Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2025 29.12.2012 yildagi 367-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.06.2025
Hujjat 09.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori

OʻRTA MAXSUS, KASB-HUNAR TAʼLIMI MUASSASALARI OʻQUVCHILARI OʻQISHINI KOʻCHIRISH, QAYTA TIKLASH VA OʻQISHDAN CHETLASHTIRISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 12-iyundagi 362-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining ijrosini taʼminlash hamda taʼlim tizimida islohotlar doirasida belgilangan vazifalarni izchil va sifatli amalga oshirish, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 29-dekabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
367-son

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367- son qaroriga
1-ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish masalalari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining majburiy oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olish huquqini inobatga olgan holda hal etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻquvchilarning oʻqishini bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasidan boshqasiga koʻchirish, shuningdek ilgari oʻqishdan chetlashtirilgan oʻquvchilarni oʻqishga qayta tiklash, qoidaga koʻra, yozgi taʼtil davrida, tegishli kurs (semestr)da oʻquv mashgʻulotlari boshlanishiga qadar amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida oʻqishni koʻchirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tayyorlov yoʻnalishlari, kasblar va ixtisosliklar tasniflagichiga muvofiq (keyingi oʻrinlarda — Tasniflagich deb yuritiladi) bir tayyorlov yoʻnalishi doirasida oʻquvchilar oʻqishini bir taʼlim muassasasi doirasida koʻchirish ushbu oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktorining buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Bir mintaqa (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) doirasida oʻquvchilar oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tasarrufidagi bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasidan Tasniflagichning bir bilim sohasi ichidagi boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tegishli hududiy boshqarmasining ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Quyidagi hollarda oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish va qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi ruxsati bilan amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) boshqa davlatlarning taʼlim muassasalarida tahsil olgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻqishini respublika oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini ota-onalari bilan birgalikda doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga chiqib ketishi munosabati bilan oʻqishdan chetlashtirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻquvchilarni bir mintaqadagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridan boshqa mintaqalarning (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) bir hudud doirasida oʻquvchilarni bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalaridan turli vazirliklar (idoralar) tasarrufidagi boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga koʻchirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oʻquvchilarni Tasniflagichga muvofiq bir bilim sohasidan boshqa bilim sohasiga koʻchirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini boshqa vazirliklar (idoralar)ning oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi muassasalariga koʻchirish va qayta tiklash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan koʻrsatib oʻtilgan vazirliklar (idoralar) bilan kelishgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻquvchilarni koʻchirish va qayta tiklash toʻgʻrisidagi barcha arizalar bevosita oʻquvchilar oʻqiyotgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasida qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Koʻrib chiqish oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori vakolatiga kiradigan arizalar 20-avgustga qadar qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi vakolati doirasida koʻrib chiqiladigan arizalar 1-avgustga qadar qabul qilinadi va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi tomonidan hududiy viloyat boshqarmalariga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi vakolati doirasida koʻrib chiqiladigan arizalar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy viloyat boshqarmalari tomonidan rasmiy xat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirish yoki qayta tiklashda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori tomonidan oʻquv rejalari va dasturlarga fanlar boʻyicha farqlarni yoki qarzlarni topshirish tartibi va muddatlari (ikki oydan ortiq boʻlmagan), shuningdek oʻquvchilarni oʻqitish kursi belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻqishni koʻchirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Oʻquvchilar oʻqishini bir oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasidan boshqasiga koʻchirishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻquvchining yozma arizasi, oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) taʼlim muassasasining nomi, mutaxassislik, kurs, guruh koʻrsatilgan holda taʼlim muassasasining gerbli muhri bilan tasdiqlangan reyting daftarcha nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) oʻquvchi pasporti nusxasi, voyaga yetmagani sababli pasporti boʻlmaganda tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma hamda ota-onasi (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar)ning doimiy yashash joyi koʻrsatilgan pasporti nusxasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi ariza taʼlim muassasasi direktori, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi yoki Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan ariza berilgan kundan boshlab 15 kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining yozma javobi tegishli oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasiga yuboriladi. