Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2020 17.07.2006 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1595
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.07.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
BUYRUG‘I
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BUXGALTERIYA HISOBI MILLIY STANDARTI
(4-SONLI BHMS) “TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR”NI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2006-yil 17-iyulda 1595-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 28-maydagi 23-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3278, 01.07.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi 553-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (yangi tahriri) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 27-avgustda 44-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar” (1998-yil 28-avgust, ro‘yxat raqami 486 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 1999-y., 5-son);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 14-noyabrdagi 132-sonli “O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralari”ga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i” (2002-yil 20-noyabr, ro‘yxat raqami 486-1 — Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002-y., 22-son).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moliya vaziri R. AZIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2006-yil 15-iyun,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2006-yil 15-iyundagi 52-son buyrug‘i bilan
“TASDIQLANGAN”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (4-sonli bhms) “Tovar-moddiy zaxiralar”
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
(yangi tahriri)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi bo‘lib hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-§. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur BHMSning maqsadi tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar yuridik shaxsga (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) mulk huquqida tegishli bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarning buxgalteriya hisobi uslubiyati va moliyaviy hisobotda aks ettirilishini belgilash hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash; tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusi xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish; tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash); ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur BHMS qoidalari pudrat qurilishi bo‘yicha tugallanmagan ishlar, shu jumladan ular bilan bog‘liq xizmatlar bo‘yicha kontraktlar va moliyaviy instrumentlar hisobga olish qoidalariga nisbatan qo‘llanmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur BHMSda qo‘llaniladigan atamalar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovar-moddiy zaxiralar — keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) realizatsiya qilishning sof qiymati — tovar-moddiy zaxiralarni maqsadiga ko‘ra ishlatiladigan holatga keltirish va sotish bo‘yicha baholangan xarajatlar chegirilgan holda joriy qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) joriy qiymat — ma’lum bir sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) bevosita xarajatlar — alohida turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan hamda ularning birligi tannarxiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladigan ishlab chiqarish xarajatlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) bilvosita xarajatlar — bir necha turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarish xarajatlari, ular muayyan tovar-moddiy zaxiralar birliklari tannarxiga bevosita kiritilmaydi, buning oqibatida ular xarajatlar obyektlari va ularning birliklari tannarxi o‘rtasida hisob-kitob yo‘li bilan taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) bo‘linish nuqtasi — birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni ishlab chiqarishda alohida turdagi mahsulotlar aniq identifikatsiya qilinadigan ishlab chiqarish jarayonining muayyan payti;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) tara — mahsulotlarni(tovarlarni) saqlash, o‘rash va transportda tashish uchun ishlatiladigan buyumni ifoda etuvchi moddiy obyekt.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlarda quyidagilar ko‘rinishida bo‘lishi mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xomashyo va materiallar, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg‘i, tara va tarabop materiallar, ehtiyot qismlar, inventar va xo‘jalik jihozlari hamda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish, ma’muriy ehtiyojlar va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan boshqa materiallar zaxiralari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boquvdagi va yaylovdagi yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, parrandalar, asalari oilalari, sotish uchun asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun chetdan qabul qilingan chorva mollari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) detallar, uzellar, buyumlarga tugallanmagan ishlov berilishi va ularning yig‘ilishi hamda tugallanmagan texnologik jarayonlar ko‘rinishida tugallanmagan ishlab chiqarish. Ishlarni bajaradigan va xizmatlar ko‘rsatadigan tashkilotlarda tugallanmagan ishlab chiqarish ular bo‘yicha qabul qilish-topshirish hujjatlari rasmiylashtirilmagan va tashkilot tomonidan tegishli daromad tan olinmagan tugallanmagan ishlarni (xizmatlarni)bajarishga doir xarajatlardan tashkil topadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tashkilotda tayyorlangan tayyor mahsulot (ishlab chiqarish siklining pirovard natijasi — realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan va shartnomada yoki qonun hujjatlarida belgilangan hollarda boshqa hujjatlarning talablarida nazarda tutilgan texnik va sifat tavsiflariga muvofiq keladigan ishlov berilishi (butlanishi) tugallangan aktiv);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslardan xarid qilingan (olingan) va tashkilotning odatiy faoliyati davomida qo‘shimcha ishlov berishsiz sotish yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar. Bunda uzoq muddatli aktivlar obyektlari (binolar, inshootlar, transport vositalari, mulkiy (mutlaq) huquqlar va boshqalar) ham keyinchalik sotish yoki qayta sotish maqsadida xarid qilingan hollarda tovar bo‘lib hisoblanishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagi mezonlardan biriga javob beradigan aktivlar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) xizmat muddati bir yildan oshmaydigan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xizmat muddatidan qat’iy nazar xarid qilish paytida qiymati bir birlik (komplekt) uchun O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ellik baravarigacha miqdorda bo‘lgan buyumlar. Tashkilot rahbari hisob siyosatida ularni inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibida hisobga olish uchun buyumlar qiymatining bundan past chegarasini belgilash huquqiga egadir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xizmat muddati va qiymatidan qat’iy nazar inventar va xo‘jalik jihozlari tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) maxsus asboblar va moslamalar (muayyan buyumlarni seriyalab va ommaviy ishlab chiqarish yoki yakka tartibdagi buyurtmani tayyorlash uchun mo‘ljallangan maqsadli vazifadagi asboblar va moslamalar);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) maxsus va sanitariya kiyimlari, maxsus poyabzal;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ko‘rpa-to‘shaklar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) kanselyariya ashyolari (kalkulyatorlar, stol jihozlari va hokazo);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oshxona inventari, shuningdek oshxona choyshablari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) barpo etish xarajatlari qurilish-montaj ishlarining tannarxiga kiritiladigan vaqtinchalik (notitul) inshootlar, moslamalar va qurilmalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) foydalanish muddati bir yildan kam bo‘lgan almashtiriladigan uskunalar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) ovlash qurollari (trallar, yoyma to‘rlar, to‘rlar, jihozlar, merejlar va hokazo).