21.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2373
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qarori, 21.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2373
Дата вступления в силу
01.07.2012
Hujjat 19.08.2024 sanasi holatiga
Hujjat 08.05.2025 sanasi holatiga
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISH DAVLAT QOʻMITASI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING
Qarori
Qarori
AHOLI PUNKTLARIDA YOVVOYI HAYVONLARNI SAQLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
AHOLI PUNKTLARIDA YOVVOYI HAYVONLARNI SAQLASH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2373]
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 21-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2373]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 290-modda) 9-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:

1. Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1. Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi N. UMAROV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
2012-yil 18-may,
5-son
5-son
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Toshkent sh.,
Toshkent sh.,
2012-yil 18-may,
2012-yil 18-may,
18-son
18-son
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2012-yil 18-maydagi 5, 18-son qaroriga
ILOVA
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash
QOIDALARI
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyuldagi 202-son “Qarovsiz qolgan hayvonlarni tutish va saqlash bilan bogʻliq xizmatlar faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son “Biologik resurslardan foydalanishni tartibga solish va tabiatdan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorlariga muvofiq epizootik holatlarga qarshi tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning hayoti, sogʻligʻini va atrof muhitni muhofaza qilish, sanitariya-gigiyena, veterinariya qoidalari va normalariga rioya qilinishini taʼminlash maqsadida aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar
I bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
tutqunlikda saqlash — yovvoyi hayvonlarga ular tor (toʻsilgan) joyda yashaydigan sharoitlar yaratish (qafasda, temir panjarali joyda, bogʻlangan holda saqlash va hokazo) va ularning yashash jarayoni insonga toʻliq bogʻliq boʻlishi;

yovvoyi hayvonlar — xonakilashtirilmagan hayvonlar;
yovvoyi hayvonlar — xonakilashtirilmagan hayvonlar;
pitomnik — insonning doimiy nazorati ostida boʻlgan va hayvonlarni urchitish uchun foydalaniladigan, hayvonlarning nazorat qilinadigan hududdan chiqib ketishiga toʻsqinlik qiluvchi chegaralarga ega boʻlgan nazorat qilinadigan hudud (muhit).

11 . Mazkur qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-noyabrdagi 736-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxatiga kiritilgan hayvonlarni (yirtqich, zaharli va inson sogʻligi va hayoti uchun xavfli hayvonlar) saqlashga nisbatan tadbiq etilmaydi.
2. Yovvoyi hayvonlar belgilangan tartibda maxsus jihozlangan xonalarda (jonli burchaklarda) va ochiq maydonchalarda, (hayvonot bogʻlari, pitomniklar, fermalarda) shuningdek turar joylarda saqlanishi mumkin.

3. Yovvoyi hayvonlar qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarning talablariga javob beradigan sharoitlarda hayvonlarga insoniylik bilan munosabatda boʻlishning umumeʼtirof etilgan normalariga muvofiq saqlanishi kerak.

II bob. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish
II bob. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish
4. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
4. Yovvoyi hayvonlarga ega boʻlish qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
5. Boshqa mamlakatlardan Oʻzbekistonga olib kelingan, tabiatda tutilgan (ovlangan), zoologiya doʻkonlaridan, zooparklardan sotib olingan, ov yoki baliq ovlashda va boshqa hollarda tutilganligi uchun hujjatlar mavjud boʻlsa yovvoyi hayvonlar qonunchilikka muvofiq ravishda sotib olingan, deb hisoblanadi.
5. Boshqa mamlakatlardan Oʻzbekistonga olib kelingan, tabiatda tutilgan (ovlangan), zoologiya doʻkonlaridan, hayvonot bogʻlaridan, pitomniklardan sotib olingan, ov yoki baliq ovlashda va boshqa hollarda tutilganligi uchun hujjatlar mavjud boʻlsa yovvoyi hayvonlar qonunchilikka muvofiq ravishda sotib olingan, deb hisoblanadi.
Belgilangan tartibda berilgan ov va baliq tutishga ruxsatnoma, Oʻzbekiston hududiga hayvonlarni olib kirishga ruxsatnoma, kassa cheklari, yoʻl varaqalari va boshqalar yovvoyi hayvonlarni qonunchilikka muvofiq sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar boʻlishi mumkin.

6. Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq pitomniklar, zoologiya doʻkonlari va hayvonlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan bozorlarda amalga oshirilishi mumkin.
6. Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish qonunchilik hujjatlariga muvofiq pitomniklar, zoologiya doʻkonlari va hayvonlarni sotish boʻyicha ixtisoslashtirilgan bozorlarda amalga oshirilishi mumkin.
Yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 3-son, 27-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

III bob. Saqlashga qoʻyiladigan talablar
III bob. Saqlashga qoʻyiladigan talablar
7. Yovvoyi hayvonlar Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori bilan tasdiqlangan Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish va hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan oʻtish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq berilgan ruxsatnomalar asosida tutqunlikda yoki pitomnikda saqlanishi mumkin.
7. Yovvoyi hayvonlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib- taomillari toʻgʻrisidagi yagona nizomning 18-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan beriladigan guvohnomalar asosida pitomnikda saqlanishi mumkin.
8. Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni hamda zaharli hayvonlarni tutqunlikda va yarim tutqunlikda saqlashga faqat Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan kelishgan holda tashkil etiladigan maxsus pitomniklarda yoʻl qoʻyiladi.

9. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklar, shu jumladan yarim tutqun sharoitda, shuningdek Yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi Konvensiya (CITES)ning obyekti boʻlgan hayvonlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlarida davlat hisobiga olinadi. Yovvoyi hayvonlarni saqlash va koʻpaytirish boʻyicha pitomniklarni roʻyxatga olish guvohnomasi pitomnikning davlat hisobiga olinganligi toʻgʻrisidagi hujjat hisoblanadi.

10. Yovvoyi hayvonlarni tutqunlikda yoki pitomnikda saqlashga ruxsatnoma berilgan shaxslar har yili 1-yanvargacha, ruxsatnoma bergan organlarga hayvonlarning soni, tur tarkibi va holati toʻgʻrisida axborot berishi shart.
10. Yovvoyi hayvonlar hisobi har yili 1-yanvar hamda 1-iyul holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi tomonidan yuritiladi va bu toʻgʻrisida dalolatnomalar rasmiylashtiriladi. Bunda dalolatnoma uch nusxada tuzilib, Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi va pitomnik egasi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi hududiy boʻlinmada qoldirilib, ikkinchi va uchinchi nusxalari pitomnik egasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga taqdim etiladi.
11. Yovvoyi hayvonlarni doimiy yoki vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan volyerlar, qafaslar, terrariumlar va boshqa xonalar oʻz maydoni va hajmiga koʻra yovvoyi hayvonlarning hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashi, shuningdek ularni aholi punktlarida saqlash uchun mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan sharoitlar, shuningdek veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi lozim.
11. Yovvoyi hayvonlarni doimiy yoki vaqtincha saqlash uchun foydalaniladigan volyerlar, qafaslar, terrariumlar va boshqa xonalar oʻz maydoni va hajmiga koʻra yovvoyi hayvonlarning hayoti uchun qulay shart-sharoitlarni taʼminlashi, shuningdek ularni aholi punktlarida saqlash uchun mazkur Qoidalarning ilovasida belgilangan minimal talablar, shuningdek veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga javob berishi lozim.
12. Quyidagilar taqiqlanadi:
12. Quyidagilar taqiqlanadi:
yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruxsatisiz saqlash;
yovvoyi hayvonlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruxsatisiz saqlash;
yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yertoʻlalar, oʻtiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
yovvoyi hayvonlarni (bedanadan tashqari) umumiy mulkdan foydalaniladigan (zinapoya maydonchalari, cherdaklar, yertoʻlalar, oʻtiladigan dahlizlar), umumiy ovqatlanish va savdo joylarida saqlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruxsatnomasisiz tutqunlikda va pitomniklarda saqlanayotgan hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi vakillari ishtirokisiz pitomniklarda saqlanayotgan Oʻzbekiston faunasiga mansub yovvoyi hayvonlarni, shuningdek, kasal va jismoniy nuqsonga ega hayvonlarni oʻzboshimchalik bilan tabiatga chiqarib yuborish;
quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli boʻlgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash;
quturishga hamda odam va hayvonlar uchun umumiy xavfli boʻlgan boshqa alohida zoonoz kasalliklariga qarshi emlanmagan hayvonlarni saqlash;
yovvoyi hayvonlarni tajovuzli xatti-harakatlarga undash.
yovvoyi hayvonlarni tajovuzli xatti-harakatlarga undash;
Oʻzbekiston faunasiga begona (invaziv) boʻlgan yovvoyi hayvonlar turlarini tabiatga qoʻyib yuborish;
bir-biriga xavf soladigan hayvonlar turlarini bitta yoki yaqin joyga joylashtirish;
yovvoyi hayvonlarni jamoat joylarida olib yurish va ularni sayr qildirish, shuningdek, maxsus qafassiz boshqa joylarga tashish.
13. Yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
13. Yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
yashab ketishga qodir boʻlmagan hayvonning azob chekishini toʻxtatish zarur boʻlganda, basharti azoblanishni boshqa usulda toʻxtatish mumkin boʻlmasa;
yashab ketishga qodir boʻlmagan hayvonning azob chekishini toʻxtatish zarur boʻlganda, basharti azoblanishni boshqa usulda toʻxtatish mumkin boʻlmasa;
hayvonlar quturgan taqdirda;
hayvonlar quturgan taqdirda;
odamlar yoki hayvonlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun;
odamlar yoki hayvonlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf solayotgan hayvonni zararsizlantirish uchun;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq hayvonlar sonini tartibga solishda.
qonunchilik hujjatlariga muvofiq hayvonlar sonini tartibga solishda.
14. Mazkur Qoidalarning 13-bandi ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda yovvoyi hayvonlarni jonsizlantirish insoniylik tamoyillari asosida faqatgina veterinariya mutaxassisi tomonidan amalga oshiriladi.

