Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni, 24.09.2012 yildagi O‘RQ-336-son
Дата вступления в силу
25.09.2012
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
|
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni XUSUSIY MULKNI HIMOYA QILISH VA MULKDORLAR HUQUQLARINING KAFOLATLARI TOʻGʻRISIDA Qonunchilik palatasi tomonidan 2012-yil 19-iyulda qabul qilingan Senat tomonidan 2012-yil 30-avgustda maʼqullangan 1-bob. Umumiy qoidalar 1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi Ushbu Qonunning maqsadi xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. 2-modda. Xususiy mulk huquqi Xususiy mulk huquqi shaxsning qonunchilikka muvofiq qoʻlga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidir. (2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmaydi. Xususiy mulk daxlsiz va davlat himoyasidadir. Davlat xususiy mulkning but saqlanishini taʼminlash va uning koʻpaytirilishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratadi. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina oʻz mol-mulkidan mahrum etilishi mumkin. 3-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi. (3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirish Mulkdor oʻziga qarashli mol-mulkka oʻz xohishiga koʻra hamda oʻz manfaatlarini koʻzlab egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdor oʻz mol-mulkiga nisbatan qonunga zid boʻlmagan har qanday harakatlarni bajarishga haqli. U oʻz mol-mulkidan xoʻjalik faoliyatini va qonunda taqiqlanmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanishi, uni boshqa shaxslarga egalik qilish va (yoki) foydalanish uchun tekinga yoxud haq evaziga berishi mumkin. Mol-mulkdan foydalanish fuqarolarning, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmasligi, atrof-muhitga zarar yetkazmasligi kerak. Barcha mulkdorlarga oʻz huquqlarini amalga oshirishda teng sharoitlar taʼminlanadi. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan mutlaq huquqlarning egalari va tijorat sirining egalari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan belgilangan huquqlar va kafolatlardan foydalanadi. (4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 5-modda. Xususiy mulk huquqining muddatsizligi Xususiy mulk huquqi muddatsizdir. Mulkdorga mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish muddati belgilanishiga yoʻl qoʻyilmaydi. 6-modda. Buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishi Davlat buzilgan xususiy mulk huquqining tiklanishini va uning sud orqali himoya qilinishini kafolatlaydi. Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni uni yetkazgan shaxs tomonidan qonunchilikka muvofiq toʻla hajmda qoplanishi kerak. (6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 7-modda. Mulkdor huquqlarining ustuvorligi Mulkdorning davlat organlari bilan oʻzaro munosabatlarida mulkdor huquqlarining ustuvorligi prinsipi amal qiladi, unga muvofiq qonunchilikdagi xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib boʻlmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar mulkdorning foydasiga talqin etiladi. (7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 2-bob. Xususiy mulkni himoya qilish 8-modda. Xususiy mulk huquqini himoya qilish usullari Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshiriladi: xususiy mulk huquqini tan olish; xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tugʻdiradigan harakatlarning oldini olish; bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qoʻllash; davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish; xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi; burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish; zararning oʻrnini qoplash; neustoyka undirish; maʼnaviy ziyonni qoplash; xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash; (8-moddaning birinchi qismi oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunga zid boʻlgan hujjatining sud tomonidan qoʻllanilmasligi; mol-mulkning ayrim turlariga boʻlgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, oʻzgarganligini va bekor qilinganligini davlat roʻyxatidan oʻtkazish. Xususiy mulk huquqini himoya qilish qonunga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin. 9-modda. Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish Davlat organining va boshqa organning yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonunchilikka muvofiq boʻlmagan va xususiy mulk huquqini buzadigan hujjati sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. (9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 10-modda. Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishiga yoʻl qoʻyiladi. Xususiy mulk huquqini mulkdorning oʻzi himoya qilishi usullari huquq buzilishiga mutanosib boʻlishi va huquq buzilishining oldini olish uchun zarur harakatlar doirasidan chiqib ketmasligi kerak. 11-modda. Mulkdorlar huquqlarini himoya qilishda teng huquqlilik Mulkdorlarga xususiy mulk huquqini himoya qilish uchun davlat tomonidan teng sharoitlar taʼminlanadi. 