Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2006 26.05.1997 yildagi 255-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.07.2006
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

“Sahro oltini” Oʻzbekiston-Kanada qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7-iyuldagi 133-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan imtiyozlarning ragʻbatlantiruvchi rolini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2006-yil 1 maydagi 74-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ilgʻor texnologiyalar va xorijiy investitsiyalarni jalb etish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasining mineral-xomashyo bazasini kengaytirish hamda asl va rangli metallar ishlab chiqarishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining Kanadaning “Sentral Eyjen Gold” kompaniyasi bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish boʻyicha va ijobiy natijalar olingan taqdirda, asl va rangli metallar qazib chiqarish boʻyicha “Sahro oltini” qoʻshma korxonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoʻshma korxona yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishiga va ulushlarning 1-ilovaga muvofiq tartibda quyidagicha taqsimlanishiga rozilik berilsin: Oʻzbekiston tomoni — 51 foiz, shu jumladan Davlat geologiya qoʻmitasi — 25,5 foiz, “Qiziltepageologiya” davlat geologiya korxonasi — 25,5 foiz, Kanada tomoni — 49 foiz.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologiya-qidiruv ishlarini mablagʻ bilan taʼminlash toʻliq Kanada tomoni hisobidan tavakkalchilik shartlarida amalga oshirilishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar qoʻshma korxonaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
janubiy-gʻarbiy Qizilqumdagi Quljuqtov togʻi doirasida, tomonlar kelishgan hududda oltin, kumush va rangli metallar konlarini qidirish va qazib chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
aniqlangan konlarni oʻzlashtirishning tijorat va texnik maqsadga muvofiqligini tasdiqlash uchun texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar loyihaning texnik-iqtisodiy asoslashini maʼqullashgandan hamda kompleks ekspertizadan oʻtkazishgandan soʻng aniqlangan konlardan oltin, kumush va rangli metallarni qazib olish va ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kelishilgan hududda geologiya-qidiruv ishlari chogʻida salbiy natijalar olingan taqdirda “Sahro oltini” qoʻshma korxonasiga Oʻzbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda qulayligi ushbu qarorda belgilanganidan kam boʻlmagan shartlarda geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish uchun, keyinchalik Oʻzbekiston tomonining ulushini koʻpaytirgan va ustav jamgʻarmasini qayta hisoblagan holda, boshqa hududni berish kafolatlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilansinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlarining olib borilishiga qarab, biroq koʻpi bilan uch yildan soʻng “Sahro oltini” qoʻshma korxonasi geologiya-qidiruv ishlarini davom ettirish maqsadi boʻlmagan maydonlarni boʻshatishga majburdir;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlarining umumiy davom etish davri — koʻpi bilan 5 yil;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
keyinchalik geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish uchun qiziqish uygʻotuvchi hududlar aniqlangan taqdirda “Sahro oltini” qoʻshma korxonasiga shu hududlar doirasida yana 5 yilgacha ishlarni davom ettirish imkoniyati beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Sahro oltini” qoʻshma korxonasiga quyidagi huquqlar berilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tomonlar kelishgan hududlar doirasida geologiya-qidiruv ishlarini olib borishga eksklyuziv huquq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu hududda aniqlangan konlardan istalganida 30 yil mobaynida qazishga eksklyuziv huquq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
konlarni qazishda olingan oltin, kumush va boshqa rangli metallarni Oʻzbekiston Respublikasida ham, chet mamlakatlarda ham jahon narxlari boʻyicha erkin almashtiriladigan valyutaga toʻliq hajmda sotish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi banklarida, shuningdek xorijiy banklarda xorijiy valyutada schyotlar ochish, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan tartibda xorijiy bank schyotlaridan chet el valyutasini olish, ulardan foydalanish va ularni saqlash, bunga mahsulot sotishdan tushgan daromad ham kiradi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kreditlar, shu jumladan, erkin almashtiriladigan valyutada kreditlar, bunga aksiyadorlar kreditlari ham kiradi, olish va ularni toʻlash, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ushbu kreditlarni qoʻshma korxona mulki bilan taʼminlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlarida, shu jumladan, xorijda sugʻurtani amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ustav sarmoyasini AQSh dollarida belgilash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot davri yakunlari boʻyicha soʻmga qayta hisoblagan holda AQSh dollarida buxgalterlik hisobini yuritish va hisobot taqdim etish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Sahro oltini” qoʻshma korxonasiga 2-ilovaga muvofiq imtiyozlar berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasida soliq qonunchiligi “Sahro oltini” qoʻshma korxonasining faoliyat koʻrsatish sharoitlarini yomonlashtirgan tarzda oʻzgargan taqdirda sanoat yoʻli bilan mahsulot ishlab chiqarish boshlangan vaqtdan eʼtiboran 10 yil mobaynida ushbu qaror qabul qilingan vaqtda amalda boʻlgan qonunlar va boshqa normativ hujjatlar qoʻllansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. “Sahro oltini” loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yilgi Investitsiya dasturiga kiritilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi qoʻshma korxona tomonidan geologiya-qidiruv ishlarining amalga oshirilishiga koʻra ushbu loyihani keyingi yillardagi Investitsiya dasturiga kiritish masalasini belgilangan tartibda koʻrib chiqsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9 Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi “Sahro oltini” qoʻshma korxonasi uchun soliqqa tortish, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir Oʻ. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 26-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
255-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 255-sonli qaroriga
1-ILOVA

