17.09.2012 yildagi 273-son
ONLINE TRANSLATE
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Umumiy foydalaniladigan transportda yoʻlovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida”, “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-dekabrdagi PQ-4938-sonli qaroriga asosan 2021-yil 1-yanvardan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-iyundagi 434-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.I.Zakirov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 17-sentabr,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
273-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga
1-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N I Z O M
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizom avtomobil va elektr transportida (elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda muntazam va soatlar boʻyicha yoʻlovchilar tashishni amalga oshiradigan tashuvchilarga tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy foydalaniladigan transport — yoʻlovchilar va yuk tashish uchun moʻljallangan jamoat yer usti va yer osti transporti (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilar, metropoliten);
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtobus — yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan va haydovchi oʻrnidan tashqari, 8 tadan koʻp oʻrindiqqa ega boʻlgan avtotransport vositasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 29-sentabrdagi 330-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
elektrobus — elektr privodga ega boʻlgan, belgilangan yoʻnalish boʻylab yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan umumiy foydalaniladigan relssiz harakatlanuvchi mexanik transport vositasi (elektr avtobus);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tramvay — elektr privodga ega boʻlgan, temir yoʻl polotnosi boʻyicha harakatlanadigan va muntazam shahar yoʻnalishlarida yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan vagon (yoki bir-biri bilan ulangan bir nechta vagonlar);
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
trolleybus — elektr privodga ega boʻlgan, koʻchalar boʻylab harakatlanadigan va muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish uchun foydalaniladigan vagon;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishli taksi — yoʻlovchilar talabiga koʻra toʻxtagan holda muntazam yoʻnalishlarda yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositasi (avtobus yoki yengil avtomobil);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻnalishsiz taksi — taksometr (hisoblagich) koʻrsatkichi boʻyicha toʻlov toʻlanadigan, yoʻlovchilar buyurtmanomalari boʻyicha tashish xizmatlari koʻrsatadigan avtotransport vositasi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metropoliten — elektropoyezdlarda yoʻlovchilar tashish uchun moʻljallangan yer osti va yer usti inshootlari tizimi;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tushum — avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksi, metropolitenda yoʻlovchilar tashishdan olingan daromad;
(3-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
cheklangan tarif — yoʻlovchilar va bagaj tashish uchun belgilangan toʻlovning cheklangan miqdori;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oylik transportda yurish kartochkasi — harakatlanish hududi chegaralarida va ushbu hujjat amal qiladigan davr mobaynida barcha yoʻnalishlar boʻyicha umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, tramvay va metropolitenda) yurish imkoniyatini olishga yoʻlovchining huquqini tasdiqlaydigan, qatʼiy hisobda turadigan hujjat. Oylik yurish kartochkasi ikki turga — umumiy va imtiyozli kartochkaga boʻlinadi;
(3-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
umumiy oylik transportda yurish kartochkasi — yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksilardan tashqari, umumiy foydalaniladigan transportning barcha turlarida yoʻlovchilar yurishini nazarda tutadigan, qatʼiy hisobda turadigan hujjat;
(3-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozli oylik transportda yurish kartochkasi — chegirish va imtiyozlarni hisobga olgan holda, yoʻlovchilarning ijtimoiy guruhi (pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, talabalar va oʻrta maktablar, litseylar, kollejlar oʻquvchilari) uchun transportda yurishni nazarda tutadigan, qatʼiy hisobda turadigan hujjat;
(3-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport kartasi — yoʻlovchilar tomonidan umumiy foydalaniladigan transportda (yoʻnalishsiz taksidan tashqari) yurganlik uchun amaldagi tarif asosida yoʻl haqini toʻliq toʻlash uchun moʻljallangan shaxsiylashtirilmagan koʻp marotabalik debet toʻlov kartasi. Transport kartasining depozit hisob raqami pul mablagʻlarini tushirish orqali toʻldiriladi. Transport kartasidagi tarif rejalarining toʻliq qiymati umumiy foydalaniladigan transportdagi cheklangan tarifni, chegirma va imtiyozlarni hisobga olgan holda, yurishlar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
