O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrug‘i
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-sentabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2090-7]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 4-yanvardagi 2-mh-sonli “Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3113, 04.01.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 29-son, 329-modda) muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 30-martdagi 64-mh-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2090, 2010-yil 30-mart) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 13-son, 99-modda) bilan tasdiqlangan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va bu haqda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ogay) hamda Notariat, advokatura va FHDY organlari boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etishni ta’minlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir o‘rinbosari O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Vazir N. YO‘LDOShEV
Toshkent sh.,
2013-yil 30-sentabr,
297-mh-son
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 30-sentabrdagi 297-mh-sonli buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 4-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi beshinchi jumla quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bitim predmeti bo‘lgan obyektni boshqa shaxsga o‘tkazishni taqiqlash yoki xatlov mavjud emasligi to‘g‘risidagi kredit axboroti kredit byurosiga hamda bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektini boshqa shaxsga o‘tkazishning taqiqlanmaganligi va mazkur ko‘chmas mulk obyektining xatlanmaganligi to‘g‘risidagi axborot rieltorlik tashkilotiga ularning so‘roviga ko‘ra taqdim etiladi.”.
2. 18-banddagi, 45-bandning beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilaridagi, 107-bandning uchinchi xatboshisidagi, 185 va 202-bandlardagi “ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar “yoki vaqtincha propiska qilingan (hisobga olingan)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 19-bandning birinchi xatboshisida:
birinchi jumla chiqarib tashlansin;
“Qo‘shimcha va tuzatishlar” degan so‘zlar “Hujjatdagi qo‘shimcha va tuzatishlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. Quyidagi mazmundagi 351-band bilan to‘ldirilsin:
“351. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirishda audio, video va foto qurilmalardan foydalanishlari mumkin. Notarial harakatlarni amalga oshirish uchun murojaat qilgan shaxslar bu haqda ogohlantiriladi.”.
5. 43-banddagi “2-bandiga asosan” degan so‘zlar “1 va 2-bandlariga asosan davlat boji qonun hujjatlarida talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida va” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 53-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari yoki shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari)ning uyning buzilishi yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;”.
7. 65-bandning ikkinchi xatboshisidagi “ro‘yxatda” degan so‘z “propiskada” degan so‘z bilan almashtirilsin.
8. 74-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari yoki shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari)ning uyning buzilishi yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.”.
9. 77-bandda:
oltinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari yoki shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari)ning uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi buzilishi yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;”.
10. 78-bandning o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari yoki shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari)ning uyning buzilishi yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi.”.
11. 80-bandda:
sakkizinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar “propiska qilingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
12. 95-bandning o‘n beshinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari yoki shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari)ning uyning buzilishi yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;”.
13. 96-bandning ikkinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
14. 120-banddagi “tasdiqlashlari” degan so‘z “tasdiqlashi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
15. 125-bandda:
uchinchi xatboshidan “va kadastr hujjatlari yig‘majildi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi arxitektura va qurilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari yoki shaharlar va tumanlar arxitektura va qurilish boshqarmalari (bo‘limlari)ning uy, kvartira, uyning yoki kvartiraning bir qismi buzilishi yoki buzilmasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;”;
beshinchi va o‘n sakkizinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
oltinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar beshinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi, o‘ninchi, o‘n birinchi xatboshilardagi “ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar “propiska qilingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. 128-bandning yettinchi xatboshisidan “narsasi kim tomonidan” degan so‘zlar “narsasining” degan so‘z bilan almashtirilsin.
17. 136-bandda:
to‘rtinchi xatboshidagi “ro‘yxatda turuvchi” va “ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar “propiska qilingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. 175-bandning ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunday holda vasiyatnomaning har ikki nusxasiga bu haqda yozib qo‘yiladi, ushbu Yo‘riqnomaning 174-bandida ko‘rsatilgan shaxslar guvoh bo‘lishlari mumkin emas.”.
19. 176-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 178-bandning birinchi xatboshisidagi, 179-bandning ikkinchi xatboshisidagi, 264 va 277-bandlardagi “ro‘yxatga olingan” degan so‘zlar “propiska qilingan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
20. 204-bandning birinchi xatboshisi “(ishonchnoma bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar bilan)” degan so‘zlardan keyin “va ishonchli vakilga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
21. 345-bandda:
ikkinchi xatboshi “, ijro xatining qaysi ish bo‘yicha berilganligi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar “(jismoniy shaxslar uchun tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 40-son, 533-modda)