“Sahro oltini” qoʻshma korxonasi ustav jamgʻarmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
TUZILMASI

Geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishga dastlabki ulush — 80 ming AQSh dollari

Oʻzbekiston tomoni — 51% (40,8 ming AQSh dollari)

Kanada tomoni — 49% (39,2 ming AQSh dollari)

‎qidirish-qazib olish ishlariga ilgari sarflangan xarajatlar summasida baholangan geologik axborot tarzida‏

‎Davlat geologiya qoʻmitasi — 25,5%‏
“Qiziltepageologiya” DGQ — 25,5%

‎Pul mablagʻlari tarzida “Sentral Eyjen Gold” kompaniyasi — 49,0 %

‎Tomonlar kelishgan jadval boʻyicha 5 yil mobaynida ‎ geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirishga ‎keyingi ulushlar — 15,92 mln. AQSh dollari

‎Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan qidirish-qazib olish ishlariga ilgari sarflangan xarajatlar summasida baholangan geologik axborot tarzida 7,959 mln AQSh dollari

‎Pul mablagʻlari tarzida 7,961 mln AQSh dollari

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 26-maydagi 255-sonli qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Sahro oltini” qoʻshma korxonasi uchun beriladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozlar

“Sahro oltini” qoʻshma korxonasi quyidagilardan ozod qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlarini amalga oshirish, texnik-iqtisodiy asoslashlarni tuzish, ishlab chiqarishni qurish, tayyorlash va oʻzlashtirish davrida Oʻzbekiston Respublikasi hududida amalda boʻlgan soliqlar, ajratmalar va toʻlovlarning barcha turlaridan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat mahsuloti chiqarish boshlangandan eʼtiboran 7 yil mobaynida foyda soligʻi toʻlashdan. Ushbu davr oʻtgandan keyin foyda soligʻi 16 foiz miqdorida belgilansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulk soligʻi toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sanoat mahsuloti chiqarishning butun davrida qoʻshma korxona ehtiyojlari uchun asbob-uskuna va material resurslari importiga va tayyor mahsulot eksportiga boj poshlinalari toʻlashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshma korxonaning xorijiy qatnashchilari dividendlari boʻyicha daromadlarni chet mamlakatga oʻtkazishda daromad soliqlari toʻlashdan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Foyda va qatnashchilar dividendlari boʻyicha soliqlarni qoʻshma korxona erkin almashtiriladigan valyutada toʻlaydi.