22.05.2012 yildagi 140-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 07.08.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “FOND BOZORINI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2012-YIL 19-MARTDAGI PQ-1727-SON QARORINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, “Toshkent” respublika fond birjasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Davlat-tijorat Xalq banki, “Asaka” davlat-aksiyadorlik tijorat banki va “Oʻzsanoatqurilishbank” ochiq aksiyadorlik tijorat bankining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent” respublika fond birjasi” oʻz aksiyadorlaridan aksiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bozor qiymati boʻyicha sotib olishini, Davlat mulki qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fond bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 19-martdagi PQ-1727-son qarorining 4-bandida koʻrsatilgan tijorat banklaridan tashqari (keyingi oʻrinlarda tijorat banklari deb ataladi);
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent” respublika fond birjasi” oʻzi sotib olgan aksiyalarni xarajatlarni hisobga olgan holda ular sotib olingan narx boʻyicha mutanosib asosda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar boʻyicha tijorat banklariga sotishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahar, Buxoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan “Respublika birja markazidan foydalanish direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi oʻrinlarda RBM binosi deb ataladi) tarzidagi mulkiy kompleks Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan “Toshkent” respublika fond birjasi”ga berilishi hisobiga “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondi 45 mlrd soʻmgacha oshirilishini;
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondidagi Davlat mulki qoʻmitasiga tegishli boʻlgan aksiyalar (ustav fondining 75 foizidan oshadigan qismi boʻyicha) nominal qiymati boʻyicha tijorat banklariga sotilishini, aksiyalarni sotishdan tushgan mablagʻlar fond bozorini yanada rivojlantirish uchun, shu jumladan “Eng yaxshi korporativ boshqaruv”, “Eng yaxshi investitsiya vositachisi” va “Eng yaxshi investitsiya konsultanti” har yilgi tanlovini oʻtkazish uchun, shuningdek korporativ boshqaruv va moliya bozori sohasida xalqaro konferensiyalar, “davra suhbatlari” va seminarlar oʻtkazish uchun “Toshkent” respublika fond birjasi”ning maxsus hisob raqamiga maqsadli yoʻnaltirilishini nazarda tutadigan takliflariga rozilik berilsin. Koʻrsatib oʻtilgan maxsus hisob raqamidagi mablagʻlar faqat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qoʻmitasi bilan kelishgan holda sarflanadi.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 10-fevraldagi 33-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 6-son, 56-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Quyidagilar:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondiga beriladigan RBM binosining qiymati 44,0 mlrd soʻm etib belgilanganligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“Toshkent” respublika fond birjasi”ning qarori bilan RBM binosidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining markaziy apparati va hududiy boʻlinmalari egallab turgan xonalar uchun ijara toʻlovining nul stavkasi belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ikki oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bilan birgalikda “Toshkent” respublika fond birjasi”ning ustav fondi 45 mlrd soʻmgacha oshirilishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qoʻshimcha ravishda chiqariladigan aksiyalar haqining tijorat banklari bilan birgalikda toʻlanishini;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
fond bozori uchun umumiy summasi kamida 6 mln AQSH dollari boʻlgan Yagona dasturiy-texnik kompleksni yetkazib berish va joriy etishga “Toshkent” respublika fond birjasi”ning bitta aksiya kam 25 foiz miqdoridagi aksiyalar paketini ayirboshlash boʻyicha Koreya fond birjasi bilan shartnoma tuzilishini taʼminlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 22-may,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
140-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 22-maydagi 140-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash va qimmatli qogʻozlar bozori infrastrukturasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaning 18-bandi ikkinchi xatboshiga “savdo tashkilotchilari” soʻzlaridan keyin “fond birjasi va” soʻzlari qoʻshilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-avgustdagi 650-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Vazirlar Mahkamasining “Qimmmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2008-yil 28-iyuldagi 160-son qarorida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori infratuzilmasi institutlari faoliyatini va ularning oʻzaro hamkorligini muvofiqlashtirishni kuchaytirishni, hisobga olish tizimini soddalashtirishni, shuningdek qimmatli qogʻozlarga oid bitishuvlarga hisob-kitob-kliring xizmati koʻrsatishni takomillashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilarining dasturiy-texnik taʼminotini birxillashtirish va standartlashtirishni, elektron hujjat aylanishini keng koʻlamda joriy etishni va undan foydalanishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
jismoniy shaxslarning qimmatli qogʻozlarga oid operatsiyalarda, shu jumladan, qimmatli qogʻozlarning plastik kartochkalardan foydalangan holda oldi-sotdi operatsiyalarida ishtirokini soddalashtirishni;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qimmatli qogʻozlar bozori maʼlumotlarning yagona axborot bazasini shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni taʼminlaydigan Koreya fond birjasi tomonidan 2013-yil oxirigacha Oʻzbekiston Respublikasi qimmatli qogʻozlar bozorini modernizatsiya qilish boʻyicha Bosh shartnoma doirasida Oʻzbekiston Respublikasi fond bozori uchun kamida 6 mln AQSH dollari summasiga dasturiy taʼminlashni, server va telekommunikatsiya asbob-uskunalarini, mahalliy mutaxassislarni oʻqitishni va 1 yil mobaynida kafolatli xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladigan Yagona dasturiy-texnik kompleks foydalanishga tayyor sharti bilan yetkazib berilishi va joriy etilishi toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2 va 3-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 70-modda) bilan tasdiqlangan Emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarish Yagona davlat reyestrini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomning 13-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“13. Reyestrga yozuv roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan ushbu Nizomning 12- bandida nazarda tutilgan oʻzgartirishlar kiritish uchun asoslar paydo boʻlgandan keyin uch ish kuni mobaynida kiritiladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ davlat roʻyxatidan oʻtkazish organining yuridik shaxslarning davlat reyestriga yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi yozuvni kiritish haqidagi yozma tasdiqnomasi asosida qimmatli qogʻozlar chiqarishni Reyestrdan chiqarib tashlash toʻgʻrisida qaror qabul qilishga haqlidir”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 21-son, 230-modda; 2016-y., 6-son, 56-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2019-y., 09/19/650/3532-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son, 10.06.2022-y., 09/22/323/0508-son)