imtiyozli transport kartasi — umumiy foydalaniladigan transportda (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatori maʼlumotlar bazasida roʻyxatga olingan yoʻlovchiga transportda bepul yoki imtiyozli yurish huquqini kafolatlaydigan, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydigan shaxsiylashtirilmagan va(yoki) shaxsiylashtirilgan transport kartasi;
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qaroriga asosan oʻn beshinchi va oʻn oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnoma — shahar yoʻlovchilar transportini boshqarish organlari tomonidan beriladigan, qatʼiy hisobda turadigan, belgilangan namunadagi, egasining nomi yozilgan hujjat. Transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnoma shakli hamda uni berish mexanizmi Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
bir martalik chipta — shahar yer ustida yoʻlovchilar tashish transportida (yoʻnalishsiz taksidan tashqari) transportda bir marta yurish huquqini beradigan, qatʼiy hisobda turadigan va QR kodga ega boʻlgan hujjat;
(3-bandning oʻn yettinchi va oʻn sakkizinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar aylanmasi — yoʻlovchi tashilgan masofani hisobga olgan holda, yoʻlovchi tashishlar sonini belgilovchi koʻrsatkich;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchi-kilometr — yoʻlovchi aylanmasining oʻlchov birligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻrtacha masofa— yoʻlovchilar oqimini tahlil qilish natijalari boʻyicha aniqlanadigan yoʻl yurish masofasining uzoqligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
toʻlov toʻlab yurilgan masofa — yoʻnalishsiz taksining yoʻlovchi bilan bosib oʻtgan masofasi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
31. Imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar (pensionerlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, talabalar va umumiy oʻrta taʼlim muassasalari, akademik litseylar, kasb-hunar maktablari, kollejlar hamda texnikumlar oʻquvchilari) tomonidan imtiyozli transport kartalari orqali toʻlovlar umumiy foydalaniladigan transportning (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) amaldagi tariflarning 50 foizlik imtiyozini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
32. Imtiyozli transport kartasidan foydalangan holda umumiy foydalaniladigan transportdan (yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksidan tashqari) bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilar sifatida “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Toshkent metropolitenida pensionerlarni bepul tashish toʻgʻrisida” 2017-yil 9-martdagi 128-son qarorida nazarda tutilgan shaxslar eʼtirof etiladi.
(31 va 32-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Tashilgan yoʻlovchilar soni umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksi, tramvay, metropolitenda) bajariladigan shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro tashuvlarning har bir turi hamda soatlar boʻyicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Shahar yoʻnalishida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, trolleybus, yoʻnalishli taksi, tramvay va metropolitenda) tashilgan yoʻlovchilar soni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
cheklangan tariflarni qoʻllagan holda — sotilgan bir martalik chiptalar soni boʻyicha yoki tushumni cheklangan tarifga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi. Bunda, elektron toʻlov tizimi operatorlariga amaldagi cheklangan tariflarga nisbatan 10 foizgacha chegirma taqdim etilishi mumkin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
transport kartasidan foydalangan holda — transport kartasidan foydalangan yoʻlovchilarning, jumladan imtiyozli va bepul yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning har bir transport turida amalga oshirilgan validatsiyalar soni boʻyicha aniqlanadi. Muayyan tashuvchi tomonidan tashilgan yoʻlovchilar hajmi hisobot davrida amalga oshirilgan validatsiyalarni umumlashtirish orqali aniqlanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oylik transportda yurish kartochkasi va transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar soni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
sotilgan oylik transportda yurish kartochkalari va transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalarning berilgan sonini ushbu Nizomga ilovaga muvofiq belgilangan oylik yurishlar soniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tashuvchilar oʻrtasida ulardan har birining bir martalik chiptalar boʻyicha tashigan yoʻlovchilari soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Shahar atrofidagi yoʻnalishlarda tashilgan yoʻlovchilar soni yoʻlovchi aylanmasini ushbu muayyan yoʻnalishda yoʻlovchi bosib oʻtadigan oʻrtacha masofaga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shahar yoʻnalishidagi shahar atrofi yoʻnalishlarida tashilgan yoʻlovchilar soni tashilgan yoʻlovchilarning umumiy sonini shahardagi yoʻnalishning umumiy