12-modda. Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmasligi Xususiy mulk huquqini amalga oshirishga davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi. 13-modda. Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmasligi Xususiy mulkka tajovuz qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonunga xilof ravishda xususiy mulk huquqini cheklashga va (yoki) undan mahrum qilishga bevosita yoki bilvosita qaratilgan harakatlarga yoʻl qoʻyilmaydi. Nomaqbulligi oldindan maʼlum boʻlgan shartlarni mulkdorga majburan qabul qildirish, shu jumladan undan mol-mulkni, moliyaviy mablagʻlarni yoki boshqa mulkiy huquqlarni topshirishni asossiz ravishda talab qilish taqiqlanadi. Mulkdorning xoʻjalik faoliyatiga pirovard natijada uning mol-mulki tortib olinishiga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin boʻlgan yoxud mulkdorni oʻz mulkiga boʻlgan huquqidan voz kechishga majbur qiladigan qonunga xilof ravishdagi aralashuv taqiqlanadi. Xususiy mulkka tajovuz qilish qonunga binoan taʼqib qilinadi. 14-modda. Davlat organlari va boshqa organlar yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining yoki ular mansabdor shaxslarining gʻayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qonunchilikka muvofiq boʻlmagan hujjat chiqarilishi natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni davlat va boshqa organ yoki fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan qoplanishi kerak. Davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining aybi bilan yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash sud qarori bilan shu mansabdor shaxslar zimmasiga yuklanishi mumkin. (14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 15-modda. Davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish Mulkdor davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq qonunga xilof qarorlari, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) ustidan, oʻz xohishiga koʻra, boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga yoxud sudga shikoyat qilish huquqiga ega. Boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoki mansabdor shaxsga shikoyat berish bunday shikoyatni sudga berish huquqini istisno etmaydi. Mulkdor xususiy mulk huquqining amalga oshirilishi bilan bogʻliq oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlarining va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat etganida davlat boji toʻlashdan ozod qilinadi. 3-bob. Mulkdorlar huquqlarining kafolatlari 16-modda. Undiruvni mol-mulkka qaratish yoʻli bilan mol-mulk olib qoʻyilayotganda mulkdor huquqlarining kafolatlari Mulkdorning majburiyatlari boʻyicha undiruv mol-mulkka qaratilgan taqdirda, uning olib qoʻyilishiga faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. 17-modda. Mulkdorning mol-mulki natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinayotganda uning huquqlari kafolatlari Xususiy mulk boʻlgan mol-mulk natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Xususiy mulk boʻlgan mol-mulkni, shu jumladan yer uchastkasini natsionalizatsiya va rekvizitsiya qilingan hollarda olib qoʻyish, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mulkdorga uning bozor qiymati, shuningdek bunday olib qoʻyish munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni toʻla qoplanishi sharti bilangina amalga oshiriladi. Mulkdor xususiy mulk boʻlgan mol-mulkini natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish toʻgʻrisidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli. 18-modda. Qonunga muvofiq oʻziga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulkka boʻlgan mulk huquqi bekor qilinganda mulkdor huquqlarining kafolatlari Agar qonunga asosan shaxsga tegishli boʻlolmaydigan mol-mulk uning mulki boʻlib qolsa, ushbu mol-mulkka nisbatan mulk huquqi sud tartibida bekor qilinib, olib qoʻyilgan mol-mulkning qiymati shaxsga toʻlanadi. 19-modda. Mulk huquqi mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan holda bekor qilinganda uning huquqlari kafolatlari Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan mulkdorga qarashli uy, boshqa imoratlar, inshootlar yoki dov-daraxtlar joylashgan yer uchastkasini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishiga faqat qonunda belgilangan hollarda va tartibda yoʻl qoʻyiladi. Bunda yetkazilgan zararning oʻrni egalik qiluvchiga toʻliq qoplanishi kerak. (19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 6-iyundagi OʻRQ-775-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son) Davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinadi. Tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimligi va yer uchastkasining hamda olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektlarining huquq egasi oʻrtasida tuziladigan, yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan beriladigan kompensatsiyaning