Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Qarori
Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari toʻgʻrisida
Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlarni koʻrishda sud amaliyotida kelib chiqqan masalalar munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasiga koʻra, davlat bozor munosabatlarini rivojlantirish va halol raqobat uchun shart-sharoitlar yaratadi, isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini kafolatlaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16 dekbrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Mazkur konstitutsiyaviy norma maʼnosidan kelib chiqib, har kim tadbirkorlik faoliyati va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa iqtisodiy faoliyatda oʻz qobiliyati va mulkidan erkin foydalanish huquqiga ega.
2. Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasiga koʻra, tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, oʻz tavakkalchiligi va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskorlik faoliyatidir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlariga belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkor) kiradi (“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi).
Yakka tartibdagi tadbirkorlik deganda, qonunga koʻra, jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda, yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tushuniladi.
3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, shaxsning u yoki bu faoliyatini tadbirkorlik deb topish uchun ikkita holat mavjud boʻlishi — daromad topishga qaratilgan harakatlar sistemali ravishda sodir etilishi va bunday faoliyat asosiy, yaʼni kasb faoliyati sifatida amalga oshirilishi shart.
Shundan kelib chiqib, bir martalik fuqarolik-huquqiy mazmundagi bitimlar (masalan, uy-joy yoki koʻchmas mulkni ijaraga berish, shaxsiy buyumlarni sotish, pudrat yoki topshiriq shartnomasiga kura, onda-sonda turli mayda ishlarni haq evaziga bajarish, va h. k) tuzadigan shaxslarni, hattoki bunday bitimlar bir necha marta amalga oshirilgan taqdirda ham, tadbirkorlar deb topish va bunday sifatda davlat roʻyxatidan oʻtishni talab qilish mumkin emas. Majburiyatlarni mehnat shartnomasi (kontrakt) asosida bajarish ham tadbirkorlik faoliyati hisoblanmaydi.
Qonunchilikka muvofiq kasbiy faoliyat (xususiy amaliyot)ning ayrim turlari ham tadbirkorlik sifatida qaralmaydi. Chunonchi, advokatlar tadbirkor deb tan olinmaydi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
4. Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 8-moddasiga muvofiq tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirishga;
mulk huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka egalik qilishga, undan foydalanish va uni tasarruf etishga;
oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, tovarlar yetkazib beruvchilarni va oʻz tovarlari (ishlari, xizmatlari) isteʼmolchilarini mustaqil ravishda tanlashga;
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olishga, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno;
oʻz tovarlarini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyukturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar boʻyicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilishga, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
barcha ishlab chiqarish xarajatlari oʻrni qoplanib, soliqlar va yigʻimlar toʻlanganidan keyin qolgan daromadni (foydani) erkin tasarruf etishga, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno;
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik shaxs boʻlgan boshqa tadbirkorlik subyektlarining muassislari (ishtirokchilari) boʻlishga;
tashki iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 19-dekabrdagi 37-sonli qaroriga asosan sakkizinchi va toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
kredit olishga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini shartnoma shartlari asosida jalb etishga, shu jumladan binolarni, inshootlarni, uskunalarni va boshqa mol-mulkni olishga va (yoki) tekin, ijaraga (lizingga) olishga hamda ularni tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga yoʻnaltirishga.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
5. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-bobida nazarda tutilgan kafolatlarni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar, bunday harakatlar xususiyati va kelib chiqqan oqibatlarga bogʻliq ravishda, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (bundan buyon matnda — MJtK) XVII-bobida tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Shunda tadbirkorlik faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashish deganda quyidagilar tushuniladi:
mulk huquqini qonunga xilof ravishda cheklash va (yoki) undan mahrum qilish, xususiy mulkka tajovuz qilish, nomaqbulligi oldindan ayon boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish (MJtK 2411-moddasi);
tadbirkorlik subyektlarini pul mablagʻlari hamda boshqa moddiy qimmatliklarni ajratish bilan bogʻliq homiylikka va boshqa tadbirlarga majburiy jalb etish (MJtK 2414-moddasi);
litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish (MJtK 2415-moddasi);
imtiyozlar va preferensiyalarni qoʻllashni gʻayriqonuniy ravishda rad etish, qoʻllamaslik yoki qoʻllashga toʻsqinlik qilish (MJtK 2416-moddasi);
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
davlat xizmati koʻrsatishni gʻayriqonuniy ravishda rad etish yoxud uni koʻrsatishdan boʻyin tovlash (MJtK 2419-moddasi);
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi tadbirkorlik subyektlariga tegishli binolarni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni zararning oʻrnini mazkur mol-mulkning bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻliq qoplamagan holda buzib tashlash (MJtK 24111);
Xoʻjalik subyektlar faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga (xoʻjalik subyektlar faoliyatini qasddan tekshirish tashabbusi bilan chiqish va (yoki) oʻtkazish; xoʻjalik subyektlarining faoliyatini va (yoki) ularning banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish; qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan hollarda xoʻjalik subyektlarining hisobvaraqlarida pul mablagʻlari mavjudligi toʻgʻrisidagi axborotni talab qilib olish) yoʻl qoʻygan mansabdor shaxslar MJtK XVII-bobining tegishli moddalari bilan javobgarlikka tortilishlari lozim.
