimida biriktirilgan roʻyxat raqami;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) toʻlov summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) oluvchining nomi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) oluvchining hisobvaragʻiga oid maʼlumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) toʻlov maqsadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) xizmatlar yetkazib beruvchining (mablagʻ oluvchining) Kliring tizimidagi kodi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) xizmatlar yetkazib beruvchi foydasiga qabul qilinadigan toʻlov turi kodi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
204. Kliring tizimi foydalanuvchilari – mablagʻlarni oluvchilar foydasiga shakllantiriladigan ETH rekvizitlari tarkibiga tegishli mablagʻ oluvchi bilan kelishilgan holda qoʻshimcha rekvizitlar kiritilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
205. Kliring tizimi orqali toʻlovni amalga oshirish istagida boʻlgan jismoniy shaxslar Kliring tizimi ishtirokchilariga toʻlovni amalga oshirish uchun kerak boʻladigan, mablagʻlarni oluvchi tomonidan berilgan rekvizitlarni bevosita murojaat qilganda qogʻoz shaklida yoki masofaviy xizmat koʻrsatish tizimlari orqali elektron shaklda taqdim qiladilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
206. Toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlash maqsadida, ETHning qogʻoz yoki elektron shakldagi nusxasi toʻlovchiga taqdim etilishi yohud ETHning rekvizitlariga oid maʼlumotlar mijoz taqdim etgan hujjatga chop etib berilishi shart.
(201 — 206-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Bank amaliyot kuni davomida kliring tizimida bir necha marta kliring sessiyalari amalga oshirilishi mumkin. Bank amaliyot kunidagi soʻnggi kliring sessiyasidan keyin ETH boʻyicha yakuniy hisob-kitoblar keyingi bank amaliyot kunining dastlabki kliring sessiyasida amalga oshiriladi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. ABM Kliring markazi tomonidan ETH va xabarlari boʻyicha tasdiqnoma yuboriladi. Tasdiqnoma olingan vaqtdan boshlab, toʻlov yakuniy va chaqirilmas hisoblanadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Kliring tizimida belgilangan texnik talablarga mos kelmagan elektron toʻlovlar rad etiladi va ishlovga qabul qilinmaydi. Bunda toʻlovlarni rad etish sabablari kod orqali Kliring tizimi ishtirokchilariga yuboriladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Sof pozitsiya maʼlumotlari ABM Kliring markazi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining Hisob-kitob markaziga uzatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Bank amaliyot kuni davomida amalga oshirilgan kliring sessiyalari yakunlari boʻyicha shakllantirilgan hisobotlar Kliring tizimi ishtirokchilariga yuboriladi.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Toʻlovlar boʻyicha mablagʻlarni bank hisobvaragʻiga oʻtkazish tartibi hamda vositachilik haqlari miqdori Kliring tizimi ishtirokchilari va pul mablagʻlarini oluvchilar oʻrtasida tuziladigan shartnomaga asosan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kliring tizimi orqali toʻlovlar amalga oshirilganligi uchun undiriladigan xizmat haqini oʻzgartirish haqida qaror qabul qilinganda, Markaziy bank oʻzining rasmiy veb-saytida uch ish kunidan kechikmay eʼlon joylashtiradi va bu oʻzgartirish Markaziy bankning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinganidan oʻn besh kun oʻtgach toʻlov tizimi operatori va ishtirokchilari tomonidan qoʻllaniladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 25-avgustdagi 18/11-sonli qarori (roʻyxat raqami 2570-1, 28.09.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektron manzil: ____________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
telefon raqamlari: _______________________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Maʼlumot almashinuvi shartlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) toʻlov turlari boʻyicha qisman toʻlovni amalga oshirish imkoniyati bormi?: ha / yoʻq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) sana boʻyicha toʻlovga nisbatan cheklov bormi?: ha (cheklov shartlarini izohlash kerak) / yoʻq
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) toʻlov summasiga nisbatan cheklov: minimal summa ____ soʻm, maksimal summa ____ soʻm, toʻlov summasiga nisbatan cheklov belgilangan normativ-huquqiy hujjat normasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) billing tizimining qisqacha nomlanishi: ______________________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
f) ___(billing tizimi nomi)___ billing tizimidagi toʻlov turlari roʻyxati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻlov turi kodi
Toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)
01
02
…
nn
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) billing tizimida abonentni identifikatsiyalash uchun talab etiladigan rekvizitlar roʻyxati, har bir toʻlov turi uchun alohida koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
M — rekvizit qiymatini koʻrsatishning majburiyligi (“+” yoki “-”)

R — rekvizit qiymatini billing tizimiga yuboriladigan toʻlovlar roʻyxatida uzatishning talab etilishi (“+” yoki “-”)

01 (toʻlov turi kodi)
01-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)
Rekvizit tartib raqami
Rekvizit nomi
Rekvizit belgisi
M
Maʼlumot turi
(konstanta)
Rekvizit uzunligi
Izoh
R
1
FIELD_1
+
C
N
+
2
FIELD_2
-
C
N
-
…
…
…
…
C
…
…
n
FIELD_n
-
C
N
-
…
nn (toʻlov turi kodi)
nn-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)

h) abonentni billing tizimida identifikatsiyalashda billing tizimidan qaytariladigan rekvizitlar roʻyxati, har bir toʻlov turi uchun alohida koʻrsatiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
M — rekvizit qiymatini koʻrsatishning majburiyligi (“+” yoki “-”)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
R — rekvizit qiymatini billing tizimiga yuboriladigan toʻlovlar roʻyxatida uzatishning talab etilishi (“+” yoki “-”)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
01 (toʻlov turi kodi)
01-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)
Rekvizit tartib raqami
Rekvizit nomi
Rekvizit belgisi
M
Maʼlumot turi
(konstanta)
Rekvizit uzunligi
Izoh
R
1
FIELD_1
+
C
N
+
2
FIELD_2
-
C
N
-
…
…
…
…
C
…
…
n
FIELD_n
-
C
N
-
…
nn (toʻlov turi kodi)
nn-toʻlov turi nomi (80 ta belgidan oshmasligi kerak)
Rekvizit tartib raqami
Rekvizit nomi
Rekvizit belgisi
M
Maʼlumot turi
(konstanta)
Rekvizit uzunligi
Izoh
R
1
FIELD_1
+
C
N
+
2
FIELD_2
-
C
N
-
…
…
…
…
C
…
…
n
FIELD_n
-
C
N
-
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) billing tizimi bilan maʼlumot almashinuvi natijalari roʻyxati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kod
Xabar matni
Izoh
0
Muvaffaqiyatli
Konstanta
1
Xatolik haqida xabar
Xatolik turlarini raqamlash 1 dan boshlanib oʻsib borish tartibida davom etishi kerak
2
Xatolik haqida xabar
…
…
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Telekommunikatsiya vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) billing tizimini aloqa operatorlari tarmoqlariga ulash imkoniyatining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) billing tizimi binosiga yaqin joylashgan avtomatlashtirilgan telekommunikatsiya tarmogʻining raqami: _________
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) billing tizimidan avtomatlashtirilgan telekommunikatsiya tarmogʻigacha optik tolali aloqa liniyasining mavjudligi: mavjud / mavjud emas
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Qoʻshimcha maʼlumotlar: ___________________________________________________________.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2025-yil 2-maydagi 10/10-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2570-2, 04.06.2025-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-sentabr)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 14-son, 160-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 10/20/2570-1/1350-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 05.06.2025-y., 10/25/2570-2/0495-son)