04.10.2013 yildagi PF-4570-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman va shahar sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan yillar davomida sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatni shakllantirish, demokratlashtirishning tarkibiy qismi sifatida sudlarning xolisligi va mustaqilligini mustahkamlash, sudni hokimiyatning xolis, mustaqil tarmogʻi sifatida mustahkamlash, qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklari ishonchli himoyalanishini taʼminlash boʻyicha izchil ishlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarining liberallashtirilishi islohotlarning muhim yoʻnalishi boʻldi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2008-yilda oʻlim jazosining bekor qilinishi, shuningdek jinoiy jazolar tizimining liberallashtirilishiga doir chora-tadbirlar natijasida jinoyatlar tarkibining 75 foiziga yaqini ogʻir, oʻta ogʻir toifalardan ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan va uncha ogʻir boʻlmagan toifalarga oʻtkazilganligi katta sotsial, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega boʻldi. Jinoyat sudlov ishlari amaliyotiga yarashtiruv instituti joriy etildi, sudlarning iqtisodiy jinoyatlar uchun ozodlikdan mahrum etish oʻrniga jarimalar tarzidagi jazolarni qoʻllash imkoniyatlari kengaytirildi. Sudlov ishlarini yuritish tizimida adolat, jazoning muqarrarligi tamoyili va oʻzgacha demokratik tamoyillar mustahkamlanishini taʼminlovchi boshqa qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlarning vakolatlari izchil kengaytirib borildi, odil sudlovni amalga oshirishda ular xolisligining va mustaqilligining kafolatlari mustahkamlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud tizimi butunlay ijro etuvchi hokimiyat organlarining nazorati va taʼsiri ostidan chiqarildi. Sud faoliyati ustidan prokuratura organlarining nazorat qilish funksiyalari bekor qilindi. Sud qarorlarining ijrosini toʻxtatib turish huquqi prokuratura vakolatlaridan chiqarib tashlandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishni sudga qadar yuritish bosqichida tergov ustidan sud nazorati kuchaytirildi. Milliy qonunchiligimizga “xabeas korpus” instituti joriy etildi — qamoqqa olishga sanksiya berish, shaxsni lavozimidan chetlashtirish va tibbiy muassasaga joylashtirishdek protsessual majburlov choralarini qoʻllash huquqi prokurorlardan sudlarga oʻtkazildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Huquqni qoʻllash tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, odil sudlovni amalga oshirish protsessual asoslarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar odil sudlovning muqarrarligini, tezkorligini taʼminlashga, qonuniylikni taʼminlashda sudning rolini oshirishga koʻmaklashdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Prokuror va advokatning jinoyat hamda fuqarolik jarayonlarining barcha bosqichlaridagi tortishuvlari tengligini, sud-huquq tizimini liberallashtirish jarayonining muhim tarkibiy qismi sifatida advokatura mustaqilligini mustahkamlashga doir kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq jinoyat ishi qoʻzgʻatish, ish yuzasidan ayblov xulosasini oʻqib eshittirish singari huquqlarni sudlar vakolatidan chiqarilishini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar jinoyat-protsessual qonun hujjatlariga kiritildi. Bu esa sudning obyektivligi, xolisligini taʼminlashga, jinoyat ishini koʻrib chiqish jarayonida tortishuv tamoyilining kuchayishiga koʻmaklashdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kassatsiya instansiyasi isloh qilindi, ishlarni qayta koʻrib chiqishning apellatsiya tartibi joriy etildi. Fuqarolik sud ishlarini yuritishning yangi — majburlov turlari, shuningdek nizolarni koʻrib chiqishning boshqa soddalashtirilgan koʻrinishlari joriy etildi. Bu esa himoya qilish jarayonini birmuncha tezlashtirish, fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar tuzilmasini, ular faoliyatining tashkiliy asoslarini takomillashtirish, kadrlar zaxirasini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar sud-huquq islohotlarini chuqurlashtirishga koʻmaklashdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yurisdiksiya sudlarining ixtisoslashuvi amalga oshirildi, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha sudlar tuzildi, ular faoliyatining mustahkam qonuniy asoslari shakllantirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2012-yil 30-noyabrdagi “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlarining qabul qilinishi sud hokimiyati nufuzini mustahkamlashda, sudya kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishning zamonaviy, demokratik talablarga javob beradigan samarali tizimini yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyaligi lavozimiga ilk bor tayinlanayotgan shaxslar uchun yosh tsenzi 25 yoshdan 30 yoshga koʻtarildi, besh yillik yuridik ish staji shart qilib qoʻyildi, ularning kasb tayyorgarligiga