Tadbirkorlik faoliyatiga toʻsqinlik qilish, qonunga xilof ravishda aralashishga qaratilgan shunday harakatlarni maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etgan mansabdor shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilishlari lozim (JK 1921 — 1928-moddalari).
(5-bandning ikkinchi — oʻn birinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli qarori tahririda)
6. Sudlar qonuniy asoslarda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qonunga xilof ravishda, yaʼni Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tadbirkorlik faoliyati asoslari va tartibiga rioya etmagan holda daromad (foyda) olishga qaratilgan hamda maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladigan tadbirkorlik faoliyati yuritishdan farqlay olishlari lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Qonunga xilof ravishdagi tadbirkorlik faoliyati, odatda, tadbirkorlik faoliyatini quyidagi koʻrinishlarda amalga oshirishda ifodalanishi mumkin:
roʻyxatdan oʻtmasdan;
litsenziya, ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat olmagan, vakolatli organni xabardor qilmagan holda;
ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni soxta hujjatlardan foydalanib olgan holda;
faoliyatni (harakatlarni) amalga oshirish uchun belgilangan talab va shartlar bajarilganligi toʻgʻrisida vakolatli organga yolgʻon yoki ishonchsiz maʼlumot taqdim etgan holda;
litsenziya shartlarini buzgan holda.
Roʻyxatdan oʻtmasdan qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, yuridik shaxslar davlat reyestrida va yakka tadbirkorlar davlat reyestrida bunday yuridik shaxs tuzilganligi yoki jismoniy shaxs tomonidan yakka tartibdagi tadbirkor maqomi olinganligi haqida yozuv mavjud boʻlmagan yoxud yuridik shaxs yoki jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyati tugatilganligi haqida yozuv mavjud boʻlgan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tushuniladi.
Litsenziyalash shartlarini buzgan holda qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish deganda, jumladan, ishlab chiqarilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga qoʻyiladigan talablarga rioya etmaslik (masalan, mahsulotning yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasini koʻrsatish majburiyligi toʻgʻrisidagi shartlar), litsenziyalanayotgan faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qoʻyilgan texnik talablarga rioya qilmaslik (masalan, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan sanitariya-gigiyena sharoitlarining mavjud emasligi), faoliyatni litsenziyada koʻrsatilgan hududdan tashqarida amalga oshirish tushuniladi.
Sudlar “litsenziya”, “ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat”, “vakolatli organni xabardor qilish” tushunchalarini aniqlashda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuniga amal qilishlari lozim.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun javobgarlik turini qonun bunday faoliyat natijasida olinayotgan nazorat qilinmaydigan daromad (foyda) miqdori bilan bogʻlaydi. Bunda daromad (foyda) deganda, qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatini yuritish davrida tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan mazkur faoliyatni amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlar chegirib tashlangan holda olingan pul tushumi tushunilishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tushuntirilsinki, litsenziya olinishi lozim boʻlgan faoliyat bilan shugʻullanish huquqi litsenziya olingan paytdan yoki unda koʻrsatilgan muddatdan boshlab vujudga keladi va uning amal qilish muddati tugagandan soʻng, agar litsenziyada boshqa holat nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek, litsenziya toʻxtatilgan, muddatidan ilgari tugatilgan yoki bekor qilingan hollarda tugatiladi.
“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga koʻra, litsenziyalash sohasini davlat tomonidan tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va litsenziya beruvchi organlar (vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari) amalga oshiradilar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
11. Qonun mazmuniga koʻra, MJtK 165, 176, 1763-moddalari, JK 188, 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar subyekti, nafaqat yakka tartibdagi tadbirkor maqomiga ega boʻlgan shaxs, balki tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmagan holda amalga oshirayotgan shaxs ham boʻlishi mumkin.
