Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 18-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2525]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2013-yil 5-noyabr,
01-02/12-29-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 5-noyabrdagi 01-02/12-29-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish
qoidalari
Mazkur Qoidalar xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kirish, saqlash va uni havo kemalariga quygan holda respublika hududidan olib chiqish tartibini belgilaydi.
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
aviakerosin mahsuloti — Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmagan, xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalariga quyish uchun chetdan olib kelingan aviakerosin;
bojxona omborining egasi — bojxona ombori faoliyati bilan shugʻullanish uchun litsenziyaga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
deklarant — aviakerosin mahsulotini olib oʻtuvchi, aviakerosin mahsuloti va transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi, koʻrsatuvchi va taqdim etuvchi shaxs yoki aviakerosin mahsulotini olib oʻtuvchi shaxs nomidan ish olib borayotgan bojxona brokeri;
Keyingi tahrirga qarang.
maxsus transport — bojxona omboridan aviakerosin mahsulotini olib havo kemasiga quyish uchun yetkazib beradigan maxsus transport vositasi;
Oldingi tahrirga qarang.
xizmat koʻrsatuvchi — “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasining aeroportlari;
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 29-maydagi 01-02/12-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 2525-1, 05.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 281-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
havo kemasi — xorijiy aviakompaniyalarga tegishli boʻlgan havo kemasi.
Oldingi tahrirga qarang.
hududiy bojxona organlari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent — AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 29-maydagi 01-02/12-09-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2525-1, 05.06.2014-y.) asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 281-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
II bob. Aviakerosin mahsulotini respublika hududiga olib kirish va saqlash
2. Aviakerosin mahsulotini chetdan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, bojxona nazorati ostida belgilangan joyga yetkazish va tanlangan bojxona rejimiga joylashtirilgunga qadar vaqtincha saqlash Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-modda), Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 22-son, 224-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizom, Tovarlarni avtomobil transportida bojxona nazorati ostida yetkazish qoidalari (roʻyxat raqami 875, 2000-yil 19-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 2-son), “Vaqtincha saqlash” bojxona rejimi haqidagi nizom (roʻyxat raqami 447, 1998-yil 17-iyun) va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 8-son, 103-modda) talablari asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Aviakerosin mahsuloti belgilangan joyga yetkazilganidan soʻng, uning bojxona rasmiylashtiruvi hududiy bojxona organlarining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlari tomonidan amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 29-maydagi 01-02/12-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 2525-1, 05.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 281-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Aviakerosin mahsuloti qoida tariqasida bojxona omboriga “vaqtincha saqlash” yoki “bojxona ombori” bojxona rejimida joylashtiriladi.
Bojxona omboridan aviakerosin mahsulotini olib chiqish tanlangan bojxona rejimiga muvofiq qonun hujjatlarida belgilangan shartlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
III bob. Aviakerosin mahsulotini havo kemalariga quyilgan holda olib chiqilishi
5. Havo kemalariga quyish uchun moʻljallangan aviakerosin mahsuloti “reeksport” bojxona rejimiga joylashtiriladi.
6. Aviakerosin mahsulotini “reeksport” bojxona rejimiga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Reeksport” bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma berish Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi ruxsat berish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 51-son, 575-modda) talablari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Havo kemasiga quyish uchun aviakerosin mahsuloti bojxona omboridan maxsus transportga yuklanadi. Yuklash yakunlangach ilovaga muvofiq 4 nusxada aviakerosin mahsuloti maxsus transportga yuklanganligi toʻgʻrisida dalolatnoma (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) bojxona omborining egasi tomonidan tuziladi. Dalolatnomaning I boʻlimi 1 — 4-bandlari, 5-bandining “a” — “g” va “j” ustunlari bojxona omborining egasi tomonidan toʻldiriladi.
Dalolatnomaning II boʻlimi yuklash yakunlangach toʻldiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Dalolatnomaning 1-nusxasi bojxona omborida qoladi, 2, 3 va 4 — nusxalari aviakerosin mahsulotini havo kemasiga quyilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qayd qilinishi uchun havo kemasiga quyish joyigacha yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Bojxona omboridan maxsus transportga yuklangan aviakerosin mahsuloti havo kemasiga quyilgunga qadar bojxona omborida saqlanayotgan tovar sifatida qaraladi.
11. Aviakerosin mahsuloti qonun hujjatlari talablari asosida bojxona omborida saqlanishi va undan olib chiqilishi uchun bojxona omborining egasi, maxsus transportdan havo kemasiga quyilishi uchun xizmat koʻrsatuvchi javobgardir.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Havo kemasiga aviakerosin mahsulotini quyish jarayonida bojxona nazorati hududiy bojxona organlarining tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 29-maydagi 01-02/12-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 2525-1, 05.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 281-modda)
13. Maxsus transportdan havo kemasiga aviakerosin mahsulotini quyishda dalolatnomaning 5-bandi “d” va “e” ustunlari hamda III boʻlimi toʻldiriladi.