15. Yovvoyi hayvonlardan va pitomniklarda oʻstirilgan, yoʻq boʻlib ketish xavfi ostidagi yovvoyi fauna va flora turlari bilan xalqaro savdo toʻgʻrisidagi konvensiyaning (CITES Konvensiyasi) ilovasiga kiradigan hayvonlardan foydalanishga qonunchilik hujjatlariga va CITES Konvensiyasi ilovalariga muvofiq yoʻl qoʻyiladi.

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan va pitomniklarda oʻstirilgan yovvoyi hayvonlardan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining nazorati ostida amalga oshiriladi.

IV bob. Yovvoyi hayvonlar egalarining huquq va majburiyatlari
IV bob. Yovvoyi hayvonlar egalarining huquq va majburiyatlari
16. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi huquqlarga ega:
16. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi huquqlarga ega:
a) yovvoyi hayvonlarga egalik qilish;
a) yovvoyi hayvonlarga egalik qilish;
b) yovvoyi hayvonlarni saqlash;
b) yovvoyi hayvonlarni saqlash;
v) yovvoyi hayvonlarni urchitish;
g) hayvonlar va ulardan olingan naslni oʻz xohishiga qarab boshqarish.
v) yovvoyi hayvonlarni oʻzining turi bilan urchitish;
g) hayvonlar va ulardan olingan naslni oʻz xohishiga qarab boshqarish;
d) Oʻzbekiston faunasiga begona (invaziv) boʻlmagan turlarni Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining hududiy boʻlinmasi vakillari ishtirokida tabiatga qoʻyib yuborish;
e) yovvoyi hayvonlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqish.
17. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi majburiyatlarga ega:
17. Yovvoyi hayvonlar egalari quyidagi majburiyatlarga ega:
a) yovvoyi hayvonlarni ularning biologik xususiyatlariga muvofiq saqlashga, ularga nisbatan insoniylik bilan muomalada boʻlishga, ovqatsiz va suvsiz qoldirmaslikka, kasallangan holatlarda esa malakali veterinariya yordami koʻrsatilishini taʼminlashga;

b) yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarni va ularga tutashib ketgan hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashga;
b) yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarni va ularga tutashib ketgan hududni veterinariya-sanitariya va zoogigiyena talablariga muvofiq saqlashga;
v) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari vakillariga ular tomonidan yovvoyi hayvonlarni saqlashni nazorat qilishlari uchun yovvoyi hayvonlar va ularni saqlash makonlariga kirishlariga erkin sharoit yaratishga;

