04.01.2013 yildagi PQ-1902-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2013-yil Dasturi to‘g‘risida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qishloq aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish qiyofasini yanada yaxshilash, namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirish, qishloqda transport va muhandislik kommunikatsiyalarini, ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlarini jadal rivojlantirish hisobiga qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirish maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “Qishloq qurilish bank” OATB va “Qishloq qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi yuzasidan ishlab chiqilgan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-ilovaga muvofiq 2013-yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurish uchun respublika tijorat banklarining va Osiyo taraqqiyot bankining imtiyozli ipoteka kreditlarini va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maqsadli kredit liniyasini jalb qilish yo‘li bilan;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2- ilovaga muvofiq 2013-yilda yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida transport kommunikatsiyalari va tashqi muhandislik tarmoqlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3- ilovaga muvofiq 2013-yil yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurilishlarining asosiy parametrlari nazarda tutilgan 2013-yil Dasturi ma’qullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, “Qishloq qurilish invest” IK, “Qishloq qurilish bank” OATB va boshqa ishtirok etuvchi tijorat banklari, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, “O‘zbekenergo” DAK hamda “O‘ztransgaz” AK rahbarlari zimmasiga mazkur qaror bilan ma’qullangan Dastur parametrlari o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Markaziy bankining qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini moliyalashtirishga 2013-yildan boshlab, “Qishloq qurilish bank” OATB bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki hamda “Ipoteka bank” ATIB (kelgusida — “ishtirok etuvchi tijorat banklari” deb yuritiladi) ni jalb etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki, O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki (OTB) o‘rtasida 2011-yil 29-iyulda tuzilgan “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” to‘g‘risidagi ko‘p transhli Dasturni moliyalashtirishga doir bitimga muvofiq, 2013-yilda Dasturni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tijorat banklari orqali qayta moliyalashtiriladigan qarzning 200,0 mln AQSH dollari miqdoridagi ikkinchi transhi beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Osiyo taraqqiyot banki qarzining ikkinchi transhini qaytarish, shuningdek uning foizlari va komissiyalarini to‘lash ishtirok etuvchi tijorat banklarining mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2020-yil 1-iyulgacha jismoniy shaxslar, qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturi doirasida, ipoteka kreditini to‘lab bo‘lmagunga qadar, xarid qilingan uy-joylar bo‘yicha mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadilar.
(4-bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi PF-5886-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. O‘zbekiston Respublikasining moliya vaziriga O‘zbekiston Respublikasi nomidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
davriy moliyalashtirish uchun “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” Dasturi doirasida ikkinchi transh mablag‘larini ajratish bo‘yicha OTBga talabnomani;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” Dasturining ikkinchi transhiga OTB bilan qarz bitimini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” Dasturi doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan qarzning ikkinchi transhini qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash vakolati berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. “Qishloq qurilish bank” OATB, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka bank” ATIB “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” ko‘p transhli Dastur qarzining ikkinchi transhi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot banki bilan loyihaviy bitim imzolasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi qarz bitimi, shuningdek ko‘p transhli “Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish” Dasturi qarzining ikkinchi transhi doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklari bilan qayta kreditlash to‘g‘risidagi bitimlar bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini moliyalashtirish uchun 1-ilovadagi ro‘yxatga muvofiq maqsadli kredit liniyalarini 15 yil muddatga, shundan 5 yillik imtiyozli muddat, foizli stavkasi yiliga 3 foiz ochsin;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kelgusida “Qishloq qurilish invest” IKni qayta moliyalashtirish uchun, qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi Dasturini qo‘shimcha moliyalashtirish kredit liniyasi summasi doirasida, “Qishloq qurilish bank” OATB va ishtirok etuvchi boshqa tijorat banklarini ularning so‘rovnomalari asosida aylanma mablag‘lar bilan ta’minlab tursin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining asosli hisob-kitoblariga binoan Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan massiv ichidagi va massivga olib boruvchi yo‘llar qurilishi uchun 2013-yilda zarur kapital qo‘yilmalar limitlari ajratishni nazarda tutsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-noyabrdagi PQ-1855-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining kapital qo‘yilmalari parametrlariga o‘rnatilgan tartibda tegishli o‘zgartishlar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, “Qishloq qurilish invest” IK bilan birgalikda 2013-yilning 1-fevraligacha 2013-yilda namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurilishini amalga oshirish uchun pudrat tashkilotlarini aniqlash bo‘yicha tanlov savdolari o‘tkazilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishtirok etuvchi