Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.1993 19.04.1991 yildagi 108-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.01.1993
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 12-yanvardagi 21-sonli “Oʻzbekiston Avtomobil transporti (“Oʻzavtotrans”) davlat-aksionerlik korporatsiyasini tashkil etish va uning faoliyati masalalari” toʻgʻrisidagi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSR Avtomobil transporti ministrligi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1989-yil 3-noyabrdagi 359-son qarori (OʻzSSR QT, 1989-y., 11-son, 30-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Vitse-Prezidenti Sh. MIRSAIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1991-yil 19-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
108-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 19-apreldagi 108-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi Oʻzbekiston SSJning umumiy foydalanishdagi avtomobil transporti davlat boshqaruvi organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida bevosita Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi umumiy foydalanishdagi avtomobil transportiga rahbarlikni va uni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi, uning ishini yanada rivojlantirish va takomillashtirishni taʼminlaydi, yuklarni tashishni, shu jumladan, shaharlararo yuklarni tashishni, shaharlarda, shaharlar oʻrtasida, boshqa aholi punktlarida va qishloqlarda yuk tashishni, yoʻlovchilar tashishni, xalqaro yuk tashish va aholiga, xalq xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlariga transport-ekspeditsiya xizmati koʻrsatishni tashkil etadi va amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi oʻziga boʻysunuvchi ishlab chiqarish va ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konsernlar, korxonalar, “Oʻzavtoqurilish” tresti, malaka oshirish bosh instituti, “Madina” reklama-axborot firmasi va boshqa korxonalar hamda tashkilotlar (bundan keyin matn boʻyicha “birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar”) bilan birgalikda vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi oʻz faoliyatini toʻla xoʻjalik hisobi, oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash va oʻz vakolati doirasida oʻzini oʻzi boshqarish prinsiplari asosida tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi oʻz faoliyatida quyidagilarni taʼminlaydi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalq xoʻjaligi va aholining avtomobillarda yuk tashishga boʻlgan ehtiyojlarini eng toʻla qondirish uchun umumiy foydalanishdagi avtomobil transportini butun choralar bilan rivojlantirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shartnoma majburiyatlarining bajarilishini va davlat intizomini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat jamoalarining tashabbus va omilkorlik koʻrsatishlarini, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning xoʻjalik jihatdan mustaqilliklarini rivojlantirish, xoʻjalik hisobi va oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash prinsiplaridan butun choralar bilan foydalanish uchun sharoitlar yaratishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilikning turli koʻrinishlariga asoslangan ishlab chiqarish-xoʻjalik faoliyatining ilgʻor shakllarini rivojlantirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy ishlab chiqarish fondlari va oborot mablagʻlaridan, shuningdek, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruv, ish haqi, xoʻjalik hisobining asosiy elementlaridan biri boʻlgan ragʻbatlantirish tizimidan samarali foydalanishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqning yirik muammolarini va umumiy foydalanishdagi avtomobil transportini ustun darajada rivojlantirishni taʼminlovchi ilmiy asoslangan investitsiya siyosatini oʻtkazishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etish va tarmoq fanining samaradorligini oshirishni, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqori boʻlishini va raqobat qila olishini taʼminlovchi yangi texnikani, yuqori samarali texnologiyani, materiallar va boshqa texnika yangiliklarini ishlab chiqish va ulardan keng foydalanishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoq darajasida ijtimoiy himoyalanganlik boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqishni va amalga oshirishni, tarmoq xodimlarining mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilashni, ularning moddiy va maʼnaviy ehtiyojlarini yanada toʻlaroq qondirish masalalarini kompleks