Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018 25.05.2004 yildagi PF-3434-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.04.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-sonli “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2018-yilning 1-aprelidan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining, respublika xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining ayollar huquqlarini himoya qilish, ularning mamlakatimiz siyosiy-ijtimoiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishini taʼminlash, xotin-qizlar hamda yoshlarning maʼnaviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borayotgan ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, boshqa davlat tuzilmalari xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini, oilada, jamiyat va davlat qurilishi vazifalarini hal etishdagi oʻrnini oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlarni tanqidiy baholab, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik oʻzgarishlar va yangilanishlar islohotlarning mavqei darajasiga koʻtarish chora-tadbirlarini joriy etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlarining oʻrinbosarlari — Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, shaharlar va tumanlarning tegishli xotin-qizlar qoʻmitalari raislarining vazifalarni taqsimlash boʻyicha ular zimmasiga yuklatiladigan vakolatlar doirasi jiddiy ravishda qayta koʻrib chiqilsin va faoliyatiga keng yoʻl ochib berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va ularning joylardagi boʻlinmalari faoliyatining eng muhim vazifalari va yoʻnalishlari deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, xotin-qizlarning kasbiy, jismoniy, maʼnaviy va intellektual jihatdan oʻstirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, davlat qurilishida faol qatnashishlari sohasidagi umummilliy siyosatni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarning sogʻligʻini saqlash, sogʻlom oilani shakllantirish, ayollar va oila sportini rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini hal etish, ayniqsa qishloq joylarida ularning mehnat va oʻqish sharoitlarini yaxshilash, ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etishga qaratilgan dasturlarni tayyorlash va amalga oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
joylarda (oila, mahallalar, mehnat jamoalari, taʼlim muassasalarida) milliy-diniy anʼanalarni tushuntirish va ularga rioya qilish, xotin-qizlarning konstitutsiyaviy huquqlarini roʻyobga chiqarish va himoya qilish, buzgʻunchi kuchlarning xotin-qizlar ongiga taʼsir oʻtkazish, ularni ekstremistik va terroristik faoliyatga jalb etish yoʻlidagi urinishlariga qarshi qaratilgan ishlarni samarali tashkil qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ular bilan samarali hamkorlikni taʼminlash, bu tashkilotlarning saʼy-harakatlarini jamiyatni modernizatsiyalash va demokratik yangilash jarayonlarida, Oʻzbekistonda jamiyat va davlat qurilishida xotin-qizlarning rolini kuchaytirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish borasidagi ishlarga yoʻnaltirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasiga, oʻz oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda, respublika xotin-qizlarining jamoat tashkiloti sifatida, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining yangi tahrirdagi nizomini ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasining ishchi apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 18 kishidan iborat boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar xotin-qizlar qoʻmitalarining, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimliklari — tegishli xotin-qizlar qoʻmitalari raislarining ishchi apparatlari tuzilmalari 2—4-ilovalarga muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi va Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasining 2004-yil 1-iyuldan boshlab fuqarolar yigʻinlari kengashlari apparatining tuzilmasiga tarbiyachi-pedagog lavozimi oʻrniga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
hududida kamida 500 oila yashaydigan mahallalarda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarkibida mahallalar tashkil qilinmagan posyolka, qishloq va ovullarda diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlari joriy etish toʻgʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilarning lavozim maoshlari Yagona tarif setkasi boʻyicha 5 (qishloq joylarda) va 6 (shaharlarda) razryadlari darajasida belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahallalar apparati tuzilmasini qayta koʻrib chiqish va yangi shtatlar jadvaliga muvofiq yangi lavozimlar bilan toʻldirish borasidagi masʼuliyat shaxsan tuman (shahar) hokimlari hamda mahalla, posyolka, qishloq va ovul fuqarolar yigʻini kengashlarining raislari zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tuman (shahar) hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlariga hayot tajribasiga ega boʻlgan, aholiga, birinchi navbatda yoshlarga sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, ibratli milliy-diniy anʼanalar hamda urf-odatlarni saqlab qolish va rivojlantirish masalalarida ijobiy taʼsir oʻtkaza oladigan eng obroʻli va faol xotin-qizlarni tayinlasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qilingan ishlarning natijalari toʻgʻrisida 2004-yilning 1-dekabriga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga axborot taqdim etsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlarini tuzish hamda ularning ishini tashkil qilish borasidagi faoliyatni tartibga solish maqsadida Adliya vazirligi (A. Polvonzoda) Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, uning joylardagi boʻlinmalari bilan birgalikda 2004-yilning 1-noyabriga qadar “Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xotin-qizlarning respublika va mintaqaviy nodavlat notijorat tashkilotlarini roʻyxatga olish hamda qayta roʻyxatga olish boʻyicha zarur koʻmak va yordam berilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (M. Nurmurodov) 2004-yilning 1-iyulidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ushbu Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri, shaharlar va tumanlar hokimlari oʻrinbosarlari — tegishli xotin-qizlar qoʻmitalari raislarining ishchi apparatlariga qoʻshimcha ravishda kiritilayotgan lavozimlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tarbiyachi-pedagog lavozimlarini tugatish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar hisobiga fuqarolar yigʻinlari kengashlarining apparatlaridagi diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchi lavozimlarini taʼminlashga davlat budjetidan zarur mablagʻ ajratilishini koʻzda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzteleradiokompaniya (A. Koʻchimov), Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi (R. Shogʻulomov), OʻzA (M. Hazratqulov)ga Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi bilan birgalikda xotin-qizlar jamoat tashkilotlarining mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va madaniy hayotida toʻlaqonli ishtirok etishlarini taʼminlashga qaratilgan faoliyatini keng yoritish tavsiya etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Toshkent shahar hokimligi (R. Shoabdurahmonov) ikki oy muddatda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi apparatini joylashtirish uchun bino ajratsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (A. Polvonzoda) Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, boshqa tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonunchilikka ushbu Farmondan kelib chiqqan holda kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 2-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining davlat va ijtimoiy qurilishida xotin-qizlar rolini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin..
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosarlari S. Inomova va R. Azimov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2004-yil 25-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-3434-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi va uning ishchi apparati tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
2-ILOVA

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Xotin-qizlar qoʻmitalari hamda ularning ishchi apparatlari namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
3-ILOVA

Shaharlar — viloyat markazlari Xotin-qizlar qoʻmitasi va ularning ishchi apparatlari namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 25-maydagi PF-3434-sonli Farmoniga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Viloyatga boʻysunuvchi shaharlar, qishloq va shahar tumanlari Xotin-qizlar qoʻmitalari va ularning ishchi apparatlari namunaviy tuzilmasi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 21-son, 251-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda)