Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2003 27.05.1999 yildagi PF-2323-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2003
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NAVOIY VILOYaTI NAVOIY ShAHRI TARKIBIDA KARMANA TUMANINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 25-dekabrdagi PF-3371-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy viloyati Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tashkil etish toʻgʻrisida” 1999-yil 27-maydagi PF-2323-son Farmonini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida”gi Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Navoiy tumani tarkibidagi Karmana shahrining qadimiy shuhratini tiklash, tarixiy obidalarini qayta taʼmirlash imkoniyatini kengaytirish, madaniy-maishiy, iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish, ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida, shuningdek, uning amalda Navoiy shahri hududi bilan tutashib ketganligidan kelib chiqib hamda mahalliy aholining xohish-istagini inobatga olib:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Navoiy viloyati hokimligining Navoiy shahri tarkibida Karmana tumanini tuzish toʻgʻrisidagi iltimosi qondirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Navoiy shahri va Navoiy tumani chegaralari Karmana shahrining hozirgi hududi hamda Navoiy shahrining bir qismi negizida Karmana tumani tashkil etilganligini hisobga olgan holda oʻzgartiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Navoiy shahri va Navoiy tumanining chegaralarini oʻzgartirish, Karmana tumanini tashkil qilish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasi 23-bandiga muvofiq Oliy Majlisga kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Navoiy shahrining Karmana tumanini tuzish tadbiriga bogʻliq masalalar bilan shugʻullanuvchi Respublika komissiyasi ilovaga* muvofiq tuzilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Respublika komissiyasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi bilan birgalikda joriy yil oxirigacha Navoiy shahri tarkibida Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda Navoiy shahrini kelgusida rivojlantirish bosh rejasiga tuzatishlar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni bilan birgalikda Navoiy shahrining suv, elektr taʼminoti, kanalizatsiya hamda markazlashtirilgan issiqlik taʼminoti yagona tarmogʻini qayta taʼmirlash va shakllantirish tadbirlarini Karmana tumani tashkil etilganini hisobga olgan holda bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi bilan birgalikda korxonalar va tashkilotlarning ulushli mablagʻlarini, shuningdek, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlash markazlashtirilgan manbalarini jalb etish asosida Karmana tumanini Navoiy shahrining markaziy qismi bilan bogʻlovchi trolleybus yoʻlining birinchi navbati qurilishini 2000-yilda tugallashni taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Navoiy viloyati hokimligi, “Oʻzavtoyoʻl” Davlat konserni bilan birgalikda Karmana tumanining magistral yoʻllarini qayta taʼmirlash va shahar ichidagi yoʻllarini kengaytirish tadbirlarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
— Navoiy viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda homiylar va budjet mablagʻlarini jalb etgan holda Mirsaid Bahrom maqbarasi, Hazrat Qosim Shayx maqbarasi majmui, Shayx Xoʻja Husrav maqbarasi, Mirza-chorbogʻ yodgorliklarini qayta taʼmirlash dasturini ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda ushbu Farmon yuzasidan qaror qabul qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. Sultonov zimmasiga yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1999-yil 27-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-2323-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 5-son, 142-modda)