tijorat banklari “Qishloq qurilish invest” IK bilan birgalikda bir hafta muddatda o‘tkazilgan savdo tanlovlari natijalari bo‘yicha 2013-yilda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurish uchun buyurtmachi bilan pudrat tashkilotlari o‘rtasida shartnomalar tuzilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 va 3-ilovalarda ma’qullangan parametrlarga muvofiq yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida bozor infratuzilmasi hamda tashqi muhandislik tarmoqlari obyektlari qurilishini tashkil etishni ta’minlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, “Qishloq qurilish bank” OATB va uning aksiyadorlarining:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish bank” OATBning ustav kapitalini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2013-yilda respublika budjeti daromadlari prognozi oshirib bajarilganidan olingan mablag‘lar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ulushini oshirish hisobiga 88,0 mlrd so‘m miqdorida ko‘paytirish to‘g‘risidagi;
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-dekabrdagi PQ-2099-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 52-son, 690-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarni “Qishloq qurilish invest” IK balansidan “Qishloq qurilish bank” OATB balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari 2013-yildan boshlab namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishi uchun yerlarni ajratishda mavjud massivlarning hududlarini kengaytirishga, kengaytirishning iloji bo‘lmaganda esa, tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati bo‘lgan sug‘orilmaydigan yoki unumdorligi past qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishga alohida e’tibor bersin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda bir oy muddatda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun tashqi muhandislik kommunikatsiyalariga ulanish imkoniyati bo‘lgan sug‘orilmaydigan hamda unumdorligi past qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini aniqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “O‘zsanoatmashimpeks” DATK tomonidan “Qishloq qurilish invest” IK bilan tuziladigan shartnomalarga muvofiq namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun respublikada ishlab chiqarilmaydigan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yog‘och payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni 5-ilovaga muvofiq hajmlarda import bo‘yicha olib kelinishi to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi (E.M. G‘aniyev) mazkur qurilish materiallarini import bo‘yicha olib kelish uchun “O‘zsanoatmashimpeks” DATKga ajratiladigan valyuta mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini alohida nazoratga olsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. 2014-yilning 1-yanvarigacha:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zsanoatmashimpeks” DATK 5-ilovaga muvofiq olib kelinadigan tomga yopiladigan metall tunukalar uchun bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari), shuningdek importga olib kelingan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalarni va yog‘och payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarni “Qishloq qurilish invest” IKga sotilganida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
subpudrat tashkilotlar — yakka tartibdagi uy-joylarni “kaliti bilan topshirish” sharti asosida qurish doirasida “Qishloq qurilish invest” Injiniring kompaniyasi bilan shartnomalar tuzgan pudratchi tashkilotlar bilan shartnoma bo‘yicha ular tomonidan bajarilgan ish hajmlari qismida yagona soliq to‘lovi to‘lashdan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha qurilish materiallarini ishlab chiqaruvchi korxonalar — barcha turdagi soliqlardan, davlatning maqsadli jamg‘armalariga (yagona ijtimoiy soliq bundan mustasno) hamda Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy ajratmalardan ozod etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi ushbu qarorni amalga oshirish doirasida olib kelinadigan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yog‘och payraha qirindilaridan tayyorlangan plitalarning maqsadli ishlatilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Belgilab qo‘yilsinki, olib kelinadigan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yog‘och qirindilaridan tayyorlangan plitalar maqsadga muvofiq ishlatilmagan taqdirda, mazkur qaror bilan soliq va majburiy to‘lovlardan ozod qilingan mablag‘lar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan jarima sanksiyalari qo‘llanilgan holda davlat budjetiga undirib olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Vazirlar Mahkamasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari, “Qishloq qurilish invest” IK va manfaatdor banklar, idoralar hamda korxonalar, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda qishloq qiyofasini tubdan yaxshilash, qishloq aholisining turmush darajasi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloqda uy-joy qurilishini rivojlantirish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni keng yoritish bo‘yicha teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar turkumini hamda maqolalar chop etishni tashkil qilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq joylarda uy-joy qurilishi ko‘lamini kengaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 3-avgustdagi PQ-1167-son qarorining 9-bandidagi “OATB” so‘zidan keyin “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “Ipoteka bank” ATIB” so‘zlari qo‘shib qo‘yilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yil 4-yanvar,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PQ-1902-son
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-sonli qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yilda tayyor holda topshirish shartlarida qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha yakka tartibdagi uy-joy qurilishining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY PARAMETRLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Massivlar soni

