O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tijorat banklarning investitsiyaviy faoliyatini kengaytirishni yanada rag‘batlantirish, ularni resurs bazasini mustahkamlash hamda iqtisodiyot tarmoqlarini yanada modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan uzoq muddatli investitsiya loyihalarini moliyalashtirish hajmlarini oshirish, shuningdek tijorat banklarining balansida bo‘lgan korxonalarni keyinchalik realizatsiya qilish uchun investorlarni jalb etish maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2014-yil 14-fevral,
PF-4602-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-fevraldagi PF-4602-sonli Farmoniga
ILOVA
ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritiladigan qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 18-noyabrdagi PF-4053-sonli Farmoni 2-bandining to‘rtinchi xatboshi “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 8-son, 80-modda)