Dalolatnomaning 5-bandi “d” va “e” ustunlari xizmat koʻrsatuvchi vakili tomonidan toʻldiriladi.
14. Toʻliq maʼlumotlar aks ettirilgan dalolatnomaning:
2-nusxasi bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan bojxona postida alohida yigʻma jildda saqlash uchun olib qolinadi;
3-nusxasi bojxona omboriga joylashtirilgan va bojxona omboridan olib chiqilgan aviakerosin mahsulotining hisobini yuritish uchun bojxona omborining egasiga qaytariladi;
4-nusxasi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona postiga taqdim qilish uchun deklarantga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Dalolatnoma qatʼiy hisobda turuvchi blank hisoblanib, 5 yil muddat davomida saqlanadi.
IV bob. Havo kemalariga quyilgan holda olib chiqiladigan aviakerosin mahsulotining bojxona rasmiylashtiruvi
Oldingi tahrirga qarang.
16. Aviakerosin mahsulotini “reeksport” bojxona rejimiga joylashtirish uchun uning havo kemasiga quyilgan kunidan boshlab uch ish kunidan kechiktirmasdan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona postiga deklarant tomonidan ushbu rejimga rasmiylashtirish uchun toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasining asl nusxalari bilan birga quyidagi hujjatlarning nusxalari taqdim qilinishi lozim:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 29-maydagi 01-02/12-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 2525-1, 05.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 281-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
aviakerosin mahsulotini “reeksport” bojxona rejimiga joylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan berilgan ruxsatnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
dalolatnomaning 4-nusxasi;
tovarning kuzatuv hujjatlari.
Hujjatlarning nusxalari deklarant tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
161. Deklarant oʻz xohishiga koʻra aviakerosin mahsulotini “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirishni elektron shaklda amalga oshirish huquqiga ega.
Bunday hollarda bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan bojxona postiga bojxona yuk deklaratsiyasi mazkur Qoidalarning 16-bandida qayd etilgan hujjatlar deklarantning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan holda “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali taqdim etiladi.
(161-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 29-maydagi 01-02/12-09-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 2525-1, 05.06.2014-y.) asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 281-modda)
17. Bir havo kemasiga bitta dalolatnoma boʻyicha quyilgan aviakerosin mahsuloti bitta partiya hisoblanadi. Bojxona yuk deklaratsiyasi har bir partiya uchun alohida rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. “Vaqtincha saqlash” va “bojxona ombori” bojxona rejimlariga joylashtirilgan aviakerosin mahsuloti havo kemasiga quyilgandan keyin uni “reeksport” bojxona rejimiga rasmiylashtirishda bojxona yuk deklaratsiyasining 37-katagidagi oxirgi boʻlimida tovarlarni olib oʻtish xususiyatining “07” kodi koʻrsatiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 29-maydagi 01-02/12-09-sonli qarori (roʻyxat raqami 2525-1, 05.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 23-son, 281-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
V bob. Yakuniy qoidalar
19. Bojxona omborining egasi bojxona omboriga joylashtirilgan va undan chiqarilgan aviakerosin mahsulotining hisobini Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona ombori faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisida nizom va “Bojxona ombori” bojxona rejimi toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 1318, 2004-yil 27-fevral) belgilangan tartibda yuritadi hamda har chorak yakuni boʻyicha bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona postiga hisobot taqdim qilib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Ushbu Qoidalar talablarini buzgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Qoidalar “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
2013-yil 5-noyabr
Xorijiy aviakompaniyalarning havo kemalari uchun moʻljallangan aviakerosin mahsulotini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish qoidalariga
ILOVA
ILOVA
Aviakerosin mahsuloti maxsus transportga yuklanganligi toʻgʻrisida
__________________________/________/_____________-son DALOLATNOMA
(bojxona ombori litsenziya raqami /kun,oy,yil/dalolatnoma raqami*)
__________________________/________/_____________-son DALOLATNOMA
(bojxona ombori litsenziya raqami /kun,oy,yil/dalolatnoma raqami*)
*Dalolatnoma raqami yil boshidan oʻsib boruvchi ketma-ketlikda berib boriladi, yil tugashi bilan raqamlash yangidan boshlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 47-son, 619-modda; 2014-y., 23-son, 281-modda; 2016-y., 15-son, 159-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 31.07.2023-y., 10/23/2525-3/0545-son; 05.08.2024-y., 10/24/2525-4/0576-son; 07.03.2026-y., 10/26/2525-5/0213-son)