Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
ODAM SAVDOSIGA VA UCHINCHI SHAXSLAR TOMONIDAN TANFURUSHLIKDAN FOYDALANIlishiGA QARSHI KURASH TOʻGʻRISIDAGI KONVENSIYAGA VA YAKUNLOVCHI BAYONNOMAGA QOʻSHILISH HAQIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Odam savdosiga va uchinchi shaxslar tomonidan tanfurushlikdan foydalanilishiga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiyaga va Yakunlovchi Bayonnomaga qoʻshilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 12-dekabr,
576-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 26-modda)