21.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 402-7
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 21.09.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 402-7
Дата вступления в силу
01.10.2012
Hujjat 01.10.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
MEHNAT DAFTARChALARINI YURITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR VA QOʻShIMChA KIRITISh HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-sentabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 402-7]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 1-songa ilova), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF–4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 30-son, 346-modda) va Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-fevraldagi 10-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 30-dekabrdagi PQ–1251-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 5-son, 39-modda) muvofiq buyuraman:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirligi tomonidan 1998-yil 7-yanvarda 8/04-01, 32/01-son bilan tasdiqlangan Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyxat raqami 402, 1998-yil 29-yanvar) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazir A. XAITOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 21-avgust,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
47-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2012-yil 21-avgustdagi 47-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. 2.5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2.5. Ish beruvchi xodimning talabiga binoan mehnat daftarchasidan koʻchirma yoki nusxani tasdiqlangan holda beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Xodimning yozma ravishdagi iltimosnomasiga koʻra, qaytarib berish sharti bilan mehnat daftarchasi uning egasiga 5 kundan ortiq boʻlmagan muddatga beriladi. Bunda mehnat daftarchasiga oxirgi ish joyi va lavozimi haqida kiritilgan maʼlumotlarning tasdigʻi sifatida tashkilot tomonidan maʼlumotnoma berilishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bu davrda mazkur Yoʻriqnomada belgilangandan oʻzgacha tartibda mehnat daftarchasiga qoʻshimcha yozuvlar kiritish, uni oʻzgartirish, garovga berish yoki yoʻq qilish qatʼiyan man etiladi va barcha javobgarlik xodimning zimmasiga yuklatiladi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. 2.14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“2.14. Mehnat daftarchasi bor boʻlgan talabalarga, oʻquvchilarga, katta ilmiy xodim-izlanuvchilarga va tibbiyot ordinatorlariga oʻquv yurtlari (ilmiy muassasalar) tomonidan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining kunduzgi boʻlimlarida oʻqigan vaqtlari toʻgʻrisida yozuv kiritiladi. Bunday yozuvlarga asos boʻlib talabalar, oʻquvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlar safiga qabul qilinganligi yoki safidan chiqarish toʻgʻrisidagi oʻquv yurtlari (ilmiy muassasalar)ning chiqargan buyruqlari hisoblanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqorida koʻrsatilgan oʻquvchi, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining talabalar otryadlarida, ishlab chiqarishda va xoʻjalik shartnomalari boʻyicha ilmiy tadqiqot mavzularda qatnashgan davrlari, ixtisosi, malakasi, mansabi (lavozimi) va ish muddati koʻrsatilgan holda tegishli maʼlumotnomalar bilan tasdiqlanadi. Ushbu maʼlumotnomalar asosida oʻquv yurtlari (ilmiy muassasalar) talabalar, oʻquvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va klinik ordinatorlarining mehnat daftarchalariga ishi toʻgʻrisidagi olingan maʼlumotlarni kiritilishini taʼminlaydi va ularni qatʼiy hisobot hujjatlari tarzida saqlaydi.”.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. 2.15-band “aspirant” degan soʻzdan keyin “(stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi), doktorant (katta ilmiy xodim-izlanuvchi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. 3.5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi T. NARBAYEVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 16-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 445-modda)