Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.08.2004 yildagi 395-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

2004-yilda gʻoʻzani defoliatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻoʻzani oʻz vaqtida va sifatli defoliatsiya qilish, dalalarni paxta hosilini yigʻishtirib olishga, shu jumladan paxta terish mashinalari bilan yigʻishtirib olishga tayyorlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan 2004-yilda gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan 1-ilovaga muvofiq maydonlar va uning maqbul muddatlari toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin. Gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlarni aniqlashda urugʻlik ekin maydonlari hisobga olinmasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari tumanlar va paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar boʻyicha gʻoʻzani 1-ilovaga muvofiq muddatlarda defoliatsiya qilish yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Gʻoʻza oʻz vaqtida va sifatli defoliatsiya qilinishi, hisobot maʼlumotlarini buzib koʻrsatish hollariga yoʻl qoʻyilmasligi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi rahbarlariga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi gʻoʻzaning belgilangan muddatlarda va maydonlarda defoliatsiya qilinishi ustidan nazorat oʻrnatsin, aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qatʼiy javobgarlik chora-tadbirlarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzkimyosanoat” va “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” kompaniyalari, “Qishloqxoʻjalikkimyo” hududiy aksiyadorlik jamiyatlari, “Oʻzagromashservis” uyushmasi joriy yilning 25-avgustigacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga zarur miqdordagi defoliantlar yetkazib berilishini taʼminlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
defoliatsiyani yerda bajariladigan usullar bilan oʻtkazish uchun texnik vositalar va apparatlar tayyorlanishini tugallasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
maydonchalarni tayyorlashni tugallasinlar va ularda defoliantlar eritmasini tayyorlash uchun zarur idishlar va boshqa texnik vositalar mavjud boʻlishini taʼminlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha gʻoʻza defoliatsiyasini oʻtkazish uchun samolyotlar ajratsin va ularning mintaqalarga 2-ilovaga muvofiq 2004-yil 25-avgustgacha yetkazib berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatlar hokimliklari maxsus aerodromlar tayyorlanishini, shu jumladan uchuvchilar uchun zarur maishiy shart-sharoitlar yaratilishini tugallasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini barpo etsin hamda purkagichlar va samolyotlarning ishini taʼminlash uchun gʻoʻzani defoliatsiya qilish davrida ularning belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarning hisob-kitob jamgʻarmasi kutilayotgan paxta hosili qiymatining 50 foizi doirasida ajratilayotgan avans mablagʻlar hisobiga defoliantlar xarid qilish uchun mablagʻlarni bir hafta muddatda qishloq xoʻjaligi korxonalariga belgilangan tartibda yoʻnaltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 16-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
395-son

Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 395-sonli qaroriga
1-ILOVA

2004-yilda Oʻzbekiston Respublikasida gʻoʻza defoliatsiya qilinadigan maydonlar va uning maqbul muddatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
‎‏
Defoliatsiya qilinadigan maydon, ming ga‎‏ Defoliatsiyani oʻtkazish muddatlari *)‎‎‎
boshlanishi‎ tugallanishi‎ davom etishi‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 67‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎

viloyatlar:‎

Andijon‎ 78‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Buxoro‎ 100‎ 3-sentabr‎ 17-sentabr‎ 15‎
Jizzax ‎ 88‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Qashqadaryo ‎ 130‎ 1-sentabr‎ 15-sentabr‎ 16‎
Navoiy ‎ 26‎ 3-sentabr‎ 17-sentabr‎ 15‎
Namangan ‎ 75‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Samarqand ‎ 81‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Surxondaryo ‎ 100‎ 1-sentabr‎ 15-sentabr‎ 16‎
Sirdaryo ‎ 96‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Toshkent ‎ 81‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Fargʻona‎ 95‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Xorazm ‎ 60‎ 5-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
JAMI‎ 1 077‎ 1-sentabr‎ 20-sentabr‎ 16‎
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*) Defoliatsiya chanoq ochilishi surʼatlaridan kelib chiqib tabaqalashtirib oʻtkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 16-avgustdagi 395-sonli qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yilda gʻoʻzani defoliatsiya qilishda qatnashadigan samolyotlarni taqsimlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Mintaqalar‎

Samolyotlar soni‎

Buxoro viloyati‎ 7‎
Jizzax viloyati ‎ 9‎
Qashqadaryo viloyati ‎ 11‎
Namangan viloyati ‎ 3‎
Samarqand viloyati ‎ 3‎
Surxondaryo viloyati ‎ 3‎
Sirdaryo viloyati ‎ 9‎
JAMI‎ 45‎