Yer massivlari

umumiy maydoni (ga)

Uylar soni

Respublika bo‘yicha jami

353

997,1

10 000

shu jumladan:

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

17

100,1

550

2.

Andijon viloyati

45

69,8

900

3.

Buxoro viloyati

36

75

730

4.

Jizzax viloyati

18

43

550

5.

Qashqadaryo viloyati

29

96

1 050

6.

Navoiy viloyati

20

68,2

600

7.

Namangan viloyati

33

62,8

700

8.

Samarqand viloyati

28

102,4

1 050

9.

Surxondaryo viloyati

21

98,1

810

10.

Sirdaryo viloyati

10

47,5

430

11.

Toshkent viloyati

39

95,8

1 050

12.

Farg‘ona viloyati

31

77,2

850

13.

Xorazm viloyati

26

61,4

730

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Parametrlar loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilishi va uyg‘unlashtirilishi natijalariga qarab belgilangan tartibda to‘g‘rilab o‘zgartiriladi
(1, 1a va 1b-ilovalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 7-yanvardagi PQ-2282-sonli qaroriga asosan 1-ilovaga almashtirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 1-son, 1-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yilda yakka tartibdagi uy-joy qishloq massivlarida transport kommunikatsiyalari va tashqi muhandislik tarmoqlarini qurishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY PARAMETRLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Suv ta’minoti tarmoqlari

Elektr ta’minoti tarmoqlari

Gaz ta’minoti tarmoqlari

Kirish avtoyo‘llari

Respublika bo‘yicha

312,40

279,37

393,65

239,09

Shu jumladan:

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

15,62

13,97

19,68

11,95

2.

Andijon viloyati

28,11

25,14

35,43

21,51

3.

Buxoro viloyati

22,83

20,39

28,74

17,50

4.

Jizzax viloyati

16,24

14,53

20,47

12,43

5.

Qashqadaryo viloyati

31,86

28,50

40,15

24,38

6.

Navoiy viloyati

18,74

16,76

23,62

14,34

7.

Namangan viloyati

21,87

19,56

27,56

16,73

8.

Samarqand viloyati

32,80

29,33

41,33

25,10

9.

Surxondaryo viloyati

25,30

22,63

31,89

19,36

10.

Sirdaryo viloyati

13,43

12,01

16,93

10,28

11.

Toshkent viloyati

36,24

32,41

45,66

27,73

12.

Farg‘ona viloyati

26,55

23,75

33,46

20,32

13.

