Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tashkiliy tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vazirining fan va oʻquv muassasalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparati xodimlarining umumiy cheklangan soni 88 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 69 nafar boʻlgan yangilangan tashkiliy tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika tibbiyot muassasalari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 2-oktabrdagi PQ-700-sonli qarorining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 2-iyun,
PQ-1119-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 6-son, 223-modda; 2016-y., 9-son, 86-modda)