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobining birligi zaxiralar to‘g‘risida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish hamda ularning mavjudligi va harakati ustidan lozim darajada nazoratni ta’minlash maqsadida tashkilot tomonidan mustaqil ravishda belgilanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning xususiyatlari, ularni xarid qilish va ulardan foydalanish tartibidan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralarning birligi nomenklatura raqami, partiya, bir turdagi guruh va hokazo bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-§. Tovar-moddiy zaxiralarni tan olish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tashkilotga aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralarga bo‘lgan mulk huquqi, ular bilan bog‘liq xatarlar va mukofotlarning o‘tish payti mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartlari kelishiladigan mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Mulk huquqi tashkilotga tegishli bo‘lmagan, biroq shartnoma shartlariga muvofiq uning ixtiyorida bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar balansdan tashqari schyotlarda shartnomada nazarda tutilgan baho bo‘yicha aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning buxgalteriya balansiga quyidagilar natijasida kiritilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ta’sischilardan tashkilotning ustav kapitaliga ulush sifatida kelib tushishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ta’sischilar tarkibidan chiqishda yoki tugatilayotgan tashkilotning mol-mulki uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlanayotganda tashkilotning ilgari boshqa tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ta’sis ulushi qaytarilishidan kelib tushishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo‘yicha);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ayirboshlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarni aniqlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) ilgari berilgan tovar qarzining qaytarilishi yoki tovar qarzini olish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
k) hisobot davri oxirida tugallanmagan hamda tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida hisobga olinadigan ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
l) tovar-moddiy zaxiralarga bo‘lgan mulk huquqi olinishiga olib keladigan boshqa operatsiyalar va hodisalar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi ikki qiymat: hisobot davri oxiridagi tannarxdan (xarid qiymati yoki ishlab chiqarish tannarxi) yoki realizatsiya qilishning sof qiymatidan eng kam qiymat bo‘yicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Buxgalteriya hisobida tovar-moddiy zaxiralarning tegishli tarzda tan olingan tannarxi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mazkur BHMS bilan belgilangan hollardan boshqa holatlarda o‘zgartirilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3-§. Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Tovar-moddiy zaxiralari tashkilotning buxgalteriya balansiga tannarxi bo‘yicha kiritiladi va ular o‘z ichiga xarid qiymatini (mol yetkazib beruvchiga to‘lanadigan summalar) va xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlarni kiritadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan va ularning tannarxiga kiritiladigan xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) bojxona bojlari va yig‘imlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan soliq va yig‘imlar summalari (agar ular qoplanmasa);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovar-moddiy zaxiralar ta’minotchi va vositachi tashkilotlar orqali xarid qilinganda ularga to‘lanadigan vositachilik haqi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralarni sertifikatlash va ularni texnik shartlarga muvofiq sinash bo‘yicha xarajatlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) tovar-moddiy zaxiralarni tayyorlash va ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga yetkazib berish bo‘yicha transport-tayyorlov xarajatlari. Ular tayyorlash, yuklash-tushirish ishlari va tovar-moddiy zaxiralarni barcha turdagi transport bilan ularni ayni paytdagi joylashish yoki foydalanish joyiga transportda tashish uchun tariflarni (fraxtni) to‘lash bo‘yicha xarajatlar, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralarni transportda tashishda xatarlarni sug‘urtalash bo‘yicha xarajatlardan tashkil topadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Savdo diskontlari, chegirmalar va boshqa shu kabi chegiruvlar tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish xarajatlarini belgilash chog‘ida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarga haq to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar (akkreditiv ochish xarajatlari, o‘tkazmalar uchun bank komissiyasi, tovar-moddiy zaxiralarni chet el valyutasiga xarid qilish chog‘ida valyutani konvertatsiya qilish bo‘yicha komissiya va boshqa bank xizmatlari), tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha shartnomalarni tayyorlash, ro‘yxatdan o‘tkazish va yopish bilan bog‘liq xarajatlar hamda aktivlarni xarid qilish bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan boshqa xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida xarajatlar sifatida tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Muddatidan oldin to‘lash natijasida yoki katta hajmda xarid qilish natijasida yoxud taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan boshqa shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra olingan pul chegirmalari xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini kamaytirmaydi, balki ular yuzaga kelgan hisobot davrida moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralar qarz kapitali hisobiga xarid qilinganda yoki tayyorlanganda kreditdan (qarzdan) foydalanganlik uchun foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar qarz kapitali hisobidan to‘liq yoki qisman sotib olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar ularning yuzaga kelishini tasdiqlovchi boshlang‘ich hujjatlar asosida belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Agar shartnoma shartlarida xarid qilinadigan tovar-moddiy zaxiralar uchun to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, mazkur tovar-moddiy zaxiralar buxgalteriya hisobiga to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymat bo‘yicha qabul qilinadi. Bunda tovar-moddiy zaxiralarning to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash taqdim etilmasdan sotiladigan qiymati bilan sotib olinayotgan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha umumiy to‘lov summasi o‘rtasidagi farq to‘lovni kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash davri mobaynida joriy to‘lovning kechiktirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash bo‘yicha to‘lovlarning umumiy summasidagi salmog‘idan kelib chiqib moliyaviy xarajatlar (foizlar bo‘yicha xarajatlar) sifatida tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Tovar-moddiy zaxiralarga qo‘shimcha ishlov berish va ularni foydalanishga yaroqli holga keltirish bo‘yicha ishlar bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lmagan navlarga ajratish, o‘rab-joylash va ularni tovar ko‘rinishiga keltirish bo‘yicha xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Yaroqli holga keltirish bo‘yicha ishlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ularning ham tashkilot — xaridorning o‘z kuchi bilan, ham chet tashkilotlar tomonidan bajarilishidan qat’i nazar tovar-moddiy zaxiralarning tannarxiga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Tashkilotning transport-tayyorlov xarajatlari quyidagi usullardan biri bo‘yicha hisobga qabul qilinadi yoki xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar qiymatiga kiritiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) kiritish (shartnoma narxiga qo‘shish, ustav kapitaliga kiritilgan hissaning pul bahosiga qo‘shish, tekinga olinganlarning joriy qiymatiga qo‘shish va h.k.).