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi olingan javob asosida ariza beruvchining va tegishli taʼlim muassasalarining manziliga xat yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tasniflagichga muvofiq oʻquvchining bilimlarning bir sohasi ichida, bir mintaqa doirasida joylashgan taʼlim muassasasiga oʻqishni koʻchirish toʻgʻrisidagi arizasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi tomonidan koʻrib chiqiladi, natijalar haqida ariza beruvchiga va taʼlim muassasalariga yozma xabar beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchining oʻqishini koʻchirish toʻgʻrisida ijobiy qaror chiqarilganda oʻquvchini qabul qiluvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi 3 kun muddatda oʻquvchi tahsil olgan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga oʻquvchining hujjatlarini joʻnatish toʻgʻrisida soʻrovnoma yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchi bungacha oʻqigan taʼlim muassasasi ushbu soʻrovnoma asosida 3 kun muddatda oʻquvchining hujjatlarini yangi oʻqish joyiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchining hujjatlar yigʻmajildi oʻquvchining oʻziga – ariza beruvchiga yoki uning ota-onalariga (ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) berilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻquvchini qabul qiluvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 10 kun muddatda oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida buyruq chiqarishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Oʻqishni qayta tiklash tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻquvchilarni oʻqishga qayta tiklash uchun oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan biri (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar) chetlashtirish sabablarini koʻrsatgan holda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori nomiga ariza berishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻquvchining, oʻquvchi voyaga yetmagan boʻlsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) oʻquvchini oʻqishga qayta tiklash haqidagi arizasi ariza berilgan kundan boshlab 15 kun muddatda koʻrib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Oʻquvchini boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga oʻqishga qayta tiklashda u oldin oʻqigan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasining roziligi talab etilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻquvchi oldin oʻqigan tayyorlov yoʻnalishi toʻxtatilgan boʻlsa, uning xohishiga koʻra turdosh tayyorlov yoʻnalishiga oʻqishni tiklash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasasi belgilangan davlat taʼlim standartlariga muvofiq oʻqishning taʼlim dasturini bajargan, biroq yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etmagan yoki undan oʻtmagan 3-bosqich oʻquvchilari Pedagogik kengash qarori asosida yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi faoliyat koʻrsatayotgan davrda 3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirish huquqiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3 yil mobaynida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirmagan oʻquvchilar ushbu Nizomga muvofiq 3-bosqichda qayta oʻqish uchun ariza berishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Oʻquvchilar safidan chetlashtirish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi oʻquvchilari quyidagi hollarda oʻqishdan chetlashtirilishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) salomatligi tufayli (tibbiy komissiya maʼlumotnomasi asosida) akademik taʼtil olganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻqishi boshqa taʼlim muassasasiga koʻchirilishi munosabati bilan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) doimiy yashash uchun boshqa davlatga chiqib ketganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) sudning qarori bilan ozodlikdan mahrum etilganda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) vafot etganligi sababli.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarini bir yil takroran oʻqish uchun kursda qoldirish tartibi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Badiiy akademiya bilan kelishgan holda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan belgilanadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻqishi koʻchirilgan yoki oʻqishga tiklangan oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildiga ariza, buyruq va belgilangan namunadagi reyting daftarcha nusxalari tikib qoʻyiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Oʻquvchilarning oʻqishini koʻchirishda, ularni oʻqishga tiklash va oʻqishdan chetlashtirishda hujjatlarning ishonchliligi va toʻgʻri rasmiylashtirilganligi uchun javobgarlik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktoriga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilarining oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishga tiklash va oʻqishdan chetlashtirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan barcha hujjatlar mansubligi boʻyicha oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining tegishli hududiy boshqarmalarida, oʻz tasarrufida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar va idoralarda belgilangan tartibda saqlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Oʻquvchilar oʻqishini koʻchirish, ularni oʻqishga qayta tiklash va oʻqishdan chetlashtirish toʻgʻrisidagi qarordan norozi boʻlganlar belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yoki sud organlariga murojaat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qaroriga
2-ilova
