Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024 19.11.1998 yildagi PF-2114-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.08.2024
Hujjat 10.05.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni tartibga solish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 16-avgustdagi PF-111-sonli “Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning barqarorligini taʼminlash, sifati va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xoʻjalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini koʻzlab:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga doir barcha tekshiruvlarni, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, oʻtkazish, qoida tariqasida, bir yoʻla kompleks tekshirishlar oʻtkazilishini nazarda tutib, faqat Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan yiliga koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan 2018-yilning 1-sentabridan chiqariladi — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
belgilangan norma va qoidalarga oʻz vaqtida va toʻla hajmda rioya etadigan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirish, moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishni istisno etgan holda, nazorat organlari tomonidan har ikki yilda koʻpi bilan bir marta amalga oshiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 28-noyabrdagi 2005-y., PF-3694-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 47-48-son, 352-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy bank va moliya institutlari faoliyatini tekshirish nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan besh yilda koʻpi bilan bir marta reja asosidagi tartibda nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 26-martdagi PF-4522-sonli Farmoniga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 13-son, 163-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish boʻyicha tergov tartibida tekshiriladi. Bunda mazkur subyektlarning faqat qoʻzgʻatilgan jinoiy ish bilan bogʻliq boʻlgan faoliyati tekshirilishi mumkin, bu haqda tekshirishni tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda koʻrsatilishi lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bozorlar, savdo komplekslarini, ularga tutash boʻlgan avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarini, shuningdek ularning hududida faoliyat koʻrsatayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirish huquqi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida faqat davlat soliq xizmati organlariga beriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlari jismoniy va yuridik shaxslarning qonunchilik buzilganligi holatlari toʻgʻrisidagi murojaatlari asosida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga binoan bozorlar, savdo komplekslari va ularga tutash avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida bir martalik yigʻimlar, ijara haqi toʻlovi topshirilishi va hisobi toʻliq yuritilishini, savdo va xizmatlar koʻrsatish qoidalariga rioya qilinishini, ushbu bandning toʻqqizinchi xatboshida koʻrsatilgan holatlardan mustasno tarzda, qisqa muddatli tekshiruvlar oʻtkazish huquqiga egadirlar;
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 20-maydagi PF-4219-sonli Farmoniga asosan oltinchi-yettinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2010-y., 20-son, 150-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining har qanday tekshirishlarini oʻtkazish chogʻida nazorat organlarining mansabdor shaxslari tekshirishlarni roʻyxatga olish kitobiga qonunchilikda belgilangan tartibda yozib qoʻyadilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarini naqd pul mablagʻlari yoki plastik kartochkalar boʻyicha toʻlov shakliga qarab narxlarni sunʼiy ravishda oshirish yoki pasaytirish, nazorat- kassa mashinalaridan, hisob-kitob terminallaridan foydalanish, shuningdek, belgilangan tartibda chek va talonlarni berish, naqd tushumni oʻz vaqtida va toʻla hajmda inkassatsiya qilish masalalari yuzasidan oʻtkaziladigan tekshiruvlar, oʻrnatilgan tartibga muvofiq, nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining maxsus ruxsatnomasini talab etadigan soliq tekshiruvi hisoblanmaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga budjet tashkilotlari va budjet tizimi budjetlarining mablagʻlari hisobidan tegishli ravishda moliyalashtiriladigan budjet mablagʻlarini oluvchilarning moliya-xoʻjalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat organlari tomonidan har qanday tekshirishni oʻtkazish muddati 30 kalendar kunidan oshib ketishi mumkin emas. Alohida hollarda bu muddat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 19-iyundagi PF-2886-sonli Farmoni tahririda— Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 6-son, 122-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
nazorat organlari tomonidan kichik biznes subyektlarini tekshirish muddati 30 kalendar kunidan oshirib yuborilishi mumkin emas;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 4-apreldagi PF-4296-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 14-son, 133-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
auditorlik tekshirishlarini oʻtkazish boʻyicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini nazorat tariqasida tekshirishni oʻtkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangilangan tarkibi va u haqdagi Nizom 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* 1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bir oy muddatda vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan hududlar boʻyicha xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish borasida 1999-yilgi muvofiqlashtiruvchi rejalar ishlab chiqilishini taʼminlasin, bunda kompleks tekshirishlarni keng joriy etish asosida ularni oʻtkazish davriyligi va muddatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash nazarda tutilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan ashaddiy boʻyin tovlash faktlarining har biri boʻyicha chora koʻrish uchun yilning har choragida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga oʻz takliflarini taqdim qilsin.
(6-bandining ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PF-4087-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki hafta muddatda moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslarning roʻyxatini tasdiqlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar oʻtkazishga qoʻyiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi xoʻjalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni taʼminlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xoʻjalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, qonunda koʻzda tutilgan choralarni koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzishda aybdor boʻlgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini koʻzda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasining maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksiga qoʻshimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori koʻtarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini koʻrsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Oʻzteleradio”, ommaviy axborot vositalari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish ishlarini oʻtkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. 1998-yil 8-iyundagi PF-2008-son Farmonning 1-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1998-yil 19-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2114-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 10-11-son, 209-modda; 2001-y., 6-son, 122-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 47-48-son, 352-modda; 2009-y., 10-11-son, 105-modda; 2010-y., 20-son, 150-modda; 2011-y., 14-son, 133-modda; 2013-y., 13-son, 163-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 18-son, 310-modda, 37-son, 980-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son, 30.07.2018-y., 06/18/5490/1584-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.07.2023-y., 06/23/110/0506-son)