27.12.2013 yildagi O‘RQ-361-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 28-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi 913-XII-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 320-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2007-yil, № 4, 163-modda, № 9, 420-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 8-moddaning ikkinchi qismidagi “budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari fondlarning va aniq maqsadga qaratilgan fondlarning mablagʻlari” degan soʻzlar “mahalliy budjetlarning mablagʻlari va budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) quyidagi mazmundagi 81-modda bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“81-modda. Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi budjetdan tashqari jamgʻarmalar tashkil etishi mumkin, ularga quyidagilar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning, bundan budjet tashkilotlari mustasno, ixtiyoriy badallari va xayriyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa budjetdan tashqari mablagʻlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy hokimiyat organlari viloyat, tuman, shahar budjetdan tashqari jamgʻarmalarining mablagʻlari shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turadi, olib qoʻyilmaydi hamda tegishli xalq deputatlari Kengashi va hokimning qaroriga koʻra sarflanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) III bob chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 24-moddaning birinchi qismi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikkinchi xatboshisidagi “mahalliy budjet va uning ijrosiga doir hisobotni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarini, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarini tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda qabul qilish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlarining, shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlarining tegishli davrdagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tegishincha viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining taqdimnomasiga binoan koʻrib chiqish hamda tasdiqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning stavkalarini qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlar doirasida belgilash”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi — oʻn ikkinchi xatboshilari tegishincha oltinchi — oʻn toʻrtinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 25-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“viloyat, tuman, shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini, viloyat va Toshkent shahar mahalliy budjetining, tuman va shahar budjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni xalq deputatlari Kengashiga taqdim etadi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Xorijdan mablagʻ jalb qilish toʻgʻrisida”gi 263-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 126-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 4-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi nomidan shartnomalar tuzish huquqiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki ular tomonidan vakolat berilgan organ egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat tashqi qarzining eng yuqori miqdori har yili Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlari qabul qilinayotganda belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 5-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining davlat kafolati (bundan buyon matnda davlat kafolati deb yuritiladi) qarz oluvchi-rezident oʻzidan undiriladigan summani qarz (kredit) berish kelishuvlarida belgilangan muddatda toʻlamagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining qarz beruvchi oldidagi qarzni toʻliq yoki qisman toʻlash majburiyatidir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kafolatlari qarz beruvchilarga qarz oluvchi-rezidentlar oʻzlari olgan kreditlar (qarzlar) boʻyicha majburiyatlarni bajarishining taʼminoti sifatida beriladi. Jismoniy shaxslarning majburiyatlari boʻyicha davlat kafolatlari berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kreditlar (qarzlar) boʻyicha davlat kafolatlari qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma shartlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kafil oldidagi shartnoma majburiyatlari qarz oluvchi tomonidan bajarilmagan taqdirda, u kafil bilan kelishmay turib foydani taqsimlashga hamda boshqa qarzlar boʻyicha toʻlovlarni amalga oshirishga haqli emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi davlat kafolatlarini rasmiylashtirish boʻyicha vakolatli organdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi berilgan davlat kafolatlari bilan shart qilib qoʻyilgan toʻlovlarni amalga oshirgach, amalga oshirilgan toʻlovlar va ular bilan bogʻliq xarajatlar summasini qarz oluvchi-rezidentdan soʻzsiz undirib olish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat kafolatlarini rasmiylashtirish, berish, roʻyxatdan oʻtkazish va ular boʻyicha majburiyatlarni bajarish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar rezidentlarning qarz majburiyatlari kafolatlanmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi ular yuzasidan javobgar boʻlmaydi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 6-modda chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 8-moddaning toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“davlatning xorijdan mablagʻ jalb qilishi boʻyicha shartnomalarni va davlat kafolatlarini roʻyxatdan oʻtkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashqi qarzini hisobga olish va monitoring qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat tashqi qarziga xizmat koʻrsatish, davlat kafolatlarini bajarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlar”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi 279-I-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 142-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda) quyidagi qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Budjet tashkilotlarining buxgalteriya hisobini va moliyaviy hisobotini tartibga solish Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan budjet hisobi standartlari asosida amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi toʻrtinchi qism deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 12-modda quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Budjet tashkilotlarining aktivlari va majburiyatlarini baholash budjet hisobi standartlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 13-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamgʻarmalari budjetlarining ijrosi boʻyicha daromadlar va xarajatlar ular kelib tushgan yoki toʻlangan davrda budjet hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 16-moddaning toʻrtinchi qismi quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Budjet tashkilotlarining moliyaviy hisoboti budjet toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuziladi va taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliyaviy hisobotning tarkibi va mazmuni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) 18-moddaning uchinchi qismi “yuridik shaxs” degan soʻzlardan keyin “(budjet tashkilotlaridan tashqari)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻrtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-modda. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi 158-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 6-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 159-II-sonli Qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1–2, 7-modda) 1 va 2-bandlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi 664-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 164-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 665-II-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 165-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 23-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-2-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) 7-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 19-dekabrda qabul qilingan “Baʼzi davlat boshqaruv organlarining qayta tashkil etilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-4-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) 6-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7) Oʻzbekiston Respublikasining 2005-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Uy-joy-kommunal xoʻjaligi sohasida islohotlarning amalga oshirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-19-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda) 6-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 27-aprelda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-95-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 168-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 20-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-113-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 9, 420-modda) 4-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 17-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi hamda “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-130-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 601-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrda qabul qilingan “Soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-197-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 12, 640-modda) 30-moddasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 6-aprelda qabul qilingan “Davlat budjetining gʻazna ijrosi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga qoʻshimcha kiritish haqida”gi OʻRQ-204-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-yil, № 4, 131-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning pensiya taʼminoti tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-254-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 334-modda) 7-moddasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-modda. Ushbu Qonun 2014-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 27-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-361-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 52-son, 686-modda)