miqdori, turi va uni berish muddati nazarda tutiladigan kelishuv majburiy ravishda notarial tartibda tasdiqlanishi lozim. (19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) Koʻchmas mulk obyektini buzib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obyektining mulkdoriga kelishuvda, nizo mavjud boʻlgan taqdirda esa sud qarorida belgilangan jismoniy va yuridik shaxslarning zararlari, shu jumladan boy berilgan foydasi va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari qoplanganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Yer uchastkasini olib qoʻyish va uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlash toʻgʻrisidagi qaror aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek turar joy dahalari hamda kichik dahalarini batafsil rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq qabul qilinadi. Olib qoʻyilayotgan yer uchastkasidagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni buzib tashlash yoki dov-daraxtlarni qoʻporib tashlashga zararning oʻrni bozor qiymati boʻyicha oldindan va toʻla qoplanmagunga qadar yoʻl qoʻyilmaydi. Davlat organlari uyning, boshqa imoratlarning, inshootlarning yoki dov-daraxtlarning mulkdorini qabul qilingan qaror toʻgʻrisida buzib tashlash boshlanishidan kamida olti oy oldin, bildirishnomaga tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari qarorining koʻchirma nusxasini ilova qilgan holda yozma ravishda (imzo qoʻydirib) xabardor qilishi shart. Olib qoʻyilayotgan yer uchastkalaridagi uyni, boshqa imoratlarni, inshootlarni yoki dov-daraxtlarni baholash baholovchi tashkilotlar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bunda xususiy mulk huquqi bekor qilinayotganda olib qoʻyilayotgan mol-mulkning qiymati ana shu mol-mulk bevosita olib qoʻyilishidan oldingi paytdagi yoki olib qoʻyilishi haqidagi xabar mol-mulkning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan paytdagi holatga koʻra baholovchi tashkilot tomonidan belgilanadi. Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga buzib tashlanayotgan mol-mulkning oʻrnini qoplash, buzib tashlanayotgan uyning mulkdoriga turar joy berish, fuqaroga olib qoʻyilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqning bozor qiymatini berish, yer uchastkasi va boshqa mol-mulk olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi va shartlari qonunchilikda belgilanadi. (19-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) Mulkdor xususiy mulk huquqining bekor qilinishiga olib keladigan qarorga rozi boʻlmagan taqdirda, bu qaror sud tomonidan nizo hal etilguniga qadar amalga oshirilishi mumkin emas. Mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash masalalari ham nizoni koʻrib chiqishda hal etiladi. (19-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi OʻRQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son) 20-modda. Mol-mulkni boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olish Mulkdor oʻz mol-mulkini boshqa shaxsning qonunga xilof egaligidan talab qilib olishga haqli. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart. 21-modda. Mulkdorning huquqlarini egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan huquqbuzarliklardan himoya qilish Mulkdor oʻz huquqlarining har qanday buzilishi, garchi bu buzilishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa ham, bartaraf etilishini talab qilishi mumkin. Mazkur huquqni amalga oshirishda davlat organlari mulkdorga koʻmaklashishi shart. 22-modda. Xususiy mulk huquqining qonunga muvofiq bekor boʻlishi oqibatlari Xususiy mulk huquqini bekor qiladigan qonun qabul qilingan taqdirda, ushbu qonunni qabul qilish natijasida mulkdorga yetkazilgan zararning oʻrni, shu jumladan mol-mulkning bozor qiymati davlat tomonidan toʻla hajmda qoplanadi. Zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi nizolar sud tomonidan hal etiladi. 23-modda. Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati qabul qilingandagi kafolatlar Xususiy mulk munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik hujjati mulkdorning huquqiy holatini yomonlashtirgan yoki mulkdorga qoʻshimcha majburiyatlar yuklagan taqdirda, orqaga qaytish kuchiga ega emas. (23-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 24-modda. Mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligi Davlat mulkini davlat tasarrufidan chiqarish hamda xususiylashtirish jarayonida vujudga kelgan xususiy mulk daxlsizdir. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta koʻrib chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi. Quyidagi koʻchar va koʻchmas mol-mulk davlat tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilgan korxonalarning mol-mulki deb eʼtirof etiladi (qonunga muvofiq davlat tasarrufidan chiqarilmaydigan va xususiylashtirilmaydigan obyektlar bundan mustasno): davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirilgan korxonalarda davlat mol-mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish paytida aniqlanmagan koʻchar va koʻchmas mol-mulk; korxona hududida joylashgan, davlat tasarrufidan chiqarishni va xususiylashtirishni amalga oshirish paytida tasarruf etish huquqisiz foydalanishga berilgan koʻchar va koʻchmas mol-mulk. Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarini, shu jumladan obyektlarning qiymatini baholash natijalarini qayta koʻrib chiqish, haqiqiy emas deb topish va bekor qilish masalalari yuzasidan davlat organlari, shu jumladan nazorat, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sudlar tomonidan tashabbus bilan chiqish taqiqlanadi. (24-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-dekabrdagi OʻRQ-656-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son) 25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida chet el fuqarolarining va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning mulk huquqi kafolatlari Chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari bilan teng ravishda mulk huquqidan foydalanadi. 4-bob. Yakunlovchi qoidalar 26-modda. Nizolarni hal etish Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari sohasida yuzaga kelgan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi. (26-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 27-modda. Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi. (27-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 28-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish (28-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin; davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin. 29-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV Toshkent sh., 2012-yil 24-sentabr, OʻRQ–336-son (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 39-son, 446-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda; 24.12.2020-y., 03/20/656/1661-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 07.06.2022-y., 03/22/775/0477-son, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son) |
Закон Республики Узбекистан О ЗАЩИТЕ ЧАСТНОЙ СОБСТВЕННОСТИ И ГАРАНТИЯХ ПРАВ СОБСТВЕННИКОВ Принят Законодательной палатой 19 июля 2012 года Одобрен Сенатом 30 августа 2012 года Глава 1. Общие положения Статья 1. Цель настоящего Закона Целью настоящего Закона является регулирование отношений в области защиты частной собственности и гарантий прав собственников. Статья 2. Право частной собственности Право частной собственности есть право лица на владение, пользование и распоряжение имуществом, приобретенным им в соответствии с законодательством. Количество и стоимость имущества, находящегося в частной собственности, не ограничивается. Частная собственность неприкосновенна и защищается государством. Государство создает все необходимые условия для обеспечения сохранности частной собственности и ее приумножения. Собственник может быть лишен своего имущества только в случаях и порядке, предусмотренных законом. Статья 3. Законодательство о защите частной собственности и гарантиях прав собственников Законодательство о защите частной собственности и гарантиях прав собственников состоит из настоящего Закона и иных актов законодательства. Если международным договором Республики Узбекистан установлены иные правила, чем те, которые предусмотрены законодательством Республики Узбекистан о защите частной собственности и гарантиях прав собственников, то применяются правила международного договора. Статья 4. Осуществление права частной собственности Собственник по своему усмотрению и в своих интересах владеет, пользуется и распоряжается принадлежащим ему имуществом. Собственник вправе совершать в отношении своего имущества любые действия, не противоречащие закону. Он может использовать свое имущество для осуществления хозяйственной и иной не запрещенной законом деятельности, передавать его безвозмездно либо за плату во владение и (или) пользование другим лицам. Использование имущества не должно нарушать права и охраняемые законом интересы граждан, юридических лиц и государства, причинять ущерб окружающей среде. Всем собственникам обеспечиваются равные условия осуществления своих прав. Владельцы исключительных прав на объекты интеллектуальной собственности и обладатели коммерческой тайны пользуются правами и гарантиями, установленными настоящим Законом и другими законодательными актами. Статья 5. Бессрочность права частной собственности Право частной собственности бессрочно. Установление собственнику срока владения, пользования и распоряжения имуществом не допускается. Статья 6. Восстановление нарушенного права частной собственности Государство гарантирует восстановление нарушенного права частной собственности и его судебную защиту. Ущерб, причиненный собственнику, подлежит возмещению в полном объеме причинившим его лицом в соответствии с законодательством. Статья 7. Приоритет прав собственника Во взаимоотношениях собственника с государственными органами действует принцип приоритета