Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019 04.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2449
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining qarori, 04.04.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2449
Дата вступления в силу
08.04.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 04.03.2019
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 4-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2449]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2019-yil 26-fevraldagi 19 va 2019-12-sonli “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2449-1, 02.03.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) va 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 587-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 17-avgustdagi 64, 2010-34-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2134, 2010-y., 18-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 33-son, 284-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 10-avgustdagi 49, 2011-26-son “Yagona soliq toʻlovining bazaviy miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori ( raqami 2134-1, 2011-yil 23-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 34-35-son, 355-modda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2012-yil 8-fevraldagi 17, 2012-4-son “Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari, xizmat koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori ( raqami 2134-2, 2012-yil 9-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 10-son, 112-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 28-fevral,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-10-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2013-yil 28-fevraldagi 20, 2013-10-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-apreldagi PQ–1326-son “Dehqon bozorlari va savdo komplekslari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 17-son, 131-modda) va 2012-yil 25-dekabrdagi PQ–1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 587-modda) qarorlariga muvofiq, yagona soliq toʻlovi (bundan buyon matnda YST deb yuritiladi)ning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan YSTni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I bob. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Chakana savdo korxonalari YSTni qonun hujjatlariga muvofiq, lekin aynan shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar. Bunda chakana savdo korxonalari deganda, hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi chakana savdo boʻlgan yuridik shaxslar tushuniladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Nizom:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hisobot choragi yakunlari boʻyicha asosiy faoliyat turi qonun hujjatlariga muvofiq faqat yuridik shaxs shaklida tashkil etiladigan tadbirkorlik subyektlari tomonidan realizatsiya qilinadigan tovarlarning chakana savdosi boʻlgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ixtiyoriy tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II bob. YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YSTni hisoblash va toʻlash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Toʻlovchilar YSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan YST summasini aniqlash uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YSTning eng kam miqdori;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YSTning hisob-kitob summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasini hisoblab chiqaradilar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. YSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan stavka boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq summasidan kelib chiqib aniqlanadi hamda hisobot choragidagi qatʼiy belgilangan soliq summalarini qoʻshish orqali chorak uchun hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Hisoblangan YST summasini YSTning eng kam miqdori bilan solishtirish uchun YSTning hisob-kitob summasi butun chakana savdo korxonasi boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovining maʼlumotnoma-hisob-kitobi (bundan buyon matnda Maʼlumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HSyast = SSYaT x S, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HSyast — YSTning hisob-kitob summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
SSYaT — YST boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmagan holdagi hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YST hisob-kitobining “040”-satri maʼlumotlari asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — YSTning oʻrnatilgan stavkasi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdori summasidan kam boʻlsa, YST qoʻshimcha hisoblanadi. Bunda YSTning eng kam miqdori summasining YSTning hisob-kitob summasidan ortgan qismi YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YST summasiga qoʻshimcha hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga teng yoki undan ortiq boʻlsa, unda YST qoʻshimcha hisoblanmaydi va YST Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) belgilangan tartibda toʻlanishi lozim, yaʼni YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan summa toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, Toshkent shahrida joylashgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi 2013-yilning birinchi choragi uchun YSTni 4% stavka boʻyicha hisoblayotgan boʻlsin. Mazkur korxona soliq imtiyozlariga ega emas. Ushbu holatda YSTning hisob-kitob summasi va YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblab chiqarilgan YST summasi bir-biriga teng boʻladi. Agar mazkur Nizomning 5-bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoridan, yaʼni 2013-yilning birinchi choragi uchun eng kam ish haqining (bundan buyon matnda EKIH deb yuritiladi) 30 baravaridan (Toshkent shahrida nooziq-ovqat mahsulotlarining chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida belgilangan) kam boʻlsa, u holda YST hisobot choragi uchun EKIHning 30 baravari miqdorida toʻlanadi. Agar YSTning hisob-kitob summasi YSTning eng kam miqdoriga (EKIHning 30 baravariga) teng yoki undan ortiq boʻlsa, u holda YST oʻrnatilgan 4% stavka boʻyicha toʻlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Agar chakana savdo korxonasi bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsa, YST har bir turgʻun savdo shoxobchasi uchun YSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda toʻlanadi. Bunda YSTning eng kam miqdori turgʻun savdo shoxobchasi joylashgan joyda chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Masalan, Toshkent shahrida roʻyxatdan oʻtgan nooziq-ovqat mahsulotlarini realizatsiya qiluvchi chakana savdo korxonasi ikkita turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsin. Ulardan biri Toshkent shahrida joylashgan boʻlib, ushbu hududda xuddi shunday faoliyat turini amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun qatʼiy belgilangan soliq oyiga EKIHning 10 baravari miqdorida, ikkinchisi esa, Toshkent viloyatining Gʻazalkent shahrida joylashgan boʻlib, ushbu hududda qatʼiy belgilangan soliq stavkasi oyiga EKIHning 3 baravari miqdorida belgilangan. Shunday qilib, mazkur chakana savdo korxonasi uchun YSTning eng kam miqdori butun chakana savdo korxonasi boʻyicha oyiga EKIHning 13 baravarini yoki hisobot choragi uchun EKIHning 39 baravarini tashkil etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chakana savdo korxonalari soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga soliq hisobotlari taqdim etiladigan muddatlarda mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi Turgʻun savdo shoxobchalari toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim etadi. Ushbu maʼlumot bir marta taqdim etiladi, mazkur bandning toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turgʻun savdo shoxobchalari toʻgʻrisida avval taqdim etilgan maʼlumotlar oʻzgargan taqdirda, chakana savdo korxonasi ushbu maʼlumotni oʻzgarish yuz bergan oydan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Hisobot choragi yakunlari boʻyicha tashkilotning asosiy faoliyat turi chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qatʼiy belgilangan soliq miqdorida YSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo boʻlmasa, mazkur tashkilot YSTni Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2203, 2011-yil 3-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 9-son, 93-modda) muvofiq toʻlaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda qoʻshimcha hisoblangan YST summasining oʻsib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. YST hisob-kitobiga mazkur Nizom tatbiq etiladigan soliq toʻlovchilar tomonidan Maʼlumotnoma-hisob-kitob ilova qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III bob. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Soliq toʻlovchilar mazkur Nizomning talablarini hisobga olgan holda YSTni hisoblab chiqarishning toʻgʻriligiga va qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlash uchun javobgardir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Davlat soliq xizmati organlari YSTning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan YSTni hisoblab chiqarish tartibining buzilganlik holatlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari YSTning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda YSTni qoʻshimcha hisoblaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOTNOMA-HISOB-KITOBI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

