OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI RAYoSATINING
Qarori
“Dissertatsiya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarorni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 19-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1386-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 346-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2004-yil 24-iyundagi 106/4-son “Dissertatsiya va avtoreferatlarni rasmiylashtirish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1386, 2004-yil 16-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 28-son, 328-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Rais G. BAXADIROV
Toshkent sh.,
2012-yil 30-noyabr,
№ 193/7-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 51-son, 582-modda)