O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-dekabrdagi 984-sonli “Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 22-may,
139-son
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 22-maydagi 139-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Tadbirkorlik subyektlari – importyorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari — importyorlar tomonidan eksport bojxona yuk deklaratsiyasini va O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan xarajatlarni tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni, bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llagan holda, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun majburiy taqdim etish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tadbirkorlik subyekti — importyor (keyingi o‘rinlarda importyor deb ataladi) — belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va qonun hujjatlariga muvofiq bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llagan holda tovarlarni import qiluvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
eksport bojxona yuk deklaratsiyasi — eksport/reeksport qiluvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan bojxona deklaratsiyasi;
olib kirilayotgan tovarning taqdim etilgan qiymati — uning bo‘yicha pul hisob-kitobi (to‘lov) amalga oshiriladigan shartnomada (kontraktda) yoki invoysda ko‘rsatilgan qiymat yoxud ularda qiymat mavjud bo‘lmagan taqdirda – qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadigan qiymat;
olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymati — tovarning eksport bojxona yuk deklaratsiyasida ko‘rsatilgan bojxona qiymati (u mavjud bo‘lmaganda — fakturadagi qiymati) va O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan, hujjatlar bilan tasdiqlangan hamda “Boj tarifi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 18-moddasi ikkinchi qismidagi 1 — 5-bandlarda nazarda tutilgan bojxona qiymatiga qo‘shilgan (agar ular unga kiritilmagan bo‘lsa) xarajatlar, shuningdek diller (distribyutor, agent) shartnomasi asosida ishlab chiqaruvchi tashkilot dillerining (distribyutor, agentning) vositachilik haqi;
olib kirilayotgan tovarning tasdiqlanmagan qiymati — olib kirilayotgan tovar ko‘rsatilgan qiymatining olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymatidan ortiqcha qiymati.
3. Agar eksport bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning qiymati ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning qonun hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan bo‘lsa, u holda eksport bojxona yuk deklaratsiyasi o‘rniga tovarni olib chiqishda eksport/reeksport qiluvchi mamlakatda rasmiylashtirilgan hamda eksportyor va importyorning nomi, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning qiymati, vazni va miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlardan iborat bo‘lgan o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilishi mumkin.
4. Ushbu Nizomning amal qilishi insonparvarlik yordami, texnikaviy ko‘mak sifatida va grantlar hisobiga olib kirilayotgan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, xorijiy valyutaga va qimmatbaho qog‘ozlarga tatbiq etilmaydi.
II. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llangan holda, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash
5. Importyor bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarni qo‘llagan holda, olib kirilayotgan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga (“erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatni va O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududigacha qilingan xarajatlarni (qiymat va to‘lovlarni) tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni (keyingi o‘rinlarda boshqa hujjatlar deb ataladi) taqdim etadi.
6. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi:
qog‘ozdagi originali (asl nusxasi) yoki eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organlari yoki importyor tomonidan tasdiqlangan nusxasi tarzida;
qog‘ozli manbada bosilgan va eksport/reeksport qiluvchi mamlakatning bojxona organi yoki importyor tomonidan tasdiqlangan elektron bojxona yuk deklaratsiyasi tarzida taqdim etilishi mumkin.
7. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga rus yoki ingliz tillarida taqdim etiladi. Boshqa tilda to‘ldirilgan eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat O‘zbekiston Respublikasining davlat bojxona xizmati organlariga importyor tomonidan tasdiqlangan o‘zbek, rus yoki ingliz tilidagi tarjimasi bilan birga taqdim etilishi kerak.
III. Bojxona to‘lovlarini hisoblab chiqish
8. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan qiymatiga beriladi.
Olib kirilayotgan tovarning tasdiqlanmagan qiymatiga bojxona to‘lovlari hisoblab chiqiladi.
9. Ular bo‘yicha bojxona to‘lovlarining alohida va aralash stavkalari belgilangan tovarlarga alohida qismni hisoblab chiqish uchun asos olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qiymatining foizdagi nisbatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
10. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat taqdim etilmagan taqdirda bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilmaydi.
11. 8 — 10-bandlarning amal qilishi:
yuridik shaxslar tomonidan xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablag‘lari hisobiga olib kirilayotgan tovarlarga;
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tuzilgan shartnomalar (bitimlar) doirasida olib kirilayotgan tovarlarga;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ekspertizadan o‘tgan import kontraktlari bo‘yicha olib kirilayotgan tovarlarga;
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son qarori bilan tasdiqlangan Xom ashyo, materiallar, butlovchi buyumlar va asbob-uskunalar xarid qilish bo‘yicha tender savdolari o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomning 9-bandiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli komplekslari bilan kelishilgan holda tashkil etilgan idoralararo tender komissiyalari qarorlari asosida tuzilgan kontraktlarga binoan olib kirilayotgan tovarlarga;
suyuq ulgevodorodlarni yetkazib berish yuzasidan import kontraktlar bo‘yicha olib kirilayotgan tovarlarga tatbiq etilmaydi.
IV. Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish
12. Bojxona yuk deklaratsiyasi “erkin muomala uchun chiqarish” bojxona rejimiga nisbatan amal qiladigan bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibiga muvofiq to‘ldiriladi. Bunda bojxona yuk deklaratsiyasining qo‘shimcha ma’lumotlarni nazarda tutuvchi ustunida eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatning sanasi va tartib raqami ko‘rsatiladi.
