Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018 30.01.2013 yildagi PQ-1914-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutani sotish tartibini yanada liberallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi hududida birdan-bir qonuniy toʻlov vositasi boʻlmish milliy valyutaning maqomini yanada mustahkamlash, naqd xorijiy valyutaning muomala doirasini tartibga solish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro standartlarni soʻzsiz bajarish, shuningdek valyuta almashtirish operatsiyalarini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklarining 2013-yil 1-fevraldan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslarga vakolatli banklar tomonidan xorijiy valyutani xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda naqdsiz shaklda sotish mexanizmini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslarga naqdsiz xorijiy valyutani sotish vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti — jismoniy shaxs vakolatli bankda oʻrnatilgan tartibda xalqaro toʻlov kartasini ochadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti — jismoniy shaxs xorijiy valyutani sotib olish uchun vakolatli bankka shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport, yashash guvohnomasi yoki harbiy xizmatchilar uchun harbiy bilet)ni, shuningdek valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish uchun depozit hisobida milliy valyutadagi zarur pul mablagʻlari mavjud boʻlgan shaxsiy plastik bank kartasini taqdim etadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
vakolatli bank shaxsiy plastik bank kartasida milliy valyutadagi pul mablagʻlari yetarli ekanligini tekshiradi, xorijiy valyutani operatsiya amalga oshirilgan kuni belgilangan ayirboshlash kursi boʻyicha xalqaro toʻlov kartasiga oʻtkazadi hamda jismoniy shaxsga xorijiy valyutani sotib olganligini tasdiqlovchi belgilangan shakldagi maʼlumotnomani beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining rezidentlari — jismoniy shaxslardan va norezidentlardan xorijiy valyutani sotib olish vakolatli banklar tomonidan, qoida tariqasida, vakolatli banklar va ularning filiallari binolarida, aeroportlarda, temir yoʻl vokzallarida, mehmonxonalarda, ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni belgilash boshqarmalari (boʻlimlari)da, shuningdek bojxona postlarida joylashgan ayirboshlash shoxobchalari orqali cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xorijiy valyutani jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish tartibi hamda ayirboshlash shoxobchalari toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan (Oʻz R QT, 2013-yil 5-son, 53-modda).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom 2013-yil 1-fevraldan boshlab kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki vakolatli banklar bilan birgalikda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
valyuta ayirboshlash operatsiyalari bilan shugʻullanuvchi banklarning tegishli boʻlinmalarida aholiga tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish uchun lozim boʻlgan shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xalqaro toʻlov kartalaridan foydalangan holda jismoniy shaxslardan xorijiy valyutani sotib olish va ularga sotish tartibi hamda mexanizmi toʻgʻrisida aholini keng koʻlamda va toʻliq xabardor qilish choralarini koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki, Adliya vazirligi Oʻzbekiston banklari uyushmasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini mazkur qarorga muvofiq holga keltirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 30-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ–1914-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 6-son, 66-modda)