O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVIning
Qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD PULSIZ HISOB-KITOBLAR TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 9-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1122-9 ]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2013-yil 26-apreldagi 9/1-sonli “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2465, 03.06.2013-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2002-yil 12-yanvardagi 1/4-sonli qarori (ro‘yxat raqami 1122, 2002-yil 15-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-yil 7-son) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 23-iyun,
19/6-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 28-son, 326-modda)