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport-tayyorlov xarajatlarini tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga bevosita (to‘g‘ridan to‘g‘ri) kiritish usulini nomenklaturasi ko‘p bo‘lmagan tovar-moddiy zaxiralarga ega bo‘lgan tashkilotlarda, shuningdek tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlari va guruhlarining qiymati muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hollarda qo‘llash maqsadga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) yetkazib beruvchining hisob-kitob hujjatlariga binoan transport-tayyorlov xarajatlarini alohida sintetik “Materiallarni tayyorlash va xarid qilish” schyotiga olib borish va keyinchalik ularni “Materiallar” elementi bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga yoki ishlatilishiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga va (yoki) davr xarajatlariga kiritish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport-tayyorlov xarajatlarining summasi alohida yig‘iladi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli nomlari (ushbu transport-tayyorlov xarajatlari olib boriladigan partiyalar, guruhlar) o‘rtasida taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Alohida yig‘iladigan transport-tayyorlov xarajatlari summasi tashkilotning hisob siyosatida belgilangan davrga bog‘liq holda davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘i summasi va ushbu davrda chiqib ketgan (ishlatilgan, sotilgan, tekinga berilgan va h.k.) tovar-moddiy zaxiralar summasi o‘rtasida taqsimlanadi. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarga tegishli bo‘lgan transport-tayyorlov xarajatlari summasi chiqib ketgan tovar-moddiy zaxiralar qiymatidan transport-tayyorlov xarajatlarining o‘rtacha foizini hisoblash sifatida aniqlanib, ushbu tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi aks ettirilgan buxgalteriya hisobi schyotlari bilan bog‘langan schyotlarida aks ettiriladi. Transport-tayyorlov xarajatlarining o‘rtacha foizi davr boshidagi transport-tayyorlov xarajatlari qoldig‘i va davr ichida qilingan transport-tayyorlov xarajatlari summalarini davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘i va davr ichida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar summasiga bo‘lish bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Transport-tayyorlov xarajatlarini hisobga olishning qo‘llaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Haq evaziga xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi qoplanadigan (hisobga olishga qabul qilinadigan) soliqlarni chegirgan holda shartnomaga yoki ularning xarid qilinganligi, ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarga muvofiq yetkazib beruvchiga (sotuvchiga) to‘lanadigan summa hamda unga mazkur BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar qo‘shgan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Chet el valyutasida xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi mazkur BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovar-moddiy zaxiralarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xarajatlarni qo‘shgan holda, bojxona yuk deklaratsiyasi yoki ishlar bajarilganligi, xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish sanasidagi chet el valyutasidagi summani O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan so‘mda belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Tashkilotning ustav kapitaliga hissa sifatida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, agar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida boshqa tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, tashkilot ta’sischilari (ishtirokchilari) tomonidan kelishilgan puldagi qiymat asosida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Tashkilot tomonidan tekinga (hadya shartnomasi bo‘yicha) olingan hamda asosiy vositalar va boshqa mol-mulkning chiqib ketishi natijasida olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularning buxgalteriya hisobiga qabul qilinish sanasidagi joriy qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday tovar-moddiy zaxiralarga ayirboshlash yo‘li bilan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymatiga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xuddi shunday bo‘lmagan tovar-moddiy zaxiralarga ayirboshlash yo‘li bilan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning joriy qiymatiga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralar qo‘shimcha to‘lov bilan ayirboshlangan holatlarda almashtirish yo‘li bilan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi berilgan tovar-moddiy zaxiralarning ayirboshlanish chog‘ida o‘tkazilgan (olingan) pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlari summasiga oshirilgan (kamaytirilgan) joriy qiymatiga teng.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
21. Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarish nazarda tutiladigan shartnomalar bo‘yicha olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb tashkilot tomonidan berilgan yoki berilishi lozim bo‘lgan aktivlarning joriy qiymati yoki bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning joriy qiymati tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashkilot tomonidan berilgan yoki beriladigan aktivlarning qiymatini belgilash imkoniyati mavjud bo‘lmagan taqdirda, majburiyatlarni (to‘lovni) pul ko‘rinishida bo‘lmagan mablag‘lar bilan bajarishni nazarda tutadigan shartnomalar bo‘yicha tashkilot tomonidan olingan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi shunga o‘xshash vaziyatlarda xuddi shunday tovar-moddiy zaxiralar xarid qilinadigan joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
22. Tashkilot tomonidan chetdan qayta sotish uchun xarid qilingan tovarlar xarid qiymati bo‘yicha hisobga olinishi mumkin. Bunda mazkur BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan tovarlarni xarid qilish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar ular yuzaga kelgan hisobot davrida tashkilotning davr xarajatlariga (sotish bo‘yicha) kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Moddiy javobgar shaxslarning faoliyati ustidan tegishlicha nazorat o‘rnatish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga ustamalarni (chegirmalarni) buxgalteriya hisobi schyotlarida alohida hisobga olgan holda, xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralarni sotish qiymati bo‘yicha hisobga olishga ruxsat beriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning qo‘llaniladigan tartibi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
23. Uzoq muddatli aktivlar tarkibidan tovar-moddiy zaxiralar tarkibiga o‘tkazilgan aktivlarning tannarxi ushbu uzoq muddatli aktivlarning balans (qoldiq) qiymati bo‘yicha belgilanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
24. Tashkilot tomonidan tovar-moddiy zaxiralar ustav kapitaliga ulush hisobiga, tekinga va ayirboshlash yo‘li bilan olinayotganda mazkur BHMSning 13-bandida nazarda tutilgan xarajatlar amalga oshirilgan taqdirda tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ushbu xarajatlar summasiga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
25. Inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarining tannarxi ular aniqlangan sanadagi joriy qiymatdan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
26. Bitta umumiy summaga xarid qilingan barcha tovar-moddiy zaxiralardan har birining tannarxi ushbu summani alohida tovar-moddiy zaxiraning joriy qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-§. Tashkilotda ishlab chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