Xorazm viloyati

22,80

20,39

28,74

17,45

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*Ishga tushirilayotgan quvvatlar dastlabki hisoblanib, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va unga moslashtirish natijalariga ko‘ra belgilangan tartibda tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Suv ta’minoti obyektlari, gaz va elektr ta’minoti tarmoqlari hamda kirish yo‘llari qurishni moliyalashtirish tegishlicha respublika budjeti, “O‘ztransgaz” AJ, “O‘zbekenergo” DAK va Respublika yo‘l jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-son qaroriga
3-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2013-yilda yakka tartibdagi qishloq uy-joy massivlarida ijtimoiy va bozor infratuzilmasi obyektlari qurishning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ASOSIY PARAMETRLARI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Hududlar nomi

Guzarlar

Savdo majmualari

Bozorlar

Nonvoyxonalar

Maishiy xizmat majmualari

Minibanklar

Jami

Respublika bo‘yicha

29

53

9

36

47

3

177

Shu jumladan:

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

4

2

3

1

3

1

14

2.

Andijon viloyati

2

6

2

6

4

20

3.

Buxoro viloyati

6

6

4.

Jizzax viloyati

3

4

2

9

5.

Qashqadaryo viloyati

3

7

1

1

4

1

17

6.

Navoiy viloyati

2

3

4

4

13

7.

Namangan viloyati

1

3

4

8

16

8.

Samarqand viloyati

2

7

1

2

6

18

9.

Surxondaryo viloyati

1

2

3

10.

Sirdaryo viloyati

2

2

1

1

6

11.

Toshkent viloyati

5

10

2

5

1

23

12.

Farg‘ona viloyati

8

5

5

5

1

24

13.

Xorazm viloyati

4

3

1

8

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-son qaroriga
4-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Qishloq qurilish invest” IK balansidan “Qishloq qurilish bank” OAKB balansiga o‘tkazilayotgan qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
RO‘YXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

1.

“Qoraqalpoq qishloq qurilish servis” MCHJ

2.

“Andijon qishloq qurilish servis” MCHJ

3.

“Buxoro qishloq qurilish servis” MCHJ

4.

“Jizzax qishloq qurilish servis” MCHJ

5.

“Qashqadaryo qishloq qurilish servis” MCHJ

6.

“Navoiy qishloq qurilish servis” MCHJ

7.

“Namangan qishloq qurilish servis” MCHJ

8.

“Samarqand qishloq qurilish servis” MCHJ

9.

“Surxondaryo qishloq qurilish servis” MCHJ

10.

“Toshkent viloyati qishloq qurilish servis” MCHJ

11.

“Farg‘ona qishloq qurilish servis” MCHJ

12.

“Xorazm qishloq qurilish servis” MCHJ

13.

“Toshkent qishloq qurilish servis” MCHJ

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 4-yanvardagi PQ-1902-son qaroriga
5-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“O‘zsanoatmashimpeks” DATK tomonidan “Qishloq qurilish invest” IK MCHJ bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq 2013-yilda namunaviy loyihalar bo‘yicha qishloq joylarda yakka tartibdagi uy-joylar qurish uchun import orqali olib kiriladigan yog‘och-taxta, tomga yopiladigan metall tunukalar va yog‘och payraha qirindilaridan tayyorlanadigan plitalarning
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
HAJMI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Qurilish materialining nomi

TIF TN kodi

O‘lchov birligi

Olib kiriladigan qurilish materiallari hajmi

1.

0,5 mm qalinlikdagi qizil-to‘q qizil rangli (RAL 3005) metall cherepitsa ishlab chiqarish uchun polimer qoplamaga ega va himoya bo‘yoqli ruh qoplamali po‘latdan yasalgan rulon

7212 40 800 0; 7210 70 800 0

TN

14 400

2.

Ignabargli daraxtlardan (2,3 navlari) kesilgan yog‘och-taxta materiallari

4409 10 180 0

kub. m

120 000

3.

Yog‘och payraha qirindidan tayyorlangan plitalari (DSP) GOST 10632-2007

4410 11 100 0

kub. m

25 000

(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 2-son, 17-modda, 47-son, 615-modda, 52-son, 690-modda; 2015-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.11.2019-y., 09/19/5886/4133-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)