Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2014 08.04.2013 yildagi 314-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.01.2014
Hujjat 08.04.2013 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Toshkent shahar hokimining 2014-yil 13-yanvardagi 46-sonli “Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi 314-sonli qarorini bekor qilish haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mustaqillik yillarida mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan bunyodkorlik, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va aholi uchun qulay infratuzilma yaratish borasida ulkan ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. 2013-yil “Obod turmush yili” Davlat dasturining eng muhim yoʻnalishlari va ustuvor vazifalarining ijrosini taʼminlash maqsadida, Toshkent shahrini yanada rivojlantirish va obodonlashtirishga katta eʼtibor qaratilmoqda. Toshkent shahrining aholi zich joylashgan mavzelari kesimida “Namunaviy mahalla” dasturi asosida keng koʻlamli obodonlashtirish, koʻp qavatli turar joy binolarini, yer osti muhandislik tarmoqlarini, hududlararo yoʻl va yoʻlaklarni qayta taʼmirlash, sport va bolalar maydonchalarini tashkil etish ishlari mahalliy hokimliklar tomonidan bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Toshkent shahrida shaharsozlik norma va qoidalari talablariga javob bermaydigan avtomototransportlar saqlash qurilmalari obodonlashtirish ishlarini olib borishda toʻsqinlik qilib kelmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqoridagilarni inobatga olib, Toshkent shahar aholisining avtomototransporti turar joylarini tashkil qilish haqidagi takliflari hamda mutasaddi tashkilotlar va mutaxassislarning xulosalaridan kelib chiqib, qaror qilaman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Toshkent shahrida oʻrnatilgan avtomototransport saqlash qurilmalari joylashgan yer uchastkalarini olib qoʻyish va ular oʻrniga zamonaviy yengil turdagi avtomototransportlar uchun turar joylarni tashkil etish toʻgʻrisidagi “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yongʻinga qarshi kurash boshqarmasi, Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi va bir qator jamoat tashkilotlarining takliflari maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari (B. Raxmonov)ga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda bir oy muddatda turar joy mavzelarida tashkil etiladigan avtomototransportlar turar joylarining batafsil yagona namunaviy loyihasini ishlab chiqish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2013-2014-yillarda Toshkent shahridagi barcha oʻrnatilgan avtomototransport saqlash qurilmalarini bosqichma-bosqich olib, ular oʻrniga har tomonlama shaharsozlik normalari va qoidalariga javob beradigan, zamonaviy avtomototransportlar turar joylarini tashkil etish manzilli jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tuman hokimlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
birinchi navbatda avtomototransport saqlanayotgan qurilma egalariga avtomototransportlar turar joylari ajratish belgilansin va qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirish amalga oshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi (M. Adilov) va tuman hokimlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
profilaktika inspektorlari va barcha tuman hokimiyatlari qoshidagi garajlar boshqarmasi davlat unitar korxonalari rahbarlari bilan birgalikda oʻzlariga biriktirilgan turar joy mavzelari va mahallalarda avtomototransportlar turar joylari monitoringini oʻtkazib, qonun buzilish holatlarini bartaraf etish topshirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Tuman hokimlariga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi quriladigan avtomototransport turar joylarini qurishda homiylar, tadbirkorlar va boshqa subyektlarni jalb qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari bilan birgalikda yangi tashkil etilgan avtomototransport turar joylarini saqlash, obodonlashtirish, tozalash ishlarini taʼminlash belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. “Mahalla” xayriya jamoat fondi, “Nuroniy” jamgʻarmasi Toshkent shahar boʻlimlari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Toshkent shahar Kengashi, Toshkent shahar xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari uyushmasi hamda tuman ichki ishlar boshqarmalariga oʻrnatilgan avtomototransport saqlash qurilmalarini olish yuzasidan aholi oʻrtasida keng targʻibot va tashviqot ishlarini olib borish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Toshkent shahar hokimining maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha yordamchisi (A. Akramov), Axborot xizmati (X. Ermatov) mazkur qaror “Toshkent oqshomi” va “Вечерный Ташкент” gazetalarida rasman eʼlon qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran bir oydan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hokim R. USMONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 8-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
314-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi 314-sonli qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-2014-yillarda Toshkent shahridagi barcha oʻrnatilgan avtomototransport saqlash qurilmalarini bosqichma-bosqich olib, ular oʻrniga har tomonlama shaharsozlik normalari va qoidalariga javob beradigan, zamonaviy avtomototransport turar joylarini tashkil etish manzili
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jadvali
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T/r ‎‏ Tuman nomi‎‏ Oʻrnatilgan
‎avtomototransport
‎saqlash qurilmalarining
‎soni ‎‏
Oʻrnatilgan avtomototransport saqlash qurilmalarini bosqichma-bosqich
‎olib, ular oʻrniga har tomonlama shaharsozlik normalari va qoidalariga javob beradigan,
‎zamonaviy avtomototransport turar joylarini tashkil etish grafigi
‎‏Ijro uchun
‎‎masʼullar
may iyun iyul avgust ‎ sentyabr‎ oktyabr‎ noyabr‎ dekabr‎ 2013-y.
‎jami
2014-y.
‎jami
1.‎

Bektemir‎

309‎ 77‎ 50‎ 24‎ 24‎ 20‎ 20‎ 19‎ 15‎ 249‎ 60‎ Tuman hokimi,
‎tuman Ichki
‎ishlar boshqarmasi
‎boshligʻi,
‎mahalla raisi,
‎prafilaktika
‎inspektori ‎‏
2.‎

Mirobod‎

2071‎ 206‎ 207‎ 32‎ 106‎ 149‎ 173‎ 141‎ 74‎ 1088‎ 983‎
3.‎

Mirzo ‎Ulugʻbek‎

6758 850 915‎ 458‎ 457‎ 457‎ 463‎ 451‎ 441‎ 4492‎ 2266‎
4.‎

Olmazor‎

4607‎ 477‎ 499‎ 158‎ 150‎ 139‎ 149‎ 130‎ 140‎ 1842‎ 2765‎
5.‎

Sergeli‎

388‎ 6‎ 22‎ 0‎ 0‎ 0‎ 0‎ 0‎ 0‎ 28‎ 360‎
6.‎

Uchtepa‎

3815‎ 926‎ 875‎ 277‎ 250‎ 290‎ 336‎ 174‎ 97‎ 3225‎ 590‎
7.‎

Hamza‎

2552‎ 289‎ 290‎ 147‎ 151‎ 160‎ 161‎ 159‎ 162‎ 1519‎ 1033‎
8.‎

Chilonzor‎

7864‎ 492‎ 1247‎ 326‎ 302‎ 283‎ 281‎ 250‎ 219‎ 3400‎ 4464‎
9.‎

Shayxontohur‎

1830 192‎ 399‎ 116‎ 228‎ 229‎ 127‎ 144‎ 124‎ 1559‎ 271‎
10.‎

Yunusobod‎

6946‎ 1278‎ 1161‎ 568‎ 284‎ 277‎ 324‎ 184‎ 150‎ 4226‎ 2720‎
11.‎

Yakkasaroy‎

3686‎ 413‎ 492‎ 150‎ 120‎ 120‎ 50‎ 50‎ 50‎ 1445‎ 2241‎
Jami‎ 40826‎ 5206‎ 6157‎ 2256‎ 2072‎ 2124‎ 2084‎ 1702‎ 1472‎ 23073‎ 17753‎