Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2019 15.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2370
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining buyrugʻi, 15.06.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2370
Дата вступления в силу
25.06.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.10.2019
Hujjat 01.03.2014 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLAShTIRISh VA NAZORAT QILISh MARKAZI BOSh DIREKTORINING
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
buyrugʻi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 15-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2370]
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligi direktorining 2019-yil 14-oktabrdagi 2019-57-sonli ““Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2370-3, 23.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1996-y., 3-son, 11-modda) muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2370-1, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2011-yil 11-apreldagi 2011-06-son “Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2221, 2011-yil 30-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 18-son, 182-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Bosh direktor v.v.b. A. OBIDOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 11-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-05-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2012-yil 11-maydagi 2012-05-son buyrugʻiga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
NIZOM
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
I. Umumiy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Mazkur Nizom talablari qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilarida (keyingi oʻrinlarda professional ishtirokchi deb yuritiladi), fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida ishlashga talabgor yoki ishlayotgan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislariga tatbiq qilinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisining malaka guvohnomasi — qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan jismoniy shaxsga toifasi koʻrsatilgan holda beriladigan va qimmatli qogʻozlar bozorida professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birjalarning fond boʻlimi nomidan qimmatli qogʻozlarga doir operatsiyalarni amalga oshirish va xizmatlar koʻrsatish va (yoki) ishlarni bajarish huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Qimmatli qogʻozlar bozorining mutaxassislariga qoʻyiladigan malaka talablari professional ishtirokchilarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida ishlash uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarining mavjudligidan iborat boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi boʻlib hisoblanadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2370-1, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 97-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
II. Malaka talablari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. I toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumotga: moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik yoxud axborot texnologiyalari;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasining sertifikatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi oʻn yilda kamida ikki yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yoki I toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oliy maʼlumotga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasining sertifikatiga;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi oʻn yilda kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. II toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
kamida umumiy oʻrta yoki oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasining sertifikatiga ega boʻlishi lozim, bundan Qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirish huquqini olish uchun jismoniy shaxslarni attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomda (roʻyxat raqami 660, 1999-yil 3-mart) belgilangan holat mustasno.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2370-1, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa professional ishtirokchilar ijroiya organlari, fond birjasi ijroiya organi va uning tarkibiy tuzilmalari, boshqa birjalar fond boʻlimining rahbari I toifali malaka guvohnomasiga ega qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislari uchun belgilangan malaka talablariga javob berishi lozim.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. I yoki II toifali malaka guvohnomasiga ega professional ishtirokchi, fond birjasi, boshqa birja fond boʻlimining nazoratchisi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
quyidagi mutaxassisliklardan biri boʻyicha oliy maʼlumotga: moliyaviy-iqtisodiy, yuridik, matematik axborot texnologiyalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yoxud qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda, fond birjalarida, boshqa birjalar fond boʻlimlarida yoxud iqtisodiy, moliyaviy va yuridik faoliyat sohalarida, axborot texnologiyalari sohasida yoki koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha davlat boshqaruv organlaridagi ishda oxirgi oʻn yilda kamida besh yillik ish stajiga ega boʻlishi lozim.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi Bosh direktorining 2014-yil 12-fevraldagi 2014-07-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2370-1, 26.02.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 9-son, 97-modda)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Iqtisodiy yoki yuridik fanlari nomzodi doktori ilmiy darajasiga ega boʻlgan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislaridan qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassislarini qayta tayyorlash yoki malakasini oshirish kursini tugatganligi toʻgʻrisidagi taʼlim muassasasining sertifikati talab qilinmaydi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Xorijiy davlatlarda olingan oliy maʼlumot va ilmiy daraja qonun hujjatlarida belgilangan tartibda nostrifikatsiya qilingan taqdirda eʼtiborga olinadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
III. Yakuniy qoidalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Mazkur Nizom talablariga rioya etish ustidan nazoratni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 25-son, 276-modda; 2014-y., 9-son, 97-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/2370-2/2744-son)