23.10.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2395
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining qarori, 23.10.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2395
Дата вступления в силу
02.11.2012
Hujjat 02.11.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARI QIYMATINI JORIY NARXLARDA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2395]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 235-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Rais v.b. I. TOʻRAMUROTOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 3-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2012-yil 3-sentabrdagi 5-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
YOʻRIQNOMA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 27-avgustdagi PQ–1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 2-son, 9-modda) va 2003-yil 15-oktabrdagi 444-son “Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning xarajatlarini hisobga olish va moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 19-son, 183-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (bundan buyon matnda Davlat geologiya qoʻmitasi deb yuritiladi) va uning tasarrufidagi tashkilotlar, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ tomonidan amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi bilan kelishilgan geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturiga kiritiladigan obyektlarga oid loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2278, 2011-yil 18-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 42-son, 457-modda) 3-bandida koʻrsatilgan geologiya-qidiruv ishlarining turlariga tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan geologiya-qidiruv ishlari uchun ushbu Yoʻriqnoma tavsiya xususiyatiga ega.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur Yoʻriqnomadan foydalanishda geologiya-qidiruv ishlarining tegishli turlari boʻyicha Davlat geologiya qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan, materiallar xarajati normalari, mehnat xarajatlari normalari, har bir ish turi uchun zarur asbob-uskunaning roʻyxati keltirilgan smeta normalari qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilishning asosi boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
geologiya-qidiruv ishlariga oid smeta normalaridan foydalanilgan holda xarajatlarni hisob-kitob qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mehnat sarfi qiymatini baholash uchun 2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga (roʻyxat raqami 2283, 2011-yil 17-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 45-46-son, 484-modda) 159-ilovaga muvofiq shakldagi Mehnat hisobotiga (bundan buyon matnda 1-T hisoboti deb yuritiladi) muvofiq oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oʻrtacha ish haqini qoʻllash;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
moddiy resurslarga oid amaldagi mavjud narxlar kataloglarini yuritish va smetani tuzish chogʻidagi hisob-kitoblarda ulardan foydalanish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasiga oid xarajatlarni hisob-kitob qilish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Smeta normalarida yoki boshqa hujjatlarda koʻzda tutilmagan geologiya-qidiruv ishlari qiymatini yangi smeta normalari chiqqunga qadar belgilangan tartibda buyurtmachi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan loyiha tarkibida koʻzda tutiladigan ish tarkibiga, shunga oʻxshash ish turi yoki xarajatlar asoslangan holda hisob-kitob qilish boʻyicha loyihalashtiriladiganiga yaqin boʻlgan ishlar turi uchun tasdiqlangan normalar boʻyicha belgilash mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Geologiya-qidiruv ishlariga geologiyaga oid axborot beradigan barcha turdagi ishlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qoʻshimcha ishlar va xarajatlarga vaqtinchalik dala bazalarini jihozlash, yuklar va xodimlarni transportda tashish xarajatlari va qoplanadigan xarajatlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Geologiya-qidiruv ishlari obyektlaridagi vaqtinchalik dala bazalarini jihozlashning joriy narxlardagi smeta qiymati, ushbu ishlar hajmlaridan va ularni bajarishga oid smeta narxlaridan kelib chiqqan holda loyihani amalga oshirish vaqtiga belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Loyiha maʼlumotlariga koʻra konstruksiyalarni, binolar va inshootlarni buzib tashlash natijasida takroran qoʻllash uchun yaroqli boʻlgan konstruksiyalar, materiallar va buyumlar olish koʻzda tutiladigan hollarda smetalar yakuni boʻyicha mablagʻlar miqdorini kamaytiradigan “qaytarma materiallar” maʼlumot uchun keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Bajarilgan ishlarga oid dalolatnoma tuzishda bunday konstruksiyalar, materiallar va buyumlar qiymati komissiya tomonidan eskirishini chegirishni, shuningdek ularni foydalanish uchun yaroqli holga keltirishga doir xarajatlarni hisobga olgan xolda belgilanadi. Komissiya buyurtmachi