yoʻnalish masofasidagi ulushiga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda tashilgan yoʻlovchilar soni sotilgan bir martalik chiptalar soni hamda transportning aniq bir turida amalga oshirilgan validatsiyalar soniga teng holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Soatlar boʻyicha tashuvlarda tashilgan yoʻlovchilar soni yoʻlovchi tashuvlari sonini ushbu tashuvchining shahar atrofidagi yoʻnalishda yoʻlovchining bosib oʻtgan oʻrtacha masofasiga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi. Agar tashuvchida bunday tashuvlar mavjud boʻlmasa, u holda hisoblash uchun 10 kilometrga teng boʻlgan masofa olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Yoʻnalishsiz taksilarda tashilgan yoʻlovchilar soni toʻlovli bosib oʻtilgan masofani yoʻlovchilarning oʻrtacha soniga koʻpaytirish va yoʻlovchilar tashishning oʻrtacha masofasiga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalishsiz taksida tashilgan yoʻlovchilarning oʻrtacha soni:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar yoʻnalishida — 2 nafarga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar atrofidagi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda — 4 nafarga teng holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchi tashishning oʻrtacha masofasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar yoʻnalishida — shahar jamoat transportida yoʻlovchilar tashishning oʻrtacha masofasiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar atrofidagi yoʻnalishda — 10 kilometrga teng holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻnalishsiz taksida yoʻlovchilar tashilganda tashishning oʻrtacha masofasi shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda avtobuslarda yoʻlovchilar tashishning oʻrtacha masofasiga teng holda qabul qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yoʻlovchilar aylanmasini aniqlash
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Yoʻlovchilar aylanmasi umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yoʻnalishli va yoʻnalishsiz taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) bajariladigan shahar, shahar atrofi, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda tashuvlarning har qaysi turi hamda soatlar boʻyicha tashuvlar uchun alohida-alohida aniqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Yoʻlovchilar aylanmasi shahar yoʻnalishlarida umumiy foydalaniladigan transportda (avtobus, elektrobus, yoʻnalishli taksi, tramvay, trolleybus va metropolitenda) tashishda tashilgan yoʻlovchilar sonini yoʻlovchilar oqimini tanlab tahlil qilish asosida hisoblab chiqiladigan ushbu yoʻnalish boʻyicha yoʻlovchi bosib oʻtadigan oʻrtacha masofaga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Oylik transportda yurish kartochkalari boʻyicha yoʻlovchilar aylanmasi, tashuvchilar oʻrtasida ular tomonidan tashilgan toʻlov toʻlab yuradigan yoʻlovchilar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Transportda bepul yurish huquqini beradigan yagona guvohnomalar boʻyicha yoʻlovchilar aylanmasi, shu jumladan metropolitenda, tashuvchilar oʻrtasida ular tomonidan tashilgan toʻlov toʻlab yuradigan yoʻlovchilar soniga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Shahar atrofidagi yoʻnalishda yoʻlovchilar aylanmasi bir martalik chiptalar boʻyicha yoʻlovchilar tashishdan tushgan umumiy tushumni tashilgan (bagaj tashishdan tushumni chegirgan holda) bir yoʻlovchi-kilometr uchun cheklangan tarifga taqsimlash yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlarda yoʻlovchilar aylanmasi bir martalik chiptalar boʻyicha yoʻlovchilar tashishdan tushgan tushumni (bagaj tashish va sugʻurta toʻlovini chegirgan holda) bir yoʻlovchi-kilometr uchun cheklangan tarifga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Umumiy foydalaniladigan avtobusda soatlar boʻyicha tashishlar uchun yoʻlovchilar aylanmasi (turizm-ekskursiya avtobuslaridan tashqari) 0,65 miqdoriga teng holda qabul qilinadigan avtobuslarning bosib oʻtgan masofasi va yoʻlovchi sigʻimidan foydalanish koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda, avtobuslarning umumiy bosib oʻtgan masofasi va avtobuslarning oʻrindiqlari soni boʻyicha sigʻimi hosilasi sifatida aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Yoʻnalishsiz taksi boʻyicha yoʻlovchilar aylanmasi tashilgan yoʻlovchilar sonini toʻlov toʻlab yuriladigan kilometrlarga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yoʻnalishlar boʻyicha yoʻlovchilar aylanmasi va tashilgan yoʻlovchilar soni boʻyicha yigʻma hisobotni shakllantirish barcha yuridik shaxslar boʻyicha, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan va idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shahar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoʻlovchilarning umumiy foydalaniladigan transportda shahar yoʻnalishlarida cheklangan tarif rejalariga chegirmalar va imtiyozlar qoʻllangan holda hisobga olinadigan yurishlari soni
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r