g) yovvoyi hayvonlarni koʻzdan kechirishlari, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini olib borish hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyatlar yaratib berishga;
g) yovvoyi hayvonlarni koʻzdan kechirishlari, diagnostik tadqiqotlar va davolash-profilaktika ishlarini olib borish hamda emlash uchun veterinariya mutaxassislariga imkoniyatlar yaratib berishga;
d) jamoat tartibini va fuqarolarning xotirjamligini taʼminlash, odamlar va hayvonlarning hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida davlat sanitariya-epidemiologiya va davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari va ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining koʻrsatmalarini bajarishga;

e) yovvoyi hayvonni saqlash taqiqlanganda uni boshqa shaxsga berishga (sotishga), yovvoyi hayvonlar uchun makonga joylashtirishga yoki jonsizlantirish toʻgʻrisidagi ariza bilan davlat veterinariya nazorati organlariga murojaat qilishga;

j) yovvoyi hayvonning notinchlik keltirib chiqarmaydigan va atrofdagilarga xavf tugʻdirmaydigan xatti-harakatini taʼminlashga, fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga, ularning mol-mulkiga, shuningdek hayvonlarga zarar yetkazilishining oldini olishga;

z) yovvoyi hayvonlar insonni yoki boshqa hayvonni tishlab olganda yoxud boshqa jarohatlar yetkazganda:
z) yovvoyi hayvonlar insonni yoki boshqa hayvonni tishlab olganda yoxud boshqa jarohatlar yetkazganda:
jabrlanganni dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun poliklinikaga (veterinariya poliklinikasiga) yoki boshqa tibbiyot muassasasiga olib borishga;
jabrlanganni dastlabki tibbiy yordam koʻrsatish uchun poliklinikaga (veterinariya poliklinikasiga) yoki boshqa tibbiyot muassasasiga olib borishga;
yovvoyi hayvonlar toʻsatdan nobud boʻlishi, bir necha hayvonning bir vaqtda kasallanishi yoki ular oʻzlarini odatdan tashqari holatda tutishi toʻgʻrisida veterinariya mutaxassislarini xabardor qilishga;

veterinariya mutaxassislari yetib kelgunga qadar kasallik belgilari borligiga shubha qilinayotgan hayvonlarni va kasallik tufayli nobud boʻlgan deb shubha qilinayotgan hayvonlarning murdalarini alohida saqlashga.

V bob. Yakuniy qoidalar
V bob. Yakuniy qoidalar
18. Noqonuniy saqlangan yovvoyi hayvonlar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari tomonidan olib qoʻyilishi va hayvonlar uch oy muddatgacha hayvonot bogʻlarida yoki yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonlarda vaqtincha saqlashga beriladi.

19. Vaqtincha saqlash davri mobaynida olib qoʻyilgan hayvonning egasi aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etganda hamda hayvonni saqlash xarajatlarini qoplagan taqdirda olib qoʻyilgan hayvonni qaytarib olishi mumkin.

20. Vaqtincha saqlash davri tugagan va egalari tomonidan talab etilmagan hayvonlar hayvonot bogʻiga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonga mulk huquqi asosida beriladi.
20. Vaqtincha saqlash davri tugagan va egalari tomonidan talab etilmagan hayvonlar hayvonot bogʻiga, yovvoyi hayvonlar saqlanadigan makonga mulk huquqi asosida beriladi.
21. Yovvoyi hayvonlar tomonidan fuqarolarning sogʻligʻiga yoki ularning mol-mulkiga keltirilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
21. Yovvoyi hayvonlar tomonidan fuqarolarning sogʻligʻiga yoki ularning mol-mulkiga keltirilgan zarar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
22. Mazkur Qoidalarga rioya etilishi ustidan nazoratni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi organlari, davlat veterinariya nazorati organlari, shuningdek ichki ishlar organlari hamda sogʻliqni saqlash muassasalari amalga oshiradi.

23. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
23. Mazkur Qoidalar talablarining buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
24. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
24. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Fanlar akademiyasi bilan kelishilgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. ROʻZIYEV
2012-yil 14-may
2012-yil 14-may
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
2012-yil 15-may
2012-yil 15-may
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
Fanlar akademiyasi Prezidenti Sh. SALIXOV
2012-yil 16-may
2012-yil 16-may
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga
ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni aholi punktlarida saqlash sharoitlari (bitta dona uchun minimal hisob)
№‎

Yovvoyi hayvon‎

Saqlash joyining turi‎ Maydoni m2 Yuqoriligi m ‎ Hajmi‎
1.‎ Mayda sutemizuvchilar
‎(kemiruvchilar, hasharotxoʻrlar, sassiqkoʻzan va hokazo) ‎
Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
1 ‎ 1,5-2‎
2.‎ Oʻrta sutemizuvchilar
‎(ondatra, quyon, tulki, boʻrsiq va hokazo) ‎
Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
4‎ 2-2,5‎
3.‎ Boʻri, silovsin, qoplon, jayra, gepard
‎va hokazo‎
Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
5-6‎ 2-2,5‎
4.‎ Sher, yoʻlbars, ayiq‎ Qafas, volyer
‎ (1 dona uchun) ‎
10-12‎ 2,5-3‎
5.‎ Yovvoyi choʻchqa, echkilar, qoʻylar, yelik‎ Qafas, volyer
‎ (1 dona uchun) ‎
10-12‎ 2,5-3‎
6.‎ Mayda maymunlar‎ Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
1‎ 1,2-1,5‎
7.‎ Oʻrta maymunlar‎ Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
4-5‎ 3-4‎
8.‎ Tuyoqlilar‎ Qafas, volyer
‎(1 dona uchun) ‎
15-20‎ 4‎
9.‎ Mayda chumchuqsimon qushlar, mayda toʻtiqushlar va hokazo‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun) ‎
1‎ 1‎
10.‎ Qirgʻovullar, kakliklar, toʻtiqushlar va hokazo‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun) ‎
1‎ 2‎
11.‎ Oʻrdaklar, gʻozlar, kazarkalar va‎ hokazo‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
1‎ 1,5-2‎
12.‎ Burgutlar, yirik lochinsimonlar va
‎hokazo‎
Qafas, volyer
‎ (10 dona uchun)‎
4‎ 2,5-3‎
13.‎ Oq qushlar, birqozonlar‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
4‎ 2‎
14.‎ Turnalar, laylaklar, qarqaralar va
‎hokazo‎
Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
4‎ 2,5-3‎
15.‎ Strauslar‎ Qafas, volyer
‎ (10 dona uchun)‎
10-12‎ 2,5-3‎
16.‎ Qafas, volyer (10 dona uchun)‎ Qafas, volyer
‎(10 dona uchun)‎
3‎ 2,5-3‎
17.‎ Mayda sudralib yuruvchilar (asl
‎kaltakesaklar, agamalar, toʻgarakboshlar,
‎90 sm gacha boʻlgan ilonlar va hokazo)‎
Qafas, volyer
‎(6 — 10 dona uchun) ‎
1‎ 0,6‎
18.‎ 2 m gacha boʻlgan ilonlar, echkemarlar‎ Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
1‎ 0,8-1‎
19.‎ 2 m dan oshgan ilonlar (boʻgʻma ilonlar, pitonlar, anakonda va hokazo)‎ Qafas, volyer
‎ (4 dona uchun) ‎
3‎ 1,8-2‎
20.‎ Iguanalar, suv agamasi va hokazo‎ Qafas, volyer
‎(2 dona uchun) ‎
1,5-2‎ 2-2,5‎
21.‎ 2 m gacha boʻlgan timsohlar‎ Qafas, volyer
‎(2 dona uchun) ‎
3‎ 1,5-2‎
22.‎ 2 m dan oshgan timsohlar‎ Qafas, volyer
‎(2 dona uchun) ‎
5‎ 2-2,5‎
23.‎ Toshbaqalar (choʻl, botqoq va hokazo)‎ Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
1‎ 0,8-1‎
24‎ Yirik toshbaqalar ‎ Qafas, volyer
‎(4 dona uchun) ‎
2‎ 2-2,5‎
25.‎ Amfibiyalar (triton, qurbaqalar,
‎baqalar va hokazo)
Qafas, volyer
‎ (10 dona uchun) ‎
1‎ 0,5‎
26.‎ Mayda baliqlar‎ akvarium‎ 2 l‎
27.‎ Oʻrta baliqlar‎ akvarium‎ 4-5 l‎
28.‎ Yirik baliqlar (tovonbaliq, olabugʻa, piranyalar va hokazo)‎ akvarium‎ 5-6 l‎
29.‎ Sazan, laqqalar, choʻrtanbaliq va hokazo‎ akvarium‎ 10 — 12 l‎
30.‎ Osetrsimonlar, akulalar‎ akvarium‎‎ 50 — 60 l‎
Izoh. Yirik yirtqich hayvonlar (sher, yoʻlbars, ayiq va hokazo) uchun qafas, volyer ichida uni yigʻishtirish paytida hayvonlarni koʻchirish uchun yondosh qafaslar moʻljallangan boʻlishi kerak.
Qafas, volyer osti betonlangan yoki metallanmagan boʻlmasligi kerak.
Hayot tarzi suv bilan bogʻliq hayvonlar (timsohlar, suv toshbaqalari, suvda suzuvchi qushlar va hokazo) uchun suv havzalari moʻljallangan boʻlishi kerak.
Koʻchib yuruvchi hayvonot bogʻlarining transport qafaslarida termoizolyatsiya (sovuq va issiq yil fasllarida) va hayot jarayoni uchun yetarli maydon yuqorida qayd etilgan oʻlchamlarga asosan mavjud boʻlishi shart.
Qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shohlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishlari kerak.
Aholi punktlarida yovvoyi hayvonlarni saqlash qoidalariga
ILOVA
Yovvoyi hayvonlarni yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy yaratilgan yashash muhitida yoki tutqunlikda saqlash boʻyicha minimal talablar