прав собственника, в соответствии с которым все неустранимые противоречия и неясности законодательства, возникающие в связи с осуществлением права частной собственности, толкуются в пользу собственника. Глава 2. Защита частной собственности Статья 8. Способы защиты права частной собственности Защита права частной собственности осуществляется путем: признания права частной собственности; восстановления положения, существовавшего до нарушения права частной собственности, и пресечения действий, нарушающих право частной собственности или создающих угрозу его нарушения; признания сделки недействительной и применения последствий ее недействительности; признания недействительным акта государственного и иного органа или органа самоуправления граждан; самозащиты права частной собственности; присуждения к исполнению обязанности в натуре; возмещения убытков; взыскания неустойки; компенсации морального вреда; обеспечения стабильности законодательства в регулировании отношений права частной собственности; неприменения судом акта государственного и иного органа или органа самоуправления граждан, противоречащего закону; государственной регистрации возникновения, изменения и прекращения права частной собственности на отдельные виды имущества. Защита права частной собственности может осуществляться и иными способами в соответствии с законом. Статья 9. Признание недействительным акта государственного и иного органа или органа самоуправления граждан Акт государственного и иного органа или органа самоуправления граждан, не соответствующий законодательству и нарушающий право частной собственности, может быть признан судом недействительным. Статья 10. Самозащита права частной собственности Допускается самозащита права частной собственности. Способы самозащиты права частной собственности должны быть соразмерны нарушению и не выходить за пределы действий, необходимых для его пресечения. Статья 11. Равноправие в защите прав собственников Государством обеспечиваются собственникам равные условия для защиты права частной собственности. Статья 12. Недопустимость незаконного вмешательства государственных и иных органов, органов самоуправления граждан и их должностных лиц в осуществление права частной собственности Не допускается незаконное вмешательство государственных и иных органов, органов самоуправления граждан и их должностных лиц в осуществление права частной собственности. Статья 13. Недопустимость посягательства на частную собственность Посягательство на частную собственность не допускается. Действия, прямо или косвенно направленные на незаконное ограничение и (или) лишение права частной собственности, не допускаются. Навязывание собственнику заведомо неприемлемых условий, включая необоснованное требование передачи имущества, финансовых средств или иных имущественных прав, запрещается. Запрещается незаконное вмешательство в хозяйственную деятельность собственника, которое имеет или может иметь своим результатом захват его собственности либо вынуждает его на отказ от права на собственное имущество. Посягательство на частную собственность преследуется по закону. Статья 14. Возмещение убытков, причиненных государственными и иными органами или органами самоуправления граждан Убытки, причиненные собственнику в результате незаконных действий (бездействия) государственных и иных органов, органов самоуправления граждан или их должностных лиц, в том числе издания несоответствующего законодательству акта государственного и иного органа или органа самоуправления граждан, подлежат возмещению государством и иным органом или органом самоуправления граждан. Решением суда возмещение убытков может быть возложено на должностных лиц государственных и иных органов, органов самоуправления граждан, по вине которых причинены убытки. Статья 15. Обжалование решений государственных и иных органов, органов самоуправления граждан, действий (бездействия) их должностных лиц Собственник имеет право обжаловать незаконные решения государственных и иных органов, органов самоуправления граждан, действия (бездействие) их должностных лиц, связанные с осуществлением права частной собственности, по своему усмотрению в вышестоящий в порядке подчиненности орган или должностному лицу либо в суд. Подача жалобы в вышестоящий в порядке подчиненности орган или должностному лицу не исключает права на подачу аналогичной жалобы в суд. Собственник освобождается от уплаты государственной пошлины при обращении в суд на решения государственных и иных органов, органов самоуправления граждан, действия (бездействие) их должностных лиц о нарушении его прав и законных интересов, связанных с осуществлением права частной собственности. Глава 3. Гарантии прав собственников Статья 16. Гарантии прав собственника при изъятии имущества путем обращения взыскания на него При обращении взыскания на имущество по обязательствам собственника его изъятие допускается только в случаях и