27. Tashkilotning o‘zi tomonidan ishlab chiqariladigan (tayyorlanadigan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi deb ularning ishlab chiqarish tannarxi tan olinadi. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxiga ularni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar kiritiladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
28. Tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bo‘yicha guruhlarga ajratiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqindilar qiymati chiqarib tashlangan holda);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan yagona ijtimoiy to‘lov summalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
29. Realizatsiya xarajatlari, tashkilotni boshqarish bo‘yicha umumiy xarajatlar (ma’muriy xarajatlar), boshqa operatsion xarajatlar, moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar va favqulodda zararlar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5-§. Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxini aniqlash usullari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
30. Tovar-moddiy zaxiralar (mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)) tannarxini aniqlash usullari ularning turi, ishlab chiqarish turi, uning murakkabligi, tugallanmagan ishlab chiqarishning mavjudligi, ishlab chiqarish siklining davomiyligi, tovar-moddiy zaxiralar nomenklaturasiga bog‘liqdir. Mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashning asosiy usullari bo‘lib: oddiy, me’yoriy, buyurtmali, bosqichli usullar hisoblanadi, savdo tashkilotlarida esa xarajatlarni inventar baholash usuli ham qo‘llanilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Tannarxni aniqlashning oddiy usuli bir turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqaradigan va yarim tayyor mahsulotlar va tugallanmagan ishlab chiqarishga ega bo‘lmagan tashkilotlarda qo‘llaniladi. Ushbu usul qo‘llanilganda hisobot davridagi barcha ishlab chiqarish xarajatlari barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladi. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlari summasini ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birliklarining umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Tannarxni aniqlashning me’yoriy usuli xomashyo, materiallar, mehnat va ishlab chiqarish quvvatidan foydalanishning belgilangan me’yorlari bo‘yicha xarajatlarni hisobga olishga asoslangan. Me’yorlar vaqti-vaqti bilan tahlil qilib turiladi va zarur hollarda joriy shart-sharoitlarga muvofiq qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
33. Tannarxni aniqlashning buyurtmali usuli yakka tartibdagi va mayda seriyali ishlab chiqarishga ega bo‘lgan tashkilotlarda qo‘llanadi, bunda ishlab chiqarish xarajatlari mahsulotga (ishga, xizmatga) (bir xildagi mahsulotlar guruhiga) doir alohida buyurtmalar bo‘yicha identifikatsiyalanadi va hisobga olinadi. Buyurtmaning obyekti bo‘lib mahsulot (ish, xizmat), bir xildagi mahsulot (ish, xizmat)ning mayda turkumlari yoki ta’mirlash, montaj va eksperimental ishlar hisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayoni uzoq davom etadigan yirik mahsulotlarni tayyorlashda buyurtmalar yaxlit mahsulotga emas, balki uning tugallangan konstruksiyalarga ega bo‘lgan alohida agregatlari, uzellariga berilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tannarxni aniqlashning ushbu usulida barcha xarajatlar buyurtmaning yakunlanishiga qadar to‘laligicha tugallanmagan ishlab chiqarish deb hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtma birligining tannarxi uning bajarilishi (mahsulot ishlab chiqarilishi, ishlar bajarilishi yoki xizmatlar ko‘rsatilishi) tugallangandan keyin aniqlanadi. Buyurtma bo‘yicha xarajatlarning butun summasi uning tannarxini tashkil qiladi. Agar ushbu buyurtma bir xildagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) turkumidan iborat bo‘lsa, mahsulot (ishlar, xizmatlar) birligining tannarxi mazkur buyurtma bo‘yicha xarajatlar summasini mahsulot birliklari miqdoriga bo‘lish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Buyurtmalar qisman bajarilib, ular buyurtmachilarga topshirilganda qisman ishlab chiqarish tannarxi ularning konstruksiyalari, texnologiyalari, ishlab chiqarish shart-sharoitlaridagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ilgari bajarilgan buyurtmalarning tannarxi bo‘yicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
34. Tannarxni aniqlashning bosqichli usuli boshlang‘ich xomashyo va materiallar ishlab chiqarish jarayonida bir qator bosqich, faza, pog‘onalardan o‘tadigan tashkilotlarda qo‘llanadi. Ushbu usulda avval barcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) tannarxi, so‘ngra uning birligi tannarxi aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosqichli usul tashkilotning tarmoqqa mansubligiga bog‘liq holda ikki variantda amalga oshirilishi mumkin: yarim tayyor mahsulotli va yarim tayyor mahsulotsiz variantlarda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarim tayyor mahsulotli variantda har bir bosqich bo‘yicha mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi hamda u avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar) tannarxi va mazkur bosqich bo‘yicha xarajatlardan iborat bo‘ladi. Oxirgi bosqich mahsulotining tannarxi barcha tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yarim tayyor mahsulotsiz variantda faqat oxirgi bosqich mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxi hisoblab chiqariladi. Bunda xarajatlar avvalgi bosqichlar mahsuloti (ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olmasdan, har bir bosqich bo‘yicha alohida hisobga olinadi. Tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga barcha alohida bosqichlar bo‘yicha uni ishlab chiqarish xarajatlari kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
35. Bir texnologik jarayonda bitta xomashyo va materiallardan turli xildagi, ulardan har biri o‘zining sotish narxiga ega bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarilganda ushbu turdagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan va sotish qiymati asosiy mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) qaraganda juda past bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) deb ataladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qo‘shimcha mahsulotdan (ishlardan, xizmatlardan) birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) farqi shundan iboratki, ularni taqsimlash nuqtasiga yetgunga qadar turli xildagi mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida identifikatsiya qilish mumkin emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
36. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) sotish qiymatini bo‘linish nuqtasida aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) ishlab chiqarish tannarxini aniqlash maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘linish nuqtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) natura ko‘rsatkichlaridan foydalanish usuli. Ushbu usulda bo‘linish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) har bir turiga uning natura ko‘rsatkichlarida ifodalangan ishlab chiqarishning umumiy hajmidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) bo‘linish nuqtasidagi realizatsiya qilish qiymati asosidagi usul. Ushbu usulda bo‘linish nuqtasiga qadar qilingan xarajatlar asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) har bir turiga uni realizatsiya qilishdan kutilayotgan tushum umumiy summasidagi ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
37. Birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) alohida turlari keyingi qayta ishlov berishga o‘tkazilgan hamda bo‘linish nuqtasida ularni sotishning joriy ni (relizatsiya qilish qiymatini) aniqlashning imkoni bo‘lmagan hollarda ishlab chiqarish xarajatlarini bo‘linish nuqtasida birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari o‘rtasida taqsimlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) realizatsiya qilishning sof qiymati usuli. Ushbu usulda birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari bo‘yicha xarajatlar ularni realizatsiya qilishning sof qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) realizatsiya qilishdan yalpi foydaning doimiy ulushi usuli. Ushbu usuldan foydalanilganda xarajatlar shunday taqsimlanishi lozimki, bunda har bir alohida mahsulot (ishlar, xizmatlar) uchun umumiy yalpi foydaning foiz ulushi bir xil bo‘lishi hamda umumiy yalpi foyda ko‘rsatkichiga teng bo‘lishi kerak. Yalpi foydaning foiz ulushi birgalikda ishlab chiqariladigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlarining umumiy tannarxini ushbu mahsulot turlarini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan chiqarib tashlab, so‘ngra foyda miqdorini sotishdan taxmin qilingan umumiy tushumdan foiz ko‘rinishida aks ettirish yo‘li bilan hisoblab chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
38. Agar ishlab chiqarishning bir texnologik jarayonida bir vaqtning o‘zida bir qancha turdagi mahsulot (ishlar, xizmatlar) chiqib, mahsulotlardan (ishlar, xizmatlar) biri yoki bir qancha turi asosiy (maqsadli) turga tegishli bo‘lsa, unda qolgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) turlari qo‘shimcha mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) sifatida qaralishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Asosiy mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxini aniqlashda qo‘shimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) joriy qiymati yoki realizatsiya qilishning sof qiymati ishlab chiqarish jarayonlarining umumiy xarajatlaridan chegiriladi, xarajatlarning qolgan qismi esa asosiy mahsulotga (ishlarga, xizmatlarga) tegishli bo‘ladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
39. Mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) qo‘shimcha turlarini hisobga olish quyidagi usullardan biri bo‘yicha amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qo‘shimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish. Ushbu usulda joriy davrda sotilgan asosiy mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) tannarxi qo‘shimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda realizatsiya qilish (sof realizatsiya qilish) summasiga kamaytiriladi. Qo‘shimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) sotilmagan zaxiralari qoldig‘i bo‘linish nuqtasidan keyin qo‘shimcha mahsulotlarni keyingi qayta ishlanishiga qilingan xarajatlar summasidan kelib chiqqan holda hisobga olinadi. Qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) qoldig‘ini haqiqatda realizatsiya qilish (sof realizatsiya qilish) summasi qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilinganda tan olinadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) qo‘shimcha mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqatda ishlab chiqarish. Ushbu usuldan foydalanilganda asosiy mahsulotni (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqarishda sarflangan xarajatlar ishlab chiqarilgan qo‘shimcha mahsulot (ishlar, xizmatlar) barcha miqdorining sof sotish qiymati summasiga darhol kamaytiriladi. Sotilmagan qo‘shimcha mahsulotning (ishlarning, xizmatlarning) qoldig‘i realizatsiya qilishning sof qiymati bo‘yicha hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ishlab chiqarish tarmog‘ining xususiyatlaridan kelib chiqib, tovar-moddiy zaxiralar, shu jumladan qo‘shimcha mahsulotlar tannarxini aniqlashning qo‘llanadigan usullari tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6-§. Realizatsiya qilishning sof qiymati
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
40. Tovar-moddiy zaxiralar, agar realizatsiya qilishning sof qiymati ularning tannarxidan past bo‘lsa, realizatsiya qilishning sof qiymati bo‘yicha aks ettiriladi. Realizatsiya qilishning sof qiymati tovar-moddiy zaxiralarning har bir birligi (turi) bo‘yicha aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
41. Realizatsiya qilishning sof qiymatini aniqlash maqsadida tovar-moddiy zaxiralarni qayta baholash — ular qiymatini joriy qiymatga muvofiqlashtirish maqsadida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini vaqti-vaqti bilan aniqlashtirishdir.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
42. Tovar-moddiy zaxiralar ularning alohida birliklari tannarxini qayta baholashni o‘tkazish sanasida shakllangan o‘xshash baholanadigan tovar-moddiy zaxiralarning hujjat bilan tasdiqlangan joriy qiymatlari bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan qayta baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayta baholash tashkilot tomonidan mustaqil ravishda yoki qonun hujjatlariga muvofiq baholash faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga (litsenziyasiga) ega bo‘lgan ixtisoslashtirilgan tashkilotni (mutaxassis-ekspertlarni) jalb etish orqali amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
43. Tovar-moddiy zaxiralar birligining joriy qiymatini hujjatli tasdiqlash uchun tashkilotning ixtiyoriga ko‘ra quyidagilardan foydalanish mumkin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ishlab chiqaruvchilar va ularning rasmiy dilyerlari, tovar-xomashyo birjalari, ko‘chmas mulk birjalaridan yozma shaklda olingan tovar-moddiy zaxiralar o‘xshash birligining joriy qiymati (narxi) to‘g‘risida ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) xarid qilish sanasida (tasdiqlovchi hujjat mavjud bo‘lganida) EKVda tovar-moddiy zaxiralar birligining tannarxi to‘g‘risida ma’lumotlar, bunda xorijiy valyutalar kurslarining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qayta baholashni o‘tkazish sanasi va tovar-moddiy zaxiralarning tegishli birligini xarid qilish sanasida belgilangan so‘mga nisbati sifatida aniqlanadigan hisob-kitob koeffitsiyenti qo‘llaniladi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tegishli davlat organlaridagi mavjud bo‘lgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) qayta baholashni o‘tkazish davrida ommaviy axborot vositalari va maxsus adabiyotlarda chop etilgan narxlar darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) baholovchining tovar-moddiy zaxiralar tegishli birligining joriy qiymati to‘g‘risidagi hisoboti.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
44. Tovar-moddiy zaxiralar, agar ular shikastlangan, to‘liq yoki qisman eskirgan yoki ularni realizatsiya qilishning sof qiymati pasaygan bo‘lsa, arzonlashtirilishi mumkin. Agar tan olingan butlash xarajatlari, zaxiralarni tovar ko‘rinishiga keltirish bo‘yicha ishlar yoki mo‘ljallangan sotish xarajatlari oshgan bo‘lsa, tovar-moddiy zaxiralarning qiymati kamaytirilishi mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar tannarxdan past arzonlashtirish amaliyoti zaxiralarning haddan tashqari to‘planishi va ularning sekin aylanuvchanligi hollarida tovar-moddiy zaxiralar moliyaviy hisobotda ularni realizatsiya qilish yoki ishlatishdan kutiladigan summadan yuqori aks ettirilmasligi uchun qo‘llanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
45. Tovar-moddiy zaxiralar odatda “moddalar bo‘yicha usul” asosida realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar arzonlashtiriladi. Bunda bir turdagi yoki o‘zaro bog‘langan tovar-moddiy zaxiralarni guruhlashdan, ya’ni: mahsulotning birgina assortimentiga taalluqli bo‘lgan; bir xil vazifa yoki pirovardda bir xil ishlatishga ega bo‘lgan; birgina geografik hududda ishlab chiqariladigan yoki birgina geografik hududdagi bozorga chiqariladigan; mahsulotning ushbu assortimentida boshqa materiallardan amalda alohida baholanishi mumkin bo‘lmagan tovar-moddiy zaxiralardan foydalanish mumkin. Tovar-moddiy zaxiralarni muayyan tarmoq yoki birgina geografik hududdagi tayyor mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki tovar-moddiy zaxiralarga tasniflashga asoslanib arzonlashtirish to‘g‘ri emas.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
46. Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyo va boshqa materiallar, agar ulardan tayyorlangan mahsulot joriy qiymatda sotilsa, tannarxdan past qilib arzonlashtirilmaydi. Biroq, agar materiallar narxining tushishi munosabati bilan tayyor mahsulot narxi pasaytirilsa, ya’ni ushbu materiallardan tayyorlangan tayyor mahsulotning tannarxi mazkur tayyor mahsulotni realizatsiya qilishning sof qiymatidan oshsa, materiallar qiymati kamaytirilishi lozim. Shunga o‘xshash materiallarni sotib olish xarajatlari realizatsiya qilishning sof qiymatini baholashning eng ishonchlisi bo‘lishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47. Tovar-moddiy zaxiralar tannarxining ushbu tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymati summasidan oshadigan summasi, ya’ni qayta baholash natijasida tovar-moddiy zaxiralarning arzonlashish summasi u yuzaga kelgan hisobot davrining xarajatlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
48. Har bir keyingi davrda realizatsiya qilishning sof qiymatini yangidan qayta baholash o‘tkazilishi mumkin. Iqtisodiy konyunkturaning o‘zgarganligi sababli tashkilotning mulkidagi ilgari qiymati pasaytirilgan tovar-moddiy zaxirani realizatsiya qilishning sof qiymati oshgan holda tegishli hisobdan chiqarish summasi shu tariqa tiklanadiki (tiklash dastlabki hisobdan chiqarish miqdorlari bilan cheklangan), bunda yangi balans qiymati mazkur BHMSning 51-bandida nazarda tutilgan tartibda ushbu ikki qiymatning eng kami — tannarx yoki qayta ko‘rib chiqilgan realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar keltiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7-§. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
49. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymati chiqib ketish fakti aniqlangan paytda balansdan hisobdan chiqarilishi kerak. Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotning balansidan:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) realizatsiya qilish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) boshqa tashkilotning ustav kapitaliga ta’sis ulushi ko‘rinishida berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) ta’sischining ta’sischilar tarkibidan chiqishida yoki tugatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektning mol-mulkini uning ishtirokchilari o‘rtasida taqsimlayotganda ilgari tashkilotning ustav kapitaliga kiritilgan ulushni ta’sischiga qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) tekinga berish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) ayirboshlash;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) saqlash muddati tugagach yaroqsizligi sababli, jismonan va ma’nan eskirganligi natijasida tugatish (yo‘q qilish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) kamomad, yo‘qotish yoki shikastlanish (sinish, bo‘linish) aniqlanishi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
z) tovar qarzi ko‘rinishida taqdim etish yoki ilgari olingan tovar qarzini qaytarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
i) boshqa operatsiyalar va hodisalar natijasida hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
50. Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishidan olingan daromaddan ularning balans qiymati va tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bilvosita soliqlarni chegirish orqali aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
51. Chiqib ketayotgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi bilan bog‘liq daromad tan olinadigan hisobot davrida xarajat sifatida tan olinadi. Chiqib ketish munosabati bilan tovar-moddiy zaxiralarni istalgan hisobdan chiqarish summasi va ularga doir barcha zararlar hisobdan chiqarish yuz bergan yoki zarar yetkazilgan hisobot davri mobaynida xarajat sifatida hisobga olinishi kerak. Realizatsiya qilishning sof qiymatini oshirish natijasida yuzaga keladigan, ilgari hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini tiklash summasi oshish yuz bergan hisobot davrida xarajat sifatida tan olingan, chiqib ketgan (sh.j. realizatsiya qilingan) tovar-moddiy zaxiralar tannarxining pasayishi sifatida tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
52. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan tovar-moddiy zaxiralar hisobi sotish qiymati bo‘yicha yuritilganda sotilgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati bilan ularga to‘g‘ri keluvchi savdo ustamasi summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarga to‘g‘ri keluvchi savdo ustamasining summasi sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati (tovar aylanmasi) va savdo ustamasining o‘rtacha foizi ko‘paytmasi sifatida aniqlanadi. Savdo ustamasining o‘rtacha foizi hisobot davri boshidagi savdo ustamalarining qoldig‘i va hisobot davrida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralar bo‘yicha savdo ustamalari summasini hisobot davri boshida tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ining sotish qiymati va hisobot davrida olingan tovar-moddiy zaxiralarning sotish qiymati summasiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
53. Tovar-moddiy zaxiralar qoldiqlari va chiqib ketayotgan (shuningdek ishlab chiqarishga berilgan) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash quyidagi usullardan biri orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) o‘rtacha tortilgan qiymat bo‘yicha (AVECO);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovar-moddiy zaxiralar xarid qilingan vaqt bo‘yicha dastlabki zaxiralar tannarxi bo‘yicha (FIFO).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
54. Tovar-moddiy zaxiralarning har bir guruhi (turi) bo‘yicha hisobot yili mobaynida qiymatni aniqlashning faqat bir usuli qo‘llanadi. Tovar-moddiy zaxiralarning guruhi (turi) bo‘yicha qiymatni aniqlash usullaridan birini qo‘llash, hisob siyosatini qo‘llashda yo‘l qo‘yilgan izchillikdan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
55. Tashkilot tomonidan alohida tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar va hokazo) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni ular odatdagi holda bir-birini almashtira olmaydi), shuningdek maxsus loyihalar uchun ishlab chiqarilgan va mo‘ljallangan (ishlatiladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli birlikning identifikatsiyalangan tannarxi usuli bo‘yicha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu usulda o‘ziga xos xarajatlar muayyan tovar-moddiy zaxiralarga olib boriladi. Aks ettirishning ushbu usuli, ular sotib olinganligi yoki ishlab chiqarilganligidan qat’iy nazar, maxsus loyihalar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarga to‘g‘ri keladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
56. AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har bir birligining qiymati davr boshida aynan bir xil birliklarning o‘rtacha tortilgan qiymati va davr mobaynida xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan aynan bir xil birliklarning qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralar har bir birligi qiymatini AVECO usuli bo‘yicha aniqlash davr boshidagi tovar-moddiy zaxiralar qoldig‘ining tannarxi va miqdori hamda ushbu davr mobaynida kelib tushgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi va miqdoridan shakllanadigan, aynan bir xil birliklarning umumiy tannarxini ularning umumiy miqdoriga bo‘lish yo‘li bilan amalga oshiriladi. O‘rtacha qiymat tashkilot tomonidan tanlangan usulga qarab davriy yoki tovar-moddiy zaxiralarning har bir yangi partiyasi kelib tushishiga ko‘ra hisoblab chiqarilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
57. FIFO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketayotgan birliklari tannarxiga birinchi navbatda xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralarning qiymati kiradi, davr oxiridagi tovar-moddiy zaxiralar qiymati esa oxirgi bo‘lib xarid qilingan yoki ishlab chiqarilgan zaxiralar birliklarining umumiy qiymatidan tashkil topadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
58. Hisobot davri oxirida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlash ularning chiqib ketishida tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashning qabul qilingan usuliga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralarning chiqib ketishida ularning qiymatini aniqlashning qo‘llaniladigan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-§. Inventar va xo‘jalik jihozlarini hisobga olish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