Tashkilot tomonidan (mulkchilik shaklidan qatʼii nazar) qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati amalga oshirilganda, javobgarlikka xizmat mavqeyiga koʻra tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha rahbarlik qilish majburiyati bevosita yuklatilgan shaxs (masalan, yuridik shaxs ijroiya organi rahbari yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz harakat qilish huquqiga ega boʻlgan boshqa shaxs), shuningdek, amalda tashkilot rahbarining majburiyati yoki vazifalarini bajarayotgan shaxs tortiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Agar shaxs (tashkilot rahbari yoki tashkilotga doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat boʻyicha rahbarlik qilish majburiyati yuklatilgan shaxsdan tashqari) oʻz faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazmasdan yoki litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullanayotgan tashkilot bilan mehnat munosabatlarida boʻlsa, bunday shaxs tomonidan mehnat shartnomasidan kelib chiqayotgan majburiyatlarning bajarilishi MJtK 165, 176, 1763-moddalari va JK 188, 190-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik tarkibini tashkil etmaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat bilan litsenziyasiz shugʻullangan shaxs ayni paytda roʻyxatdan oʻtishdan ham boʻyin tovlasa uning harakatlari JK 188-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim boʻlib, JK 190-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilish talab etilmaydi.
Qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanganlikda va bunday faoliyat natijasida olingan daromaddan soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlamaganlikda aybdor deb topilgan shaxsning harakatlari JK 188 yoki 190-moddasi bilan toʻliq qamrab olinadi va JK 184-moddasi bilan qoʻshimcha ravishda kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Shaxs daromad olish maqsadi boʻla turib, JK boshqa moddalarida javobgarlik nazarda tutilgan noqonuniy faoliyat bilan (masalan, oʻqotar qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlovchi uskunalar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni, kuchli taʼsir qiluvchi yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) shugʻullangan hollarda, uning qilmishi JK 188-moddasi bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
(13-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
131. Tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etgan shaxslar jinoyat oqibatida yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda qoplagan, aybiga iqrorlik va chin koʻngildan pushaymonlik bildirgan hollarda, dastlabki tergov organlari va sudlar, JK 65, 66, 70, 71-moddalariga asosan ularni tegishlicha jinoiy javobgarlikdan yoki jazodan ozod qilish masalasini muhokama qilishlari shart.
132. Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, JK 79-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq JK 189, 190-moddalari bilan sudlangan shaxslardan sudlanganlik holati muddatidan ilgari JK 78-moddasida sudlanganlik holati tugallanishi uchun nazarda tutilgan umumiy muddatlarning kamida toʻrtdan bir qismi oʻtganda olib tashlanishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
133. Surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudlar Jinoyat kodeksining 13-moddasida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsning ahvolini yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega ekanligi haqidagi talablarni ogʻishmay bajarishlari lozim.
(133-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonunining (bundan buyon matnda — Qonun) 5-moddasi quyidagi:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyat ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya, kassatsiya va taftish instansiyalarida) boʻlgan;
(133-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
134. Qonun kuchga kirgunga qadar Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan, ishlari surishtiruv, dastlabki tergov organlari va sudning ish yurituvida (birinchi, apellyatsiya instansiyalarida) boʻlgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 36-moddasida nazarda tutilgan muddatlarga rioya etgan holda maʼmuriy javobgarlikka tortilishi lozim.
(134-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi qismlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun jazo oʻtayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 2-bandiga asosan tugatilishi, mazkur shaxslar esa, javobgarlikdan umuman ozod qilinishi lozim.
(134-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Qonun amalga kiritilgunga qadar hukm qilingan, biroq jazoni oʻtab boʻlmagan shaxslarga nisbatan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirish masalasi Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan tartibda yuqori instansiya sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
135. Bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha sudlangan shaxslarga nisbatan sud qarorlarini Qonunga muvofiqlashtirishda sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, Jinoyat kodeksi 188, 189-moddalari birinchi qismlari bilan hukm qilingan shaxslar javobgarlikdan ozod qilingan hollarda, bir necha jinoyat yoki bir necha hukm boʻyicha tayinlangan uzil-kesil jazo turi va miqdorini qayta muhokama qilishlari kerak.
(135-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
14. Sudlar tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq barcha ishlarni koʻrishda, bunday huquqbuzarliklar sodir etilishiga imkon bergan sabab va shart- sharoitlarni aniqlashlari va ularga xususiy ajrim chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari va Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi qonunga xilof ravishda tadbirkorlik faoliyatiga oid ishlar boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
16. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining:
“Tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq jinoyat va maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi 2002-yil 25-oktabrdagi 26-sonli;
“Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual kodekslari hamda Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini sud amaliyotida qoʻllash haqida”gi 2001-yil 2-noyabrdagi 25-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Oliy sud raisi B. MUSTAFAYEV
Plenum kotibi v.b., Oliy sud sudyasi Gʻ. XIDOYATOV
Toshkent sh.,
2013-yil 11-dekabr,
20-son