Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2020 20.04.2012 yildagi 117-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.05.2020
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qarori
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHRIDA IShBILARMONLIK MUHITINING HOLATI VA IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISh DARAJASI INDIKATORLARINI HAR ChORAKDA BAHOLASh TIZIMINI TASDIQLASh TO‘G‘RISIDA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 1-maydagi PQ-4702-sonli “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni reyting baholash tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Erkinlashtirishni davom ettirish va erkin bozor iqtisodiyoti yo‘lidan borishni yanada jadallashtirish, qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasini tizimli tahlil qilish hamda ishbilarmonlik muhiti darajasini baholash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan birgalikda ishlab chiqilgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholashning ilovaga muvofiq tizimi 2012-yil 1-iyuldan boshlab joriy etilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek indikatorlarni hisoblash va sifatli baholash metodologiyasiga aniqlashtirishlar kiritish huquqi berilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Markaziy bank, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda ushbu qarorga ilovada ko‘rsatilgan boshqa vazirliklar va idoralar har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga har bir mintaqadagi ishbilarmonlik muhitining holatini va uni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasini baholash natijalarining taqdim etilishini ta’minlasinlar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti O‘zbekiston Respublikasida, shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holatini baholash uchun har bir mintaqada tadbirkorlik subyektlarini reprezentativ tanlash asosida har chorakda so‘rov o‘tkazilishini ta’minlasin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Iqtisodiyot vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimi natijalari umumlashtirilishini va monitoringini ta’minlaydi, har bir mintaqaning reytingini aniqlaydi hamda muntazam ravishda iqtisodiy sharh chiqaradi, uni har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 20-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
117-son
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 117-son qaroriga
ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tizimi
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа

T/r‎

Indikator (ko‘rsatkich)ning nomi‎

O‘lchov birligi‎

Indikator (ko‘rsatkich)ni hisoblash metodikasi‎

Indikatorning sifat bahosi‎

Mas’ul organ‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

‎‎1. Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning muvozanatlilik indikatorlari

1.1.‎

Yalpi mintaqaviy mahsulot (YaMM)ning o‘sish sur’ati ‎

%

YaMMning oldingi yildagi shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati

1 — Sust o‘sish (o‘sish 4% dan kam)
‎‎‎2 — Mo‘’tadil o‘sish (o‘sish 4% dan 7%gacha)
‎3 — O‘rtacha o‘sish (o‘sish 7% dan 10% gacha)
‎‎4 — Jiddiy o‘sish (o‘sish 10% dan ortiq) ‎
Davlat statistika qo‘mitasi‎

1.2.‎

Iste’mol narxlari indeksi‎

%‎ Tovarlar (xizmatlar)ga narxlar (tariflar)ning g�ruh indikatorlaridan oldingi yilning tegishli davriga nisbatan o‘rtacha hisoblangan arifmetik kattaligi 1 — Yuqori daraja (o‘sish 10% dan ortiq)
‎‎2 — O‘rtacha daraja (o‘sish 6 dan 10% gacha)
‎‎3 — Mo‘’tadil daraja (o‘sish 4,5 dan 6% gacha);
‎‎4 — Past daraja (4,5% dan kam) ‎
Davlat statistika qo‘mitasi‎

1.3.‎

Investitsiya faolligi‎ %‎ Investitsiyalar umumiy hajmining oldingi yildagi shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati ‎ 1 — Salbiy daraja (salbiy ko‘rsatkich)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (o‘sish 10% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (o‘sish 10% dan 15% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (o‘sish 15% dan ortiq) ‎
Davlat statistika qo‘mitasi

1.4.

Sanoatning YaMMdagi ulushi % Sanoatning YaMMdagi salmog‘i 1 — Past daraja (10% dan kam )
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (10% dan 20% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (20% dan 28% gacha)
‎‎‎4 — Yuqori daraja (28% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi

1.5.‎

Sanoat mahsulotining aholi jon boshi hisobiga o‘sishi‎ % Aholi jon boshi hisobiga sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning oldingi yildagi shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati 1 — Salbiy daraja (salbiy ko‘rsatkich)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (0% dan 5% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (5% dan 10% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (10% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi‎

1.6.‎

YaMMda xizmatlar ulushi % Xizmatlar ko‘rsatish sohasining YaMMdagi salmog‘i 1 — Past daraja (20% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (20% dan 40% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (40% dan 60% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (60% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi‎

1.7.