59. Inventar va xo‘jalik jihozlarini foydalanishga topshirishda ularning qiymati vazifasiga qarab ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga to‘liq hisobdan chiqarilib, keyin tashkilot tomonidan oddiy shakl bo‘yicha (bir tomonlama tartibda), tannarxi bo‘yicha nomlar (nomenklatura raqamlari) yoki guruhlar (yiriklashtirilgan komplektlar) kesimida tezkor miqdoriy hisob yuritiladi, bunda foydalanishga kelib tushish sanasi (oy, yil), foydalanish joyi (bo‘linmalar bo‘yicha) va ulardan foydalanish muddati mobaynida moddiy javobgar shaxslar ko‘rsatiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
60. Agar inventar va xo‘jalik jihozlarining qiymati bir birlik (komplekt) uchun xarid qilish paytida O‘zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, unda tashkilot ularni foydalanishga berishda ushbu inventar va xo‘jalik jihozlarining qiymatini muddati kechiktirilgan xarajatlarga kiritishi mumkin. Bunda kechiktirilgan xarajatlarni kamaytirish, ya’ni ularni xarajatlarga hisobdan chiqarish quyidagi usullardan birini qo‘llash orqali amalga oshiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) teng me’yorda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymatni ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmiga mutanosib ravishda hisobdan chiqarish usulida kechiktirilgan xarajatlar summasini hisobdan chiqarish hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) hajmining natural ko‘rsatkichidan va inventar hamda xo‘jalik jihozlari tannarxining ko‘rsatilgan inventar va xo‘jalik jihozlarini foydali ishlatishning butun kutilayotgan muddatida mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarishning taxmin qilinayotgan hajmiga nisbatidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qiymatni teng me’yoriy usulda hisobdan chiqarish inventar va xo‘jalik jihozlarining tannarxidan hamda ushbu inventar va xo‘jalik jihozlarini foydali ishlatish muddatini hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan me’yorlardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
61. Inventar va xo‘jalik jihozlarining qiymatini xarajatlarga hisobdan chiqarish usullaridan birini qo‘llash inventar va xo‘jalik jihozlaridan foydali ishlatishning butun muddati mobaynida amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
62. Agar mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish muddatidan avval to‘xtatilgan va uni tiklash kutilmayotgan bo‘lsa, kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olinadigan inventar va xo‘jalik jihozlarining qoldiq qiymati (inventar va xo‘jalik jihozlari qiymatining hisobdan chiqarilmagan miqdori qoldig‘i) tashkilotning moliyaviy natijalariga boshqa operatsion xarajatlar sifatida hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
63. Tashkilotning inventar va xo‘jalik jihozlarini ta’mirlash hamda ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlari (masalan, maxsus asbobni charxlash, alohida uzel va detallarni almashtirish va hokazolar) inventar va xo‘jalik jihozlarining vazifasidan kelib chiqib ishlab chiqarish xarajatlari yoki davr xarajatlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
64. Foydalanishda bo‘lgan, biroq keyinchalik o‘z vazifasi bo‘yicha foydalanilmayotgan inventar va xo‘jalik jihozlari boshqa operatsion daromad sifatida realizatsiya qilishning sof qiymati bo‘yicha kirim qilinishi mumkin. Bunda, agar ushbu inventar va xo‘jalik jihozlari bo‘yicha kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarda summa qoldig‘i bo‘lsa, unda ular ham hisobot davrining xarajatlari sifatida moliyaviy natijalarga kiritilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
65. Inventar va xo‘jalik jihozlarining qiymatini ularni foydalanishga berish paytida to‘liq ishlab chiqarish xarajatlariga yoki davr xarajatlariga hisobdan chiqarishda, foydalanishdagi inventar va xo‘jalik jihozlarining keyinchalik saqlanishini ta’minlash maqsadida ularning hisobini sex omborchilari va alohida foydalanuvchilar bo‘yicha balansdan tashqari schyotlarda yuritish lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventar va xo‘jalik jihozlari qiymatining ularni foydalanishga berishda hisobdan chiqarish tartibi, shuningdek ularning qiymatini xarajatlarga kiritishning foydalanilayotgan usuli tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9-§. Idishlarni hisobga olish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
66. Vazifasiga ko‘ra idishlar quyidagilarga bo‘linadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovar-moddiy qiymatliklarni omborlarda saqlash yoki mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish texnologik jarayonini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan idish (saqlash uchun idish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar-moddiy zaxiralarni ishlab chiqarish jarayonida, omborlarda yoki savdo joylarida o‘rash uchun mo‘ljallangan idish (o‘rash uchun idish);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) tovar-moddiy zaxiralarning ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga qadar harakati jarayonida tashish va saqlash uchun mo‘ljallangan idish (tashish uchun idish).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
67. Etkazish sharoitlari va foydalanish soniga (marotabasiga) ko‘ra ko‘p marotaba va bir marta ishlatiladigan idishlarga ajratiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ko‘p marotaba ishlatiladigan idishlar mol yetkazib beruvchidan (ishlab chiqaruvchidan) iste’molchiga ko‘p marotaba aylanadi va tovar-moddiy zaxiralardan bo‘shatilgandan so‘ng yetkazib beruvchi tashkilotga qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bir marta ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga berilganda yoki tovar-moddiy zaxiralar chiqib ketganda tashkilot tomonidan xarajatlarga hisobdan chiqariladi va qaytarilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
68. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlarni o‘rash uchun mo‘ljallangan bir marta ishlatiladigan idishlar qiymati tannarx tarkibiga, savdo joylari va omborlarda tovarlarni o‘rash uchun ishlatiladigan idishlar esa sotish xarajatlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
69. Tovar-moddiy zaxiralar bilan yetkazib beriladigan ko‘p marotaba ishlatiladigan idishlarning bir qancha turlari uchun yetkazib beruvchi xaridordan garov summasini undirishi mumkin, ushbu summa xaridorga undan idishlar ishga yaroqli (buzilmagan) holatda olingandan so‘ng qaytariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tara uchun garov summalarini undirishga preyskurantlar, yetkazib berishning alohida sharoitlari yoki taraflar uchun majburiy boshqa qoidalar bilan nazarda tutilgan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xaridor tomonidan idishlar qayta ishlatish uchun yetkazib beruvchiga ishga yaroqli (buzilmagan) holatda qaytarilganda, unga (idishni topshiruvchiga) uning uchun to‘langan summalar qaytariladi. Bunda idishlarning xaridor tomonidan qaytarilishi va ushbu taralardagi tovar-moddiy zaxiralar sotib olingan yetkazib beruvchi tomonidan idishlarning olinishi daromad keltiruvchi operatsiya sifatida qaralmaydi. Qaytariladigan taralar boshqa yetkazib beruvchiga yoki idish tayyorlovchi tashkilotga sotilgan taqdirda, ushbu operatsiya buxgalteriya hisobida daromad keltiruvchi bitim sifatida tan olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
70. Idishlar tarkibida shuningdek idishlarni tayyorlash va ta’mirlash uchun maxsus mo‘ljallangan materiallar va detallar — tarabop materiallar (yashiklarni yig‘ish uchun detallar, bochka taxtasi, temir gardish, pardali va polietilenli tiqin, viskozadan to‘qilgan qalpoqchalar, zar qog‘oz va boshqalar) ham hisobga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuklanadigan mahsulotlarning (tovarlarning) saqlanishini ta’minlash maqsadida vagonlar, kemalar, avtotransport va boshqa transport vositalarini qo‘shimcha jihozlash uchun mo‘ljallangan buyumlar idishga kiritilmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