Koʻrsatkichlar

Satr kodi Jami Jumladan, YST toʻlovchisi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarda koʻrsatilgan faoliyat turlari boʻyicha

1* asosiy faoliyat turi

2‎

3‎

4‎

5‎

1‎ 2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎ 7‎ 8‎
Hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum
‎(hisobot davri uchun YST hisob-kitobining 040-satri
‎— oldingi hisobot davri uchun YST hisob-kitobining
‎040-satri)
010‎
YSTning belgilangan stavkasi 020‎
Hisobot choragi uchun YSTning hisob-kitob summasi
‎(010-satr x 020-satr / 100)
030‎
Qatʼiy belgilangan soliqning belgilangan stavkasi
‎(eng kam ish haqiga karrali miqdorda)
040‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori 050‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot choragi uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi
‎(050-satr – 030-satr)
060**‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Oldingi hisobot davri uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan
summasi (oldingi Maʼlumotnoma-hisob-kitobning 080-satri)
070‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
Hisobot davri uchun YSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi
‎(060-satr + 070-satr)
080‎ x‎ x‎ x‎ x‎ x‎
* Agar chakana savdo korxonalari YSTning turli stavkalari belgilangan turli aholi punktlarida joylashgan bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsa, unda Maʼlumotnoma-hisob-kitobiga asosiy raqam belgilari ustiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilanadigan qoʻshimcha ustunlar (11, 12, 13 va h. k.) kiritiladi.
** Agar 3-ustunning “030”-satri 3-ustunning “050”-satridan katta yoki unga teng boʻlsa, u holda “060”-satrda “0” qiymat koʻrsatiladi.
Izoh: hisobot choragi uchun YSTning eng kam miqdori chakana savdoni amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun belgilangan qatʼiy belgilangan soliq stavkasidan va yil boshiga belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan kelib chiqib hisob-kitob qilinadi.
Agar chakana savdo korxonalari bir nechta turgʻun savdo shoxobchalariga ega boʻlsa, hisobot davri uchun YSTning eng kam miqdori, hisobot davri uchun turgʻun savdo shoxobchasining joylashgan yeri boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun oʻrnatilgan qatʼiy belgilangan soliq stavkalarini qoʻshish orqali butun korxona boʻyicha hisoblab chiqariladi.

Rahbar ______________________________________
‎(imzo)

Bosh buxgalter ____________________________
‎(imzo)

M.Oʻ.

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korxonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Turgʻun savdo shoxobchalari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MAʼLUMOT

Izoh: mazkur Maʼlumot roʻyxatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ikki nusxada taqdim etiladi. Davlat soliq xizmati organi maʼlumot olinganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi va uning bir nusxasini ariza beruvchiga qaytarib beradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 14-son, 196-modda)