Xizmatlar hajmining aholi jon boshi hisobiga o‘sishi % Aholi jon boshi hisobiga ko‘rsatilgan xizmatlarning oldingi yildagi shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati 1 — Past daraja (5% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (5% dan 10% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (15% dan yuqori) ‎
Davlat statistika qo‘mitasi‎

2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash darajasi indikatorlari‎‎

2.1.

Sanoat tarmoqlarini diversifikatsiyalash % Sanoat mahsuloti qo‘shilgan qiymatining yalpi ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotiga nisbati 1 — Salbiy daraja (20% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (20 dan 45% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (45% dan 60% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (60% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi‎
2.2. Korxonalarni modernizatsiyalashga, texnika va texnologiya bilan qayta jihozlashga investitsiyalar % Ishlab chiqarishni texnika va texnologiya bilan yangilashga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmining oldingi yildagi shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati 1 — Salbiy daraja (o‘sish 4% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (4% dan 10% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (15% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi
2.3.‎ Sanoatda mehnat unumdorligi‎ % Hisobot davrida band bo‘lganlar soniga nisbatan qiyosiy narxlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmining oldingi yildagi tegishli davrga nisbati 1 — Past daraja (o‘rtacha yillik o‘sish 2% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (o‘rtacha yillik o‘sish 2% — 3,5% doirasida)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (o‘rtacha yillik o‘sish 3,5% - 4,5% doirasida)‎
‎4 — Yuqori daraja (o‘rtacha yillik o‘sish 4,5% dan ortiq)
Davlat statistika qo‘mitasi‎
2.4.‎ YaMMda eksport ulushi % Eksport qilingan mahsulot hajmining YaMM hajmiga nisbati 1 — Past daraja (15% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (15% dan 30% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (30% dan 45% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (45% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi
‎‎3. Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish darajasi indekslari
3.1. Raqobat muhitini rivojlantirish indeksi
3.1.1.‎ Tadbirkorlikning yangi subyektlarini tashkil etish %‎ Yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlarining hisobot davrida faoliyat ko‘rsatgan subyektlar umumiy hajmidagi ulushi‎ 1 — Past daraja (5% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (5% dan 10% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (15% dan yuqori) ‎
Davlat statistika qo‘mitasi‎
3.1.2.‎ Tadbirkorlik subyektlarining faolligi % Ishlamayotgan tadbirkorlik subyektlari sonining ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soniga nisbati 1 — Salbiy daraja (20% dan yuqori)
‎‎2 — O‘rtacha daraja (15% dan 20% gacha)
‎‎3 — Mo‘’tadil daraja (10% dan 15% gacha)
‎‎4 — Past daraja (10% gacha)
Davlat statistika qo‘mitasi‎
3.1.3.‎ Investitsiyalarning xorijiy investorlar uchun jalb etuvchanligi % To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan kreditlar hajmining jami investitsiyalar hajmiga nisbati 1 — Past daraja (10% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (10% dan 25% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (25% dan 35% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (35% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi‎
3.1.4.‎ Kichik tadbirkorlikni (biznesni) rivojlantirish‎ % Kichik tadbirkorlik (biznes)ning YaMMdagi ulushi 1 — Past daraja (25% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (25% — 40% doirasida)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (40% — 60% doirasida)
‎‎‎4 — Yuqori daraja (60% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi‎
3.1.5. 1000 kishi hisobiga kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining soni % Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari sonining 1000 kishi hisobiga nisbati‎ 1 — Past daraja (0 dan 5 gacha)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (5 dan 15 gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (15 dan 35 gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (35 dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi‎‎
3.1.6.‎ Bankrotlik indeksi ‎ %‎ Bankrot korxonalar sonining ro‘yxatdan o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlarining umumiy soniga (ortib boruvchi yakun bilan) nisbati ‎ 1 — Salbiy daraja (5% dan yuqori)
‎‎2 — O‘rtacha daraja (2% dan 5% gacha)
‎‎3 — Mo‘’tadil daraja (1% dan 2% gacha)
‎‎4 — Past daraja (1% gacha)
Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi
3.2. Ishbilarmonlik muhiti holatining indeksi
3.2.1.‎ Moliyaviy muhit holatining indeksi‎ -100 … 100 ball‎