ravishda hal qilishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtotransportda xavfsiz va sogʻlom mehnat sharoitlarining sifat jihatdan yangi bosqichiga oʻtishni va ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni iloji boricha kamaytirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil transportida yoʻl harakati xavfsizligini yuqori darajada tutishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar uchun faol kadrlar siyosati olib borilishini, kadrlarning malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashning samarali tizimini qoʻllashni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy boyliklarni tejab-tergab sarflash, tabiatga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish, resurslarni tejash yuzasidan katta ishlar olib borish va ikkilamchi resurslardan samarali foydalanishni.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi tarmoq korxonalarining mol-mulkini boshqaruvchi, davlat tomonidan vakil qilingan organ hisoblanadi, u Oʻzbekiston SSJda avtomobilda yuk va yoʻlovchilar tashish uchun litsenziyalar berish huquqiga ega, belgilangan tartibda mulkchilikning turli shakllari asosida korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarga rahbarlik qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi, bunda vazirlik ularning “Oʻzbekiston SSJdagi korxonalar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston SSJ Qonuni bilan berilgan huquqlariga qatʼiy rioya qilgan holda davlat mulkiga egalik qilish huquqidan foydalanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi bozor iqtisodiga va fondsiz savdo qilishga toʻliq oʻtgunga qadar davlat buyurtmalariga markazlashtirilgan tartibda sotib olingan ishlab chiqarish-texnika resurslari boʻyicha fond egasi hisoblanadi va ularni taqsimlash masalalarini hal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnikalarni, motor yoqilgʻisi va toʻgʻridan toʻgʻrialoqalar boʻyicha boshqa resurslarni yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi oʻziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq tarmoq birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari bilan tuzilgan bevosita shartnomalar asosida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalanishdagi avtomobil transportini yuqori darajada rivojlantirishni va uning ishini boshqa turdagi transportlarning ishi bilan muvofiqlashtirishni hisobga olib tarmoqni rivojlantirishning uzoq muddatli istiqbolini, korxonalarni oqilona joylashtirish sxemalarini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chet mamlakatlar bilan tashqi iqtisodiy munosabatlarning yangi ilgʻor shakllarini rivojlantiradi, tarmoq korxonalari va tashkilotlarining boshqa mamlakatlar korxonalari va tashkilotlari bilan bevosita ishlab chiqarish va ilmiy-texnika aloqalarini oʻrnatishga faol koʻmaklashadi. Davlat tashqi savdo va xorijiy mamlakatlar bilan aloqalar qoʻmitasi bilan kelishgan holda qoʻshma korxonalar, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarni tashkil etadi va ularning ish faoliyatini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarmoqlardagi ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini belgilaydi, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini hamda ilgʻor tajribani umumlashtirish va joriy qilish jarayonlarini tashkiliy jihatdan boshqarishni taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish, moddiy va mehnat resurslarini sarflashning samarali normalarini va normativlarini qoʻllanishni tashkil etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa vazirliklar va idoralarga nisbatan ularni jahon standartlariga muvofiq keluvchi zamonaviy avtotransport texnikasi bilan taʼminlash boʻyicha tarmoq birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari manfaatlarini koʻzlovchi vakil sifatida ish koʻradi, bunda bozor munosabatlari sharoitlarida korxonalar va tashkilotlarning samarali ishlashlarini taʼminlash maqsadida narxlar hosil qilish siyosatini ishlab chiqadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tegishli davlat organlari va boshqa organlarda birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning manfaatlarini himoya qiladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan chiqarilgan va tarmoqlarda foydalaniladigan texnikani tanlashni amalga oshiradi, issiq iqlim talablarini hisobga olgan holda yangi turdagi modellarning bosh buyurtmachisi va ishlab chiquvchisi hisoblanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalarini, firmalarni, tashkilotlarni, shu