Tarif rejalarining nomlanishi

Tarif rejalarining narxini hisoblash uchun transportda qatnovlar soni

Toʻliq qiymatdan chegirish miqdori

(%)

Chegirishni hisobga olgan holda, tarif rejasi qiymatidan imtiyozlar

(%)

5 kunga

10 kunga

15 kunga

20 kunga

30 kunga

1.

AV avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — aholi uchun

22

44

66

88

130

23

2.

N avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — pensionerlar va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun

22

44

66

88

130

50

3.

T avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — talabalar uchun

22

44

66

88

130

50

4.

avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus — oʻquvchilar uchun

22

44

66

88

130

50

5.

AVM avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — aholi uchun

30

60

90

120

180

23

6.

NM avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — pensionerlar
va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun

30

60

90

120

180

50

7.

TM avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — talabalar uchun

30

60

90

120

180

50

8.

OʼM avtobus, tramvay, trolleybus, elektrobus, metro — oʻquvchilar uchun

30

60

90

120

180

50

9.

Bbepul — Oʻzbekiston Respublikasining “Shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq transportdan bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslar uchun

60

100

Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Izoh. Tarif rejalaridan foydalanganda, transportdan foydalanish soni va bir transportdan boshqasiga chiqish soni cheklanmaydi, bunda tegishli tarif rejasi birinchi validatsiya sanasidan boshlab koʻrsatilgan muddat davrida amalda boʻladi.
(ilova matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 17-sentabrdagi 273-son qaroriga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasida cheklangan tariflar boʻyicha aholiga xizmatlar koʻrsatish munosabati bilan shaharda yoʻlovchilarni muntazam tashish bilan band boʻlgan tashuvchilar koʻradigan zararlarni moliyalashtirish va qoplash tartibi toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
N I Z O M
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ushbu Nizomning amal qilishi shaharda aholini harakatlanishning muntazam yoʻnalishlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlangan cheklangan tariflar boʻyicha aholini umumiy foydalaniladigan transportda tashishlarga tatbiq etiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Shahar yoʻlovchilar tashuvchilarining faoliyatini moliyalashtirish manbalari
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Xoʻjalik faoliyatidan olingan daromadlar, oʻzining investitsiyalari va xorijiy investitsiyalar, budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar shahar yoʻlovchilar tashuvchilari faoliyatini moliyalashtirishning manbalari hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar yoʻlovchilar tashuvlari sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
metropoliten qurish;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bogʻliq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar stansiyalarini, bekat va dispetcherlik punktlarini loyihalash, qurish, obod qilish va saqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yangi tramvay va trolleybus liniyalari, elektrobusni quvvatlash stansiyalari qurish;
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tushumlarning toʻliq yigʻilishini taʼminlash, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlarini hisobga olgan holda, cheklangan tariflar boʻyicha yoʻlovchilar va bagajni tashish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishi munosabati bilan shahar yoʻlovchi tashish transporti tashuvchilari koʻradigan zararlarni qoplash.
(4-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 9-oktabrdagi PQ-2048-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 41-son, 545-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent metropolitenida kunduzi soat 10:00 dan 16:00 gacha boʻlgan kunduzgi davrda pensionerlarni bepul tashishda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-martdagi 128-sonli qaroriga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 10-son, 149-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning beshinchi—yettinchi xatboshilarda koʻrsatilgan xarajatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablagʻlari hisobiga moliyalashtiriladi.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu bandning yettinchi xatboshida nazarda tutilgan xarajatlarni moliyalashtirish, joriy oyning 5-sanasigacha, avans toʻlovlarini teng holda tasdiqlangan budjet parametrlari boʻyicha amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga koʻra, oldindan qilingan toʻlovlar va koʻrilgan zarar hajmlari keyingi davr toʻlovlariga tegishli oʻzgartirishlar kiritilishini inobatga olgan holda solishtiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Navbatdagi moliya yili uchun ushbu Nizomning 4-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga mablagʻlarning aniq summasi asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq aniqlanadi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarorlari asosida ajratiladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Transportda tashuvchilar tomonidan har yili mahalliy davlat organlariga tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoʻlovchilar aylanmasining, shu jumladan oylik transportda yurish kartochkalaridan foydalanuvchi yoʻlovchilarning Oʻzbekiston Respublikasida yoʻlovchilar aylanmasini va umumiy foydalaniladigan avtomobil va elektr transportida shaharda, shaharlar atrofida, shaharlararo, xalqaro yoʻnalishlarda hamda soatlar boʻyicha tashilgan yoʻlovchilar sonini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq aniqlanadigan prognoz koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