‎‏Indekslar tadbirkorlik subyektlarini reprezentativ tanlash asosida, so‘rovlar ma’lumotlari bo‘yicha hisoblab chiqiladi va tadbirkorlar tomonidan ishbilarmonlik muhiti to‘g‘risidagi joriy va kutilayotgan vaziyat quyidagi shkala bo‘yicha baholanadi:‎
‎0 — ijobiy vaziyat va kutish;
‎‎≤‎0 — salbiya vaziyat va kutish.

1 — oldingi yilning shu davrid�gidan pasaygan;
‎2 — o‘zgarmagan;
‎‎3 — oshgan
‎‏
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti‎‏
3.2.2. Moddiy resurslar va infratuzilmadan foydalanish indeksi -100 … 100 ball
3.2.3.‎ Institutsional muhit holatining indeksi‎ -100 … 100 ball
3.2.4.‎ Soliq muhiti holatining indeksi‎ -100 … 100 ball
4. Iqtisodiyotning xususiy sektorini rivojlantirish indikatorlari
4.1.‎ Kichik tadbirkorlik (biznes)ning aholi bandligidagi ulushi ‎ % Kichik tadbirkorlik (biznes)ning aholi bandligidagi salmog‘i 1 — Salbiy daraja (70% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (70% dan 75% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (75% dan 80% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (80% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi‎
4.2. Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlarining eksporti‎ % Kichik tadbirkorlik (biznes) subyektlari eksportining jami eksport hajmidagi ulushi‎ 1 — Past daraja (10% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (10% dan 15% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (15% dan 25% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (25% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi
4.3.‎ Kichik tadbirkorlik (biznes) eksporti hajmlarining o‘sish sur’ati % Kichik tadbirkorlik (biznes) eksporti hajmlarining o‘sish sur’ati ‎ 1 — Past daraja (o‘sish 8% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (8% dan 12% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (12% dan 15% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (15% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi
4.4. Nodavlat sektori investitsiyalarining hajmi % Nodavlat sektorida asosiy kapitalga investitsiyalarning kapital qo‘yilmalar umumiy hajmidagi ulushi‎ 1 — Past daraja (75% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (75% dan 80% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (80% dan 85% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (85% dan yuqori) ‎
Davlat statistika qo‘mitasi
5. Moliya-bank sektorini rivojlantirish indikatorlari
5.1.‎ Uzoq muddatli kreditlash‎ % Uzoq muddatli kreditlarning tijorat banklari kredit portfeli umumiy hajmidagi ulushi‎ 1 — Past daraja (60% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (60% dan 65% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (65% dan 70% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (70% dan yuqori)
Markaziy bank
5.2. Kredit tashkilotlari kredit qo‘yilmalari hajmining dinamikasi % Kredit tashki�otlari kredit qo‘yilmalarining o‘sish sur’ati 1 — Past daraja (pasayish)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (nominal YaMMning o‘sish sur’atidan past)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (YaMMning o‘sish sur’atiga muvofiq)
‎‎‎4 — Yuqori daraja (nominal YaMMning o‘sish sur’atlaridan yuqori )
Markaziy bank
5.3. Kredit tashkilotlaridagi depozitlar hajmining dinamikasi % Kredit tashkilotlarida depozitlarning o‘sish sur’ati 1 — Past daraja (pasayish)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (nominal YaMMning o‘sish sur’atlaridan past )
‎‎3 — O‘rtacha daraja (YaMMning o‘sish sur’atlariga muvofiq)
‎4 — Yuqori daraja (nominal YaMMning o‘sish sur’atlaridan yuqori )
Markaziy bank