jumladan, kichiklarini ham, belgilangan tartibda tuzadi, qayta tuzadi va tugatadi, ular toʻgʻrisidagi ustavlarni tasdiqlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kichik korxonalarga ularning ishlab chiqarish bazalarini rivojlantirishda yordam koʻrsatadi, ularning iltimoslariga koʻra ishlab chiqarish va yashash uchun moʻljallanmagan xonalarni, qurilishi toʻxtatib qoʻyilgan, chala va foydalanilmayotgan obyektlar va inshootlarni, shuningdek, foydalanilmayotgan asbob-uskunalarni beradi, moddiy-texnika va axborot jihatidan taʼminlashni, konsultatsiyalar berishni, kadrlar tayyorlashni va yordamning boshqa turlarini koʻrsatishni tashkil etishda barcha choralar bilan koʻmaklashadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat korxonalari va tashkilotlarining rahbarlarini yollash hamda ishdan ozod qilish toʻgʻrisida kontraktlar tuzadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birlashmalar, korxonalar, tashkilotlarning rahbarlarini mulkchining oldidagi majburiyatlarning bajarilishini xarakterlovchi ularning mehnat haqlari va koʻrsatkichlari miqdorlari oʻrtasida bevosita aloqa oʻrnatgan holda xoʻjalik faoliyatining uzoq muddatli natijalari yutuqlariga qarab moddiy taʼminot va ragʻbatlantirish tizimini belgilaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻzda tutilmagan va favqulodda hollardagi xarajatlarni hamda tadbirlarni, barqarorlashtirish va tarmoq fondlarini pul bilan taʼminlashning maqsadli fondlarini tuzish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, ularning toʻgʻri qoʻllanilishini taʼminlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalar, tashkilotlar kengashlari (boshqaruvlari)ga vakillar tayinlaydi yoki ularni birlashmalarga, konsernlarga vakil qilib yuboradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozor munosabatlari sharoitlarida tarmoq ishini reglamentlovchi normativ hujjatlar va qonunchilik aktlarining loyihalarini tayyorlaydi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ avtomobil transporti va yoʻl xoʻjaligi xodimlari kasaba uyushmasi MQ bilan birga birlashmalar va korxonalarning faoliyatlari natijalarini yakunlaydi va gʻolib jamoalarga koʻchma Qizil bayroqlar, pul mukofotlari beradi, mehnatning ilgʻor usullarini oʻrganishni, umumlashtirishni va yoyishni tashkil etadi, belgilangan tartibda xodimlarni faxriy yorliqlar, koʻkrakka taqiladigan nishonlar bilan mukofotlaydi, ragʻbatlantirishning boshqa shakllarini qoʻllaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi oʻz ishini umumiy foydalanishdagi avtomobil transportiga rahbarlik qilishning barcha masalalarini muhokama qilish va hal etishda kollegiallik, oshkoralikning demokratik prinsiplarini birga qoʻshib olib borish asosida tashkil etadi, mansabdor shaxslarga topshirilgan uchastkalardagi ishning ahvoli va alohida topshiriqlarning bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi oʻz faoliyatida SSJI qonunlariga, SSJI Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, SSJI Prezidenti farmonlariga, Oʻzbekiston SSJ qonunlariga, Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashining boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston SSJ Prezidentining farmonlariga, qarorlariga va farmoyishlariga, ushbu aktlarda nazarda tutilgan hollarda esa, shuningdek, SSJI Vazirlar Mahkamasining, Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ aktlarga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi Vazirlik sistemasida amaldagi qonunning qoʻllanilishini taʼminlaydi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi va ularni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga va Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashiga kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi fuqarolarning takliflari, arizalari va shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqishni tashkil etadi, ularda qoʻyilgan masalalarning toʻgʻri hal etilishiga erishadi, shuningdek, mehnatkashlarning xatlarida xabar qilingan qonun buzishlarni, Vazirlik tizimidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligiga Oʻzbekiston SSJ Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston SSJ Prezidentining farmoni bilan tayinlanadigan va keyinchalik Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti vazirining Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlari boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligida Vazir (rais), lavozimlari boʻyicha Vazir oʻrinbosarlari va boshqa rahbar xodimlardan iborat tarkibda