daromadlar va xarajatlar hajmlarining prognoz koʻrsatkichlari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ularning amalda bajarilishi boʻyicha hisobotni har chorakda taqdim etgan holda tushumlarning toʻliq yigʻilishini, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirishni taʼminlash tadbirlari.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Tashuvchilarning transportda bepul yuruvchi va imtiyozli yoʻlovchilarni tashishi munosabati bilan olinmay qoladigan daromadlarini, shuningdek cheklangan tariflar boʻyicha xizmatlar koʻrsatishdan koʻriladigan zararlarini qoplash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Fuqarolarning ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bogʻliq holda tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini subsidiyalar berish orqali qoplash har oyda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida amalga oshiriladi.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-oktabrdagi 643-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Tashuvchilarning olinmay qoladigan daromadlarini qoplashga mablagʻlar ajratish uchun quyidagilar asos hisoblanadi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan shaxslarni har yili xatlovdan oʻtkazish natijalari — shahar yoʻlovchilar transportidan bepul foydalanish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarni tashishda, har oyda teng ulushlar bilan moliyalashtirgan holda;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shahar yoʻlovchi transportini boshqarish organining oylik transportda yurish imtiyozli kartochkalarining amalda sotilishi toʻgʻrisidagi axboroti — transportda imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarni tashishda;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
avtomatlashtirilgan toʻlov tizimi operatorining, transportdan imtiyozli foydalanish huquqiga ega boʻlgan yoʻlovchilarning aniq soni toʻgʻrisidagi axboroti.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 9-oktabrdagi 643-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Joriy oyning 5-sanasiga qadar tegishli mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi tomonidan mahalliy budjet parametrlariga kiritilgan tashuvchilarning prognozlashtirilgan zarar koʻrsatkichlariga muvofiq avans toʻlovlari amalga oshiriladi. Chorak yakunlariga koʻra hisobot davri uchun yuzaga kelgan avans toʻlovlari bilan tashuvchilarning amaldagi koʻrgan zararlari miqdoridagi farqiga, navbatdagi avans toʻlovlarini amalga oshirishda tuzatishlar kiritiladi (qoplanadi yoki ushlab qolinadi).
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Tashuvchilar koʻrgan zararlarni qoplash uchun zarur boʻlgan mablagʻlar summasi tushumning toʻliq yigʻilishi boʻyicha chora-tadbirlarni hisobga olgan holda, amaldagi daromadlar, shuningdek fuqarolar ayrim toifalarining transportda bepul va imtiyozli yurishi bilan bogʻliq holda olinmay qoladigan daromadlarni qoplash summasi bilan amaldagi xarajatlar oʻrtasidagi tafovut tarzida aniqlanadi, bunda koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlari hisobga olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bunda koʻrilgan zararlarni qoplash summasi qonunchilikka muvofiq shahar yoʻlovchi tashish transportida bepul va imtiyozli yurish huquqiga ega boʻlgan fuqarolarning ayrim toifalari uchun chegirishlar va imtiyozlarni hisobga olgan holda aniqlanadi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Ushbu miqdorlar oʻrtasidagi tafovut nol yoki ijobiy (tashkilotlarning foydasi) boʻlgan taqdirda koʻrilgan zararlar qoplanmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Tashuvchilar koʻrgan zararlarni qoplash miqdoriga yoqilgʻi-moylash materiallari, elektr energiyasi, asosiy ehtiyot qismlar va materiallar narxlari oʻzgarganda hamda cheklangan tariflarni shakllantirishda nazarda tutilmagan bazaviy hisoblash miqdorida miqdori oʻzgarganda, shuningdek liniyadagi tushumning toʻliq yigʻilishini taʼminlash, shuningdek koʻrsatiladigan xizmatlar tannarxini pasaytirish tadbirlari hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 38-son, 437-modda; 2013-y., 41-son, 545-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; 2017-y., 10-son, 149-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.06.2018-y., 09/18/434/1339-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 10.10.2020-y., 09/20/643/1378-son, 31.12.2020-y., 07/20/4938/1680-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)