Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2014 27.04.2007 yildagi O‘RQ-95-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2014
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“BUDJET TIZIMI TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonunchilik palatasi tomonidan
2006-yil 27-dekabrda qabul qilingan

Senat tomonidan 2007-yil 29-martda maʼqullangan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-361-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Budjet kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Budjet tizimi toʻgʻrisida”gi 158-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 6-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 12, 413, 418-moddalar) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1) 6-moddaning oltinchi xatboshisi “hisobotni” degan soʻzdan keyin “belgilangan tartibda” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2) 26-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi moliya yiliga moʻljallangan Davlat budjeti loyihasini tayyorlaydi, uni joriy yilning oʻn beshinchi sentyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga yuboradi hamda Davlat budjeti loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga joriy yilning birinchi oktyabrigacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3) 27-moddaning uchinchi qismidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi yoki uning topshirigʻiga koʻra” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4) 28-modda birinchi qismining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi xatboshisidagi “oʻn beshinchi sentyabrgacha” degan soʻzlar “birinchi oktyabrgacha” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-bandi “hisobot” degan soʻzdan keyin “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-bandi “Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻqqizinchi va oʻninchi qismlari quyidagi mazmundagi toʻqqizinchi, oʻninchi, oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlar bilan almashtirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni hisobot yilidan keyingi yilning birinchi apreligacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasiga u tashqi audit va baholash oʻtkazishi uchun hisobot yilidan keyingi yilning beshinchi apreligacha yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotga doir xulosasini hisobot yilidan keyingi yilning oʻninchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjetining ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasining tegishli xulosasi bilan birga hisobot yilidan keyingi yilning oʻn beshinchi mayidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻn birinchi va oʻn ikkinchi qismlari tegishincha oʻn uchinchi va oʻn toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2007-yil 27-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻRQ-95-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 17-18-son, 173-modda)