kollegiya tuziladi. Vazirlikning kollegiya aʼzolari Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti Vaziri Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik birlashmalari, korxonalari va tashkilotlarining faoliyati uchun Vazir oʻrinbosarlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti Vaziri amaldagi qonun asosida va uni ijro etish maqsadida buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda Vazirlik birlashmalari, korxonalari va tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti Vaziri zarur hollarda Oʻzbekiston SSJning boshqa vazirliklari va idoralarining rahbarlari bilan birga qoʻshma buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi kollegiyasi avtomobil transportiga rahbarlik qilish, ijroni tekshirish, kadrlarni tanlash va ulardan foydalanishning asosiy masalalarini, muhim buyruqlar va yoʻriqnomalarning loyihalarini koʻrib chiqadi, Vazirlik apparati funksional xizmatlari va idoraviy boʻysunuvchi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi. Kollegiyaning qarorlari, odatda, Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir bilan kollegiya oʻrtasida kelishmovchiliklar chiqqan taqdirda Vazir roʻy bergan kelishmovchilik toʻgʻrisida Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilib oʻz qarorini amalga oshiraveradi, kollegiya aʼzolari esa, oʻz navbatida, oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin. Kollegiya tarmoq ishlarining samaradorligi va pirovard natijalari uchun masʼuldir, u qarorlar qabul qilishda umumdavlat manfaatlariga amal qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Fan va texnikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, tarmoqda yagona texnika siyosatini belgilash, fan va texnika taraqqiyotining eng yangi yutuqlaridan va ilgʻor tajribadan foydalanish va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish uchun OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligida yuqori malakali mutaxassislar, ishlab chiqarish novatorlari, shuningdek, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat texnika-iqtisodiyot kengashi tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Texnika-iqtisodiyot kengashining tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti Vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tarmoq ishlarining muhim masalalarini koʻrib chiqish uchun OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligida kengash tuziladi. Kengashga kollegiya aʼzolari, Oʻzbekiston SSJ avtotransporti va yoʻl xoʻjaligi xodimlari kasaba uyushmasi MQ vakillari, birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning rahbarlari, ilgʻor haydovchilar va ishchilar kiradilar. Kengash, asosan, tarmoqqa ijtimoiy-iqtisodiy va ishlab chiqarish-texnik strategik rahbarlik qilish vazifasini bajaradi, maqsadli va tarmoq fondlari, xarajatlar smetalarini aniqlaydi va tasdiqlaydi, ularning ijrosini nazorat qiladi, shuningdek, butun tarmoq faoliyatiga baho beradi. Kengash majlislari, odatda, yiliga bir marta oʻtkaziladi. Kengash tarkibi va uning toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti Vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 31-yanvardagi 42-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligi markaziy apparatni, uning ishini yangi funksional yoʻnalishlarga jamlash, boshqaruvning ustun darajadagi iqtisodiy usullaridan foydalanish maqsadida qayta qurish va takomillashtirishni amalga oshiradi. Vazirlikning markaziy apparati strukturasi, shtat jadvali, shuningdek, xodimlarga ish haqi toʻlash va ularni ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlik markaziy apparati xodimlarining soni va mehnat haqi fondi Oʻzbekiston SSJ Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. OʻzSSJ Avtomobil transporti vazirligining faoliyati yiliga kamida bir marta belgilangan tartibda taftish qilinadi. Qonun aktlari bilan Vazirlik faoliyatining ayrim tomonlarini tekshirish vazifasi yuklatilgan soliq solish va boshqa davlat organlari zaruratga qarab va qatʼiy oʻz kompetensiyasi doiralarida bunday tekshirishlarni oʻtkazishlari mumkin. Vazirlik bunday organlarning ularning kompetensiyasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha talablarini bajarmaslik va ularni nazorat qilishga taalluqli boʻlmagan materiallar bilan tanishtirmaslik huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻzbekiston SSJ Avtomobil transporti vazirligi Oʻzbekiston SSJ Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek hamda rus tillarida yozilgan muhrga ega boʻladi.