10.04.2012 yildagi PF-4434-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 28.09.2020 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Farmoni

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Qayd etish joizki, mustaqillik yillarida Oʻzbekistonda qulay investitsiyaviy muhit shakllantirildi, xorijiy investorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish boʻyicha qonun yoʻli bilan keng koʻlamdagi imtiyozlar, afzalliklar va kafolatlar tizimi belgilandi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Natijada respublikada iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va sohalarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 4,2 mingtadan koʻproq korxona tashkil qilindi va muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda. Har yili 3,0 milliarddan koʻproq asosan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oʻzlashtirilmoqda, mamlakat iqtisodiyotiga kiritilayotgan investitsiya umumiy hajmining 26,6 foizdan koʻprogʻi ularning hissasiga toʻgʻri keladi. Bu esa xorijiy investorlarning respublika iqtisodiyoti barqarorligi va pishiq-puxtaligiga, uni rivojlantirish istiqbollariga qiziqishi hamda ishonchi ortib borayotganligidan yaqqol dalolat beradi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Shu bilan birga, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi, jahon va mintaqaviy investitsiya bozorlarida raqobat kuchayib borayotganligi mamlakatda yana ham qulayroq investitsiya muhitini yaratish, ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash boʻyicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini ragʻbatlantirish, shuningdek, xorijiy investorlar bilan ishlashdagi mavjud byurokratik gʻovlar va toʻsiqlarni bartaraf etish, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yoʻl qoʻymaslik borasida qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishini taqozo etmoqda.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻyilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish, respublika mintaqalariga xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etilishi ragʻbatlantirilishini kuchaytirish, xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun kafolatlar va imtiyozlar tizimini yanada mustahkamlash maqsadida:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, respublika qonunchiligi tomonidan 1-ilovaga* muvofiq xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun keng koʻlamdagi kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklar tizimi yaratilgan.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Belgilab qoʻyilsinki, xorijiy investorning pul shaklidagi ulushi 5 million AQSH dollaridan kam boʻlmagan yangidan tashkil etilayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtgan sanadan boshlab 10 yil mobaynida soliq qonunchiligida oʻzgarishlar yuz bergan hollarda, yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, qoʻshilgan qiymat soligʻi (tovarlar, ishlar, xizmatlarni realizatsiya qilish aylanmasi), mol-mulk soligʻi, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soligʻi, yagona ijtimoiy toʻlov, yagona soliq toʻlovi, shuningdek, Respublika yoʻl jamgʻarmasiga hamda Budjetdan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashning mazkur korxonalar davlat roʻyxatidan oʻtish sanasida amal qilgan meʼyorlari va qoidalarini qoʻllashga haqlidirlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5070-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 23-son, 448-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq qiymati 50 million AQSH dollaridan oshadigan va xorijiy investorning ulushi kamida 50 foiz boʻlgan investitsiya loyihalari doirasida, ishlab chiqarish maydonidan tashqaridagi zarur tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini qurish budjet mablagʻlari hamda boshqa ichki moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoni bilan belgilangan soliq imtiyozlari 2012-yilning II choragidan boshlab:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2-ilovaga muvofiq, iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida faoliyat yuritayotgan;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent shahri va Toshkent viloyati istisno etilgan holda, respublikaning barcha mintaqalarida joylashtiriladigan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga tatbiq etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, tijorat banklari tomonidan xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning faoliyati bilan bogʻliq qoʻshimcha talablar va cheklovlar oʻrnatilishi qatʼiyan taqiqlansin va bu hol qonunga xilof deb hisoblansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xorijiy investorlarning, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning huquq va kafolatlarini himoya qilish boʻyicha amaldagi qonun hujjatlariga barcha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari soʻzsiz rioya etishlari ustidan qattiq nazorat oʻrnatsin hamda qonunchilik buzilishining oldini olish va aybdor mansabdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Davlat mulkini xorijiy investorlarga sotishda tender (tanlov) savdolarini oʻtkazish boʻyicha Davlat komissiyasiga (R.S. Azimov) xorijiy investorlarning buyurtmanomalari boʻyicha xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni barpo etish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining balansida boʻlgan past likvidli obyektlarni aniq investitsiya majburiyati ostida investor bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzish yoʻli bilan tanlov oʻtkazmasdan “nol” xarid qiymati boʻyicha sotish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining buyurtmanomalari boʻyicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishda qatnashayotgan xorijiy kompaniyalarning mansabdor shaxslari va mutaxassislariga 12 oy muddat bilan kirish vizalari hamda koʻp martalik vizalar rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, Markaziy bankni jalb etgan holda xorijiy investorlarga oʻzlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirishlari uchun Davlat budjeti va uning ijrosi, pul-kredit siyosati, tashqi savdo hamda boshqa koʻrsatkichlarni hisobga olgan holda zarur boʻlgan iqtisodiy axborotlardan tizimli asosda belgilangan tartibda keng foydalanish imkoniyatlarini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda xorijiy investorlar hamda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar uchun berilgan kafolatlar, imtiyozlar va afzalliklarga doir qonun hujjatlarining amalda roʻyobga chiqarilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin hamda berilayotgan imtiyozlar va afzalliklarga vazirliklar, idoralar va boshqa ijrochilar tomonidan rioya etilmasligi holatlari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga har chorakda axborot kiritib borsin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoniga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toshkent sh.,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2012-yil 10-aprel,
