Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 10.05.1997 yildagi 238-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Noqulay ob-havo sharoitlari va shu yil 1 — 3-mayda respublika hududida jala boʻlganligi tufayli Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Sirdaryo, Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlarining ayrim xoʻjaliklarida qishloq xoʻjaligi ekinlari zarar koʻrdi, turar joylar va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlar shikastlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish va shikastlangan turar joylarni tiklashda qishloq aholisiga yordam berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlarni tiklash uchun Qashqadaryo viloyati hokimligiga — 12 million soʻm, Samarqand viloyati hokimligiga — 8 million soʻm, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklariga — 10 million soʻmdan ajratilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga — xoʻjaliklararo va xoʻjaliklardagi ichki ariq-zovur va sugʻorish novlari tarmoqlarini tiklash uchun viloyatlar boʻyicha ilovaga muvofiq 84 million soʻm ajratilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. “Oʻzagrosugʻurta” va “Kafolat” davlat-aksiyadorlik kompaniyalari ikki hafta muddatda fuqarolarning tabiiy ofatdan zarar koʻrgan xoʻjaliklari roʻyxatini va koʻrilgan zarar miqdorini aniqlasinlar, shu yil 1-iyungacha ularga qonunchilikda belgilangan tartibda sugʻurta toʻlovlari toʻlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi shu yil may oyida Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari xoʻjaliklariga 4 ming tonnadan azotli (100 foiz foydali moddalar hisobida) va 1,5 ming tonnadan fosforli oʻgʻitlarni, Navoiy viloyati xoʻjaliklariga 2 ming tonna azotli va 1 ming tonna fosforli oʻgʻitlarni ularga 1997-yil uchun tasdiqlangan limitlar hisobidan oldindan joʻnatsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) qishloq xoʻjaligiga 1997-yil uchun tasdiqlangan limitlarga qoʻshimcha ravishda tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish uchun 13 ming tonna dizel yonilgʻisi va 5 ming tonna avtomobil benzini ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasiga viloyatlar boʻyicha yonilgʻi-moylash materiallarining taqsimotini taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzmevasabzavotuzumsanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi ajratilayotgan mineral oʻgʻitlar va yonilgʻi-moylash materiallari uchun hisob-kitoblarning 1997-yilgi hosil doni va paxta xom ashyosi uchun avans tariqasida beriladigan mablagʻlar va toʻlovlar hisobidan amalga oshirilishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Oʻzdavpaxtasanoatsotish” davlat-aksiyadorlik uyushmasi (Zikriyoyev) paxtani qayta ekish uchun xoʻjaliklarning buyurtmanomalari boʻyicha chigitning tezpishar navlari zarur miqdorda yetkazib berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjaliklarga sabzavot va ozuqa ekinlarini tabiiy ofat taʼsiri natijasida nobud boʻlgan boshoqli don ekinlari ekilgan maydonlarga ekish tavsiya qilinsin. Nobud boʻlgan ekin maydonlari tuman tashkilotlari vakillari va “Oʻzagrosugʻurta” sugʻurta kompaniyasi muassasalari xodimlari ishtirokida tegishli dalolatnomalar bilan rasmiylashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1997-yil 10-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
238-son

Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 10-maydagi 238-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ariq-zovur va sugʻorish novlari shoxobchalarini tiklash uchun Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasidan ajratilgan mablagʻlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HAJMI

‎‎mln. soʻm

Viloyatlar

Summa‎

Buxoro ‎ 10.0‎
Jizzax‎ 13.0‎
Qashqadaryo‎ 15.0‎
Navoiy‎ 5.0‎
Sirdaryo‎ 13.0‎
Samarqand ‎ 10.0‎
Surxondaryo ‎ 5.0‎
Toshkent‎ 13.0‎
Jami‎ 84.0‎