13. Olib kirilayotgan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan qiymatini, to‘lanishi kerak bo‘lgan bojxona to‘lovlarini va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarning hisob-kitobi bojxona yuk deklaratsiyasiga ushbu Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ilova qilinadi hamda bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning imzosi va deklarant muhri bilan tasdiqlanadi.
V. Yakunlovchi qoidalar
14. Agar “erkin muomala uchun chiqarish” rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi paytida eksport bojxona yuk deklaratsiyasi yoki uning o‘rnini bosuvchi o‘zga hujjat va boshqa hujjatlar taqdim etilmasa hamda tovarlar bo‘yicha bojxona to‘lovlari to‘langan bo‘lsa importyor eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning o‘rnini bosuvchi o‘zga hujjatni va boshqa hujjatlarni tovar bojxonada rasmiylashtirilgan kundan boshlab yil mobaynida taqdim etishi mumkin.
15. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasini yoki uning o‘rnini bosuvchi o‘zga hujjatni va boshqa hujjatlarni taqdim etishda bojxona to‘lovlari qayta hisoblab chiqariladi va ortiqcha to‘langan bojxona to‘lovlari qaytariladi yoxud O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, importyor talabiga ko‘ra kelgusidagi bojxona to‘lovlari hisobiga o‘tkaziladi.
16. Importyor O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq olib kirilgan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda taqdim etilgan ma’lumotlar va hujjatlarning ishonchliligi uchun javob beradi.
17. Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanganligini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlari – importyorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar qo‘llangan holda olib kiriladigan tovarlarning bojxona qiymatini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
ILOVA
|
____________________________- son BYuDga ilova |
| |||
| | | | | |
| | | | | |
|
Olib kiriladigan tovarning tasdiqlangan va tasdiqlanmagan | ||||
| | | | | |
| ______________________________________________________- son tovar | ||||
| |
(bojxona yuk deklaratsiyasining tegishli ustunida ko‘rsatilgan tovarning tartib raqami ko‘rsatiladi) | |||
| | | | | |
| | | | | |
| Hisoblab chiqish asoslari |
Tovarning |
Olib kiriladigan tovarning tasdiqlangan qiymati (PST) * |
Olib kiriladigan tovarning tasdiqlanmagan qiymati (NST) | |
| 1. | Tovarning eksport BYuD* bo‘yicha valyutadagi qiymati | X** | | X** |
| 2. | Eksport BYuD* bo‘yicha valyutani qayta hisoblash kursi | X** | | X** |
| 3. | Kontrakt bo‘yicha tovarning valyuta qiymati | | | |
| 4. | Kontrakt bo‘yicha valyutani qayta hisoblash kursi | | | |
| 5. | Qiymatlarning foizdagi nisbati | 100% | PST/ZST x 100% | NST/ZST x 100% |
| 6. | AQSh dollari kursi | | | |
| 7. | Miqdori (kg, dona, m2, m3, …) | | | |
| 8. | Tovarning so‘mdagi qiymati | 3-b. x 4-b. | 3-b. x 4-b. | 3-b. x 4-b. |
| 9. | Bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imini hisoblab chiqish uchun asoslar | | | |
| 9.1. | Bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imi stavkasi | | | |
| 9.2. | Bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imi summasi | | | |
| 10. | Bojxona bojini hisoblab chiqish uchun asoslar | | | |
| 10.1. | Bojxona boji stavkasi | | | |
| 10.2. | Bojxona boji summasi | | | |
| 11. | Aksiz solig‘ini hisoblab chiqish uchun asoslar | | | |
| 11.1. | Aksiz solig‘i stavkasi | | | |
| 11.2. | Aksiz solig‘i summasi | | | |
| 12. | Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqish uchun asoslar | | | |
| 12.1. | Qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi | | | |
| 12.2. | Qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi | | | |
| 13. | Boshqa yig‘imlarni hisoblab chiqish asoslari | | | |
| 13.1. | Boshqa yig‘imlar stavkasi | | | |
| 13.2. | Boshqa yig‘imlar summasi | | | |
| | Jami | | | |
| Boj to‘lovlari hisob-kitobi va boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar | ||||
| Advalor stavkasi bo‘yicha boj to‘lovlarini hisoblab chiqarish: | ||||
| 14. | Asoslar (so‘m) | 3-b. x 5-b. x 4-b./100 | 3-b. x 5-b. x 4-b./100 | 3-b. x 5-b. x 4-b./100 |
| 15. | Stavka % | | | |
| 16. | To‘lov summasi (so‘m) | 14-b. x 15-b./100 | 14-b. x 15-b./100 | 14-b. x 15-b./100 |
| Alohida stavka bo‘yicha boj to‘lovlarini hisoblab chiqarish: | ||||
| 17. | Miqdori | 7-b. | 7-b. | 7-b. |
| 18. | Asoslar (miqdori) | 5-b. x 17-b./100 | 5-b. x 17-b./100 | 5-b. x 17-b./100 |
| 19. | Stavka ($) | | | |
| 20. | To‘lov summasi ($) | 18-b. x 19-b. | 18-b. x 19-b. | 18-b. x 19-b. |
| 21. | To‘lov summasi (so‘m) | 6-b. x 20-b. | 6-b. x 20-b. | 6-b. x 20-b. |
Izoh:
* Eksport bojxona yuk deklaratsiyasida yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjatda faktura qiymati tuzilgan kontraktdagi valyutadan farq qilgan hollarda to‘ldiriladi.
** X — ustunlar to‘ldirilmaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 21-son, 271-modda; 2016-y., 25-son. 308-modda)