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
PF-4434-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-apreldagi PF–4434-son Farmoniga
2-ILOVA
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2005-yil 11-apreldagi PF–3594-son Farmoniga kiritiladigan
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
oʻzgartish va qoʻshimchalar
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
a) ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
“mazkur korxonalarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatini istisno qilgan holda, respublikaning barcha shaharlari va qishloq aholi punktlarida joylashtirish”;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
b) toʻrtinchi xatboshidagi “50 foizni” soʻzlari “33 foizni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
v) beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
g) oltinchi va yettinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
d) oltinchi xatboshidagi “daromadni” soʻzi “daromadning kamida 50 foizini” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Toʻgʻridan-toʻgʻri xususiy xorijiy investitsiyalar uchun beriladigan imtiyozlar joriy etiladigan iqtisodiyot tarmoqlari
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
ROʻYXATI
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
1. Radioelektron sanoati buyumlari hamda kompyuter va hisoblash texnikasi butlovchi buyumlarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
2. Yengil sanoat:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor ip gazlama, jun gazlama va aralash gazlamalar, shuningdek trikotaj gazlama ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tayyor tikuvchilik, trikotaj, paypoq mahsulotlari va toʻqimachilik galantereyasi ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
tabiiy terilar ishlab chiqarish, koʻn-galantereya sanoati, poyabzal sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
3. Ipakchilik sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
shoyi gazlamalar va ipakdan tayyor buyumlar ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
4. Qurilish materiallari sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 24-martdagi PF–3586-sonli Farmoni 1a-ilovasida koʻrsatilgan qurilish materiallarining yangi turlarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
5. Parranda goʻshti va tuxumni sanoat miqyosida yetishtirish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
6. Oziq-ovqat sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mahalliy xom ashyodan sanoat miqyosida qayta ishlangan tayyor oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (alkogolli, alkogolsiz ichimliklar va tamaki mahsulotlari bundan mustasno).
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
7. Goʻsht-sut sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
goʻsht va sut mahsulotlarining tayyor turlari, pishloq va sariyogʻ, shuningdek hayvonlarning ichki organlaridan qayta ishlangan mahsulotlar ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
8. Baliq va baliq mahsulotlarini qayta ishlash hamda konservalash.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
9. Kimyo sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
10. Neft-kimyo sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
11. Tibbiyot sanoati, shuningdek veterinariya uchun dori vositalarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
12. Qadoqlash materiallarini ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
13. Muqobil energiya manbalari negizida elektr stansiyalari qurish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
14. Koʻmir sanoati:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻmirni boyitish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
koʻmir briketlarini ishlab chiqarish;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
slanets sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
15. Ishlab chiqarishga moʻljallangan elektroferrosplav va metall buyumlarni ishlab chiqarish.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
16. Mashinasozlik va metallga ishlov berish:
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
mashinasozlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
traktor va qishloq xoʻjalik mashinasozligi;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
qurilish, yoʻl va kommunal mashinasozlik;
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
yengil va oziq-ovqat sanoati hamda maishiy asboblar mashinasozligi.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
17. Stanoksozlik va asbobsozlik sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
18. Shisha va chinni-fayans sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
19. Mikrobiologiya sanoati.
Предложения по документуПрослушать аудиоПолучить ссылку из элемента документа
20. Oʻyinchoqlar ishlab chiqarish.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 15-son, 167-modda; 2013-y., 12-son, 150-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 23-son, 448-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son; 19.06.2020-y., 06/20/6011/0780-son, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son, 30.12.2021-y., 06/21/42/1224-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)