nisbatan malaka talablari kuchaytirildi. Sudyalikka nomzodlar zaxiralarini mustahkamlashga doir chora-tadbirlar amalga oshirilib, qonun hujjatlari talablariga muvofiq endilikda ular adliya, prokuratura, sud, ichki ishlar organlarining takliflari asosida shakllantiriladi. Sud xodimlarini oʻqitish, ularning malakasini oshirish tizimi tubdan oʻzgartirildi, ularni ijtimoiy jihatdan muhofaza qilishni kuchaytirishga doir chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur vazifalarning hal etilishida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasining roli kuchaytirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ana shu va boshqa qator tashkiliy-huquqiy choralarning amalga oshirilishi sud tizimining yanada mustahkamlanishiga, aholining sudlarga boʻlgan ishonchi oshishiga koʻmaklashdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga oʻtgan davr ichida qilingan ishlarni tanqidiy tahlil etish sud-huquq tizimi samaradorligini yanada oshirish va, eng avvalo, umumiy yurisdiksiya sudlarining asosiy boʻgʻini hisoblanmish tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining (bundan buyon matnda tuman sudlari deb yuritiladi) samaradorligini oshirish, ular faoliyatini tashkil etishdagi mavjud muammo va kamchiliklarni kechiktirmay hal etish hamda bartaraf qilish zarurligidan dalolat bermoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sud muhokamasi hamda sud tekshiruvlari toʻlaligini taʼminlamay, shuningdek protsessual qonun hujjatlarining normalari sud tomonidan notoʻgʻri qoʻllanilishi natijasida chiqarilgan sud hukmi va qarorlarining darajasi yuqoriligicha qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻtgan yili sud hujjatlarining umumiy miqdoridan fuqarolik ishlari boʻyicha sud qarorlarining 0,5 foizi hamda jinoyat ishlari boʻyicha sud hukmi va ajrimining 1,2 foizi yuqori instansiya sudlari tomonidan bekor qilindi yoki oʻzgartirildi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tuman sudlari tuzilmasida, hududiy joylashuvida, sudyalar sonidagi mavjud jiddiy nomutanosibliklar ishlarni qarab chiqish sifatiga salbiy taʼsirini oʻtkazmoqda. Tuman va tumanlararo sudlarning amalda ish bilan bandlik darajasini aniqlovchi mezonlar tasdiqlanmagan, mazkur masalalarni hal etilishiga siyqasi chiqqan, yuzaki tarzda yondashish hamon uchrab turibdi. Soʻnggi besh yil ichida faqatgina fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan koʻrib chiqilgan ishlar, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari 3,4 barobar koʻpaydi va 2012-yilda 2 milliondan ziyod hujjatni tashkil etdi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sudlar bilan majburiy tarzda ijro etish organlari oʻrtasidagi hamkorlikni tashkil etishdagi kamchiliklar umumiy yurisdiksiya sudlarining qarorlari oʻz vaqtida ijro etilmasligiga, ijroning kam samarali boʻlishiga olib kelmoqdaki, bu odil sudlovning taʼsirchanligini pasaytirmoqda, aholi tomonidan jiddiy eʼtirozlar bildirilishiga sabab boʻlmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sud faoliyati ustidan nazorat qilishga doir ishlari, sud amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish, sudlar ishining sifatini baholash uchun zarur boʻladigan obyektiv, toʻliq axborot olinishini taʼminlashga daʼvat etilgan statistik hisobot tizimi bugungi kun talablariga javob bermaydi. Sud ishlari ustidan shikoyatlar kelib chiqishiga sabab boʻlayotgan tuman sudlarining faoliyatiga oid yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar Oliy sud nazorati eʼtiboridan chetda qolmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy yurisdiksiya sudlarining faoliyatini yanada takomillashtirish, samaradorligini oshirish, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari odil sudlovni sifatli amalga oshirishlarini, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishlarini taʼminlash uchun tumanlararo tuman (shahar) sudlarida tegishli tartib oʻrnatish hamda ularning ish bilan bandligini maqbullashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadlarida quyidagilar zarur deb hisoblansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 1-ilovaga muvofiq qoʻshimcha ravishda fuqarolik ishlari boʻyicha 12 ta tumanlararo (tuman) sudi tuzilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Adliya vazirligi hamda Moliya vazirligining quyidagi takliflari qabul qilinib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi tuzilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo (tuman) sudlarini toʻldirish hamda ishi eng koʻp boʻlgan amaldagi tumanlararo (tuman) sudlari xodimlarining sonini koʻpaytirish uchun fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar sudyalarining soni 71 taga koʻpaytirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishi nisbatan kamroq boʻlgan sudlardan 23 ta sudya lavozimlarini ish hajmi koʻproq boʻlgan tuman sudlariga oʻtkazish orqali jinoyat ishlari boʻyicha viloyat va ularga