11.10.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2516
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining buyrugʻi, 11.10.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2516
Дата вступления в силу
14.10.2013
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 11-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2516]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-son “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 17-son, 225-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish markazi tomonidan 1999-yil 28-aprelda tasdiqlangan Ishlarga haq toʻlash tartibi (roʻyxat raqami 722, 1999-yil 11-may) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh direktor A. KURBANOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 18-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
439-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2013-yil 18-sentabrdagi 439-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimida ishlar va xizmatlarga haq toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QOIDALARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi, “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son “Oʻzbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-apreldagi 108-son “Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2004-yil 6-iyuldagi 318-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi, 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son “Muvofiqlikni baholash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, 2019-yil 24-apreldagi 348-son “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2019-yil 24-apreldagi 349-son “Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish sohasidagi ishlarni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq, akkreditatsiya qilish, inspeksiya nazorati, sertifikatlashtirish, xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini eʼtirof etish boʻyicha ishlar va xizmatlar uchun, shuningdek muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik va milliy akkreditatsiya tizimi belgisini (bundan buyon matnda akkreditatsiya belgisi deb yuritiladi) qoʻllash uchun toʻlovlarni toʻlash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Asosiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyekti — muvofiqlikni baholash organlari va metrologiya xizmatlari, shu jumladan ularni baholash jarayonida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muvofiqlik belgisi — muayyan mahsulot yoxud xizmat aniq standartga yoki boshqa normativ hujjatga mos ekanligini koʻrsatish uchun mahsulotga yoxud koʻrsatilgan xizmatga doir hujjatga qoʻyiladigan, belgilangan tartibda roʻyxatga olingan belgi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
inspeksiya nazorati — mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan davriy qayta baholash tartib-taomili.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Muvofiqlikni baholash organlari va metrologik xizmatlari oʻz faoliyatlarini akkreditatsiya qilinganlik toʻgʻrisidagi guvohnomalar asosida amalga oshiradilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy sertifikatlashtirish tizimidagi ishlar va xizmatlar narxi shartnoma asosida aniqlanadi. Bunda akkreditatsiya qilish, inspeksiya nazorati, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash boʻyicha ishlar va xizmatlarning narxini shakllantirishda xarajatlar tarkibini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Monopolist korxonalar va tabiiy monopoliya subyektlarining akkreditatsiya qilish, inspeksiya nazorati, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash boʻyicha ishlar va xizmatlarining narxi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni shakllantirish, deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash hamda ularning qoʻllanilishini davlat tomonidan nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomga muvofiq aniqlanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. Akkreditatsiya qilish inspeksiya nazorati uchun ishlar va xizmatlarning toʻlovi
(II-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 60-bandida “Oʻzbekiston akkreditatsiya markazi” DK tomonidan (bundan buyon matnda Markaz deb yuritiladi) akkreditatsiya sohasidagi quyidagi xizmatlar uchun haq undirilishi belgilangan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hujjatlar ekspertizasi uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya obyektini baholash uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq oʻtkazilgan akkreditatsiya obyektining inspeksiya nazorati uchun;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