Sutemizuvchilar uchun volyerlar:

Hayvon turlari

Guruhdagi soni

Ochiq volyer

Ichki volyer

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun

Tavsiya etilgan maydon va balandlik

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Ochiq volyer (m2)

Ichki volyer (m2)

Qoʻlqanotlilar:

Kalong

1

2,5

7,5

2,5

7,5

1

1

balandligi 3 m

Koʻrshapalak

1

0,5

1,5

0,5

1,5

0,2

0,2

balandligi 3 m

Primatlar:

Igrunkilar, tamarin, lori, mayda lemur va boshq.

1

3

10

3

10

1,5

1,5

balandligi 2 m

Oʻrta lemur, kaputsin

1

10

30

2

6

2

2

balandligi 3 m

Yirik lemur, langur, sifak, mangobey

1

10

40

6

30

4

4

balandligi 4-5 m

Kemiruvchilar:

Olmaxon, letyagi

1

2

5

2

5

2

2

Yirik olmaxonlar, daraxt jayrasi

1

6

15

6

15

3

3

Jayralar

1

10

-

10

30

3

3

Kapibarlar

1

20

-

4

12

10

2

Patagon marasi

1

10

-

10

30

4

-

Sugʻurlar

1

10

20

-

-

10

-

Yenotsimonlar:

Yenotlar, qizil panda (Gimolay yenoti)

1

10

4

8

2

1

Nosuxa

1

10

25

8

20

2

3

Susarlar:

Mayda susarlar (latcha, oq latcha)

1

2,5

8

-

-

-

-

Sassiqkoʻzan, norka

1

4

8

-

-

-

-

Boʻrsiq

1

30

-

16

-

4

4

Skuns

1

4

-

6

-

2

2

Qunduz

1

25

-

-

-

-

-

120 m2

Mangustsimonlar:

Mangustlar, surikat

1

4

-

4

12

2

1

Viverrasimonlar:

volyerning uzunligi hayvon uzunligidan 10 barobar ortiq boʻlishi kerak

Sivet, fossa, binturong

1

25

60

10

12

5

5

balandligi 2,5-3 m dan kam boʻlmagan

Juft tuyoqlilar:

Yovvoyi choʻchqa

1

150

-

25

-

20

-

Pekar

1

20

-

10

-

5

Mitti begemot

1

50

-

25

100

-

-

Lama

1

75

har bir hayvon uchun/8

7,5

30

Tuya

1

100

-

-

-

50

-

Kichik bugʻular (dik- dik va boshq.)