tenglashtirilgan sudlarning, shuningdek tuman (shahar) sudlari xodimlarining soni qayta taqsimlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi bilan birgalikda ikki oylik muddat ichida milliy qonun hujjatlarini, xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda qonun hujjatlarimizga, zamonaviy talablarga, shuningdek fuqarolarning huquq va erkinliklari sud tomonidan ishonchli himoya qilinishidan iborat vazifalarga mos ekanliklarini obyektiv aniqlash imkonini beruvchi, umumiy yurisdiksiya sudyalari va sudlarining faoliyatini baholash mezonlari tizimini ishlab chiqsin va uni huquqni qoʻllash amaliyotiga joriy etsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan birgalikda uch oylik muddat ichida sudlov ishlari yuritilishini, umumiy yurisdiksiya sudlari ishini yanada takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish uchun zarur boʻlgan sud faoliyatining ahvoli toʻgʻrisidagi toʻliq va haqqoniy axborotning yigʻilishi, jamlanishini taʼminlovchi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan statistik hisobotlar yuritishning takomillashtirilgan, soddalashtirilgan shakllari va tartibini sud amaliyotiga joriy etish boʻyicha takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, Oliy sud bilan birgalikda uch oylik muddat ichida sud-huquq sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish, liberallashtirish yuzasidan takliflar kiritib, ularda quyidagilarni nazarda tutsin: jinoiy, maʼmuriy sud ishlari yuritilishiga doir ishlarni koʻrib chiqishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish; fuqarolik-huquqiy hamda maʼmuriy-huquqiy nizolarni sudgacha, suddan tashqari hal qilish tartibini yanada takomillashtirish; umumiy yurisdiksiya sudlarining hukmlari, qarorlari ijro etilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning oʻrinbosarlari, viloyat sudlarining raislari va ularga tenglashtirilgan sudlarga kassatsiya tartibida protest bildirish huquqini berish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Oliy sudi ikki hafta muddat ichida mazkur Farmon talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oliy sudi, fuqarolik va jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari xarajatlar smetalariga hamda shtatlar jadvaliga oʻzgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida mazkur Farmonni amalga oshirishga doir qaror qabul qilib, unda yangi tuzilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni joylashtirish, jihozlash, tumanlararo, tuman (shahar) umumiy yurisdiksiya sudlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari va tizimlari bilan taʼminlashga doir chora-tadbirlarni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 20-fevraldagi “Umumiy yurisdiksiya sudlarining ayrimlarini tugatish va qayta tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF–3400-sonli Farmonining 3, 4 va 6-ilovalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tuzilmasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi PF–3605-sonli Farmonining 1 va 2-ilovalari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Ushbu Farmonning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi J. Fayziyev zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 4-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4570-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-oktabrdagi PF–4570-sonli Farmoniga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoʻshimcha tashkil etilayotgan fuqarolik ishlari boʻyicha tuman, tumanlararo sudlarining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Sudlar nomi

Sudlarni

tashkil etish

muddatlari

1.

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Forish tuman sudi

2014-yilning

I choragi

2.

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Payariq tumanlararo sudi

3.

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Kasbi tumanlararo sudi

4.

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Quyi Chirchiq tumanlararo sudi

5.

Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Boysun tuman sudi

2014-yilning

II choragi

6.

Toshkent viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Yuqori Chirchiq tumanlararo sudi

7.

Buxoro viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Peshku tumanlararo sudi

2014-yilning

III choragi

8.

Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Yakkabogʻ tumanlararo sudi

9.

Samarqand viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Nurobod tuman sudi

10.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi

2014-yilning

IV choragi

11.

Jizzax viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Gʻallaorol tumanlararo sudi

12.

Navoiy viloyati fuqarolik ishlari boʻyicha Uchquduq tuman sudi

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi PF-6034-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 556-modda; 2014-y., 37-son, 464-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 06/20/6034/1103-son)