O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining
Qarori
TIJORAT BANKLARI TOMONIDAN FERMER XO‘JALIKLARINING YER UChASTKASINI IJARAGA OLISh HUQUQINI GAROVGA OLGAN HOLDA KREDITLASh TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 22-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1345-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-avgustdagi 348-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1345-5, 19.08.2019-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 54-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004-yil 1-martdagi 564-son qarori (ro‘yxat raqami 1345, 2004-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 17-son, 204-modda) bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo‘jaliklarining yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga olgan holda kreditlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga ilovaga* muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2012-yil 9-iyun,
17/5-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 25-son, 286-modda)