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Harbiy akademik litseylar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 17-fevraldagi 21-son qarori bilan tasdiqlangan Harbiy akademik litsey toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqilgan hamda harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Harbiy akademik litseylar oʻquvchilarini oʻqishdan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish masalalari boʻyicha qaror Oʻzbekiston Respublikasi oʻquvchilarining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi olishga boʻlgan huquqlarini taʼminlash hisobga olingan holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻquvchilarni boshqa taʼlim muassasalaridan harbiy akademik litseylarga oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻqishdan chetlashtirilganlarni tiklash, shuningdek oʻquvchilarni bir harbiy akademik litseydan boshqa harbiy akademik litseyga oʻtkazish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish tartibi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan chetlatish va boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga oʻtkazish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) sogʻligʻi tufayli (tibbiy komissiyaning maʼlumotnomasi asosida);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) harbiy akademik litseyda oʻqishni xohlamaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) akademik oʻzlashtirmaslik, bir semestr mobaynida ikki hafta davomida (76 soat) uzrli sabablarsiz mashgʻulotlarda qatnashmaslik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) harbiy akademik litseyning ichki tartibini qoʻpol ravishda buzish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) sudning qaroriga koʻra ozodlikdan mahrum etish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) vafot etganligi munosabati bilan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Pedagogik kengashning oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori hamda harbiy akademik litsey direktorining yozma murojaati asosida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga rasmiy xat bilan murojaat qiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Xatga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) oʻquvchilar va ular ota-onalarining (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning) Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori nomiga boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish (ushbu Nizomning 6-bandi “d” va “e” kichik bandlari bundan mustasno) toʻgʻrisidagi arizasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) oʻquvchilarning belgilangan namunadagi toʻldirilgan va tasdiqlangan reyting daftarchasi nusxasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tibbiy komissiyaning maʼlumotnomasi (zarur hollarda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) belgilangan namunadagi yashash joyidan berilgan maʼlumotnoma (voyaga yetmaganlar uchun – doimiy yashash joyi koʻrsatilgan holda ularning ota-onalarining yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarning pasportlari nusxasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Harbiy akademik litsey oʻquvchilarini oʻqishdan chetlatish va boshqa oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi xat Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi tomonidan bir oy muddatda koʻrib chiqiladi va Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining tegishli buyrugʻi qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Harbiy akademik litsey direktori Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazining buyrugʻi asosida uch kun mobaynida oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini oʻquvchi oʻtkazilayotgan taʼlim muassasasiga yuboradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Qabul qiluvchi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori 10 kun mobaynida oʻquvchilarni oʻqishga qabul qilish toʻgʻrisida belgilangan tartibda buyruq chiqaradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Oʻquvchilarni oʻtkazish uchun hujjatlarni rasmiylashtirishda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasasi direktori belgilangan tartibda akademik qarzdorlikni yoki oʻquv rejalari va dasturlaridagi farqni, ularni topshirish muddatlarini (ikki oydan ortiq emas) va tartibini, oʻqish bosqichini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oʻquvchilarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq, ariza va reyting daftarcha oʻquvchilarning shaxsiy hujjatlar yigʻma jildida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaxsiy hujjatlar yigʻma jildini oʻquvchilarning qoʻliga yoki ularning ota-onalariga (yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslarga) berish taqiqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakunlovchi qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan chetlashtirish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻri rasmiylashtirilishi va ishonchliligi uchun javobgarlik oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari direktorlariga yuklanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Zarur hollarda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi harbiy akademik litseyga taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi va ishonchliligini tasdiqlashni iltimos qilib rasmiy xat bilan murojaat qilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan chetlatish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar belgilangan tartibda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazida saqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Oʻquvchilarni harbiy akademik litseydan chetlatish va boshqa taʼlim muassasasiga oʻtkazishdan norozi boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markaziga yoki sud organlariga murojaat qilish huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 6-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 25-son, 539-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son, 04.10.2018-y., 09/18/789/1993-son; 29.06.2019-y., 07/19/4375/3424-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2021-y., 09/21/402/0618-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)