1

25

-

10

-

20

-

Mayda bugʻular (pudu, muntjak)

1

25

-

10

-

15

-

Gazel, saygʻoq, jayron

1

125

-

25

7,5

50

-

Togʻ qoʻyi, yolli qoʻy

1

100

-

-

-

40

-

Yirik antilopalar

1

250

-

60

180

80

-

Qushlar uchun volyerlar:

Qush turlari

Guruhdagi soni

Ochiq volyer

Ichki volyer

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun

Tavsiya etilgan maydon va balandlik

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Maydon (m2)

Hajm (m3)

Ochiq volyer (m2)

Ichki volyer (m)

Tuyaqushsimonlar:

Tuyaqush, nandu, emu

1

100

30

90

50

15

Pingvinsimonlar:

Yirik pingvinlar

1

12

12

60

6

6

balandligi 5 m

Mayda pingvinlar

1

6

5

27

3

2,5

balandligi 3 m

Kurakoyoqlilar (birqozonlar, yoki meshkopchilar):

Saqoqushlar

1

40

120

30

12

20

15

Qoravoylar

1

25

75

20

60

12,5

10

Laylaksimonlar:

Yirik laylaklar (marabu, oq, qora laylaklar va boshq.)

1

50

150

30

90

25

15

Yirik qarqaralar (kulrang, katta, oq va boshq.)

1

30

90

25

75

15

12,5

Oʻrta qarqaralar (koʻlbuqa, haqqush, volchok va boshqa.), ibislar va kolpitsalar

1

20

60

15

35

10

7,5

Flamingo

1

40

120

30

90

20

15

Turnasimonlar:

Kulrang, yapon, oq turna

1

40

120

30

90

20

15

Goʻzal turna

1

35

105

25

75

17,5

12,5

Toʻtiqushsimonlar:

Ara, kakadu

1

5

15

4

12

2,5

2

Mayda chumchuqsimon

0,3

0,9

0,15

0,45

0,15

0,75

qushlar, mayda toʻtiqushlar va boshq.

Boshqalar:

Nosorog qushlar

1

4

12

3

9

2

1,5

Yirik baliqchilar

1

25

75

20

60

12,5

10

Mayda baliqchilar

1

10

30

5

15

5

2,5

Jannat qushlari

1

5

15

4

12

2,5

2

Sutemizuvchilar uchun suv havzalari:

Turlar

Guruhdagi soni

Maydon (m2)

Chuqurligi (m)

Hajm (m3)

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun (m2)

Susar

1

0,5

0,2

0,2

-

Nutriya

1

1

0,5

1

0,5

Kapibara

1

2

0,5

3

1

Qunduz

1

10

0,8

10

-

Mitti begemot

1

10

0,8

20

-

Qushlar uchun suv havzalari:

Turlar

Guruhdagi soni

Maydon (m2)

Chuqurligi (m)

Hajm (m3)

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun (m2)

Saqoqush

1

7,5

0,75

5,5

5

Qoravoy

1

1,7

1,25

2

1

Flamingo

1

1

0,3

0,3

0,5

Yirik pingvinlar

1

5

2

10

5

Kichik pingvinlar

1

1,7

2

3,5

2

Sudralibyuruvchilar uchun volyerlar:

Turlar

Guruhdagi soni

Quruqlik maydoni (m2)

Suv maydoni (m2)

Hajm (m3)

Balandligi (m)

Har bir qoʻshimcha hayvon uchun (m)

Quruqlik maydoni (m2)

Suv maydoni (m2)

Quruqlikda yashovchi toshbaqalar (15 — 25 sm) (Oʻrta Osiyo choʻl toshbaqasi, Oʻrta yer dengizi toshbaqasi va boshq.)

1

0,5

0,5

Xameleonlar

1

0,6

-

-

1

0,15

-

Iguana, suv agamasi, parus agamasi va boshq.

1

1

1

0,5

Oʻrta echkemarlar, teyid, xelodermatid va boshqa yirik kaltakesaklar (oʻlchami 1-1,2 m)

1

1,5

0,5

1

Oʻrta kaltakesaklar (soqolli agama, koʻktil ssinki va boshq.)

