Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014 29.10.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1905-3
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.03.2014
Hujjat 08.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
VAZIRLIKLAR, DAVLAT QOʻMITALARI VA IDORALARNING NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARINI TAYYORLASh VA QABUL QILISh QOIDALARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1905-3]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2565, 28.02.2014-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 8-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 329-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi toʻgʻrisidagi nizom hamda Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 23-avgustdagi PQ–1602-son qarori)”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 37-son, 429-modda) muvofiq, shuningdek vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2009-yil 14-fevraldagi 42-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1905, 2009-yil 14-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 8-son, 84-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatiga olinsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir N. YOʻLDOShEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 29-oktabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
235-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yil 29-oktabrdagi 235-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarini tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 18-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligiga, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiq boʻlishi shart.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagi mazmundagi 181-band bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“181. Normativ-huquqiy hujjatlarga:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi va tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 31-banddagi “grafiklar, xaritalar” degan soʻzlar “grafiklar, formulalar, xaritalar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 71-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) normativ-huquqiy hujjatning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchiligiga, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasiga muvofiqligini tekshirish yuzasidan huquqiy ekspertiza;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. 73-bandning “a” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“a) hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunchiligiga, shuningdek mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga zid boʻlsa;”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. 90-band quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. 96-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“96. Normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi adliya vazirining buyrugʻi bilan toʻxtatib turiladi yoki qayta tiklanadi, buyruqning nusxasi ushbu normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organga yuboriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Adliya vazirining normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash toʻgʻrisidagi buyrugʻi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 44-son, 508-modda)