tomonidan uning rahbari (rahbar oʻrinbosari) yoki bosh muhandisi raisligida ijrochining ishtirokida tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Komissiya tarkibiga buyurtmachining masʼul mutaxassislari, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslari kiritilishi lozim. Komissiya buyurtmachi rahbarining buyrugʻi bilan tuziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Binolar va inshootlarni qurishda va qismlarga ajratishdagi (buzib tashlashda) ishlarning qishki qimmatlashishiga oid xarajatlar smetaga alohida satr bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Kompleks ishlab chiqarish-texnik va sanitariya-maishiy ehtiyojlar, shuningdek smeta normalarida koʻzda tutilgan asbob-uskunalar toʻplamiga kirmaydigan, burgʻulash brigadasi ish joyini berkitish uchun foydalaniladigan mobil binolar va inshootlarning amortizatsiyasiga oid xarajatlar loyiha tarkibida tasdiqlanadigan tegishli hisob-kitob bilan belgilanadi va dala ishlari qiymatiga loyihaning amal qilish muddatiga qoʻshimcha xarajatlar sifatida alohida satr bilan kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Koʻchki, surilma va sel xavfi boʻlgan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni taʼminlaydigan chora-tadbirlarga oid xarajatlar loyiha bilan asoslangan ishlar hajmlaridan hamda joriy narxlardagi smeta hisob-kitoblarni tuzishdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ushbu chora-tadbirlarga, xususan, dambalarni, koʻchki toʻsqichlarini, ogohlantiruvchi belgilarni, serpantinlarni, pana joylarni, toshli devorlarni, gʻovlarni barpo etish, koʻchki, surilma va sel hosil boʻlishi yuzasidan muntazam kuzatuvlar olib borish, koʻchkilarni sunʼiy ravishda portlatish va akustik usullar yordamida bartaraf etish, toshqinlarni oldini olishga doir ishlarni bajarish va boshqalar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vaqtinchalik yoʻllarni tiklashga, yoʻllar, aerodromlar (qordan tozalashdan tashqari), soʻqmoqlarni, daryolar farvaterlarini va ishlab chiqarish maqsadidagi boshqa qurilish obyektlarini foydalanishga yaroqli holda saqlashga oid xarajatlar smeta normalari boʻyicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Yordamchi ishlar va xarajatlarga alohida satrlar bilan loyiha tarkibida tasdiqlanadigan barcha xarajatlar asoslangan holda hisob-kitoblar bilan belgilanadigan quyida sanab oʻtiladigan xarajatlar ham kiradi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilishlar smetasiga kirmaydigan asbob-uskunalarni montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlariga, shu jumladan mavjud qoʻshimcha va yordamchi asbob-uskunalarni hisobga olgan holda hisoblash komplekslariga oid asbob-uskunalarni oʻrnatish va montaj qilishga doir xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kon-shaxta uskunalarini almashtirishga doir ishlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Yuklar va ishlab chiqarish xodimlarini ish joyiga olib borish va qaytarib kelish, texnikani boshqa joyga koʻchirishga oid xarajatlarning joriy narxlardagi smeta qiymati oxirgi yildagi ushbu ishlarga boʻlgan amalda qilingan xarajatlarning dala ishlarining umumiy qiymatiga oʻzaro nisbati boʻyicha belgilanadi. Alohida ish turlariga oid texnologik va maxsus transport xarajatlari smeta normalari boʻyicha hisob-kitob qilingan hollarda umumiy transport xarajatlarini hisob-kitob qilishda ular chiqarib tashlanishi kerak.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Qoplanadigan xarajatlarga qonunchilikda koʻzda tutilgan hamda amalda qilingan xarajatlar (xizmat safarlari, dala taʼminoti va yerdan foydalanuvchilarning zararlarini qoplash) boʻyicha ishlarni bajaruvchilarga qaytariladigan xarajatlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Maqsadiga koʻra xizmat safarlari quyidagilarga boʻlinadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish (geologiya-qidiruv ishlarini loyihalash hamda tematik va boshqa ishlarni bajarish uchun materiallar toʻplash, loyiha boʻyicha ish jarayonida olingan geologik natijalarni himoyalash boʻyicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
loyihaning vazifalariga bogʻliq yigʻilishlarda, konferensiyalarda, anjumanlarda, shu jumladan xorijdagi, qatnashish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Xizmat safarlariga oid smeta xarajatlari qonunchilikda belgilangan limitlar doirasida xizmat safarlarining soni va davomiyligidan, borish manzillaridan, yoʻlkira qiymati va xizmat safarlari xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilish orqali belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki vaqtinchalik band qilish natijasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar boʻyicha xarajatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Materiallar, asbob-uskunalar va ishlab chiqarish xodimlarining soʻnggi yil uchun oʻrtacha ish haqi darajasiga oid narxlarning oʻzgarishiga qarab ikkinchi va keyingi har bir yil uchun smeta qiymatiga umumiy smeta qiymati qayta tasdiqlangan holda smeta ishlari qoldiqlarini bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali tuzatishlar kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Smetaga foiz hisobida kiritiladigan xarajatlar rasmiylashtirilgan (rahbar va bosh buxgalterning imzosi va muhri bilan), va oxirgi yil uchun geologiya-qidiruv ishlarini bajarayotgan tashkilotning (yoki uning tuzilmaviy boʻlinmalarining) amaldagi xarajatlari asosida tuzilgan maʼlumotnomalar boʻyicha asoslanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish uslubiyoti
