Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2014 01.03.2013 yildagi 61-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.10.2014
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

Yalang‘och qizilmiyani qayta ishlaydigan tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Maxsus ruxsatnomalar olish tartibotini yanada soddalashtirish, tadbirkorlik faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek o‘simlik dunyosi obyektlaridan oqilona foydalanish va ularni O‘zbekiston Respublikasi tashqarisiga olib chiqish yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Yuridik va jismoniy shaxslarga, ular tomonidan O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizi ekstrakti ishlab chiqaradigan qayta ishlovchi tashkilotlari bilan g‘amlangan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzilgan taqdirda, maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash)ga ruxsat etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — yuridik va jismoniy shaxslari uchun:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yalang‘och qizilmiya xomashyosini (TIF TN kodi 1211 90850 0) chetga olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun — 1 (bir) tonna uchun 225 AQSh dollari miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yalang‘och qizilmiyani qayta ishlashdan olingan mahsulotni (TIF TN kodi 1302 12000 0) chetga olib chiqish uchun — 1 (bir) tonna uchun 100 AQSh dollari miqdorida to‘lov belgilansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yalang‘och qizilmiyani chetga olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun hamda yalang‘och qizilmiyani qayta ishlashdan olingan mahsulotni chetga olib chiqish uchun to‘lovlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha milliy valyutada amalga oshiriladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ko‘rsatib o‘tilgan to‘lovlar summasi Vazirlar Mahkamasining “Biologiya resurslaridan oqilona foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish ustidan nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida” 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qaroriga 3-ilovada nazarda tutilgan tartibda taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) va chetga olib chiqish, shuningdek uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni chetga olib chiqish 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsatnomalari asosida chetga olib chiqilayotgan o‘simlik dunyosi obyektlarining bojxonada rasmiylashtirilishini amalga oshirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 102-modda) bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 2-ilovaga muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xo‘jaligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda iste’mol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri SH. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 1-mart,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61-son

Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-martdagi 61-son qaroriga
1-ILOVA

Yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) hamda chetga olib chiqishni, shuningdek uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlarni chetga olib chiqishni amalga oshirish
SXEMASI
(1 kg uchun hisobidan)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Yalang‘och qizilmiyani g‘amlash va chetga olib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.1. O‘simlikni g‘amlash (to‘plash):
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) yalang‘och qizilmiya ildizi ekstraktini ishlab chiqaruvchi qayta ishlaydigan tashkilotlar bilan yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzmasdan xomashyo g‘amlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘amlashga ruxsatnoma berish uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘amlashga ruxsatnoma olish uchun to‘lov (eng kam oylik ish haqiga koeffitsiyent 0,008).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yalang‘och qizilmiya ildizi ekstraktini ishlab chiqaradigan qayta ishlovchi tashkilotlar bilan yetkazib berish yuzasidan shartnoma tuzgan holda xomashyo g‘amlash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ekstrakt ishlab chiqaruvchi bilan yalang‘och qizilmiya yetkazib berish yuzasidan majburiy tartibda shartnoma tuzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g‘amlash (to‘plash)ga Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining ruxsatnomasini olish talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1.2. Yalang‘och qizilmiya xomashyosini chetga olib chiqish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chetga olib chiqishga ruxsatnoma berish uchun Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga murojaat qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
chetga olib chiqishga ruxsatnoma olish uchun to‘lov — 0,225 AQSh dollari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Qayta ishlangan xomashyo (ekstrakt)ni chetga olib chiqish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2.1. Ekstraktni chetga olib chiqish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 1-martdagi 61-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-son qarori bilan tasdiqlangan O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilayotgan qo‘shimcha va o‘zgartirish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 7-bandga quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi qo‘shilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Yalang‘och qizilmiyani g‘amlash (to‘plash) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan, ular O‘zbekiston Respublikasining yalang‘och qizilmiya ildizi ekstrakti ishlab chiqaradigan qayta ishlovchi tashkilotlari bilan g‘amlangan yalang‘och qizilmiyani yetkazib berish yuzasidan shartnomalar tuzishgan taqdirda, maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olmasdan amalga oshiriladi”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 22-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“22. O‘simlik dunyosi obyektlarini chetga chiqarishga ruxsatnoma berish uchun quyidagi miqdorlarda to‘lov undiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan o‘simlikning bir donasi, shuningdek o‘simliklarning ushbu turlaridan botanika kolleksiyalari uchun - mazkur turdagi o‘simliklarni terishga ruxsatnoma qiymatining 5 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilmagan yovvoyi o‘simliklar xomashyosining bir kilogrammi uchun (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - yuridik va jismoniy shaxslar uchun yalang‘och qizilmiyadan tashqari) - o‘simlikning mazkur turini g‘amlashga ruxsatnoma qiymatining 10 foizi miqdorida;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yalang‘och qizilmiya xomashyosining (TIF TN kodi 121190850 0) 1 tonnasi uchun - O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari - yuridik va jismoniy shaxslarga yalang‘och qizilmiyani chetga olib chiqish uchun ruxsatnoma berishga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha 225 AQSh dollari miqdorida.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘simlik dunyosi obyektlarini chetdan olib kirishga ruxsatnoma berilganligi uchun to‘lov undirilmaydi”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 10-son, 126-modda)