5.4. Aholining banklardagi omonatlari hajmining dinamikasi % Tijorat banklarida aholi omonatlarining o‘sish sur’ati 1 — Past daraja (pasayish)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (mintaqa aholisi real daromadlarining o‘sish sur’atlaridan past)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (mintaqa aholisi real daromadlarining o‘sish sur’atlariga muvofiq)‎
‎4 — Yuqori daraja (mintaqa aholisi real daromadlarining o‘sish sur’atlaridan yuqori)
Markaziy bank
5.5. Kichik biznesni kreditlash‎ % Kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlarning oldingi yildagi shu davrga nisbatan o‘sish sur’ati 1 — Past daraja (5% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (5% dan 10% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (15% dan yuqori)
Markaziy bank
6. Mintaqani ijtimoiy rivojlantirish indikatorlari
6.1.‎ Aholi jon boshi hisobiga YaMM hajmi‎ % Aholi jon boshi hisobiga yalpi mintaqaviy mahsulotning o‘sish sur’atlari 1 — Sust o‘sish (o‘sish 2% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil o‘sish (o‘sish 2% dan 5% gacha)
‎3 — O‘rtacha o‘sish (o‘sish 5% dan 10% gacha)
‎‎4 – Yuqori o‘sish (o‘sish 10% dan ortiq)
Davlat statistika qo‘mitasi
6.2.‎ Kichik tadbirkorlik (biznes)dan daromadlarning aholi jami daromadlari umumiy hajmidagi salmog‘i‎ %‎ Kichik tadbirkorlik (biznes)dan daromadlar hajmining aholi jami daromadlari umumiy hajmiga nisbati‎ 1 — Past daraja (20% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (20% — 40% doirasida)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (40% — 60% doirasida)
‎4 — Yuqori daraja (60% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi
6.3.‎ Ishsizlik darajasi‎ %‎ Ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi umumiy soniga nisbati‎ 1 — Salbiy daraja (10% dan yuqori)
‎‎2 — O‘rtacha daraja (6% dan 10% gacha)
‎‎‎3 — Mo‘’tadil daraja (3% dan 6% gacha)
‎‎4 — Past daraja (3% dan kam) ‎
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi
6.4. Mehnat bozoridagi tanglik darajasi kishi‎ 1 ta bo‘sh joy hisobiga to‘g‘ri keladigan ishsizlar (ishga joylashishga muhtoj shaxslar) nisbati‎ 1 — Salbiy daraja (6 kishidan yuqori)
‎‎2 — O‘rtacha daraja (4 dan 6 kishigacha)
‎‎3 — Mo‘’tadil daraja (2 dan 4 kishigacha)
‎‎4 — Past daraja (2 kishigacha)
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
6.5. Aholi bandligiga ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlariga ish qidirib murojaat qilgan shaxslarni ishga joylashtirish darajasi % Ishga joylashganlarning mahalliy mehnat organlariga ish qidirib murojaat qilgan shaxslar umumiy sonidagi salmog‘i‎ 1 — Past daraja (75% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (75% dan 85% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (85% dan 90% foizgacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (90% dan yuqori)
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
6.6. Iste’mol tovarlarining foydalanuvchanligi %‎ Aholi jon boshi hisobiga iste’mol tovarlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati 1 — Past daraja (o‘sish 4% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil o‘sish (o‘sish 4% dan 8% gacha)
‎3 — O‘rtacha o‘sish (o‘sish 8% dan 12% gacha)
‎‎4 — Jiddiy o‘sish (o‘sish 12% dan ortiq)
Davlat statistika qo‘mitasi
6.7.‎ Aholi jon boshi hisobiga pulli xizmatlar o‘rtacha hajmining o‘sishi‎ %‎ Aholi jon boshi hisobiga pulli xizmatlar ko‘rsatish hajmin�ng o‘sish sur’ati 1 — Past daraja (o‘sish 7% dan kam)
‎‎2 — Mo‘’tadil daraja (7% dan 10% gacha)
‎‎3 — O‘rtacha daraja (10% dan 15% gacha)
‎‎4 — Yuqori daraja (15% dan yuqori)
Davlat statistika qo‘mitasi
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 17-son, 192-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)