порядке, предусмотренных законом. Статья 17. Гарантии прав собственника при национализации, конфискации и реквизиции его имущества Имущество, находящееся в частной собственности, не подлежит национализации, конфискации и реквизиции, за исключением случаев, предусмотренных законом. Изъятие имущества, в том числе земельного участка, находящегося в частной собственности, в случаях национализации и реквизиции осуществляется только при условии полного возмещения собственнику его рыночной стоимости, а также убытков, причиненных собственнику в связи с таким изъятием, если иное не предусмотрено законом. Собственник вправе обжаловать в судебном порядке решение о национализации, конфискации и реквизиции имущества, находящегося в частной собственности. Статья 18. Гарантии прав собственника при прекращении права собственности на имущество, которое в соответствии с законом не может принадлежать ему Если в собственности лица оказалось имущество, которое в соответствии с законом не может ему принадлежать, право собственности на это имущество прекращается в судебном порядке с возмещением лицу стоимости изъятого имущества. Статья 19. Гарантии прав собственника при прекращении права собственности, не направленного непосредственно на изъятие его имущества Прекращение права собственности в связи с решением государственного органа, не направленное непосредственно на изъятие имущества у собственника, в том числе решением об изъятии для общественных нужд земельного участка, на котором находятся принадлежащие собственнику дом, иные строения, сооружения или насаждения, допускается лишь в случаях и порядке, установленных законом. При этом ущерб должен возмещаться владельцу полностью. (часть первая статьи 19 в редакции Закона Республики Узбекистан от 6 июня 2022 года № ЗРУ-775 — Национальная база данных законодательства, 07.06.2022 г., № 03/22/775/0477) Прекращение права собственности в связи с решением государственного органа, не направленное непосредственно на изъятие имущества у собственника, в том числе решением об изъятии земельного участка, производится с согласия собственника в порядке, установленном законом. Решение Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан, Кенгашей народных депутатов областей и города Ташкента о сносе объектов недвижимого имущества, расположенных на изымаемом земельном участке, принимается только при наличии положительного заключения органов юстиции. Соглашение, заключаемое между соответственно Советом Министров Республики Каракалпакстан, хокимиятом соответствующей области, города Ташкента или района (города) и правообладателем земельного участка и объектов недвижимого имущества, расположенного на изымаемом земельном участке, в котором предусматриваются размер, вид и срок предоставления компенсации в связи с изъятием земельного участка, в обязательном порядке подлежит нотариальному удостоверению. (часть третья статьи 19 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 июня 2022 года № ЗРУ-782 — Национальная база данных законодательства, 30.06.2022 г., № 03/22/782/0576 — Вступает в силу с 1 октября 2022 года) Принятие решения о сносе объекта недвижимого имущества допускается после полного предоставления собственнику объекта недвижимого имущества, расположенного на изымаемом земельном участке, убытков, в том числе упущенной выгоды и других расходов физических и юридических лиц, предусмотренных законодательством, установленной в соглашении, а при наличии спора — в решении суда. Решение об изъятии земельного участка и сносе дома, иных строений, сооружений или насаждений принимается в соответствии с генеральными планами, а также проектами детальной планировки и застройки жилых районов и микрорайонов населенных пунктов. Снос дома, иных строений, сооружений или насаждений на изымаемом земельном участке до предварительного и полного возмещения убытков по рыночной стоимости не допускается. Государственные органы обязаны уведомить собственника дома, иных строений, сооружений или насаждений о принятом решении письменно (под роспись) не позднее чем за шесть месяцев до начала сноса с приложением к уведомлению копии соответственно решения Жокаргы Кенеса Республики Каракалпакстан, Кенгашей народных депутатов областей и города Ташкента или Кабинета Министров Республики Узбекистан, Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокима области и города Ташкента. Оценка дома, иных строений, сооружений или насаждений, находящихся на изымаемых земельных участках, производится оценочными организациями в установленном порядке. При этом стоимость изымаемого имущества при прекращении права частной собственности определяется оценочной организацией на момент, непосредственно предшествовавший изъятию этого имущества, или когда известие о предстоящем изъятии повлияло на стоимость имущества. Порядок и условия возмещения собственнику за сносимое имущество в связи с изъятием земельного участка, предоставления