71. Ko‘p marotaba ishlatiladigan idishlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xarajatlar (masalan, ayrim detallari, qismlarini tozalash, almashtirish va h.k.) davr xarajatlariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
72. Tabiiy eskirishi, sinishi (shikastlanishi) yoki buzilishi natijasida yaroqsiz holga kelgan va tashkilot tomonidan ishlatilmaydigan idishlar tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan holda xarajatlarning tegishli moddalariga hisobdan chiqariladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10-§. O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish xususiyatlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
73. O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga olish obyektlari bo‘lib: nasl, ortgan vazn va o‘sish; yosh hayvonlarni katta yoshdagi guruhlarga va asosiy podaga o‘tkazish; asosiy podadan yaroqsizga chiqarilgan chorva mollarning boquvga qo‘yilishi hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
74. Asosiy podaning yaroqsizga chiqarilgan va boquvga qo‘yilgan chorva mollari yaroqsizga chiqarilgan mahsuldor hayvonlarning balans qiymati va yaroqsizga chiqarilgan katta yoshdagi ishchi hayvonlarning sotilishidan kutilayotgan summa bo‘yicha kirim qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Chetdan kelib tushgan hayvonlarning o‘stirishga va boquvga kirim qilinishi mazkur BHMSning 3-paragrafida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan baholash bo‘yicha amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
75. Boquvdagi hayvonlarning tirik vazni, o‘stirish va boqish natijasida oshadi, shuning uchun hayvonlar tirik vaznning o‘sishini hisobga olgan holda muntazam ravishda qo‘shimcha baholanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tirik vaznning o‘sishi hayvonlar biriktirilgan moddiy javobgar shaxslar bo‘yicha turlari va hisob-ishlab chiqarish guruhlari bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun mazkur guruh hayvonlarining hisobot davri oxirida belgilangan tirik vazniga mazkur yoshdagi guruhdan hisobot davri mobaynida chiqib ketgan hayvonlarning tirik vazni qo‘shiladi va mazkur guruhga tegishli hisobot davrida kelib tushgan hayvonlarning tirik vazni hamda hisobot davri boshida mavjud bo‘lgan hayvonlarning tirik vazni ayriladi. Olingan natija hisobot davri mobaynida o‘stirishda yoki boquvda va yaylovda bo‘lgan hayvonlarning yosh guruhi bo‘yicha tirik vaznining o‘sishini aks ettiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yil oxirida olingan nasl va tirik vaznning o‘sishi tannarxiga hisobot kalkulatsiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatish kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11-§. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o‘tkazish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
76. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatda mavjudligini aniqlash, ularning realizatsiya qilish sof qiymatini tasdiqlash va ularning but saqlanishini nazorat qilish maqsadida tashkilotlar tomonidan vaqti-vaqti bilan, lekin yilda kamida bir marotaba tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyadan o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
77. Tovar-moddiy zaxiralarni inventarizatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan (1999-yil 2-noyabrda 833-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (19-son BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” da belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
78. Inventarizatsiyada aniqlangan ortiqcha tovar-moddiy zaxiralarning qiymatini kirim qilish boshqa operatsion daromadlar sifatida aks ettiriladi. Kamomadi inventarizatsiya vaqtida aniqlangan yetishmaydigan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati aybdor shaxslar aniqlanishiga qadar kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlarni hisobga oluvchi schyotda aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tabiiy yo‘qolish me’yorlari chegarasida, shuningdek kamomadning aniq aybdorlari aniqlanmagan yoki moddiy javobgar shaxslardan undirish imkoniyati bo‘lmagan hollarda, uni moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga hisobdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan hisobot davridagi moliya-xo‘jalik faoliyati natijalariga kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Aniq aybdor shaxslar aniqlangan holda inventarizatsiya natijasida aniqlangan tovar-moddiy zaxiralar kamomadi summasi moddiy javobgar shaxs yoki aybdordan undiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12-§. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish tizimlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
79. Mahsulot ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish jarayonining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chiqib tovar-moddiy zaxiralar hisobi quyidagi: uzluksiz (doimiy) yoki davriy hisobga olish tizimlaridan biri bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
80. Tovar-moddiy zaxiralarning uzluksiz hisobga olish tizimidan foydalanilganda tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish schyotlarida ularning kelib tushishi va chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalar batafsil aks ettirib boriladi. Tovar-moddiy zaxiralarni uzluksiz hisobga olish tizimida butun hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaxiralarning qoldig‘i summalari va sotilgan (chiqib ketgan) zaxiralarning tannarxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar olinishi mumkin. Sotilgan tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi, sotishning borishiga qarab sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olish schyotlarida aks ettiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
81. Davriy hisobga olish tizimi qo‘llanilganida hisobot davri mobaynida tovar-moddiy zaxiralarni hisobga oluvchi schyotlarda ularning kelib tushishi va chiqib ketishining batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zaxiralarning haqiqatdagi mavjudligi ularni inventarizatsiyasi natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni inventarizatsiyasi yakunlanishiga qadar aniqlanishi mumkin emas. Sotilgan (chiqib ketgan) tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi davr boshidagi qoldiq summasi va davr mobaynida tushumlarni qo‘shish hamda davr oxiridagi qoldiq summasini ayirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning qo‘llaniladigan tizimi tashkilotning hisob siyosatida aks ettirilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13-§. Axborotlarni yoritib berish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
82. Moliyaviy hisobotda quyidagilar yoritib berilishi lozim:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) tovar-moddiy zaxiralar qiymatini aniqlashda qabul qilingan hisob siyosati, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini baholashning qo‘llanadigan usullari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) tovar-moddiy zaxiralarning yakuniy balans summasi va balans summasi tashkilotga muvofiq keladigan tasnifda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) sabablarini bayon etgan holda, tovar-moddiy zaxiralarni realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar jiddiy hisobdan chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) har qanday qisman hisobdan chiqarilgan summani tiklash summasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) xo‘jalik faoliyatining hisobdan chiqarilgan tovar-moddiy zaxiralarni tiklashga olib kelgan holatlari yoki voqealari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
e) majburiyatlar uchun kafolat sifatida garovga qo‘yilgan tovar-moddiy zaxiralarning balans qiymati;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
j) hisobot davrida chiqib ketadigan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 282-modda)