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Geologiya-qidiruv ishlariga oid smetalarni tuzish uchun quyidagi koʻrsatkichlardan dastlabki maʼlumotlar sifatida foydalaniladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi miqdorlarini belgilash uchun amaldagi mehnat sarfi normalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
muayyan ish turiga oid qabul qilingan oʻlchov birliklarida materiallarning amaldagi xarajat normalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
har bir ish turini bajarishda qoʻllaniladigan asosiy vositalar turlari hamda ularga oid amortizatsiya ajratmalar toʻgʻrisida amaldagi maʼlumotlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Joriy narxlardagi smetalarni tuzishda xarajatlarning har bir qismi smetani tuzish paytida amaldagi narxlarga, meʼyoriy hujjatlarga va qonun hujjatlariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Geologiya-qidiruv ishlari birligi qiymati ishlab chiqarish xarajatlaridan, davr xarajatlaridan va ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan 10 % gacha miqdordagi foydadan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi xarajatlar turlarini oʻz ichiga oladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Davr xarajatlari va foyda koeffitsiyenti geologiya-qidiruv ishlarining har bir turi uchun ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Geologiya-qidiruv ishlari birligining joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S = (Szp+Sm+Sa+Sp) x Krp.p, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
S — geologiya-qidiruv ishlari birligining joriy narxlardagi qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Szp — yagona ijtimoiy toʻlovlar (bundan buyon matnda YAIT deb yuritiladi) ajratmalarini, geologiya-qidiruv ishlari birligini hisobga olgan holda ish haqiga oid xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sm — geologiya-qidiruv ishlari birligining smeta normalarida hisobga olingan materiallarga, shu jumladan yoqilgʻi, moylash materiallari, elektr energiyasi, siqilgan havoga oid xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sa — har bir ish turi boʻyicha asosiy vositalar roʻyxatiga kiritilgan mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalarning amortizatsiyasiga oid xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sp — quyidagi formula boʻyicha belgilanadigan ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sp = Szp x Kpr/100, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kpr — mazkur Yoʻriqnomaning 32-bandida oʻrnatilgan tartibda aniqlanadigan ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar koeffitsiyenti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Krp.p — quyidagi formula boʻyicha belgilanadigan davr xarajatlari va foyda koeffitsiyenti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Krp.p = 1+U/100, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
U — mazkur Yoʻriqnomaning 34-bandida belgilangan tartibda aniqlanadigan davr xarajatlari va foyda darajasi (miqdori).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. YAIT ajratmalarini hisobga olgan holda ish haqiga oid xarajatlar kishi-soatlardagi normativ mehnat sarfi smeta normalarining tegishli jadvallari boʻyicha joriy bir kishi soat qiymatiga (soʻmda) hamda quyidagi formula boʻyicha YAIT ajratmalari miqdorini hisobga oladigan koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Szp = T x Sch x Kss, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
T — kishi-soatlardagi tegishli smeta normasi boʻyicha ishlarning normativ mehnat sarfi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sch — ishlab chiqarish xodimlari birligining oʻrtacha soatdagi ish haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kss — quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan YAIT ajratmalarining koeffitsiyenti:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Kss = (1+ YAITstavkasi/100).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Oʻrtacha soatdagi ish haqi quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Sch = Zms / F / Ch, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Zms — oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oʻrtacha oylik ish haqi (ishlab chiqarish xodimlari va maʼmuriyatga ajratgan holda 1-T hisoboti), smeta tarkibiga alohida satrda kiritilgan dala taʼminoti va xizmat safarlari boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari bundan mustasno. Geologiya-qidiruv ishlarini bajarayotgan va yuridik shaxs boʻlmagan boʻlinmalar uchun yuqori turuvchi tashkilotga (kon-metallurgiya kombinatiga) taqdim etiladigan, ishlab chiqarish xodimlari va maʼmuriyatga ajratgan holda 1-T hisoboti qabul qilinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
F — Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining oʻtgan yil uchun maʼlumotlari boʻyicha soatlardagi oʻrtacha oylik ish vaqtining fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ch — Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi boʻyicha yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 788, 1999-yil 30-iyul) muvofiq aniqlanadigan oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oylik oʻrtacha soni.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Materiallar, shu jumladan yoqilgʻi, moylash materiallari, elektr energiyasi, siqilgan havo qismi boʻyicha xarajatlar materiallarga oid smeta normalari va narxlarga muvofiq har bir ish turi boʻyicha materiallar xarajatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Materiallarning joriy narxlardagi qiymati konyunkturani (yaʼni talab va takliflarni) hisobga olgan holda ichki va tashqi bozorlardagi mavjud narxlarning umumiy darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mn — material sarfining normasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Si — 1 dona materialning joriy narxlardagi birlik narxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Joriy narxlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning va materiallarni yetkazib beruvchilarning sotish narxlari, birja narxlari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan chiqariladigan qurilish materiallariga oid joriy narxlar katalogi asosida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ning (roʻyxat raqami 1595, 2006-yil 17-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda) 43-bandiga muvofiq belgilanishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Amortizatsiya qismi boʻyicha xarajatlar ushbu ish turida foydalanilayotgan muayyan uskunaning qiymati asosida, qayta baholashni, undan foydalanish vaqtini, loyihada asoslangan amortizatsiyaga oid normalar va usullarni hisoblashni hisobga olgan holda dastlabki qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Amortizatsion ajratmalarini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mavsumiy geologiya-qidiruv ishlarini bajarishda amortizatsiya smeta normalariga tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash orqali mavsumiy ish davridan qatʼi nazar, butun yilga umumiy norma boʻyicha hisob-kitob qilish orqali belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Hisob-kitoblarda rezerv uskuna amortizatsiyasi faqat loyihada tegishli asos mavjud boʻlgandagina koʻzda tutiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar koeffitsiyenti (Kpr) oʻtgan yildagi ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar miqdorini ushbu davr uchun YAIT ajratmalarini hisobga olgan holda ish haqi xarajatlari miqdoriga nisbatan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish uchun davr xarajatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Davr xarajatlariga bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqarish boʻyicha xarajatlari, umumxoʻjalik maqsadidagi boshqa xarajatlar kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda geologiya-qidiruv ishlari qiymati joriy narxlarda qoʻllaniladigan davr xarajatlari va foyda miqdori Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-yil, 1-2-son) 2-ilovaga muvofiq shakldagi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot – 2-shakl, 1-T hisoboti va mehnat sarfi qiymatini baholash uchun 2012-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllariga (roʻyxat raqami 2283, 2011-yil 17-noyabr) 73-ilovaga muvofiq shakldagi korxona xarajatlari toʻgʻrisida hisoboti (Z-M shakli), shuningdek hisobot koʻrsatkichlarining tahlili asosida oʻtgan yil uchun amaldagi maʼlumotlar boʻyicha hisob-kitob qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davr xarajatlari miqdorini belgilashda foydani hisob-kitob qilishda hisobga olinayotgan xarajatlar roʻyxatiga kiruvchi qismlarni hisobdan chiqarish zarur.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Davr xarajatlari va foyda darajasi (miqdori) geologiya-qidiruv ishlarining ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan foizlarda, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
U = (Srp + P) / Spr x 100, bunda:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
U — davr xarajatlari va foydaning tegishli bazis davrida (oxirgi yil) oʻz kuchi bilan bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarining ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan foizlardagi darajasi (miqdori);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Srp – tegishli bazis davrida qabul qilingan davr xarajatlari (geologiya-qidiruv ishlariga oid qiymat koʻrsatkichi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