жилого помещения собственнику сносимого дома, предоставления гражданину рыночной стоимости права на изъятый земельный участок, возмещения собственнику причиненных убытков в связи с изъятием земельного участка и другого имущества определяются законодательными актами. (часть девятая статьи 19 в редакции Закона Республики Узбекистан от 29 июня 2022 года № ЗРУ-782 — Национальная база данных законодательства, 30.06.2022 г., № 03/22/782/0576 — Вступает в силу с 1 октября 2022 года) При несогласии собственника с решением, влекущим прекращение права частной собственности, оно не может быть осуществлено до разрешения спора судом. При рассмотрении спора решаются также вопросы возмещения собственнику причиненных убытков. (статья 19 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 декабря 2020 года № ЗРУ-656 — Национальная база данных законодательства, 24.12.2020 г., № 03/20/656/1661) Статья 20. Истребование имущества из чужого незаконного владения Собственник вправе истребовать свое имущество из чужого незаконного владения. Государственные органы обязаны содействовать собственнику в реализации данного права. Статья 21. Защита прав собственника от нарушений, не связанных с лишением владения Собственник может требовать устранения всяких нарушений его прав, хотя эти нарушения и не были связаны с лишением владения. Государственные органы обязаны содействовать собственнику в реализации данного права. Статья 22. Последствия прекращения права частной собственности в силу закона В случае принятия закона, прекращающего право частной собственности, убытки, причиненные собственнику в результате принятия этого закона, в том числе рыночная стоимость имущества, возмещаются государством в полном объеме. Споры о возмещении убытков разрешаются судом. Статья 23. Гарантии при принятии акта законодательства, регулирующего отношения частной собственности Не имеет обратной силы акт законодательства, регулирующий отношения частной собственности, в случае ухудшения им правового положения собственника или возлагающего дополнительные обременения. Статья 24. Недопустимость пересмотра и отмены результатов разгосударствления и приватизации имущества Частная собственность, возникшая в процессе разгосударствления и приватизации государственного имущества, неприкосновенна. Результаты разгосударствления и приватизации пересмотру и отмене не подлежат. Собственностью разгосударствленных и приватизированных предприятий признается движимое и недвижимое имущество (за исключением объектов, не подлежащих разгосударствлению и приватизации в соответствии с законом): не выявленное при осуществлении разгосударствления и приватизации государственного имущества в приватизированных предприятиях; расположенное на территории предприятия, переданное при осуществлении разгосударствления и приватизации в пользование без права распоряжения. Запрещается инициирование вопросов по пересмотру, признанию недействительными и отмене результатов разгосударствления и приватизации, включая результаты оценки стоимости объектов государственными, в том числе контролирующими, правоохранительными органами и судами. (статья 24 в редакции Закона Республики Узбекистан от 23 декабря 2020 года № ЗРУ-656 — Национальная база данных законодательства, 24.12.2020 г., № 03/20/656/1661) Статья 25. Гарантии права собственности иностранных граждан и лиц без гражданства на территории Республики Узбекистан Иностранные граждане и лица без гражданства пользуются на территории Республики Узбекистан правом собственности наравне с гражданами Республики Узбекистан, если иное не предусмотрено законами или международными договорами Республики Узбекистан. Глава 4. Заключительные положения Статья 26. Разрешение споров Споры, возникшие в области защиты частной собственности и гарантий прав собственников, разрешаются в порядке, установленном законодательством. Статья 27. Ответственность за нарушение законодательства о защите частной собственности и гарантиях прав собственников Лица, виновные в нарушении законодательства о защите частной собственности и гарантиях прав собственников, несут ответственность в установленном порядке. Статья 28. Приведение законодательства в соответствие с настоящим Законом Кабинету Министров Республики Узбекистан: привести решения правительства в соответствие с настоящим Законом; обеспечить пересмотр и отмену органами государственного управления их нормативно-правовых актов, противоречащих настоящему Закону. Статья 29. Вступление в силу настоящего Закона Настоящий Закон вступает в силу со дня его официального опубликования. Президент Республики Узбекистан И. КАРИМОВ г. Ташкент, 24 сентября 2012 г., № ЗРУ-336 (Собрание законодательства Республики Узбекистан, 2012 г., № 39, ст. 446; 2015 г., № 33, ст. 439; 2017 г., № 24, ст. 487; Национальная база данных законодательства, 24.12.2020 г., № 03/20/656/1661; 07.06.2022 г., № 03/22/775/0477, 30.06.2022 г., № 03/22/782/0576) |