Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining
Qarori
Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qarorini tasdiqlash toʻgʻrisida
Mazkur qaror Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2021-yil 4-iyundagi 390/41-6-sonli “Toshkent shahar mahalliy davlat hokimiyati organlarining eskirgan va oʻz ahamiyatini yoʻqotgan normativ tusdagi qarorlarini bekor qilish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qarori tasdiqlansin.
2. Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlariga saylov okrugrlarida Toshkent shahar hoqimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qaroridan kelib chiqadigan vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targʻib qilish ishlari topshirilsin.
3. Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari B. Raxmonovga Toshkent shahar hokimining 2013-yil 8-apreldagi “Toshkent shahrida avtomototransport saqlash qurilmalarini obodonlashtirish va shaharsozlik qoidalariga muvofiq tartibga keltirish toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosi yuzasidan 2013-yil va 2014-yil yakunlari boʻyicha xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga axborot kiritish topshirilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qonuniylik, huquq-tartibot va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi zimmasiga yuklatilsin.
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi R. USMONOV
Toshkent sh.,
2013-yil 9-aprel,
228/4-25-son