P — ishlab chiqarish tannarxining 10 % oshmaydigan miqdorda tegishli bazis davrida qabul qilingan foyda (geologiya-qidiruv ishlariga oid qiymat koʻrsatkichi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Spr — buxgalteriya hisobotining maʼlumotlariga koʻra oʻz kuchlari bilan tegishli bazis davrida (oxirgi yil) bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarining ishlab chiqarish tannarxi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
IV. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish uchun foyda hisobiga qilinadigan xarajatlar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda foyda hisobiga qilinadigan hamda geologiya-qidiruv ishlarining joriy narxlardagi qiymatiga kiritiladigan xarajatlar roʻyxati etib, quyidagilar hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qonunchilikda oʻrnatilgan stavkalarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, shuningdek oʻzga soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qilingan xarajatlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
xodimlarning bevosita ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan bogʻliq boʻlmagan sogʻliqni saqlash va dam olishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarga oid xarajatlar (davolanish va dam olish, ekskursiyalar va sayohatlarga, sport seksiyalarida, toʻgaraklarida, klublarida shugʻullanish uchun ajratiladigan yoʻllanmalar, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga borish, obuna boʻlish va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar), xodimlarning ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlarini qoplash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jamoa shartnomasiga muvofiq pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir martalik nafaqalar (faqat boshqaruv xodimlariga toʻlovlar hisobga olinadi, chunki ishlab chiqarish xodimlariga toʻlovlar geologiya-qidiruv tashkilotining 1-T hisobotiga oid qabul qilinayotgan asosiy ish haqida hisobga olinadi*);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sogʻliqni saqlash obyektlarini, qariyalar va nogironlar uylarini, sogʻlomlashtirish oromgohlarini, madaniyat va sport obyektlarini, xalq taʼlimi muassasalarini, shuningdek uy-joy fondini saqlashga oid xarajatlarni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy sugʻurtaga oid ajratmalarni hisobga olgan holda xodimlarga jamoa shartnomasi boʻyicha qonunchilikda koʻzda tutilganidan tashqari qoʻshimcha taʼtillar, ular boʻyicha kompensatsiyalar toʻlash (faqat boshqaruv xodimlariga toʻlovlar hisobga olinadi, chunki ishlab chiqarish xodimlariga toʻlovlar geologiya-qidiruv tashkilotining 1-T hisobotiga oid qabul qilinayotgan asosiy ish haqida hisobga olinadi*);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ijtimoiy sugʻurtaga oid belgilangan ajratmalarni hisobga olgan holda jamoa shartnomasi doirasida xodimlariga moddiy yordam toʻlashga oid xarajatlar (bunda faqat boshqaruv xodimlari boʻyicha hisobga olinadi, chunki ishlab chiqarish xodimlari boʻyicha ular geologiya-qidiruv tashkilotining 1-T hisoboti maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinayotgan asosiy ish haqlarida hisobga olinadi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
* Geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan va yuridik shaxslar hisoblanmaydigan boʻlinmalar uchun (ishlab chiqarish xodimlari va maʼmuriyatga ajratgan holda) yuqori turuvchi tashkilotga (kon-metallurgiya kombinatiga) taqdim etiladigan 1-T hisoboti taqdim etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Geologiya-qidiruv ishlarining umumiy qiymatiga geologiya-qidiruv ishlari qiymatining asosiy narx belgilovchi komponentlariga prognoz qilinayotgan narxlarni oʻsish indeksidan kelib chiqib aniqlanadigan tavakkalchilik koeffitsiyenti qoʻllanadi. Tavakkalchilik koeffitsiyenti buyurtmachi va ijro etuvchi oʻrtasida kelishilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi maʼlumotlari boʻyicha navbatdagi yilga “Yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi” sohasi boʻyicha prognoz qilinayotgan inflyatsiya darajasida qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
V. Yakuniy qoida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28-avgust 2012-y.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Iqtisodiyot vaziri G.SAIDOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18-avgust 2012-y.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20-avgust 2012-y.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Bosh direktori K. SANAQULOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-avgust 2012-y.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ Bosh direktori A.FARMONOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25-avgust 2012-y.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 498-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)