akkreditatsiya sohasini dolzarblashtirish uchun.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Natijalaridan qatʼi nazar, akkreditatsiya qilish boʻyicha ishlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar toʻlanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi (bundan buyon matnda Texnik jihatdan tartibga solish agentligi deb yuritiladi) oʻz vazifalarining bir qismini mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlariga va sinov laboratoriyalariga (markazlariga) oʻtkazishga haqlidir.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 25-dekabrdagi 34-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3595, 27.12.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya qilinganida Markaz va akkreditatsiya obyekti oʻrtasida akkreditatsiyadan keyingi shartnoma tuziladi, unga koʻra akkreditatsiya obyekti akkreditatsiya belgisini qoʻllaganlik uchun akkreditatsiya sohasida koʻrsatilgan pullik xizmatlar tushumning 5 foizi miqdorida ajratma oʻtkazadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 349-son qarori bilan tasdiqlangan Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 62-bandiga muvofiq ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan xizmatlar uchun toʻlovlar Markazning sarflangan vaqtidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Sertifikatlash, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish va deklaratsiyalash boʻyicha ishlar va xizmatlar toʻlovi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mahsulotlar, xizmatlar va sifat tizimlarini sertifikatlashtirishda haqiqiy sarflarni hisobga olgan holda Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalarining (roʻyxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 10-11-son, 86-modda) 8-bandida koʻzda tutilgan sertifikatlashtirish bosqichlari toʻlanishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Natijalaridan qatʼi nazar, sertifikatlashtirish boʻyicha ishlar va xizmatlarni oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan barcha xarajatlar toʻlanishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Sertifikatlangan mahsulot va sifat tizimining inspeksiya nazoratini oʻtkazish boʻyicha ishlar va xizmatlarning toʻlovi, haqiqiy sarflardan kelib chiqib, muvofiqlik belgisini ishlatish huquqi boʻyicha bitim asosida amalga oshiriladi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Xorijiy mamlakatlarning muvofiqlikni baholash organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlarini, muvofiqlik toʻgʻrisidagi deklaratsiyalarni va sinovlar protokollarini eʼtirof etish boʻyicha ishlar va xizmatlarning toʻlovi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 14-oktabrdagi 292-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida amalga oshirilgan muvofiqlikni baholash natijalarini Oʻzbekiston Respublikasida eʼtirof etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Mahsulotlarni sertifikatlash qoidalariga (roʻyxat raqami 1458, 2005-yil 18-mart) muvofiq eʼtirof etish jarayonini amalga oshirish boʻyicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Deklaratsiyalash yoʻli bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash boʻyicha ishlar va xizmatlar toʻlovi Mahsulotning xavfsizlik talablariga muvofiqligini deklaratsiyalash tartibi toʻgʻrisida nizomga (roʻyxat raqami 1465, 2005-yil 6-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 107-modda) muvofiq deklaratsiyalash yoʻli bilan mahsulotlarning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash jarayonini amalga oshirish boʻyicha haqiqiy sarflardan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV bob. Sertifikatlashtirish organlariga muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlovlarni toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Muvofiqlik belgisidan foydalanishni nazarda tutuvchi sxemalar boʻyicha amalga oshirilgan sertifikatlashtirishning natijalari ijobiy boʻlganda, mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish organi bilan import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar (sertifikatlashtirishga nomzod) oʻrtasida bitim tuziladi. Unga koʻra import qiluvchi va mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar muvofiqlik belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlovni bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 24-apreldagi 348-son “Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandiga muvofiq Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi mamlakatlarining “Mahsulotlar va xizmatlar sifati sohasidagi xizmatlari uchun” mukofoti laureatlari boʻlgan mahalliy korxonalar nomzod mahsulot boʻyicha muvofiqlik sertifikati amal qilish muddatida muvofiq belgisidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlovdan ozod etiladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ishlar va xizmatlarning haqqoniy sermashaqqatliligini aniqlashda javobgarlik akkreditatsiya va inspeksiya nazorati boʻyicha — Markaz, sertifikatlashtirish, xorijiy muvofiqlik sertifikatlarini tan olish hamda deklaratsiyalash boʻyicha — sertifikatlashtirish organi rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur Qoidalar talablariga rioya qilish ustidan davlat nazoratini Texnik jihatdan tartibga solish agentligi amalga oshiradi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 18-sentabr
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktorining 2021-yil 13-sentabrdagi 82-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2516-4, 09.10.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 41-son, 555-modda; 2015-y., 19-son, 238-modda; 2016-y., 17-son, 181-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 10/20/2516-3/0337-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2021-y., 10/21/2516-4/0947-son; 28.12.2024-y., 10/24/3595/1086-son)