Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 28.11.2012 yildagi 333-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish, ularni ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirish hamda ichki va tashqi bozorlarda sotish va shu asosda sanoat ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishi va eksport salohiyat oʻsishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va yirik sanoat korxonalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda birinchi navbatda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
energiya resurslari isteʼmolini qisqartirish va ishlab chiqarish energiya samaradorligini oshirish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish asosida texnologiya jarayonlarini hamda moddiy-xomashyo resurslari sarflarini, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlari meʼyorlarini ratsionalizatsiyalash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat unumdorligini oʻstirish, boshqaruv va sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish, boshqa omillar hisobiga ishlab chiqarish obyektlari boʻyicha sanoat mahsuloti tannarxini pasaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Kompaniyalar, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari va korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan 2013-yilda xoʻjalik birlashmalari va yirik sanoat korxonalarida mahsulot tannarxini oʻrtacha 11,2 foizga qisqartirishning yigʻma parametrlari boʻyicha takliflari ilovaga* muvofiq maʼqullansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Ilova berilmaydi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari tarmoq boʻyicha tannarxni qisqartirishning tasdiqlangan yigʻma parametrlaridan kelib chiqib oʻn kun muddatda ularning tarkibiga kiradigan sanoat korxonalari uchun mahsulot tannarxini qisqartirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish boʻyicha qabul qilinadigan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan choraklik monitoring olib borilishini belgilasinlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
olib boriladigan monitoring yakunlari boʻyicha, zaruriyat boʻlganda, mahsulot tannarxini pasaytirish boʻyicha parametrlarga erishishning toʻliqligi va samaradorligiga bogʻliq ravishda korxonalar rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish yoki ularning shaxsiy javobgarligi choralarini qoʻllasinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-noyabrdagi 518-son qaroriga muvofiq tashkil etilgan Yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash boʻyicha komissiya (Sh.M.Mirziyoyev) bir oy muddatda 2013-2014-yillarda yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini baholash hamda xarajatlarni pasaytirish va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida yoqilgʻi-energetika isteʼmolchilarini energetik oʻrganib chiqish jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Belgilab qoʻyilsinki, tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash va moddiy-xomashyo va energiya resurslari sarfi meʼyorlarini maqbullashtirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish, xarid qilinadigan xomashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, foydalanish xarajatlarini va qoʻshimcha xarajatlarni qisqartirish, bir yil uchun xodimlar sonini maqbullashtirish natijasida mahalliylashtirish darajasining 2013-yilda pasayishi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 2013-yilda buzilishi deb hisoblanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 28-noyabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
333-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 48-49-son, 538-modda)