1

0,5

0,3

0,15

Mayda kaltakesaklar (eublefar, agama, kolot, ssink, gekkon, anolis va boshq.)

1

0,2

0,2

0,10

Pitonlar (toʻrli piton, Qora yoʻlbars piton, yorqin rangli yoʻlbars piton, va boshqa zaharli boʻgʻma turlaridan tashqari)

2

umumiy uzunligidan 2/3 x 1/2

umumiy uzunligidan 1/2, maks. 2,2 m

yer yuzasidan

1/7

Chipor ilon va boshqa yirik boʻlmagan, zaharsiz ilonlar

2

umumiy uzunligidan

2/3 x 1/2

umumiy uzunligidan

1/4 x 1/4

suv havzasining maydoni umumiy uzunligidan

0,1

umumiy uzunligidan 1/2

yer yuzasidan

1/7

Baliqlarni saqlash:

Turlar

Baliq oʻlchovi (sm)

Guruhdagi soni

Bir juft uchun hajm (l)

Chuchuk suv mayda baliqlari (guppi, danio, barbus va boshq.)

6 gacha

5-10

5 — 7

Chuchuk suv oʻrta baliqlari (mechenosets, mollineziya, mayda laqqa baliq va boshq.)

7-12

5-10

30

Chuchuk suv yirik baliqlari (gurami, oltin baliq va boshq.)

15-20

2

40-45

Yirik oʻlchamdagi baliqlar (diskus, sixlid, aravan, botsii)

20 va undan koʻp

2

150 l va undan koʻp

Arapayma

300 gacha

1

3000 — 5000

Umurtqasizlarni saqlash:

Turlar

Guruhdagi soni

Uzunligi (sm)

Eni (sm)

Balandligi (sm)

Kivsyaki

2

80

40

40

Zaharli boʻlmagan mayda oʻrgimchaklar

1

15

15

15

Zaharli boʻlmagan katta va oʻrta oʻrgimchaklar, qushxoʻr oʻrgimchaklar

1

30

30

30

Qoʻngʻiz, suvarak

10 va undan koʻp

40

30

20

Ari, asalari (asal beruvchilar bundan mustasno)

do 500

50

50

30

Chumolilar fermasi (zaharli boʻlmagan yirik chumolilar)

do 500

25

20

6

Chumolilar fermasi (zaharli boʻlmagan mayda chumolilar)

do 1000

16

15

6

Zaharli boʻlmagan ona chumoli (probirka)

do 30

15

1,6

1,6

Boshqa hashoratlar

10 — 20

40

30

20

Yirik hashoratlar

10 — 100

100

60

60

Izoh. Yovvoyi hayvonlarni saqlashda quyidagi talablarga rioya qilish talab etiladi:
yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylar ularning hayotiy faoliyatini taʼminlaydigan qurilmalar (uyalar, boshpanalar) bilan jihozlanishi va barcha jihozlar, shu jumladan elektr jihozlari hayvonlarga shikast yetkazmasdan oʻrnatilishi;
yovvoyi hayvonlarni saqlash joylari yomgʻir, qor, shamol yoki quyosh nurlari tushishidan boshpana bilan taʼminlangan boʻlishi;
yovvoyi hayvonlar saqlanadigan joylarning harorat rejimi, ventilyatsiyasi va yoritilishi hayvonlarning turiga muvofiq taʼminlanishi;
qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shohlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishi;
qafas, volyer osti betonlangan yoki metallanmagan boʻlmasligi;
hayot tarzi suv bilan bogʻliq hayvonlar (suvda suzuvchi qushlar va hokazo) uchun suv havzalari moʻljallangan boʻlishi;
qafaslar, volyerlar, terrariumlar tabiiy atrof muhit vositalari (toshlar, shoxlar, daraxt toʻsinlari va hokazo) bilan jihozlanishi.
Maydon va hajm oʻlchovlari volyerning eng kichik ruxsat etilgan oʻlchamlarini belgilaydi. Agar volyerda yuqoridagi jadvallarda koʻrsatilganidan kamroq hayvon saqlansa ham, uning oʻlchamlari koʻrsatilgan miqdordan kichik boʻlmasligi shart.